Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə44/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.
q. Alisher Navoiyning tarixga oid 3aysi asarlarini bilasiz?
w. «Tarixi anbie va xukamo» asari nimaga ba2ishlangan?
e. «Tarixi muluki Ajam» asarida 3aysi sulolar xa3ida suz boradi?
r. «Xamsat ul-mutaxayyirin» asari kimga ba2ishlangan?
t. «Xolot Sayyid Xasan Ardasher» asari kim tu2risida?
y. «Xolot Paxlavon Muxammad» asari mazmunini suzlab bering?


11-mavzu. O`zbekistoning XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi fors tilidagi manbalar


Reja:
1. Muxim ijtimoiy siyosiy vokealar.
2. Fors tilidagi manbalar.
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
4. Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.


Asosiy tushunchalar: manbalar, ashtarxoniylar, mangitlar, minglar, Buxoro amirligi, Ko`kon xonligi, Xiva xonligi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.
7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994.
8. Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-T., TDPU, 2001.


Fors tilidagi manbalar.
Fatxnoma” nomli tarixiy mavzudagi she`riy doston mualifi Mulla Shodiydir. Uning xayoti va ilmiy –adabiy faoliyotiga oid ma`lumotlar juda kam. Shayboniyxonning inisi Maxmud Sulton xizmatida bo`lganligi va uning topshirigi bilan o`zining “Fatxnoma” dostonini yozganligi, uni 1502 yili tugatgan bo`lib, ayni shu davrda 55 yoshda bo`lganligi ma`lum, xalos.
“Fatxnoma” tarixiy doston bo`lib, unda Shayboniyxon tavallud topgan 1451 yildan to Dashti kipchok o`zbeklari tomonidan Samarkandning istilo etilishi, so`nggi marta 1501 yil iyun oyigacha bo`lgan asosiy ijtimoiy-siyosiy vokealar keng yoritilgan. Xorazm va uning Urganch, Vazir va Adok singari shaxarlari, Dashti kipchokning axolisi, xususan mangitlarning turish-turmushi, shuningdek, Shayboniyxon askarlarining Turkiston, Andijon, Buxoro, Dabusiya va Karshi viloyatlarini ishgol kilganliklari xakida kimmatli ma`lumotlar mavjud.
Asar xozircha bironta tilga tarjima kilinmagan. Uning ko`lyozma nusxalari ko`pgina mamlakatlarning kutubxonalarida saklanadi. Rossiya va MDX mamlakatlarida “Fatxnoma” dostonining beshta ko`lyozmasi mavjud. Bulardan ikkitasi Sankt-Peterburg Davlat universiteti kutubxlnasida, ikkitasi Dushanbeda va bittasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida (Inv. № 5369) saklanadi. Toshkentdagi ko`lyozma juda kimmatli bo`lib XU1 asrda ko`chirilgan va unda turli mavzudagi 9-ta ajoyib miniatyura bilan bezatilgan.
Shayboniynoma” fors tilida bitilgan she`riy doston bo`lib, uning muallifi atokli shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453-1512 yy.). Uning asli ismi Ali ibn Muxammad al-Xaraviy. Ko`prok Kamoliddin Binoiy nomi bilan mashxur. Xirotda ko`zga ko`ringan me`mor ustod Muxammadxon Sabz oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik paytlari ogir sharoitda, Shoxrux Mirzo vafotidan keyin mamlakatda kuchayib ketgan toju taxt uchun kurash va o`zaro urushlar sharoitida kechdi.
Ma`lumki, 1458 yili Kora ko`yunlular sulolasidan bo`lgan Jaxonshox (1438-1467 yy.) Xurosonga bostirib kirdi va Xirotni egalladi. Lekin oradan ko`p vakt o`tmay, 1459 yili Temuriyzoda Sulton Abu Said Mirzo ko`shinlarining tazyiki ostida poytaxt shaxar va mamlakatni bo`shatib chikishga majbur bo`ldi. Ushanda Jaxonshox yuz nafar xunarmand oilani o`zi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi. Bular orasida me`mor Muxammad Sabz va uning oilasi kariyb uch yil Sherozda istikomat kilib, 1461 yili yana Xirotga kaytib keldi.
Manbalarning guvoxlik berishiga karaganda, Kamoluddin Binoiy keng ma`lumotli kishi bo`lib, she`riyat, insho, iloxiyot, musika va tarix ilmlarini chukur bilgan. Bundan tashkari u me`morchilik san`atida xam o`z zamonasining peshkadamlaridan xisoblangan. Muxammad Sabz va uning o`gli ishtirokida kurilgan binolar Xirotda va mamlakatning boshka shaxarlarida juda ko`p bo`lgan. Masalan, 1481 yili xozirgi Afgonistonning Mozori sharif shaxrida, eski nomi Xoja xayron, Ali ibn Abu Tolib (656-661 yy.) mozori tepasiga kurilgan muxtasham makbara va boshka binolar shular jumlasidandir. Shoir va olimning “Binoiy” deb taxallus tanlashi xam mana shundandir.
Binoiy oradan ko`p vakt o`tmay Tabrizga kelib koldi va 1492 yilga kadar Sulton Ya`kub Ok Ko`yunlu (1478-1490 yy.) saroyida xizmat kildi. 1492 yili u yana Xirotga kaytdi. 1495 yili ayrim sabablarga ko`ra, o`zining so`zlariga karaganda, ba`zi xasadgo`ylarning igvosi tufayli, Samarkandga ketib koldi.
Binoiy dastlab xoja Ubaydulla Axrorning to`ngich o`gli va sulukda vorisi xoja Kutbuddin Yaxyo, so`ng Zaxiriddin Bobur, undan keyin 1501 yili to umrining oxirigacha, Shayboniyxon xuzurida uning saroy shoiri va tarixchisi bo`lib xizmat kildi.
1507 yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Xirotga keldi va1510 yilgacha ona shaxrida istikomat kildi. 1511 yili shaxarga Ismoil Safaviy ko`shinlari yakinlashishi bilan, u yana Movarounnaxrga ketib koldi va Karshi shaxrida kun kechirdi. Kamoluddin Binoiy 1512 yili Karshi mudofaachilari safida turib shaxarni Safaviylardan ximoya kildi va o`sha jangda xalok bo`ldi.
Kamoliddin Binoiy iste`dodli shoir va ulkan tarixshunos olim sifatida tarixda koldi. U Markaziy Osiyo, O`zbekiston va Kozogistonning XV asrning so`nggi choragi va XV asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda aloxida kiymatga ega bo`lgan “Shayboniynoma” nomli tarixiy dostonini yozdi.
Binoiyning“Shayboniynoma” asari xam“Tavorixi guzida, nusratnoma” va Mulla Shodiyning “Fatxnoma” asarlari bilan bir rejada yozilgan bo`lib, Shayboniyxon tavalludidan to Dashti kipchok o`zbeklari tomonidan Movarounnaxr va Xorazmni 1505 yili bo`ysundirilishiga kadar zu xududda bo`lib o`tgan tarixiy vokealar xakida xikoya kilinadi. Asar 1505-15-7 yillari orasida yozilgan.
“Shayboniynoma”da 1450-1505yillar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy vokealar kiska, lekin anik bayon etilgan. U muxim geografik, masalan, Sirdaryoning o`rta okimida joylashgan Sabron, Signok, Arkuk, O`tror, Yassi, O`zgand, Okko`rgon va Xorazmga tobe shaxarlardan Urganch, Vazir, Buldumsoz, Adok va boshka joylar xakida xamda etnografik, masalan Dashti kipchoklik o`zbek kabilalari va ularning ijtimoiy-siyosiy xayotdagi mavkei xakidagi dalillarga boy asardir. Bundan tashkari, asarda Shayboniy amirlar va askarlarining faoliyati xakida muxim ma`lumotlarni uchratish mumkin.
“Shayboniynoma” asari matni chop etilmagan. Lekin uning ko`lyozma nusxalari ko`p tarkalgan. Fakat O`zR FA Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalari xazinasida etti mo``tabar nusxa mavjud. Bulardan biri, inv.№ 844, eng kadimgi bo`lib, Shayboniyxon xayot chogida uning shaxsiy kotibi Muxammad Mo`min tarafidan ko`chirmlgan, ayrim satrlari esa Shayboniyxonning o`z ko`li bilan ko`chirilgan. Yana bir e`tiborli ko`lyozma rakami № 3422 bo`lib, ushbu asarning xorazmlik mashxur tarixchi va tarjimon Muxammad Yusuf Bayoniy (1858-1923 yy.) tomonidan kilingan o`zbekcha tarjimasidir. Kitobdan ayrim parchalar rus tilidagi majmualarda e`lon kilingan.
Mexmonnomayi Buxoro” nomli O`zbekiston va Kozogiston, balki Markaziy Osiyoning XV asr II - yarmi –XVI asr boshlaridagi vokealar bayoni mavjud kimmatli tarixiy asar ijodkori Fazlullox ibn Ruzbexondir. Uning to`lik ismi Fazlullox ibn Ro`zbexon al-Isfaxoniy bo`lib, ko`pincha xoja Mullo nomi bilan mashxur bo`lgan. Ruzbexon 1457 yili Fors viloyatining Xunji kishlogida tavallud topgan. Otasi Jaloluddin Ruzbexon yirik iloxiyot va fikx olimi, mansabdor bo`lgan.
Fazlullox ibn Ruzbexon asosiy ma`lumotni Isfaxon maktablari va madrasalaridan birida oldi, so`ng bilimini yanada kengaytirish va chukurlashtirish maksadida ikki marta 1474 va 1482 yillari Arabistonga bordi va yirik iloxiyot olimi shayx Jamoluddin Ardastoniy (1474 yili vafot etgan) xamda misrlik mashxur tarixshunos va tilshunos olim Shamsuddin Muxammad as-Sakaviy (1427-1497 yy.)dan ta`lim oldi.
Xullas, Fazlullox ibn Ruzbexon o`rta asr fanining birmuncha soxalarini, xususan, iloxiyot, fikx, falsafa, tarix va Shark adabiyotini keng va chukur egallagan olim bo`lib etishgan. Bu xol uning Sulton Ya`kub Ok kuyunlu (1479-1490 yy.), Sulton Xusayn Mirzo (1470-1506 yy.) Shayboniyxon, va, nixoyat Ubaydullaxon saroyida zo`r extibor kozondi va xizmat kildi. Bunda tashkari va eng muximi, u bir necha fan soxalarida yirik asarlar yozib koldirdi.
Fazlullox ibn Ruzbexon “Xalli tajarrid” (“Abstraktsiyaning xal etilishi”), “Ta`likot bar muxolot” (“Aklga sigmadigan (narsalar)ning izoxi”), “Badi` uz-zamon fi kissayi Xayy ibn Yakzon” (“Xayy ibn Yakzon” kissasida zamon badialari”), “Tarixi olamoroyi Aminiy” (“Aminiyning olamga bezak bo`luvchi tarixi”), “Ibtol najx al-botil va axmol kashf al-o`til” (“Noto`gri yo`ldan voz kechish va bid`atni inkor etish”), “Suluk al-muluk” (“Podshoxlarning xulk-atvori xakida (risola)”) va “Mexmonnomayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan.
1509 yili yaratilgan “Mexmonnomayi Buxoro” asari Muxammad Shayboniyxonning 1508-1509 yil kish oylarida kozok sultonlari Jonish Sulton, Axmad Sulton va boshkalarning ulusi ustiga uyushtirgan xarbiy yurishi tarixini bayon etadi. Bu yurish Fazlullox ibn Ruzbexon keltirgan ma`lumotlarga karaganda, mazkur sultonlarning 1508 yilning kuzida va 1508-1509 yilning kish oylarida Movarounnaxrning o`trok tumanlari ustiga kilgan talonchilik xurujlariga javoban u.shtirilgan. Fazlullox ibn Ruzbexon bu .rishda shaxsan ishtirok etgan, yuz bergan vokealarning ko`pchiligini o`z ko`zi bilan ko`rgan, ba`zilarini esa xon va uning yakin kishilaridan eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, o`zbek va kozok xon va sultonlarining kelib chikishi xamda ularning o`zaro munosabatlari xakidagi vokealar esa Shayboniyxonning ko`lida bo`lgan “Nasabnoma” yoki “Tarixi Xumoyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan.
“Mexmonnomayi Buxoro” asarining ko`lyozma nusxalari kam. Xozirgacha dunyoda uning fakat ikkita nusxasi borligi aniklangan. Ulardan biri muallif dastxati bo`lib, O`zR FA Sharkshunoslik institutida 1414 tartib rakami ostida saklanmokda. Ikkinchisi Turkiyada, “Nuri Usmoniya” kutubxonasiga karashlidir (Tartib rakami 3431). Ushbu ko`lyozma asosida asar matnini eron olimi Manuchexr Setude 1962 yili chop etgan. Ruscha kiskartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova Moskvada 1976 yili nashr etgan.
Asarning biz uchun kimmati shundaki, unda Dashti kipchok, Turkiston va kozok ulusi geografik xolati, o`zbek va kozoklarning kelib chikishi, ularning etnik tarkibi, turmushi, urf-odati, shuningdek, boylarning xo`jaligida kul mexnatidan foydalanish xollari xakida benixoyat kimmatli ma`lumotlar uchraydi.
Unda Gayboniyxonning kozoklar ustiga yurishini gayridinlar ustiga yurish deb oklashga xarakat kilingan.
Xabib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va Giyosiddin Xondamirning tarixiy asarlari (“Inson xabarlari va fardlarida do`stning tarjimai xoli”) nomli mashxur tarixiy asar muallifi Giyosiddin Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning to`lik ismi Giyosiddin Muxammad ibn xoja Burxoniddindir. Otasi xoja Xumomiddin Muxammad Temuriylardan Sulton Maxmud Mirzo (1459-1494 yillari Chagoniyon, Xuttalon, Kunduz, Baglon va Badaxshon xokimi)ning vaziri bo`lgan. Ona tarafidan tarixchi Muxammad Mirxond nabirasidir.
Xondamir 15-16 yoshligi chogida Alisher Navoiyning e`tiborini kozonadi va uning kutubxonasiga xizmatga kabul kilinadi. U to Navoiy vafotiga kadar, yaeni 3 yanvar 1501 yilgacha xizmatda bo`ldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik kildi. Xondamir o`zining keng va chukur ma`lumotliligi, ilm-fanga chankokligi va saloxiyati bilan ko`plarning taxsiniga sazovor bo`ldi. Uning xakida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida mana bularni o`kiymiz: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va saloxiyatli yigitdir. Tarix ilmida maxorati bordir...”
Alisher Navoiy vafot etgandan keyin Xondamir mamlakatda kuchayib ketgan o`aro kurash, ayniksa saroy afjiga mingan fmsku fujurlar okibatida Balxga ketib koldi va Badi`uzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx xokimi, 1517 yida vafot etgan)ning shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Xirot Shayboniyxon tomonidan ishgol etilgandan keyin u Zaxiriddin Muxammad Bobur xuzuriga ketib koldi. 1512 yili Bobur Movarounnaxrdan sikib chikarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 yilgacha Pasht kishlogida istikomat kildi. U asosan ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`ldi.
1514-1517 yillari Xondamir Balx uchun kurash olib borgan Badi`uzzamon mirzoning o`gli Muxammad Zamon bilan birga bo`lib, uning kotibi sifatida xizmat kildi. Muxammad Zamon Safaviylardan engilgach, Xondamir yana Garjistonga kaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi.
1521 yili Xondamir vazir Xabibullo Sovajiyning taklifi bilan Xirotga kaytib bordi va uning topshirigi bilan o`zining yirik tarixiy asari “Xabib us-siyar”ni yozishga kirishdi. Oradan olti yil o`tgach, 1527 yilning iyuo` oyida Xondamir Xirotni tark etdi va bu safar Xindistonga ketib koldi. Kishni u Kandaxorda kechirdi va 1528 yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga kabul kilindi. Bobur vafotidan so`ng uning to`ngich o`gli va taxt vorisi Xumoyun (1530-1542, ikkinchi marta 1555-1556 yy.) bilan birga bo`ldi. Tarixchi Dexlida vafot etdi va vasiyatiga ko`ra mashxur Nizomuddin Avliyo mozorida Amir Xusrav yoniga dafn etildi.
Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnaxr, Turkiston, Yakin va O`rta Shark xalklari tarixi va madaniyatiga oid o`nga yakin asar yozib koldirgan. “Xulosat ul-axbor” (“Tarixlar (xabarlar) xulosasi”), “Maosir ul-muluk” (“Podshoxlar asrdoshlari”), “Nomayi nomiy”(“Atokli maktublar”), “Makorim ul-axlok” (“Namunali xulk”) va “Xabib us-siyar” shular jumlasidandir.
Xondamirning ilmiy merosida “Xabib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari aloxida o`rin tutadi va Movarounnaxr xamda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragi dagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda muxim va kimmatli manbalardan biri bo`lib xizmat kiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida yozilgan. Lekin olim Xindistonda turgan yillari xam asari ustida muntaxam ish olib bordi, uni yangi dalillar bilan boyitdi, taxrir kildi. Kitob to`la ravishda 1529 yili yozib tamomlandi.
“Xabib us-siyar” umumiy tarix yo`nalishidagi asar bo`lib, mukaddima (iftitox), xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. O`z navbatida xar bir jild to`rt kism (juz)ga bo`linadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- kism, juzlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mo`guliston, Dashti kipchok, Movarounnaxr va Eronda xukmronlik kilgan avlodi, Mamlyuklar, Kirmon Klraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini o`z ichiga oladi. III - jildning 3- va 4- kismlari, juzlari esa yangi bo`lib, Xuroson va Movarounnaxrning XV asrning 90- yillaridan to 1524 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvolini chukur va atroflicha bayon etadi.
“Xabib us-siyar” asarida katta er egaligi, iktisodiy axvol, tinimsiz urushlar tufayli vujudga kelgan sharoit to`grisida ayrim, dikkatga sazovor dalillar va ma`lumotlarni uchratamiz. Masalan, asarda o`z aksini topgan 1498 yilgi Samarkand kamali paytidagi shaxar xalkining ayanchli axvoli, 1512 yilgi Safaviylar tomonidan 8:07arshi shaxrida uyushtirilgan kirgin-katli om, 1514, 1515 yillari Xurosonda yuz bergan kaxatchilik va ochlik xakidagi ma`lumotlar ana shular jumlasidandir.
Xondamirning ushbu asarida muxim ijtimoiy-iktisodiy masalalarga oid, kr egaligi, tarxonlar, suyurgol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavkei, Temuriylar davlatining ma`muriy tuzulishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Shuningdek, asar etnografik va geografik ma`lumotlarga xam boydir.
“Xabib us-siyar” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asarning matni 1857 yili Bombay shaxrida va 1954 yili Texronda chop kilingan. Undan ayrim parchalar rus, frantsuz va ingliz tillarida turli to`plamlarda e`lon kilingan.
Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda yozilgan) mashxur asar muallifi Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muxammad Xaydar bo`lib, uning ota-bobolari O`rtubu, Po`lodchi, Xudoydod, Said Axmad, Sonsiz Mirzo, Muxammad Xaydar, Muxammad Xusayn turklashgan mo`gul uruglaridan duglot (mo`gulcha “dogolot”-cho`lok) kabilasiga mansubdir. Ular Mo`guliston xonlari, Chigatoylar davrida ulusbegi, Koshgar xokimi lavozimida turganlar. Olimning otasi amir Muxammad Xusayn bir vaktlar Andijonda Umarshayx Mirzo, so`ngra Toshkent xokimi Sulton Maxmudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bo`lgan. U 1495-1503 yillari ana shu Sulton Maxmudxon nomidan O`ratepani idora kilgan.
1503 yili Sulton Maxmudxon va Sulton Axmadxon Axsi atrofida Shayboniyxon ko`shinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, amir Muxammad Xusayn Korateginga, undan Kunduz, so`ng Xirotga, Sulton Xusayn xuzuriga kochib bordi. Muxammad Xusayn ko`p o`tmay Kobulga, Bobur Mirzo xuzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga karshi fitnada ayblanib, yana Xirotga kochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muxammad Xusayn katl etilgan.
Muxammad Xaydar 1500 yili Toshkentda tugildi. Otasining o`ldirilganidan keyin Muxammad Xusaynga sodik kishilar uni birmuncha vakt Buxoroda asradilar, so`ng Badaxshonga olib borib karindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon Mirzo deb atalgan, ko`liga topshirdilar. Muxammad Xaydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bo`ldi. 1512 yil kuzida u Andijonga, Sulton Sa`idxon xuzuriga keldi va u bilan ko`shilib Koshgarga ketib koldi. Sulton Sa`idxon ko`p o`tmay bu erda Abubakr duglot ustidan galaba kozondi va Koshgar xamda Yorkandni ko`lga kiritishga muvaffak bo`ldi.
Muxammad Xaydar 1533 yilgacha, ya`ni Sulton Sa`idxon vafotiga kadar, uning xizmatida bo`ldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik kildi, so`ng yirik xarbiy bo`linmalarga ko`mondonlik kildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga kilgan xarbiy yurishlarida faol ishtirok etdi.
Otasi o`rniga o`tirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) duglot amirlarini ta`kib ostiga oldi, ularning ba`zilarini katl etdi. Bularning orasida Muxammad Xaydarning togasi Said Muxammad mirzo va karindoshlarining ko`pchiligi bor edi. Tibetda bo`lgan Muxammad Xaydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga kochdi va ko`p mashakkatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning o`gillaridan Komron Mirzo xuzuriga keldi, so`ng u erdan Agraga, Xumoyun podshox xuzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi.
Muxammad Xaydar 1541 yili, Xumoyunning xarbiy yordami bilan, Kashmirni bo`ysundirdi va u erda kariyb 10 yil xukmronlik kildi. U 1551 yili toglik kabilalarning biri bilan bo`lgan to`knashuv paytida xalok bo`ldi.
Muxammad Xaydar zamonasining o`kimishli va keng ma`lumotli kishilaridan edi. Boburning guvoxlik berishiga karaganda, u durustgina shoir, xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bo`lgan. Muxammad Xaydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri “Jaxonnoma” deb atalib, ertak tarzida yozilgan. Uning yagona ko`lyozmasi Germaniyaning Berlin shaxri kutubxonalaridan birida saklanmokda.
Olimning ikkinchi yirik va mashxur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki kism, davtardan iborat bo`lib, birinchi kismida Mo`guliston xalklarining tarixi Tugluk Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga o`tirgani (1533 y.)gacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Asarning birinchi davtari turli nakl-rivoyatlar, shuningdek, Yokut Xamaviyning “Mo``jam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Rashiduddinning “Jome` ut-tavorix”, Jamol Karshiyning “Mulxakot us-surox”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulugbekning “Tarixi arba` ulus” va nixoyat, Abdurazzok Samarkandiyning “Matla` us-sa`dayn” kitoblaridagi ma`lumotlar asosida yozilgan. Lekin unda xam Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotiga oid yangi, asl nusxada bo`ladigan ma`lumotlar ko`p. Kolaversa, birinchi daftar Koshgar, Kozogiston, shuningdek, Movarounnaxr va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal kamrab olishi bilan kimmatlidir.
Ikkinchi daftar birinchisidan keskin farkli o`larok, esdalik, xltiralar tarzida yozilgan bo`lib, Koshgar, Movarounnaxr, Afgoniston xamda Shimoliy Xindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o`rganishda asosiy va kimmatli manbalardan xisoblanadi.
Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy” asarining ijodkori XVI asrda o`tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Xofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunyoga kelgan. Otasi Mir Muxammad al-Buxoriy Buxoroning ko`zga ko`ringan boyonlaridan bo`lib, shayboniy Ubaydullaxonning yakin kishilaridan bo`lgan, 1550 yilning boshlarida Koshgarga ketib kolgan va oradan ikki yil chamasi vakt o`tgach, o`sha .rtda vafot etgan.
Xofiz Tanish Buxoriy o`z davrining chukur va keng ma`lumotli kishilaridan bo`lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yakin odami Kulbobo ko`kaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga kabul kilingan va uning shaxsiy vokeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Xofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Malexo Samarkandiyning ma`lumotiga ko`ra, Xofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaxarlab o`ldirilgan.
Xofiz Tanish o`zining “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy” asari bilan nom chikargan. Kitobda O`zbekiston, Kozogiston, shuningdek, kisman, Afgoniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon kilinadi. Undan tashkari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Xindiston, Koshgar va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar bor. Asar XVI asrning 80-yillari oxirida yozib tamomlangan. Xofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvoxlik berishiga karaganda, asarning oxirgi kismini, xonning topshirigi bilan, kozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) yozgan. Lekin bu fikrni boshka manbalar tasdiklamaydi.
“Sharafnomayi shoxiy” asari muallifning rejasiga ko`ra, mukaddima, ikki kism yoki makola va xotimadan iborat kilib yozilishi mo`ljallangan. Masalan, mukaddima, odatdagidek Alloxning madxu sanosi, xomiy, oliy xukmdor Abdullaxonning sha`niga aytiladigan ta`rifu tavsif, asarning yozilishi tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, kadimda Markaziy Osiyoda istikomat kilgan turk-mo`gul kavmlari, Chingisxon va uning avlodi xakida ma`lumot, birinchi makolada Movarounnaxrda 1533-1583 yillar orasida sodir bo`lgan vokealar, ikkinchi makolada esa O`zbekiston, Kozogistonva ko`shni xorijiy mamlakatlarda 1583 yildan keyin yuz berishi mumkin bo`lgan vokealar, xotimada esa Abdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zamondosh bo`lgan shayxlar, olimlar, shoirlar, vazirlar va amirlar, shuningdek, Abdullaxon zamonida kurilgan binolar xakida ma`lumot bkrishi mo`ljallangan. Lekin, asar yozilishi jarayonida reja o`zgargan – birinchi va ikkinchi makolalar ko`shib yozilgan, xotia esa muallifning bevakt vafoti sababli yozilmay kolgan.
Muallif asar mukaddimasini yozishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, Istaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik”, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Raziduddinning “Jome` ut-tavorix”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Muxammad Xaydarning “Tarixi Rvshidiy” asarlarida keltirilgan ma`lumotlardan foydalangan. XVI asrning 30-60- yillari orasida yuz bergan vokealar saroyda muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo`lgan muxim siyosiy vokealarning shoxidi bo`lgan keksa kishilarning ogzaki axborotlari asosida, 70-80-yillar vokealari esa muallifning bo`lib o`tgan vokealarda shaxsan o`zi katnashib to`plagan daliliy ma`lumotlar asosida yozilgan.
“Sharafnomayi shoxiy” asari nasriy kofiyali, ya`ni saj – murakkab badiiy uslubda yozilgan. Unda she`riy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sa`diy, Kamoliddin Binoiy, Mushfikiy va muallifning o`z she`rlari, “Kur`oni karim” oyatlari, “Xadis sharif”lardan parchalar xam ko`p.
Kitobda siyosiy vokealar bilan bir katorda ijtimoiy-iktisodiy mavzudagi ma`lumotlar, masalan, er egaligining ikto, suyurgol, tanxox kabi shakllari, turli-tuman solik va jarimalar, masalan, xiroj, ixrojot, tagor, ulufa, ko`nalga, madadi lashkar, boj, tomga, begar; o`lja va uning jamiyatdagi o`rni, asirni kulga aylantirish xollari; O`zbekistonning yirik shaxarlari va xunarmandchilikning umumiy axvoli; Shayboniylar davlatining ma`muriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlar xakida kimmatli dalil va ma`lumotlar mavjud. Bundan tashkari, asar etnografik, masalan, o`zbek xalki tarkibiga kirgan urug va kavmlar nomlari xamda topografik ma`lumotlar, masalan, Buxoro, Samarkand, Toshkent, Termiz, Ko`lob, Balx kabi yirik shaxarlardagi dikkatga sazovor binolar, osoru atikalar, shuningdek, mazkur shaxarlarninggeografik xolati va topografiyasi xakidagi axborotlarga nixoyatda boydir.
Ushbu asarning ko`lyozma nusxalari ko`p, asl matnini uchdan ikki kismini Sankt-Peterbkrglik olima M.Saloxutlinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. Kitob 1942-1952 yillari Sodik Mirzaev va oxirgi kismi Yu.Xakimjonov tomonidan 60- yillarda o`zbek tiliga tarjima kilinib, 1-2- jildlari, zarur tuzatishlar, tadkikot va izoxlar bilan 1966 va 1969 yillari B.Axmedov tomonidan chop kilingan. 3-4- jildlari bosilmay kolgan edi. 1995-1997 yillari ikki kitob xolida B.Axmedov tomonidan nashr etildi.
Akbarnoma” yoki “Ikbolnoma” nomli asar muallifi Abulfazl Allomiydir. U XVI asrda Xindistonda yashagan yirik tarixnavis olim va davlat arbobidir. Olimning nomi Abulfazl ibn Muborak bo`lib, bilim doirasi juda keng bo`lgani uchun Allomiy, bilimlar soxibi deb atashganlar. U 1551 yil 14 yanvarida Agrada tugilgan. Otasi shayx Muborak ibn Xizr o`z davrining mashxur iloxiyot olimlaridan xisoblangan. Akasi Abulfayz yirik shoir va olim bo`lgan.
Abulfazl Allomiy 1574-1602 yillari Boburning nabirasi Jaloluddin Muxammad Akbar (1556-1605 yy.)ning Bosh vaziri bo`lgan va Xindistonning XVI asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol` o`ynagan. 1602 yil 22 avgustda Dekan subasidan kaytib kelayotganida, shaxzoda Sulton Salim, bo`lgusi Jaxongir yollagan kotil tomonidan yo`l kstida o`ldirilgan.
Abulfazl Allomiyning asosiy asari “Akbarnoma” yoki “Ikbolnoma” Xindiston va Afgonistonning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Ma`lum darajada “Vakoe`” yoki “Boburnoma” asarini davomi sifatida yaratilgan bu ulkan asar uch kitobdan iborat. Birinchi kitobda Akbarning tugilishi, ota-bobolari – Bobkr, Xumoyun, shuningdek Ak`ar podshoxligining dastlabki 17 yil ichida bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy vokealar bayon kilinadi.
Ikkinchi kitob Xindiston va kisman Shimoliy Afgonistonning 1573-1601 yillardagi tarixini o`z ichiga oladi.
Uchinchi kitobda Boburiylar davlatining tuzilishi, Xindistonning ma`muriy tarkibi, axolidan yigiladigan solik xamda jarimalar va ularning mikdori, xindlarning dini va urf odatlari kabi masalarga keng o`rin berilgan. Uchinchi kitob mustakil mazmunga ega va uni “Oyini Akbari” (“Akbar konunlari”) nom bilan ataladi.
“Akbarnoma” asarining matni 1872-1877 yillari, G. Beverij tomonidan inglizchaga kilingan tarjimasi 1903-1921 yillari Kalkuttada chop etilgan.
“Akbarnoma” Boburiylar saroyida muntazam yuritilgan maxsus kundalik davtar, rasmiy davlat xujjatlari, shuningdek, bo`lib o`tgan vokealarning ishtirokchilari bo`lgan, yoki o`sha vokealarni bilgan kishilarning ogzaki axborotlari asosida yozilgan. Asarning noyobligi va kimmatligi xam shundandir.
Abulfazl Allomiy asari Boburiylar davlati va Buxoro xonligi o`rtasidagi siyosiy va madaniy munosabatlarni o`rganishda muxim manbalardan biri xisoblanadi.
Musaxxir al-bilod” (“Mamlakatlarni bo`ysundirkvchi”) nomli asarning muallifi Muxammadyor ibn Arab Katagondir. Uning xayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma`lumotlar kam. O`zining so`zlariga karaganda, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida yashab o`tgan, Shaybniy Abdullaxon soniy va Ashtarxoniylardan Boki Muxammadxon (1603-1606 yy.)ning xizmatida bo`lgan.
Muxammad ibn Arab Kattagon va uning “Musaxxir ul-bilod” asari yakin vaktlargacha ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma`lum bo`lmagan, kolaversa asar xakida turlicha, ko`p xollarda bir-biriga zid fikrlar xukm suradi. Masalan, K.G.Zaleman (1849-1916 yy.) “Musaxxir ul-bilod”ni Xofiz Tanish Buxoriyning “Sharafnomayi shoxiy” asarining kiskartirilgan nusxasi, deb aytgan bo`lsa, ingliz sharkshunosi Ch.A.Stori xamda “Sobranie vostochnыx rukopisey AN UzCCR” ketalogini tuzuvchilari uni “Tarixi Shayboniy” deb ataganlar. Yakinda Sankt-Peterburglik olima M.A.Saloxitdinova “Musaxxir ul-bilod”ni mustakil asar ekanligini anikladi va asar xamda uning muallifi xakida kiska ilmiy axborot e`lon kildi.
“Musaxxir ul-bilod” Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab shajarasi bayoni bo`lib, O`zyuekiston va Kozogistonning XV-XVI asrlardagi tarixini o`rganishda muxim ko`llanmalardan biri xisoblanadi. Asar 1610 yil atrofida yozilgan.
Kitob tarkibi mukaddima va olti bobdan iborat.
Birinchi bob Abulxayrxonning o`gli va taxt vorisi Shox Bulog Sulton, uning o`gillari Muxammad Shoxbaxt, Shayboniyxon va Maxmud Sulton xamda udarning avlodi tarixini o`z ichiga oladi.
Ikkinchi bobda Ko`chkunchixon (Ko`chumxon) va uning Samarkandda xukmronlik kilgan avlodi tarixi bayon etilgan.
Uchinchi bobda Suyunchxojaxon va uning Toshkent xamda Turkistonda xukmronlik kilgan avlodi tarixi keltirilgan.
To`rtinchi bobda xoja Muxammadxon va uning Movarounnaxrda podshoxlik kilgan avlodi tarixi keltirilgan.
Beshinchi bob Abdulmo`minxonning taxtga o`tirishi (1598 y.) va kiska xukmronligi xakida.
Oltinchi bobda Buxoroning dikkatga sazovor joylari, muallif bilan zamondosh bo`lgan va Buxoroda istikomat kilgan shayxlar, olimlar va shoirlar xakida kiskacha ma`lumot beriladi.
“Musaxxir ul-bilod” kam o`rganilgan, ko`lyozma nusxalari xam kam. Xozir uning fakat ko`lyozma nusxasi ma`lum: biri O`zR FA Sharkshunoslik institutida (Inv.№ 1505), ikkinchisi Rossiya FA Sharkshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo`limida (Inv.№ S. 465) saklanmokda. Afsuski, ikkala nusxa xam to`la emas. Birinchi nusxada mukaddima va birinchi bobning katta kismi etishmaydi, ikkinchi nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari yo`k.
Asarning I-IV boblarida XVI asr tarixiga oid manbalarni, xususan “Sharafnomayi shoxiy”dek yirik asarlarni xam ma`lum darajada to`latuvchi, ularda bayon etilgan vokealarga aniklik kirituvchi kimmatli ma`lumotlar ko`p. Shayboniyxon tomonidan 1507 yili o`tkazilgan pul isloxoti; Shayboniylar o`rtasida kelishmovchiliklar va o`zaro nizolar, uning sabablari; Shayboniylar bilan kozok xonlari o`rtasidagi siyosiy munosabatlar; o`sha zamonlarda Sirdaryo bo`yida istikomat kilgan korakalpoklar va ularning XVI asrning oxiri va XVII asr boshlaridagi axvoli; Toshkent, Turkiston, Sayram, Andijon va Axsiket kabi shaxarlarning XVI asrning so`nggi choragidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli xakidagi ma`lumotlar shular jumlasidandir.
Xaft iklim” (“etti iklim”) nomli geografik-biografik asarining ijodkori mashxur adabiyotshunos olim Amir Axmad Roziydir. U asli Eronning Ray sharidan, badavlat va o`kimishli xonadondan chikkan.
Amir Axmad Roziy o`z asarini 1594 yili tugatgan bo`lib, unda VII asrdan to XVI asr oxirigacha etti iklim mamlakatlari va shaxarlarida istikomat kilgan 1560 nafar yirik shayx, olim, yozkvchi,shoir va davlat arboblari xakida kiska, lekin kimmatli ma`lumotlar beradi. Muallif o`zigacha bo`lgan davrga tegishli masalarni yoritishda “Suvar al-akolim” (“Iklimning ko`rinishi”), “Masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlar orasidagi masofalar”), “Tarixi Banokatiy” kabi asarlarga tayangan, lekin ulardan tankidiy foydalangan, ularni yangi dalillar va ma`lumotlar bilan boyitgan.
Shaxarlar va mamlakatlarni tavsif kilganda ularning geografik o`rni, dikktga sazovor joylari, osori atikalari, xalki va uning xayoti, mashguloti va urf odatlari, ba`zida axolisining umumiy soni, xo`jaligiga oid kimmatli ma`lumotlar keltiradi. Masadan, Chingizxon xurujidan avval Balxda 50 mingdan ortik odam istikomat kilgan, XU-XU1 asrlarda Toshkent atrofidagi toglarda temir, firuza, oxak konlari, Xo`jandda firuza, Badaxshonda la`l konlari ishlab turgan.
“Xaft iklim”da Zaxiriddin Muxammad Bobur va uning avlodi davrida Xindiston va O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy axvoli, Sharkiy Turkston, Koshgarning XVIasr ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli xakidagi zarur ma`lumotlarni uchratish mumkin.
Asarda VII-XVI asrlarda O`zbekiston va Xurosonda o`tgan yirik olim va shoirlar xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir. Bular orasida “shoirlar podshoxi” Rashiduddin Votvot (1088-1182 yy.), “Olimlar faxri” Abulkosim Maxmud ibn Umar Zamaxshariy (1074-1144 yy.), buxorolik buyuk xadis olimi Abu Abdkllox Muxammadibn Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.)lar bor.
“Xaft iklim” asarining ko`lyozma nusxalari mumlakatimizda va xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida ko`p, lekin xali to`lik nashr kilinmagan. Undan tarixchilar yordamchi manba sifatida foydalanishi mumkin.
Tarixi olamoroyi Abbosiy” (“(Shox) Abbosning olamni bezovchi tarixi”) nomli asar garchi XVI asrda o`tgan yirik Eron tarixchisi Iskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan bo`lsa-da, unda O`zbekistonning tarixi va uning boshka mamlakatlar bilan munosabatini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi.
Iskandarbek Munshiy o`z asarida keltirgan ayrim dalil va ma`lumotlariga karaganda, 1561 yoki 1562 yili tugilgan. U saroy yumushiga kabul kilingunga kadar kichik moliya xizmatchisi bo`lib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga kabul kilingan. Bo`lgusi tarixchi 1587 yili xarbiy xizmatga jalb etilgan va shox Abbos avval Safaviy (1587-1629 yy.)ning xarbiy yurishlarida vokeanavis bo`lib ishtirok etgan, 1593 yili esa saroy munshiysi lovozimiga tayinlangan va umrining oxirigacha shu lavozimda turgan. Iskandarbek Munshiy 1634 yili vafot etgan.
Iskandarbek Munshiyning “Tarixi olamoroyi Abbosiy” nomli asarida Eronning 1588-1634 yillar orasidagi tarixi xronologik, yilma-yil tartibida yuayon kilingan. Bu asar xam “Akbarnoma” singari saroyda .ritilgan kundalik daftar, rasmiy xujjatlar, bayon etilgan vokealar ishtirokchilarining ogzaki axboroti xamda muallifning shaxsiy kuzatuvlari bilan to`poangan ma`lumotlar asosida yozilgan.
“Tarixi olamoroyi Abbosiy” asari tarkibi mukaddima, uch jild va xotimadan iborat. Asarning I-II jildlari 1616, uchinchi jildi esa 1628 yili yozib tamomlangan.
Kitobning birinchi jildi kompilyatsiya, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lib, Xondamirning “Xabib us-siyar”, Mir Yaxyo Kazviniyning “Lubb at-tavorix” (“Tarixlar magzi”) va muallif“Tarixi olamoroyi Abbosiy” noma`lum ikki asar “Tarixi shox Ismoil Safaviy” va “Tazkirayi shox Taxmosib” xamda boshka asarlarga tayanib yozilgan. Unda asosan shox Abbosning ota-boblari, shuningdek, shox Ismoil avval (1502-1524 yy.), shox Taxmosib avval (1524-1576 yy.), Ismoil soniy (1576-1578 yy.) va Sulton Muxammad Xulobanda (1578-1587 yy.) xukmronligi yillaridagi tarixi umumiy tarzda bayon etilgan.
“Tarixi olamoroyi Abbosiy” asarining II-III jildlari mazmuni yangi bo`lib, mustakil axamiyatga ega. Ularda Eronning 1588-1628 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritib berilgan. Uchinchi jild oxirida shox Abbos avval bilan zamondosh bo`lgan shayxlar, olimlar, shoirlar va xattotlar xakida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan.
Asar O`zbekiston tarixini o`rganishda xam katta axamiyat kasb etadi. Unda O`zbekistonning XVI asr oxiri va XVII asrning birinchi choragidagi siyosiy axvoli xakida noyob ma`lumotlarni uchratamiz. Bundan tashkari, asar XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi choragida Eron bilan Buxoro xonligi o`rtasidagi siyosiy munosabatlarni o`rganishda muxim manbalardan biri xisoblanadi.
Asardan ayrim parchalar B.Dorn (matni) va V.V.Vel`yaminov-Zernov tomonidan matni va kiskartirilgan ruscha tarjimasi nashr etilgan. Kitob matni yana ikki marta Texronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan.
Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor” (“Olijanob kishilarning jasorati xakidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda o`tgan balxlik yirik komusiy olim Maxmud ibn Validir. Uning otasi Mir Muxammad Vali asli fargonalik, kosonlik bo`lib, Shayboniylardan Pirmuxammadxon avval (1546-1567 yy.) davrida Balxga borib kolgan. U o`kimishli va keng ma`lumotli kishi bo`lib, asosan fikx ilmida zamonasining peshkadam kishilardan xisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she`rlar xam yozgan.
Maxmud ibn Valining amakisi Muxammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarkand xokimi Boki Muxammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) dnvonida xizmat kilgan. Akasi amir Abulboriy esa fikx, tafsir va tibb ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi.
Maxmud ibn Vali 1596 yili tugilgan. 19 yoshga borganda, ya`ni 1614 yili u yirik fikx va xadis olimi MMaxmud ibn Valirakshox Xusayniyning xizmatiga kiradi va kariyb o`n yil undan sabok oladi. Mirakshox Xusayniyning boy kutubxonasi bo`lib, unda, Maxmud ibn Valining so`zlariga karaganda, tarix, geografiya, mumtoz adabiyot, fikx, xadis va boshka ilmlarga doir juda ko`p kitoblar saklanar edi. Bu ilmga chankok yosh olim uchun bkbaxo xazina bo`ldi, albatta. Keymnchalik Maxmud ibn Valining o`zi kutubxonadagi ko`p kitoblarni o`kib ko`p foyda topganini aytadi.
Mirakshox Xusayniy vafot etgan 1624 yil 13 aprel kunidan keyin Maxmud ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maksadida boshka mamlakatlarga sayoxat kilishga karor kildi va bir yillik tayyorgarlikdan keyin, 1625 yilning iyul oyida savdo karvoniga ko`shilib Xindiston tomon yo`l oldi. U Xindistonda kariyb etti yil istikomat kildi va uning Peshovar, Loxur, Dexli, Agra, Xaydarobod, Vijayanagar, Kal`kutta, Bixar kabi kator yirik shaxar va o`lkalarni borib ko`rdi va ularning axolisi, xalkining urf-odati, tarixi, madaniyati, va nixoyat, osori atikalari xakidagi kimmatli ma`lumotlar to`pladi.
1631 yil 20 avgustla Balxga kaytib kelgandan keyin Nadr Muxammadxon (1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo`lib xizmat kildi. Maxmud ibn Valining kachon vafot etganligi ma`lum emas.
Maxmud ibn Vali fanning juda ko`p soxalarini, tarix, geografiya, ilmi nujum, ma`danshunoslik, botanika va boshka soxalarni kamrab olgan “Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor” yoki “Baxr ul-asror” nomli o`ta kimmatli komusiy asarini yaratdi. Bundan tashkari u kator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bo`lib, ular bizgacha etib kelmagan.
1634-1640 yillar orasida yozilgan “Baxr ul-asror” asari mundarijasida ko`rsatilishicha, etti jilddan iborat bo`lgan. Uning II-VII jildlari jaxon tarixiga bagishlangan bo`lib, O`zbekiston va u bilan ko`shni mamlakatlarning kadim zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, ma`danshunoslik va botanika fanlariga oid ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Afsuski, bu muxim va kimmatli asarning fakat I va VI jildlarigina topilgan, xalos.
Asarning birinchi jildida etti iklim mamlakatlarining, guningdek, O`zbekistonning o`rta asrlardagi shaxar va viloyatlarining geografik xolati, xalki va uning turmush tarzi xakida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan.
“Baxr ul-asror”ning VI jildi aloxida kimmatga ega. Unda XIII-XVII asrning birinchi yarmida Chigatoy ulusi, O`rta Osiyo, Mo`guliston va Shimoliy Afgoniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan.
Maxmud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy jamotachilikka 1902 yildan beri ma`lum bo`lsa-da, xali juda kam o`rganilgan. Undan ayrim parchalarning ruscha tarjimasi V.V.Bartol`d, B.AyuAxmedov va K.A.Pishulina tomonidan e`lon kilingan.
“Baxr ul-asror” asarining olti nafar ko`lyozmasi mavjud. Ularning to`rttasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida I jild va VI jildning 1-3 kismlari, ikkitasi esa Angliya va Pokistonda, VI jildning 4 kismi saklanmokda.
Dastur ul-muluk” (“Podshoxlarga ko`llanma”) nomli kimmatli asar muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziydir. Uning o`z ismi Muxammad Bakoxoja bo`lib, asli nasaf(Karshi)lik, Mir Xaydariy tarikati shayxlaridan biri oilasida dunyoga kelgan.
Xoja Samandar Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645-1681 yy.) va Subxonkulixon (1681-1702 yy.) bilan zamondosh bo`lgan. U 1702 yilgacha Karshida raislik lavozimida turgan, Abdulazizxon va Subxlnkulixonning xarbiy yurishlarida ishtirok etgan. Oxiri ana shu Mir Xaydariy tarikati shayxlaridan ba`zilarining igvosi bilan 1702 yili raislik lavozimidan iste`voga chikishga majbkr bo`ldi va umrining oxirigacha, u 1735 yili xali xayot bo`lgan, fakat ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan.
Xoja Samandar Termiziy o`z davrining keng ma`lumotli kishilari jumlasidan bo`lgan. O`sha vaktlarda yozilgan bir kator kitoblar, jumladan “Muzakkiri axbob”, “Muxit at-tavorix”ning ma`lumotlariga karaganda, u etuk shoir, yozuvchi va tarixchi olim bo`lgan, iloxiyot ilmini xam yaxshi bilgan, ko`p sayoxat kilib, nazariy bilmini mustaxkamlagan.
Bizning zamonimizgacha olimning ikki muxim asari etib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” bo`lib, u 1695 yili va ikkinchisi “Anis ul-fukaro” (“Fakirlar do`sti”) nomi bilan mashxur bo`lib, 1735 yili yozilgan.
O`zbekiston tarixini o`rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari zo`r kimmatga ega. Asar Buxoro xonligining XVII asrning 70-90- yillardagi ijtimoiy-siyosiy axvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o`rtasidagi siyosiy munosabatlarni o`rganishda katta axamiyatga ega. Asarda o`zaro kurashlar, oliy martabali mansabdordar orasida keng tarkalgan buzuklik, poraxo`rlik, zulm va mexnatkash xalkning ogir axvoli xakida kimmatli ma`lumotlar mavjud. “Dastur ul-amal”da o`zbeklarning etnik tarkibi xakida xam muxim dalil va ma`lumotlarni uchratamiz.
1971 yili “Dastur ul-amal”asarining forsiy matnini, ruscha tarjimasi, zarur izoxlar bilan M.A.Saloxitdinova chop etdi. Asarning o`zbekcha nashri 1997 yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi.
Tarixi Mukimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda o`tgan yirik olim Muxammad Yusuf Munshiydir. Asarida keltirilgan ma`lumotlarga karaganla, asli balxlik bo`lgan va Subxonkulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro xoni) xamda Muxammad Mukimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy bo`lib xizmat kilgan.
Muxammad Yusuf Munshiy Muxammad Mukimxonga bagishlangan “Tarixi Mukimxoniy”nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697-1704 yillar orasida yozilgan bo`lib, Balx va kisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Muxammad Yusuf Munshiy agar “jaxon xodisalarining kuchli shamoli uning (Muxammad Mukimxonning) xayot o`tini o`chirmasa, yo`ksizlik dengizining to`lkinlari o`ynoki otini o`z girdobiga tortib ketmasa” ushbu asarining ikkinchi kismini xam yozish niyatida ekanligini aytadi. Lekin “Tarixi Mukimxoniy”ning ikkinchi kitobi yozilmay kolgan. Fikrimizcha, bunga kandaydir kutilmagan xodisa, balki muallifning biron falokatga uchrab kolganligi sabab bo`lgan.
“Tarixi Mukimxoniy” mukaddima va uch bodan iborat.
Mukaddimada turkiy xalklarning afsonaviy onasi Alan kuva, Chingizxonning ota-bobolari, mo`gul ko`shinlari tomonidan Movarounnaxr, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi kiskacha bayon etilgan.
Asarning birinchi bobi Shayboniylar davrida Movarounnaxrning umumiy axvolidan xikoya kiladi.
“Tarixi Mukimxoniy”ning yangi va muxim kismi uning II-III boblaridir. Ikkinchi bobda Balx va kisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, shuningdek, Buxoro va Balx xonliklarining Xindiston, Eron, Turkiya va Koshgar bilan bo`lgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702-1704 yillar vokealari, xususan Buxoro bilan Balx o`rtasida boshlangan kurolli kurash o`rin olgan.
Asarda xonlar va katta er egalari to`grisida, mexnatkashlar ogir axvoli to`grisida ayrim kimmatli ma`lumotlar uchraydi.
“Tarixi Mukimzoniy” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p va Sankt-Peterburg, Toshkent, shuningdek, xloidiy mamlakatlarning kutubxlnalarida saklanmokda. Asar to`la o`zbekchaga 1861 yili tarjima kilingan, unday ayrim parchalar frantsuz va rus tillarida e`lon kilingan. 1956 yili to`lik ruscha tarjimasi chop etilgan.
Ubaydullanoma” XVII asrda o`tgan Mir Muxammad Amini Buxoriy asaridir. U o`kimishli va fozil kishilardan bo`lib, 1645 yilda tugilgan, vafot yili ma`lum emas. Ashtarxoniylardan Subxonkulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat kilgan.
“Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti xakida xikoya kiladi. Asar 1716 yildan keyin yozilgan, mukaddima, xotima va 80 bobdan iborat.
Mukaddimada muallifning xol-axvoli, ya`ni Subxonkulixon xukmronligining so`nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, ogir axvolga tushib kolganligi va Uaydullaxon xizmatiga kabul kilinishi, Abdulazizxon va Subxlnkulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy axvoli kiska tarzda bayon kilingan.
1-80- boblarda Buxoro xonligining kariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta er egaligi, axolidan yigiladigan solik va jarimalar, Buxoro xonligining ma`muriy tuzulishi, tarkoklikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iktisodiy kiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng o`rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma`lumotlar xam ko`p.
Xotimada muallif bilan zamondosh bo`lgan va Buxoroda istikomat kilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Kosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulxam, mashxur kozilar xakida kiskacha, lekin e`tiborga molik ma`lumotlar keltirilgan.
“Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortik ko`lyozma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chikarilgan.
Tarixi kasira” yoki ”Tarixi sayyid Rokim”, “Tarixi sayyid Rokim Samarkandiy” nomlari bilan mashxur bo`lgan asarni Mulla Sharafuddin A`lam yaratgan. U XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi choragida yashab o`tgan shoir va tarixchi olimdir. V.R.Rozen va A.A.Semenovlar keltirgan ma`lumotlarga karaganda, Mulla Sharafuddin A`lam asli andijonlik, yosh paytida Samarkandga, otasi xuzuriga kelib kolgan. Otasining ismi mullo Nuriddin bo`lib, xalk orasida oxund mulla Farxod nomi bilan mashxur bo`lgan.
Mulla Sharafuddin yoshligidan mexnatsevar vailmga chankok bo`lgan. Otasining yordami bilan yaxshi o`kidi, turli ilmlarni kasb etdi va keng ma`lumotli olim va shoir bo`lib etishdi. V.R.Rozen va A.A.Semenovlarning tadkikotlaridan anglishilishicha, mulla Sharafuddin Samarkandning eng ma`lumotli olimlaridan mulla Bokijon Buxoriyning xizmatida bo`lgan va uning vafotidan keyin o`rniga a`lamlik vazifasigao`tirgan. Ba`zi ma`lumotlarga karaganda, u kozilik mansabida xam turgan.
Olim “Tarixi kasira” asari bilan mashxur. Unda mashur shaxslarning xayotiga oid mamlakatda bunyod etilgan katta binolar, usti yopik bozor, timlar, xammamlar kurilishi va mashur kishilar xayoti bilan boglik sanalarga bagishlangan tarix-xronogrammalar majmuidan iboratdir. U Amir Temur tavalludi(1336 y.)dan to XVIII asrning o`rtalarigacha kechgan vokealarni o`z ichiga oladi.
“Tarixi kasira” asarining ko`lyozma nusxalari va toshbosma nashrlari ko`p. Asarning birinchi toshbosma nashr olim va yirik davlat xizmatchisi Mirza Salimbek tarafidan 1913 yili Toshkentda amalga oshirilgan. Shu erda mazkur asarni “Tarixi tomm” nomi bilan 1998 yili bosmadan chikkanligini eslatib o`tmokchimiz.
“Tarixi kasira” ba`zi muxim vokealar tarixini aniklashda kimmatli manba rolini o`ynaydi. Dalil sifatida bir necha misollar keltiramiz.
Yirik tarixnavis olim va vazir Rashiduddinning o`ldirilishi vokeasi 1318 yil 27 oktyabr kuni sodir bo`lgan.
Shoir Kamol Xo`jandiyning vafoti 1391 yili yuz berdi.
Amir Temur zamonida o`tgan yirik alloma Taftazoniy xakida kuyidagi ma`lumotlar keltirilgadi. 1322 yili tavallud topgan. 18 yoshlik paytida Gijduvonda “Sharxi Zandoniy” asarini yozgan. 1347 yilning 10 iyun kuni Jom viloyatida “Sharxi mulaxxas al-miftax” kitobini yozib tamomlagan. 1373 yil 23 may kuni Samarkandda “Makosid ul-kalom va sharxi makosad” kitoblarini yozib tamomlagan. Vafoti 1392 yili sodir bo`ldi.
“Tarixi kasira”da Amir Temur davrida o`tgan yana bir yirik olim Mir Sayyid Sharif Jurjoniy xakida kuyidagilarni o`kiymiz. Asli Mozandaronning To`un kishlogidan. 1377 yili tugilgan. Sherozdagi “Dor ush-shifo” o`kuv yurtida mudarrislik kilgan. Amir Temur Sherozni ishgol kilgan 1393 yili Samarkandga ko`chib kelgan va xazrat soxibkironning inoyat va marxamatlariga sazovor bo`lib, uning saroyida xizmat kilgan. 76 yoshida Sherozda vafot etgan.
Movarounnaxrlik iloxiyot olimi xoja Muxammad Porsoning vafoti 1419 yili yuz bergan.
Mirzo Ulugbekning birinchi muallimi shayx Ozariy, xakikiy ismi Xamza ibn Abdulmalik at-Tusiy 1440 yili vafot topgan. “Tarixi kasira”da uning xakida yana kuyidagilar aytiladi. Otasi sarbadorlar jamoasiga mansub bo`lgan. O`z davrining etuk olimi va shoirlari jumlasidan bo`lgan. She`rlari mashxur bo`lib, nazm va nasrda bir necha asar yozib koldirgan. “Javoxir al-asror”, “Tugroyi xumoyun” va “Ajoyib ul-garoyib” shular jamlasidandir.
Shayboniylar, xususan, Muxammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon soniy davrida, Movarounnaxr va Balx shaxarlarida bir talay katta kurilishlar, madrasalar, masjidu xonakolar, timlar, yirik suv inshoatlari kurib ishga tushirilgan. “Tarixi kasira”da bular xakida xam muxim ma`lumotlarni uchratamiz. Bir necha misol:
Kesh(Shaxrisabz)da Oksaroy binosining kurilishi asosan 1382 yilda tamomlangan.
Mirzo Udugbekning Samarkanddagi madrasasi 1425 yili kurib bitkazilgan.
Mirzo Ulugbekning rasadxonasi 1429 yili kurib ishga tushirilgan.
Alayka ko`kaltoshning Samarkanddagi jome` masjidida Ko`chkinchixon tarafida kurilgan marmar minbar 1528 yili bitkazilgan.
Buxoroda Ubaydullaxon tarafida Mir arab madrasasining bino kilinishi 1536 yili sodir bo`lgan.
Mavlono Mir muftiy tarafidan Buxoroyi sharifda kurilgan kutubxona 1558 yili bitkazilgan.
Juvonmard Alixon tarafidan Buxoroda xammom kurilishi 1574 yili poyoniga etgan.
Muxtar Kosim tarafidan Gijduvon yonida, Ko`xak daryosi ustiga kurilgan ko`p oshiyonalik suv ayirgich inshooti 1576 yili kurilib ishga tushirilgan.
Abdullaxon soniy tarafidan Buxoroda bunyod etilgan chorbog 1584 yili kurib tamomlandi.
Mazkur xon tarafidan Buxoroda Chorsu bozorining kurilishi 1587 yili tamomlandi.
Karmina yonida, Ko`xak daryosi ustiga ko`prik kurish ishlari 1587 yili tamomlandi.
Kitobda mashxur asarlarning yozib tamomlangan vaktixam ko`rsatilgan. Masalan, Ulugbek mirzoning “Ziji jadidi ko`ragoniy” kitobi 1437 yili, Abduraxmon Jomiyning “Nafaxot ul-uns” asari 1469 yili, “Xusni Xusayn” kitobi 1606 yili yozib tamomlangan.
“Tarixi kasira” asari, uning kiymati va idm-fan uchun zarurligi keltirilgan misollardan xam ko`rinib turibdi.
Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydallaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) saroyida xizmat kilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abduraxmon Davlat yozgan. Muallif ko`prok Abduraxmon Tole nomi bilan mashxur.
Mazkur asar xajm jixatdan kichik, 161 varak bo`lib, “Ubaydullanoma”ning davomi xisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Ma`lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iktisodiy va siyosiy axvoli zaiflashadi, ulus boshliklarining, ya`ni maxalliy xukmdorlarning mustakillik uchun olibborgan xarakati kuchaydi, ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarkand markaziy xukumatga bo`ysunmay ko`ydilar, Fargona XVIII asr boshlarida, 1709 yili Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chikdi va o`lkada mustakil Ko`kon xonligi tashkil topdi, 1722 yili Samarkand xam mustakillik e`lon kildi va Rajabxon ismli kimsani xon kilib ko`tardilar (1722-1728 yy.), o`zaro urushlar boshlanib ketdi.
“Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu masalalar keng yoritib berildi. Bundan tashkari, asarda Buxoro xonligining ma`muriy tuzulishi va o`zbek xalkining o`sha yillardagi etnik tarkibi xakida xam ayrim, dikkatga sazovor dalil va ma`lumotlar bor.
“Tarixi Abulfayzxon”ning to`la ruscha tarjimasi, zarur izoxlar bilan 1959 yili A.A.semenov tarafidang Toshkentda nashr kilingan.
Cilsilat us-salotin” Xoji Mir Muxammad Salimning asaridir. Uning ko`lyozma nusxalari juda kamyob bo`lib, bir nusxasi Angliyaning Oksford shaxridagi Bodli kutubxonasida (rakami № 269) saklanmokda.
Xoji Mir Muxammad Salim xech bo`lmaganda biron kichik viloyatga xokim bo`lish sharafiga muyassar bo`lolmagan va boshidan ko`p ogir kunlarni kechirgan Ashtarxoniylar jumlasidandir. Uning bobosi Tursun Muxammad sulton 1578-1598 yillari Samarkand xokimi bo`lgan. Uning to`ngich o`gli Poyanda Muxammad Sulton Balx xoni Nadr Muxammadxonga yakin bo`lgan, xonning singlisi Zubayda bonuga uylangan va 1611-1642 yillari Kunduz viloyatiga xokimlik kilgan. Ana shu Poyanda Muxammad sulton bilan Zubayda bonydan tugilgan Muxammadyor sulton Xoji Mir Muxammad Salimning bobosidir. U 1645 yilgacha Shaxrisabz viloyatiga xokim bo`lgan va Nadr Muxammadxon Buxoro taxtini o`gli Abdulazizxonga koldirib ketgandan keyin u bilan birga Balxga kochib borgan. Oradan bir yil o`tgach, 1646 yili, Balx Boburiylardan Shoxi jaxon ko`shinlari tomonidan ishgol etilganlan so`ng, xonning onasi Shaxribonu xamda Nadr Muxammadxonning boshka oila a`zolarini olib Buxoroga kochib keldi, Abdulazizixonning kaomoklar, korakalpok va kozok sultonlariga karshi xarbiy yurishlarida ishtirok etdi, toju taxt oldida ko`rsatgan katta xizmatlari uchun Shaxrisabzga xokim kilib tayinlandi. Muxammadyor sulton 1647 yilning 14 iyunida Avrangzeb ko`shini bilan Balx kishlogi-Temurobodda bo`lgan jangda xalok bo`lgan. Xoji Mir Muxammad Salimning otasi Muxammad Rustam sulton 1645 yili xali yosh bo`lgan va Abdulazizixon unga ikto` tarzida Samarkandga karashli Saripul tumanini in`om kilgan, unga otalik kilib esa Mir Shoxxoja Shavdariyni tayinlagan. Lekin 1671 yili Abdulaziz undan xavfsirab ko`ziga mil torttirib ko`r kilgan. Muxammad Raxim sulton orada ko`p vakt o`tmay, amir Muxammadyor ltadikning vositachiligi bilan, xondan ruxsat olib Xajga jo`nagan. Lekin, Dekan viloyatida davom etib turgan urush xarakatlari sababli, bandargox shaxarlaridan birontasiga o`tolmay, Shoxijaxonobodga kaytib kelgan va oradan ikki yil o`tgach, o`sha erda vafot etgan.
Mir Muxammad Salimning o`ziga kelsak, u, asarda bayon etilgan vokealarga karaganda, otasidan keyin Buxoroda kolgan. 1711 yili Ubaydullaxon o`ldirilgandan keyin, xaj kilish baxonasi bilan Arabistonga jo`nagan. Bir yilcha Isfaxonda istikomat kilib, 1712 yili Turkiyaga borgan. Sulton Axmad 111 (1703-1730 yy.) uni extirom bilan kutib olgan. To`rt yilcha Turkiyada turib, mazkur sultonning xarbiy yurishlarida katnashgan. Mir Muxammad Salim 1716 yili Makkaga borgan va xaj marosimini ado etgandan keyin, dengiz orkali Xindistonga kelgan va Boburiy Nosiruddin Muxammadshox (1719-1748 yy.)ning xizmatiga kirgan. “Cilsilat us-salotin” asarini Nosiruddin Muxammadshoxning topshirigi bilan yozgan. Xoji Mir Muxammad Salimning kachon va kaerda vafot etganligi aniklanmagan.
“Cilsilat us-salotin” 1731 yilda yozilgan bo`lib, mukaddima va to`rt kismdan iborat.
Mukaddimada asarning yozilishi xakida so`z boradi va muallifning 1711 yildan keyingi xayoti xakida ayrim, dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi.
Birinchi kismda islomiyatdan avval o`tgan paygambarlar, kadimgi turklar va mo`gullar, xususan barloslar va Amir Temurning ota-bobolari, Amir Temur va Temuriylar, shuningdek, xazrat soxibkironning Xindistonda xukmronlik kilgan avlodi tarixi kiskacha bayon etiladi.
Asarning ikkinchi kismi Mo`gulistonning Tugluk Temurxon(1348-1363 yy.)dan to Suyurgatmishxongacha (1370-1388 yy.) o`tgan davrdagi tarixini o`z ichiga oladi.
Mukaddima va I-II kismlarni yozishda muallif o`zidan avval yozilgan asarlardan, masalan, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Rashiduddinning “Jome` ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulugbekning “Tarixi arba` ulus”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor”, “Xabib us-siyar” va “Maosir ul-muluk” asarlari, Abulfazl Allomiyning “Akbarnoma”, Xofiz Do`stmaxammad ibn Yodgorning “Majma` ul-ajoyib” (1606 yili yozilgan) va boshka 20 ga yakin kitoblardan foydalangan.
“Cilsilat us-salotin”ning III-IV kismlari favkulodda axamiyatga ega bo`lib, O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonning XVI-XVIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon kiladi.
Asarda Buxoro xonligining Eron, Xindiston va Koshgar bilan bo`lgan alokalari, Buxoro xonligida xokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar ko`liga o`tishining anik tafsiloti, XVII asrda Balx va Badaxshon, shuningdek, O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti, Shoxijaxonning Balx va Buxoro xonligi ichki ishlariga kurolli aralashuvi va Boburiylar ko`shinining Balx va unga tobe bo`lgan erlarni bosib olishi, Xoraxmning XVI-XVII asrlardagi siyosiy axvoli xususida boshka manbalarda uchramaydigan kimmatli dalil va ma`lumotlar keltiriladi. Asarda ulus tizimi, tiul va solona kabi soliklar, O`zbekiston shaxarlari, ularning axolisi va turmush tarzi xakida keltirilgan ma`lumotlar xam aloxida kimmatga egadir.
Xoji Mir Muxammad Salim Buxoro xonlari, Abdullaxon II, Abdulmo`minxon, Dinmuxammadxon, Imomkulixon, Abdulazizxon, Subzonkulixonning Xindiston, Eron va Turkiya xukmdorlari bilan yozishmalarining 20 nafar maktubi nusxalarini xam keltirgan. Bu maktublar, shubxasiz, Buxoro xonligi bilan mazkur mamlavatlar o`rtasidagi munosabatlartarixini o`rganishda muxim ma`no kasb etadi.
Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodirshoxning olamga bezak bo`luvchi tarixi”) asarining muallifi XVIII asrda o`tgan marvlik mashxur tarixchi olim Muxammad Kozimdir. U 1721 yili Marvda tugilgan. Otasi, 1737 yili vafot etgan. U mashxur fotix Nodirshox(1736-1747 yy.)ning yakin kishilaridan bo`lib, uning dastlabki xarbiy yurishlarida katnashgan va muxim diplomatik topshiriklarini bajargan. Keyincha u Nodirshoxning inisi Ibroximxon, dastlab Xuroson, so`ngra, 1736 yildan, Ozarbayjon xokimi saroyida xizmat kilgan.
Muxammad Kozim boshlangich ma`lumotni Marvda oldi, so`ng 1731 yili otasi uni Mashxadga olib keldi va bu erdagi madrasalardan biriga o`kishga berdi. Muxammad Kozim bu erda sayid Mir Shamsuddin Ali Mozandaroniydan ta`lim oldi. 1736 yili u Darbandga, Ibroximxon xuzuriga chakirtirib olindi va 1739 yilgacha xonning yasovuli lavozimida xizmat kildi. 1739 yili Muxammad Kozim Nodirshoxning o`gli Rizokuli mirzo xizmatiga kabul kilindi va 1741 ymlgacha lashkarnavis, xarbiy kotib vazifasida xizmat kildi. 1744 yildan u Nodirshox xuzurida xizmat kila boshladi, 174401747 yillari moliya maxkamasida kotib va 1747 yildan podshox kurol-yarog omborining mutasaddisi, vazir bo`lib ishladi. Muxammad Kozim taxminan 1752 yili vafot etdi.
Muxammad Kozim o`zining tarixiy asari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ni 1750-1753 yillari yozgan. Asar uch jilddan iborat.
Birinchi jildi Eronning 1688-1736 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi.
Ikkinchi jildda 1736-1743 yillari Eronda, shuningdek, O`rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan.
Asarning uchinchi jildi Eron va kisman, O`rta Osiyo, Xindiston, Turkiya va Kavkaz orti mamlakatlarining 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bagishlanadi.
O`zbekistonning XVIII asrdagi tarixini o`rganishda “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning II va III jildlari asosiy manbalardan biri o`rnini o`taydi. Ayniksa, asarda Eron ko`shinining 1737 yili O`zbekiston xududiga bostirib kirishi va Guzor, Karshi, Shulluk va boshka shaxar va tumanlarning talon-taroj kilinishi, 1740 yili Buxoro xonligining Nodirshox tarafidan bo`ysundirilishi, 1746 yildagi Xorazmning ogir axvoli, 1747 yili Eron askarlarining O`rta Osiyo shaxar va kishloklariga yana bostirib kirishi va okibatda mexnatkash xalkning ayanchli axvolga tushib kolishi, 1741-1742 yillarda Ko`lob, Xisori shodmon, Badaxshon, Balx va boshka viloyatlar xalkining katta er egalarining zulm va chet el boskinchilariga karshi ko`zgolonlari xakidagi ma`lumotlar zo`r ilmiy kimmatga ega.
“Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning ko`lyozma nusxalari kam. Shu paytgacha asar to`la ravishda biron tilga tarjima kilinmagan. Undan ayrim parchalar ba`zi ilmiy to`plam va jurnallarda chop etilgan. II jildning bir kismi, ya`ni Nodirshoxning Xindistonga yurishini bayon etuvchi kismi P.I.Petrov tomonidan rus tilida nashr etilgan. 1960, 1965 va 1966 yillari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning matni fotofaksimil nashri Moskvada N.D.Mikluxo-Maklay tomonidan chop etilgan.
Tuxfat ul-xoniy” (“Xonning tuxfasi”) yoki “Tarix Raximxoniy” (“Muxammad) Raximxon tarixi”) nomli asar Buxoro xonligining 1722-1782 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Uni tarixchi olim Muxammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769 yy.) yaratgan. Tarixchining to`la nomi Mulla Muxammad Vafo ibn Muxammad Zoxir Karminagiydir. U Buxoroning o`kimishli va tanikli kishilaridan biridir. Karminagiy nisbasiga karaganda, asli Buxoroning Karmana tumanidan bo`lgan. “Ubaydullanoma” kitobining muallifi Mir Muxammad Amin Buxoriyning shuvoxlik berishiga karaganda, Muxammad Vafoyi Karminagiy Ashtarxoniylardan Ubaydullaxon saroyida kitobdor bo`lib xizmat kilgan. Fikrimizcha, u Ubaydullaxondan keyin taxtga o`tirgan Abulfayzxon davrida xam shu lavozimda turgan. Mulla Muxammad Vafo Karminagiy “kozi Vafo” nomi bilan xam mashxurdir. U kozilik lavozimiga yangi sulola-Mangitlar sulolasining asoschisi Muxammad Raximxon (1753-1759 yy.) zamonida erishgan.
Muxammad Vafo Karminagiy 1769 yili “Tuxfat ul-xoniy” nomli asarida fakat 1722-1768 yil vokealarini o`z ichiga olgan kisminigina yozib ulgurgan, xalos. Uning davomini, ya`ni 1768-1782 yillar vokealarini bayon etuvchi kismini nasaflik domla Olimbek ibn Niyozkulibek yozgan.
“Tuxfat ul-xoniy” kofiyali nasr, saj bilan yozilgan, lekin vokealarning to`la va keng yoritilishi, ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, geografik xamda etnik dalillarga boyligi bilan birinchi darajadi manbalar katorida turadi. Asar Buxoro xonligida XVIII asrning 20- yillaridan boshlab kuchayib ketgan iktisodiy va siyosiy tanglikni, ijtimoiy-siyosiy tarkoklikning kuchaymshm va buning natijasida markaziy davlat boshkaruvining zaiflashuvi, mangit xukmdorlarining uluslar va kabilalarni bo`ysundirish maksadida olib borgan tinimsiz urushlari va buning okibatida ko`plab shaxarlar xamda kishloklarning vayron etilishi, mexnatkash xalk turmushining ogirlashib borishi va uning asosiy sabablarini aniklashga yordam berishi mumkin bo`lgan daliliy ma`lumotga o`ta boydir.
Asarda yana o`zbek kavmlari, uluglari va ularning ijtimoiy-siyosiy xayotda tutgan o`rni, Ashtarxoniylar va Mangitlar xukmronligi davrida o`zbek ko`shini va mangitlar davlatining tuzilishi, 1722-1782 yillarda Buxoro xonligining Eron, Afgoniston, Kozok va Ko`kon xonliklari xamda Koshgar bilan olib borgan siyosiy munosabatlari xakidagi xam e`tiborga molik ma`lumotlar ko`p uchraydi.
“Tuxfat ul-xoniy” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Masalan, fakat Sankt-Peterburg, O`zbekiston, Tojikiston kutubxonalarida undan 23 ko`lyozmasi mavjud. Asar biron tilga to`la tarjima kilinmagan xam. Asardan kichik bir parcha, ya`ni Muxammad Raximxonning 1747 yili Saraxs atrofida Eron ko`shinlari bilan to`knashuvi rus tilida 1938 yili e`lon kilingan, xalos.
Tarixi Amir Xaydar” XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o`tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma`lum muxarrir tomonidan kiskartirilgan nusxasi etib kelgan bo`lib, ko`lyozma O`zRFA Sharkshunoslik institutida 1836 rakami ostida saklanmokda.
“Tarixi Amir Xaydar” kichik xajmdagi asar, jami 96 varakdan iborat, muxim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mangitlar sulolasidan bo`lgan amir Xaydar xukmronligi (1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi.
Asar 81 bob, yoki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shaxri tarixiga bagishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi kiskacha bayon etilgan, 7-81- boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Xaydarning tugilishidan to uning 1826 yil 6 oktyabridagi vafotigacha bo`lgan tarixi xikoya kilinadi.
Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan, lekin nima sababdandir ko`lyozma nashr etilmay kolgan. Tarjima ko`lyozmasi O`zR FA ShI kutubxonasida saklanmokda.
Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”) asarining muallifi ko`konlik yirik tarixchi olim Xakimxon to`radir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota tarafidan nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri, yirik iloxiyot olimi Maxdumi A`zam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Ko`kon xoni Norbo`taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir.
Otasi sayyid Ma`sumxon to`ra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va Muxammad Alixon xukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Xakimxon to`ra Muxammad Alixon xukmronligiavvalida Namangan, To`rako`rgon va Kosonsoyda xokim bo`lgan. Lekin ko`p o`tmay otasi xam, o`zi xam xonning gazabiga duchor bo`lib, egallab turgan lavozimlaridan bo`shatilganlar va xaj marosimini ado etish uchun Arabistonga jo`natib yuborilgan. Otasi yo`lda, Mozori sharifda 1834 yili vafot etgan. Xakimxon to`ra esa ko`p mashakkatlar chekib, etti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Irok, Suriya va Falastin orkali Mkkaga etib bordi. O`shanda 1834 yili u Orenburgda podshox Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bo`lgan. Xakimxon to`ra Makka va Madina ziyoratidan kaytgach, 1828 yili, Muxammad Alixondan cho`chib Ko`konga bormadi va kolgan umrini Kitobda kechirdi. O`zining yozishicha, Kitobda uning karindoshlari va ozmi-ko`pmi er-suvi bo`lgan.
Xakimxon to`ra yirik tarixnavis olim bo`lib, o`zining “Muntaxab ut-tavorix” asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan.
“Muntaxab ut-tavorix”da kadimiy zamonlar, islomiyatdan avval o`tgan paygambarlar, kadimgi Eron podshoxlari, Xitoy va evropaning kadimiy podshoxlari, xalifayi Roshidindan to Movarounnaxrning Mangit va Ming sulolasidan chikkan oliy xukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi.
Asarda Ko`kon xonligining xonlik asoschisi Shoxruxxon(1709-1721 yy.)ning o`gli va toj-taxt vorisi Abduraximxon (1721-1724 yy.) zamonidan to Norbo`taxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniksa, Norbo`taxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya, Turkiya, Irok, Shom (Suriya) va boshka mamlakatlarga kilgan sayoxati chogida olgan taassurotlari va o`sha mamlakat xalklarining ijtimoiy-siyosiy xayoti, tarixi va xayot tarzi xakida keltirgan maxlumotlari xam dikkatga sazovordir. “Muntaxab ut-tavorix”ning ko`lyozma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saklanayotgan forscha fotonusxasini Axror Muxtorov 1983 yili ikki kitob xolida chop etdi. Asarning o`zbekcha nusxasi xam bo`lib, xozirda O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida (rakami № 594) saklanmokda.
Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulaxad” (“Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai axvoli. Amir Doniyoldan to amir Abdulaxadgacha”) asarining muallifi Axmad Donish yoki Axmad Kalla nomi bilan mashxur bo`lgan, X1X asrda ko`zga ko`ringan mutafkkir shoir, adib, olim va diplomatdir. Uning to`la ismi Axmad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy al-Buxloiydir. Bo`lgusi tarixchi 1827 yili Buxoroda tugilgan. U yoshligidan yaxshi o`kib tarix, mumtoz adabiyot, riyoziyot-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musika va tibbiyot ilmlarini yaxshi o`rgangan, xusnixat va musavvirlik sirlarini xam egallangan.
Axmad Donish o`z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida amir Nasrullox xizmatiga kabul kilingan, 1870 yili iste`foga chikib, ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan.
Axmad Donish 1857 yili amir Nasrullox, 1869 va 1974 yillari amir Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bo`ldi va Rossiyaning iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti bilan yakindan tanishdi. Bu safarlar olimning dunyokarashiga katta ta`sir ko`rsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga karaganda kolokligining xakikiy sabablarini tushunib etmadi. U jamiyatni mavjud konun va tartiblarini takomillashtirish yo`li bilan, odil podshoxning ko`li bilan kaytadan kurish mumkin deb xisoblardi. Olimning bu karashlari uning “Navodir ul-vakoe`” (“Nodir vokealar”) nomli asarida o`z aksini topgan. Axmad Donish ushbu asarida amirga davlatni boshkarish ishlarini kaytadan kurishni maslaxat berdi. Lekin amir bundan dargazab bo`ldi va 70- yillar oxirida Axmad Donishni poytaxtdan uzoklashtirdi va Guzorga kozi kilib yubordi.
1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga kaytib keldi va umrining kolgan kismini ilmiy mashgulotlar bilan bilan kechirdi. Axmad Donish 1897 yili vafot etdi.
Axmad Donish sermaxsul ijodkor bo`lib, iloxiyot, ilmi nujum, geografiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yakin asar yozib koldirdi. “Manozir ul-kavokib” (“Sayyoralarning manzaralari”), “Navodir ul-vakoe`” va ”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif” (1885 yildan keyin yozilgan) asarlari ana shular jumlasidandir.
O`zbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siyosiy xayotini o`rganishda olimning so`nggi asari katta ilmiy axamiyatga ega. Kitobda katta so`z boshi, sayyoralarning inson takdiridagi axamiyati, din va uning jamiyatdagi o`rni to`grisidagi fikrlardan keyin kiska tarzda amir Doniyol (1758-1785 yy.), Shoxmurod (1785-1800 yy.), Xaydar va amir Nasrullox xukmronligi yillarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan.
Asarning katta va so`nggi kismi amir Muzaffarga bagishlangan. Bu kismda Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, shuningdek, chor Rossiyasi ko`shinlari tomonidan 1866 yili Jizzax xamda 1868 yili Samarkandning ishgol kilinishi vokealari batafil bayon etilgan.
”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif” asarining ko`lyozma nusxalari Toshkent, Samarkand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni A.Mirzoev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning kiskartirilgan ruscha tarjimasi Dushanbeda nashr kilingan.
Tarixi salotini Mangitiya” (“Mangit sultonlarining tarixi”) asari buxorolik mashxur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bo`stoniy (1838/39-1914 yildan keyin) kalamiga mansubdir.
Bo`lgusi tarixchi boshlangich ma`lumotni ona yurti Bo`ston kishlogida, Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, so`ngra Buxoro madrasalaridan birida o`kigan, dastlab viloyat xukmdorlari ko`lida kotib, amir Muzaffar taxtga o`tirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bo`lib xizmat kilgan. Amir Abdulaxad xukmronligi (1885-1910 yy.)ning so`nggida 1898 yoki 1899 yilda podshoxlikka karshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan.
Somiy bir necha adabiy va tarixiy asar yozib koldirgan. “Mir`ot ul-xayol” (“Xayol ko`zgusi”), “Insho”, “Tuxfayi shoxiy” (“Podshoxning tuxfa”), “Tarixi salotini Mangitiya” shular jumlasidandir. Bularning ichida tarix ilmi uchun eng muximi so`nggi ikki asardir.
1900-1902 yillar orasida yozilgan “Tuxfayi shoxiy” va 1907 yili yozib tamomlangan “Tarixi salotini Mangitiya” bir davr, Buxoro xonligining amir Muzaffar davridagi tarixga bagishlangan. Birok ular ma`lum darajada bir-biridan fark kiladi. Masalan, “Tuxfayi shoxiy” to`larok, lekin oliy xukmdorni ko`klarga ko`tarib maktash, panegrik ruxida bitilgan.
“Tarixi salotini Mangitiya” esa nisbatan xolisona yozilgan. Asarning ilmiy axamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining O`rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasidagi iktisodiy va siyosiy axvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha keng yoritilgan. Kitobning ko`lyozma nusxalari ko`p. Uning O`zbekistonlik olima L.M.epifanova tomonidan kilingan ruscha tarjimasi, so`zboshi va zarur izoxlari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan.
Tarixi Salimiy” (“Salimiyning tarixi”) asari muallifi X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o`tgan Mirza Salimbek bo`lib, uning to`la ismi Mirza Salimbek ibn Muxammad Raximdir. Olim 1850/51 yillari Buxoroyi sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan.
Mirza Salimbek 1871 yili Naxrpoy (Norpoy) va Ziyovuddin xokimiga kotib bo`lib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning farmoyishi bilan Toshkentga rus ma`murlarining xatti-xarakati va ayniksa Buxoro xususida tutgan siyosatini kuzatib boruvchi kilib yuborildi.
Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush kiyofasida keldi va bu erda 12 yml istikomat kildi. 1880-1883 yillari u amir xuzurida, 1884-1885 yillari Turkiston general-gubernatori xuzurida Buxoro vakili bo`lib xizmat kildi. 1885 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor kilib tayinlandi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shaxrining mirshabi, 1893-1920 yillari Yakkabog, Nurota, Boysun, Sherobod, Shaxrisabz, Chorjo`y viloyatlarining xokimi va bosh zakotchi vazifalarida turdi. 1920 yilgi inkilobdan keyin Mirza Salimbek sho`ro tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat kildi. Mirza Salimbekning vafot etgan yili ma`lum emas.
Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar yozib koldirgan. «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jomi` ul-gulzor» («Gulzorlar majmui»), «Ka`b al-axbor xikoyalari», «Xikoyati Abdulla ibn Muborak», «Tarixi Salimiy» shular jumlasidandir.
Tarixchilar uchun eng muximi uning so`nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. N.Norkulovning fikriga karaganda, XX asrining 20- yillarida yozilgan. Uning bosh kismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bo`lgan tarix umumlashtiruvchi xarakterga ega. Asarning 1860-1920 yillar vokealarini o`z ichiga olgan katta kismi butunlay yangi bo`lib, muallifning o`zi bu vokealarning guvoxi bo`lgan.
Asarda amir Muzaffar davrida Xisor, Ko`lob, Baljuan, Korategin va Darvozda bo`lib o`tgan isyonlar, Buxoro-Ko`kon va Buxoro-Rossiya munosabatlari, shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli va ma`muriy tuzilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor.
«Tarixi Salimiy» asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asar 1968 yili N.norkulov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan, lekin xali chop etilmagan.
Tarixi jadidayi Toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) nomli asar Muxammad Solix Toshkandiydir. Uning to`la ismi Muxammad Solix domla Raxim Koraxoja o`gli. Tarixchi 1830 yilda tugilgan, vafot etgan yili noma`lum. Boshlangich ma`lumotni bobosi mulla Abduraximxojadan, u Kiyot maxallasida joylashgan Bekmuxammadbiy masjidida imom bo`lgan, olgan, so`ng Beklarbegi va xoja Axror madrasalarida o`kigan. Fargonaning Ko`kon (1853 y.), Margilon, Namangan va O`sh (1853 y.) shaxarlarida, keyinchalik Buxoro, Samarkand, Karshi, Shaxrisabz va boshka shaxarlarda bo`lib, madrasada olgan bilimini kengaytirdi. 1863 yildan boshlab, ilgari bobosi imomlik kilgan masjidda imom bo`lib xizmat kildi, ayni paytda dars xam berib turdi.
Muxammad Solix turli ilmlar, tarix, geografiya, adabiyot, tibbdan xabardor bo`lgan keng ma`lumotli kishi edi, lekin uning tarixga ragbati ko`prok bo`lgan. U Abu Toxirxoja(X1X asr)ning “Samariya”siga o`xshash Toshkent, uning tarixi va osori atikalariga bagishlab bir asar yozishni ko`pdan orzu kilib yurgan va nixoyat, 1863-1888 yillari maksadiga erishgan. Bu asar “Tarixi jadidayi Toshkand” deb ataladi va ikki jilddan iborat.
Birinchi jildda kadim zamonlardan to XU asr oxirigacha Shark mamlakatlarida, shuningdek O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan vokealar, ikkinchi jildda esa Ko`kon xonligining XU asr oziridan Zaxiriddin Muxammad Bobur davridan to X1X asrning 80- yillarigacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvoli, madaniy xayot xakidagi kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
Asar xali biron tilga tarjima kilinmagan. Ko`dyozma nusxalari mavjud. Fakat Toshkentda, O`zR FA Sharkshunoslik institutida uning uch nusxasi mavjud, tartib rakamlari № 7791, 11072-73, 5732. Kitob va uning muallifi to`grisida A.O`rinboev, O.Bo`rievlar 1983 yili “Toshkent Muxammad Solix tavsifida (X1X asr)” nomli risola chop etganlar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə