Тарихий манбашунослик


«Tarixi muluki Ajam» asari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə41/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Tarixi muluki Ajam» asari
Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 890/1485 yildan so`ng yaratilgan bu asarda Eronda xukmronlik kilgan to`rt sulola: Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar to`grisida ma`lumot keltirilgan. Asar oxirida Sulton Xusayn Mirzo madxi o`rin olgan. Agar biz avvalrok yaratilgan «Saddi Iskandariy» dostonida xam to`rt sulola xakidagi ma`lumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jarayonida Alisher Navoiy to`plagan ma`lumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod kilgan ko`rinadi. Bunda Alisher Navoiy yukorida nomlari zikr etilgan asarlar katorida yana Abu-l-Xayr Nasiriddin Abdullox binni Umar ul-Kozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) «Nizom ut-tavorix» (yozilgan 674/1275), Abu Xomid Gazzoliyning (1058-1111) «Nasixat ul-muluk» va boshka asarlarni, xususan o`z zamondoshi Mir Muxammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar xolda, Eron tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farkli, bu kitobni turkiy tilda yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar to`grisidagi ma`lumotlar Alisher Navoiy o`zining dostonlarida xam mavjudligini eslatib o`tgan. Bu asar ilmiy tankidiy matnini sharkshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan edi. Afsus xamon uning tankidiy matni chop etilmagan.
«Tarixi muluki Ajam» asarini ma`lum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi Iskandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida xam kabul kilish mumkin. Uning ichidagi ma`lumotlarning she`riy ifodasi «Saddi Iskandariy»da keltirilgan bo`lib, ularni boshka tarixiy asarlar bilan kiyosiy o`rganish Alisher Navoiyning tarixchi olim sifatidagi ijod kirralarini ochishga rdam berishi mumkin.
«Xamsat ul-mutaxxirin» risolasi
Alisher Navoiyning uchinchi memuar biografik asari «Xamsat ul-mutaxxirin»dir. U Abduraxmon Jomiy vafotidan so`ng, ya`ni 898/1492 yildan keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiyga bagishlangan bo`lib, ikki buyuk ijodkor o`rtasidagi garoyib vokealar bayoni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari va ularga berilgan baxolardan iborat. Uni memuar-yodnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola mazmunini ikki buyuk shaxs asarlaridagi lavxalar, xususan «Nasoyim ul-muxabbat», «Majolis un-nafois» xamda ularning o`zaro xatti kitobati, ayniksa, «Murakka`i Mir Alisher» to`plamidagi Jomiyning dastxat maktublari boyitishga xizmat kiladi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə