Тарихий манбашунослик


Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mo`gul”



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə37/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mo`gul” asarlarini yaratgan Abulgozi Baxodirxon, xam Xeva xoni (1643-1663 yy.) va tarixchi olim sifatida mashxurdir. U 1603 yil 23 avgustda Urganchda tugilgan va 1619 yilgacha ana shu shaxarda istikomat kilgan. So`ngra inilari Xabash va Ilbors bilan toju taxt uchun bo`lgan kurashda maglubiyatga uchrab, Buxoroga kochib bordi va Imomkulixon (1611-1642 yy.) saroyida panox topdi. Akasi Isfandiyor 1623 yili xon bo`lgach, yana Xorazmga kaytib bordi va Urganchga xokim etib tayinlandi. Lekin 1627 yili Isfandiyorxonning o`zi bilan bo`lgan kurashda maglubiyatga uchradi. Bu safar Abulgozixon Turkistonga kochib bordi va kozok xonlaridan Ishimxon (1598-1628 yy.) xuzurida panox topdi. Oradan bir yil chamasi vakt o`tgach, 1628 yili, yana bir kozok xoni – Tursunxon uni Toshkentga olib keldi va Abulgozixon Toshkentda 1630 yil oxirigacha istikomat kildi.
Oradan ko`p vakt o`tmay, Abulgozixon Xiva turkmanlarining taklifi bilan yana Xorazmga kaytib bordi, lekin oradan olti oy o`tar o`tmas, Isfandiyorxon uni Niso va Darunga boskinchilik yurishi uyushtirganlikda ayblab xibsga oldi va Eronga, shox Safi` 1 (1629-1642 yy.) xuzuriga omonat tarikasida berib yubordi. Abulgozixon o`shanda Isfaxondagi Taborak kal`asiga kamab ko`yildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida kun kechirdi. 1639 yili Abulgozi kamokdan kochdi va ko`p mashakkatlar chekib, 1642 yili ona yurtiga kaytib keldi. 1643 yili, Isfandiyorxon vafotidan bir yil o`tgach, Orol o`zbeklari uni xon kilib ko`tardilar. O`sha yili Abulgozixon Xivadagi rakiblari ustidan xam galaba kozondi va Xiva taxtiga o`tirdi.
Abulgozixon keng ma`lumotli bo`lishi bilan bir katorda, feodal xukmdor xam edi. U o`z faoliyati bilan ana shu doiralar manfaatlarini ximoya kildi.
Abulgozixon 1663 yili toju taxtni o`gli Anusha (1663-1687 yy.)ga koldirib, umrining oxirini butunlay ilmiy ishga bagishlaydi. U 1664 yili vafot etgan.
“Shajarayi tarokima” turkman xalki va Turkmanistonning o`rta asrlardagi tarixini o`rganishda bosh manba bo`lib xizmat kiladi.
“Shajarayi turk va mo`gul” 1664 yili yozilgan, lekin Abulozixonning ogir dardga chalanib kolishi va tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay kolgan. Asar IX bobining davomi, ya`ni 1644-1663 yillar vokealari Anushaxonning topshirigi bilan Maxmud ibn mulla Muxammad Urganjiy degan olim tomonidan yozilgan. Asarning I-IV boblari xam o`sha Maxmud ibn Muxammad Urganjiyning kalamiga mansubdir.
“Shajarayi turk va mo`gul” asari kiskacha mukaddima va 9 bobdan iborat. Mukaddimada asosan asarning yozilishi sabablari xakida gap boradi. I bobda Odam Atodan to Mo`gulxongacha, II bobla Mo`gulxondan Chingizxongacha, III bobda Chingizxlnning tugulishidan to vafotigacha, IV bobda O`gaday koon va uning Mo`gulistonda xukmronlik kilgan avlodi, V bobda Chigatoyxon va uning Movarounnaxrda podshoxlik kilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, ya`ni Eronda xukmronlik kilgan Chingiz avlodi, VII bobda Jo`jixon va uning Dashti kipchokda podshoxlik kilgan avlodi, VIII bobda Shayboniyxon va uning Movarounnaxr, Kozogiston, Sibir` va Krimda xukmronlik kilgan farzandlari va, nixoyat, IX bobda Shayboniyxonning 1511 yildan Xorazmda podshoxlik kilgan avlodi bilan boglik vokealar bayon etilgan.
Asarning I-VIII boblari umumlashtiruvchi xarakterga ega bo`lib, Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va shuningdek yana o`n sakkiz tarixiy asarlar asosida yaratilgandir. Kitobning 1X bobi yangi xisoblanadi va unda Xorazmning 1512-1663 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng va atroflicha bayon etiladi. Bundan tashkari, asarda Abulgoziy Baxodirxon zamonida obod bo`lgan Xorazmdagi Urganch, Vazir, Tirsak, Yangi shaxar, Buldumsoz, Bagdod, Kot, Durun, Kumkent, Mizdaxkan, Dorugan ota, Bokirgon, Xos minora, Ism Maxmud Ota, Chilik kabi shaxarlar, Amudaryo va daryo o`zanining o`zgarishi, xivalik turkmanlarning ogir axvoli, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro o`rtasidagi siyosiy munosabatlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar uchraydi.
Abulgoziy Baxodirxon va uning “Shajarayi turk va mo`gul” asari tez orada ilmiy jamoatchilikning dakkat-e`tiborini kozondi. U XVIII asrdayok bir necha, nemis va frantsuz (1726 y.), rus (1770 y.) va ingliz (1780 y.) tillariga tarjima kilindi. O`tgan asrda bu asar nemis (G.Ya.Ker), rus (Ya.O.Yartsev va G.S.Sablukov), frantsuz (P.I.Demezon), turk (Axmad Vefik posha) tillariga tarjima kilindi. Asar 1897-1913 yillari yana turk (tarjimon Rizo Nur) va 1935 yili fors tillariga tarjima kilindi. Asarning G.S.Sablukov (1906 y.) va P.I.Demezon (1871-1874 yy.) amalga oshirgan nashrlari mukammal va zo`r ilmiy kimmatga egadir.
Abulgoziy Baxodirxon asarining xorijiy tillariga tarjima kilinishi va dunyo bo`ylab tarkalishi bo`yicha “Temur tuzuklari” va Boburning “Vakoyi” asari bilan kiyoslash mumkin. Ular turkiy tildagi tarixiy asarlarning juda katta ilmiy kiymatga ega ekanligini ko`rsatadi.
Firdavs ul-ikbol” (“Jannat bogi”) nomli Xorazm tarixi bo`yicha yaratilgan shox asarning ijodkorlari XU111 asr so`nggi choragi va X1X asrda o`tgan yirik shoir, tarjimon va tarixnavis Shurmuxammad ibn Avazbiy Munis (1778-1829 yy.) va uning jiyani Muxammad Rizo Erniyozbek o`gli Ogaxiydir (1809-1847 yy.).
Munis Xorazmning kadimda yirik shaxar bo`lgan Kot kishlogida dunyoga kelgan, Xiva madrasalarida taxsil ko`rgan, 1800 yildan boshlab xon saroyida sarkotib bo`lib xizmat kilgan. U 1829 yili 51 yoshida vafot etgan.
Munis atroflicha ma`lumot olgan, turli fanlar, xususan adabiyot va tarixdan keng xabardor bo`lgan etuk olim va iste`dodli shoir sifatida tarixda koldi. U 1806 yili Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ning topshirigi bilan “Firdavs ul-ikbol” asarini yoza boshlaydi. Lekin asar ayrim sabablarga ko`ra, tugallanmay kolgan.
Munis ajoyib xattot sifatida “Savodi ta`lim” nomli maxsus risola yozgan. U zo`r tarjimon bo`lib, Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” asari tarjimasini xam boshlab bergan va uning birinchi jildini tarjima kilib tugatgan edi.
Ogaxiy xam asli Kot kishlogidan. Munisning jiyani va uning ko`lida tarbiya topgan. Yaxshi o`kib, turli fanlarni, xususan tarix va adabiyotni chukur egallagan. Munisning vafotidan (1829 y.) keyin saroyni tark etib, ota kasbi- miroblik bilan kun kechirgan. U 1847 yili vafot etgan.
Ogaxiy xam iste`dodli shoir, yirik tarixnavis olim va moxir tarjimon sifatida shuxrat topti. U togasi Munis boshlagan “Firdavs ul-ikbol” asarini oxiriga etkazdi. Undan tashkari, “Riyoz ud-davla” (“Davlatning jannat bogi”), “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar sarasi”), “Jomi` ul-vokeoti sultoniy” (“Culton vokealarining majmuasi”) va “Gulshan ud-davlat” (“Davlat gulshani”) kabi tarixga oid asarlarni xam yozgan.
Bulardan tashkari, Ogaxiy zabardast tarjimon sifatida 19 asarni o`zbek tiliga tarjima kilgan bo`lib, ularning ichida Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Nizomuddin Axmad Xiraviyning “Tabakoti Akbariy” kabi ulkan tarixiy asarlar xam bor.
Munis va Ogaxiyning tarix soxasidagi eng katta ilmiy ishi “Firdavs ul-ikbol” asarining yaratilishi edi. Kitobda Xorazmning kadim zamonlardan to Ko`ngirot sulolasidan chikkan Alloxkulixon (1825-1842 yy.) zamonigacha bo`lgan tarixdan baxs yuritadi.
“Firdavs ul-ikbol” asari mukaddima va besh bobdan iborat. 1806 yili boshlangan va 1840 yili yozib tamomlangan.
Mukaddimada Eltuzarxon nomiga xamdu sano o`kiladi, Munisning xon xizmatiga kirish sabablari aytiladi va asar mundarijasi keltiriladi.
Asarning 1-11-boblarida islomiyatdan avval o`tgan piygambarlar, eskm tarix kitoblarida turk-mo`gul kabilalarining ajdodi xisoblangan Yofas ibn Nux va Ko`ngirot amirlarining ilk tarixiga bagishlangan.
Uchinchi bobda Burtajon va Chingizxon tarixi, Mo`gul imperiyasining Chingisxon zamonidan to Oltin O`rda xoni Berdibek (1357-1361 yy.) davrigacha bo`lgan tarixi bayon etilgan.
To`rtinchi bob Xorazmning Shayboniylar davri (1511-1804 yy.)dagi ijtimoiy-siyosiy tarixi xakidadir.
Beshinchi bob Xiva xonligining 1804-1825 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi.
Munis va Ogaxiyning mazkur asarining asosiy axamiyati shundaki, unda Xorazmning kariyb 300 yillik (1511-1825 yy.) tarixi yaxlit, xronologik tartibda bayon etilgan. Asar turli mavzudagi daliliy ma`lumotlarga nixoyatda boy. Kitobda, masalan, Xorazm (Xiva xonligi) o`ramida istikomat kilgan turkman, korakalpok va kozok xalklari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni, katta er egaligi, mexnatkash xalk axvoli, solik va jarimalar, xiroj, zakot, peshkash, tansukot va xokazo, o`n to`rt urugning tarkatib yuborilishi, 1714, 1722-1723 va 1768 yillari sodir bo`lgan ocharchilik va kaxatchilik, Xorazm shaxarlari Urganch, Kot, Vazir, Yangi shaxar, Tirsak, Gandumkon, Xazorasp, Shaxobodlarning umumiy axvoli, turkmanlar va o`zbeklarning etnik tarkibi, Xiva xonligining boshka mamlakatlar, xususan, Eron, Buxoro xonligi va Rossiya bilan bo`lgan iktisodiy va siyosiy munosabatlari xususida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
“Firdavs ul-ikbol” asari tarixchilar tomonidan kam o`rganilgan. Uning ko`lyozma nusxalari O`zbekiston, Rossiya va boshka mamlakatlar kutubxonalarida saklanadi.
Ansob us-salotin va tavorix ul-xavokin” (“Sultonlar shajarasi va xokonlar tarixi”) asarining muallifi Mirza Olim Toshkandiydir. Uning to`la ismi Mirza Olim ibn domla Mirza Raxim Toshkandiydir. U o`z davrining keng ma`lumotli va tanparvar kishilaridan bo`lgan. Asar X1X asr oxirida yozib tamomlangan.
“Ansob us-salotin va tavorix ul-xavokin” Fargonaning yoki Ko`kon xonligining XU-X1X asrlar orasidagi tarixini o`z ichiga oladi. Muallif ayniksa 1842-1875 yillar tarixini keng yoritgan.
Kitobning to`rtta mo``tabar ko`lyozmalari O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. U Ko`kon xonligi tarixini o`rganishda muxim manbalardan bo`lib xizmat kiladi.
Shajarayi Xorazmshoxiy” va “Xorazm tarixi”(1910-1918 yy.) asarlari muallifi serkirra iste`dod soxibi Muxammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858-1923 yy.)dir. Bayoniyning naslu nasabi Xiva xonligini ko`p yillar idora kilgan Ko`ngirotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ga nabira bo`ladi.
Muxammad Yusuf Bayoniy yoshligidan yaxshi tarbiya topdi, keng ma`lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o`rgandi, adabiyot, tarix, tibb va musika ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini xam yaxshi o`rgandi. U, ayniksa xatlarning rayxoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo`yicha moxir xattot, musika ilmida, ayniksa tanbur va gijjak chalishda maxoratli sozanda bo`lib etishdi.
Bayoniy mumtoz adabiyotni, xususan she`r ilmini xam puxta egalladi, o`z zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she`riyatning barcha turlarida ijod kildi. O`zidan bir she`riy to`plam, devon koldirdi. Devoni ko`lyozmasi O`zR FA ning Sharkshunoslik instituti fondida saklanmokda.
Bayoniy asosan yirik tarixnavis olim, Munis va Ogaxiylarning davomchisi sifatida shuxrat kozondi. Bu soxada u ikki yirik asar yaratdi.
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarida Xorazmning turklarning kadimgi podshoxi Yofas o`glon, Yofas ibn Nuxdan to Ko`ngirot sulolasigacha kechgan tarixi bayon etilgan. Asarning eng kimmatli kismi Muxammad Raxim avval (1806-1873 yy.) va Asfandiyorxon (1910-1918 yy.) davrigacha bo`lgan so`nggi kismidir.
Olimning ikkinchi tarixiy asari “Xorazm tarixi” kitobida Xorazmning 1910-1918 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan.
Muxammad Yusuf Bayoniy moxir tarjimon sifatida xam nom koldirgan. U ko`pgina muxim tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan o`zbek tiliga tarjima kilgan. Abu Ja`far Muxammad ibn Jarir at-Tabariyning “Kitob ar-rasul va-l muluk va-l-xulafo”, Darvesh Axmadning “Caxoyif ul-akbar”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asarlari ana shular jumlasidandir.
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarining (1911-1913 yillari yozib tamomlagan kismi, ya`ni Muxammad Raximxon soniy zamonidan sayyid Asfandiyorxon xukmronligi davrini o`z ichiga olgan 15- va 16- boblari Ikboloy Azizova tarafidan so`z boshi va zarur izoxlar bilan, 1991 yili “Meros” to`plamida nashr etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə