Тарихий манбашунослик


Turkiy o`zbek tilidagi tarixiy manbalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə36/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Turkiy o`zbek tilidagi tarixiy manbalar
Kutadgu bilik” Yusuf Xos Xojib Bolasoguniyning ”Kutadgu bilik” (“Saodatga yo`llovchi bilim”) nomli asari 1069-1079 yillari yozilgan doston xarakteridagi badiiy asar bo`lsa xam, unda davlatni boshkarishga oid kimmatli fikrlar bayon kilingan va Koraxoniylar davri madaniyatini o`rganishda muxim manbadir. Undagi “Idora odobi”, “Kudratli davlat konunlari”, “Podshoxlarga maslaxatlar” kabi boblar katta tarixiy axamiyatga ega.
Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Vokeoti Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning etti yoshligidan boshlab xayot yo`li xakida xikoya kiladi.
“Temur tuzuklari”- muxim tarixiy manba bo`lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va boshkarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o`zbek tilida bitilgan. Uning bir ko`lyozmasi Yaman mamlakati oliy xukmdori Ja`far podshox kutubxonasida saklangan.
“Temur tuzuklari”ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Xusayniy at-Turbatiy tarjima mukaddimasida, Arabistonning mukaddas joylarini xaj kilib kaytishda, Yamanda bo`lgan chogida Ja`far podshox kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Temurning xayot yo`li xakidagi o`zi yozgan ekanligini ta`kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan kaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima kilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Xindistonda bo`lgan biron ko`lyozma nusxadan o`girilgani aytilmagan.
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk boburiylardan Shoxijaxonga tortik kiladi. Keyin bu tarjima Muxammad Afzal Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy taxrir kilingan.
“Temur tuzuklari” ikki makoladan iborat:
Birinchi makola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustaxkamlash, ko`shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan.
Ikkinchi makolada 13 kengash va uning kismlarida Amir Temurning xokimiyat tepasiga kelishi va xarbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafakat xukmdorlar va ma`lumotli kishilar orasida, balki jaxon ilm axli o`rtasida shuxrat topti. Asarning ko`lyozma shaklida xam, toshbosma shaklida xam, shuningdek jaxonning ko`p tillariga kilingan tarjima shaklida xam (inglizcha, frantsuzcha, urdu, rus va o`zbek tillarida) nashr etilishi so`zimizga isbot –dalildir.
Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muxammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha etib kelgan. Bu tarjimaning mo``tabar ko`lyozmalari Rossiya, Xindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Frantsiya va boshka mamlakatlar xazinalarida mavjud.
“Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo va shark tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.
“Temur tuzuklari”ni to`lik 1857 yili Xivada Muxammad Yusuf Rojiy tomonidan va 1858 yili Paxlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o`zbek tiliga tarjima kilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan ma`lum. Yana bir tarjima Xo`jand kozisi Nabijon maxdum tarafidan, Ko`kon xoni Muxammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirigiga binoan amalga oshirilgan.
“Temur tuzuklari” asarini Alixon To`ra Soguniy 1967 yili Mir Abu Tolib tarjimasini o`zbekchaga tarjima kilgan edi. 1990 yili Alixon To`ra tarjimasini “Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Xabibullo Karamatov yana bir tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi.
“Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy axamiyati buyuk ekanligi mutaxassislarning unga bo`lgan katta e`tiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta mo``tabar ko`lyozmasi Toshkentda, Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud.
Tavorixi guzida, Nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, Galabalar kitobi”) nomli tarixiy asar XU1 asrda yaratilgan yozma obidadir. Ushbu asar muallifining nomi ishonarli va kat`iy aniklanmagan. Tadkikotchilar orasida bu xususda turlicha fikrlar mavjud. Sharkshunoslardan A.A.Semenov, R.G.Mukminova va V.P.Yudin ushbu kitobni Shayboniyxon tomonidan yoki uning faol ishtirokida yozilgan, deb xisoblaydilar. Ushbu asarni chukur va atroflicha o`rgangan A.M.Ikromovning fikricha, “Tavorixi guzida, Nusratnoma” ijodkori mashxur “Shayboniynoma” dostonining muallifi Muxammad Solixdir. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asari mukaddimasida muallif o`zini “Ojiz”, “Garib”, “Xokisor” deb ataydi. U Munke koon nomiga yozilgan “Tavorixi jaxonkushoy”, Gozonxonning kizi nomiga bitilgan “Tavorixi guzida” va Mirzo Ulugbek nomidan yozilgan “Muntaxab ut-tavorixi shoxiy” nomli kitoblardan saylab tartib kilish xakida buyruk olganligi va unda Shayboniyxon tarixini xam ko`shib bir asar yaratganligi va unga “Tavorixi guzida, Nusratnoma” deb ot ko`yganligini ochik aytadi. Bundan ma`lum bo`lishicha, asar Shayboniyxonning topshirigi bilan saroyga yakin turgan tarixchilarning biri tomonidan yaratilgan.
Ushbu asar 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo`lib, ikki mustakil kismdan - “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi kismda O`gizxon va kadimgi turklar, Chingizxon xamda uning Mo`guliston, Dashti kipchok, Movarounnaxr va Eronda xukmronlik kilgan avlodi tarixi, ikkinchi kismda esa Shayboniyxon tavalludidan (1451 y.) to uning Movarounnaxrni istilo kilishigacha (1500-1505 yy.) Dashti kipchok xamda Movarounnaxrning ijtimoiy-siyosiy axvoli bayon kilingan.
“Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi kismi zo`r ilmiy axamiyatga ega. Unda Shayboniylar ko`shinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek, ko`chmanchilarning Korako`l, Xisor, Chagoniyon, O`ratepa xamda Xo`jand viloyatlarida kilgan talon-tarojlari xakida muxim va kimmatli ma`lumotlar bor. Asarning yana bir kimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo`lgan vokealarning vakti anik ko`rsatilgan. Bundan tashkari, Shayboniyxon ko`shinlari tarafidan Fargona viloyatining bosib olinishi fakat “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarida to`gri va to`lik yoritilgan.
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarining fakat ikkita ko`lyozma nusxasi bizgacha etib kelgan. Ulardan biri Sankt-Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyaning Britaniya muzkyida saklanmokda. Kitobning matni faksimilesi (fotonusxa) zarur ilmiy izoxlar va tadkikotlar bilan 1967 yili Toshuketda A.M.Ikromov tomonidan e`lon kilingan. Undan ayrim parchalar rus tilida 1969 yili Olma-Otada V.P.Yudin tomonidan e`lon kilingan.
Zubdat ul-asar” (“Colnomalar sari”) nomli turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy asarning muallifi Abdulla Nasrulloxiy yoki Abdulla ibn Muxammad ibn Ali Nasrullox bo`lib, u XU asrning ikkinchi yarmi va XU1 asrning birinchi yarmida o`tgan balxlik tarixnavis olimdir.
Tarixchi XU asrning 80-90-yillarida Balx xokimi Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoning xizmatida bo`lgan. Xirot Shayboniyxon tomonidan 1507 yili ishgol etilganjan keyin uning xizmatiga kirgan. 1510 yili Muxammad Gayboniyxon xalok bo`lganidan keyin, uning o`gli Muxammad Temur Sulton xuzuriga, Samarkandga kelgan.
Bobur Mirzo 1511 yili Samarkandga kelganida Abdulla Nasrulloxiy Shayboniy Sultonlar bilan Toshkentga kelgan va Suyunchxojaxonning xizmatiga kirgan. Oradan ko`p o`tmay tarixchi Suyunchxojaxonning o`gli, Shoxruxiya xokimi Keldi Muxammad nomi bilan xam mashxur, Sulton Muxammadning xizmatiga yollangan va 1525 yili uning topshirigi bilan o`zining “Zubdat ul-asar” nomli kitobini yozgan.
“Zubdat ul-asar” umumiy tarix yo`nalishida yozilgan va kadim zamonlardan to 1525 yilgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy vokealarni kiskacha bayon kiladi. Asar 11 kism, fasldan iborat bo`lib, uning oxirgi 11 kismi yangi xisoblanadi. Unda XU1 asrning birinchi choragida Xuroson va Movarounnaxrda sodir bo`lgan vokealar birmuncha keng yoritilgan. Ayniksa, Shayboniy sultonlar Suyunchxojaxon, Ko`chkinchixon, Jonibek Sulton, Ubaydullaxon, Muxammad Temur Sulton bilan Bobur Mirzo va uning siyosiy ittifokchilari Safaviylar o`rtasida Movarounnaxr uchun davom etgan kurolli kurash, Suyunchxojaxon bilan Sulton Saidxon o`rtaisdagi 1512-1514 yillardagi toju taxt uchun bo`lgan kurash va Fargonaning Shayboniylar tomonidan kaytadan bo`ysundirilishi, Shayboniylarning 1514, 1520, 1524 yillari Xuroson ustiga kilgan xarbiy yurishlari va Balxning 1526 yili bo`ysundirilishi, Shayboniylarning kozok sudtonlari, xususan Kosimxon (1511-1523 yy.) o`rtasida Sirdaryo bo`yida joylashgan Yassi, Savron, Suzok, Sayram va boshka shaxarlar uchun olib borilgan kurashlar tarixi birmuncha keng bayon etilgan. Ushbu kimmatli asarning fakat ikkita ko`lyozmasi sakdanib kolgan bo`lib, biri Toshkentda, Sharkshunoslik institutida (Inv.№ 608) va ikkinchisi Sankt-Peterburgdagi RF FA Sharkshunoslik instituti shaxar bo`limida (D.104) rakami ostida saklanmokda.
Vakoyi`”-vokealar Zaxiriddin Muxammad Boburning jaxonga “Boburnoma” nomi bilan mashxur bo`lgan shox asarining asl nomidir. Muallif asarda o`zining o`n ikki yoshida Fargona viloyati podshoxi, deb ko`tarilgan vaktidan boshlab, xayotining oxiriga kadar bo`lib o`tgan vokealarni yilma-yil bayon kilgan. Dunyoda mavjud asarning barcha ko`lyozmalarida bir necha yil, xususan 1509-1518, 1521-1524 yil vokealari bayoni tushib kolgan.
Bobur Fargona viloyati xokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) to`ngich o`gli, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shaxrida tugilgan. U 1494 yilning 5 iyunida, xijriy isobda o`n ikki yoshida xalok bo`lgan otasi o`rniga Fargona taxtiga o`tkaziladi. Lekin oradan ko`p vakt o`tmay, mamlakatda avj olgan o`zaro kurash natijasida maglubiyatga uchrab, Fargonani tashlab chikishga majbur bo`ladi Uning 1497-1500 yillari Samarkand taxti uchun olib borgan kurashi xam muvaffakiyatsizlikka uchraydi. Bobur 1504 yilga kadar Fargona va Samarkand uchun kurashdi, ammo Temuniylar o`zaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan bo`lgan janglarda magluyuiyatga uchrab, o`z yurtini tark etib, omad va baxt izlab Kobulga yo`l oldi. Kobulni egallagan Bobur o`z mavkeini asta-sekin mustaxkamlab bordi.
1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshoxi Shox Ismoil Safaviyning (1502-1524 yy.) xarbiy yordamiga tayanib, Samarkandni uchinchi bor egallashga muvaffak bo`ldi. Ammo uning o`z xalki e`tikodi – sunniy mazxabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko`rinishi, axolini undan ixlosini kaytardi. Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarkanddagi xukmronligi bir yilga xam etmadi. 1512 yilning baxorida Ko`li Malik (Xayrobod bilan Korako`l orasida joylashgan mavze`) degan joyda bo`lib o`tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muxammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshkalarning birlashgan kuchlari uning ko`shinlarini tor-mor keltirdi. Bobur Xisori shodmon tomonga chekindi va kariyb ikki yil mobaynida o`sha viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga kaytdi. U 1514-1525 yillar orasida Shimoliy Xindistonga, uni bo`ysundirish maksadida besh marta ko`shin tortadi, lekin fakat so`nggi yurishi (1525 y.) natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga asos soldi. Uning davlati garbda yanglish Buyuk mo`gullar nomi bilan mashxur bo`lib ketgan, aslida esa bu Xindistondagi Temuriylar yoki Boburiylar davlatidir. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Xindistondagi poytaxti Agra shaxrida vafot etdi. Ammo uning vasiyatiga ko`ra, keyincha uning xoki Kobul shaxridagi o`zi asos solib obod kilgan bogga ko`mildi. Uning kabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muxammad Jaxongir (1605-1627 yy.) tomonidan o`rnatilgan.
Bobur iste`dodli kalam soxibi sifatida ikki devon-she`rlar majmuasi, aruz ilmiga oid risola, islom konunshunosligi masalalariga bagishlangan “Mubayyin” nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Axrorning “Volidiya” risolasining turkiy tarjimasi, musika va xarbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo “Xatti Boburiy” ixtirochisi xamda “Vakoyi`” asarining ijodkoridir.
“Vakoyi`” memuar – xotira tipidagi asar bo`lib, o`zining bayon uslubi bilan “Temur tuzuklari”ni eslatadi. Kitobda Fargona, Toshkent, Samarkand, Xisori shodmon, Chagoniyon, Kobul, Xuroson poytaxti Xirot xamda Shimoliy Xindistonning XU asr ikkinchi yarmi va XU1 asr birinchi o`ttiz yilligidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli batafsil yoritilgan. Asar mazmunini shartli uch kismga bo`lish mumkin:
1. Fargona va Movarounnaxr vokealari davri (1494-1504 yy.);
2. Kobul va Xuroson vokealari davri (1504-1525 yy.);
3. Xindiston vokealari davri (1525-1530 yy.).
Siyosiy vokealar bayonidan tashkari, asar geografik xamda etnografik ma`lumotlarga boy. Undan Fargonaning turk-mo`gul kabilalari, ko`chmanchi o`zbeklar ko`shini tuzilishi, Movarounnaxr, Xuroson va Xindiston xalklarining urf-odatlari, xayvonoti, nabototi, parrandalari va boshkalar to`grisida tafsilotlar xam o`rin olgan.
“Vakoyi`” asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857 yili Kozonda N.I.Il`minskiy tomonidan Buxoro ko`lyozmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari Angliyaning poytaxti London shaxrida A.Beverij xonim tomonidan Xaydarobod ko`lyozmasi asosida chop kilingan edi.
1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vakoyi`” asari matnini to`rtta turkiy va uchta forsiy ko`lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal ko`rsatkichlarni aloxida jild sifatida ilova kildi. Bu tadkikotchi keyincha yapon tilida tarjima va ko`rsatkichlarni ikki jildda chop etdi.
Kirill-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildda S.Mirzaev va P.Shamsiev tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop kilingan edi.
2002 yili S.Xasanov tomonidan P.Shamsiev, S.Mirzaev va Eyji Manu nashrlari asosida “Vakoyi`” asar matnini chop etdi. Ammo bular va boshka nashrlar ushbu jaxonga mashxur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas.
Garchi “Vakoyi`” asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bo`lsa-da, uni tarjima kilish, o`rganish xali asar to`la tugamasdan oldin boshlangan edi.
Ilk marti “Vakoyi`” asarini fors tiliga tarjima kila boshlagan va bir kismini tarjima kilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Xavrfiy (vaf.1534 y.) edi.
Asar butunlay tugamasdan turib, undan bir nusxani Bobur ko`chirtirib Movarounnaxrga jo`natgan edi.
“Vakoyi`” bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, bo`lgusi Jaxongir otaligi, ma`naviy ustozi Kutbiddin Muxammad Beklarbegi o`gli Bexruzxon Navrangxondir. U Mirzo Poyanda Xasan Gaznaviydan asarni fors tiliga tarjima kildira boshlaydi. Ammo tarjimon vafot etgach, Muxammad Kuli Xisoriyni bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nixoyasiga etadi.
Uchinchi marta “Vakoyi`”ni fors tiliga tarjima kilish tashabbuskori Boburning nabirasi Jaloliddin Muxammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni Bayramxon o`gli Abduraximxonga tarjima kildirib, uning ko`plab nusxalarini nafis mo``jaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu uchchala tarjima asl matnni tiklashda katta ilmiy axamiyatga ega.
“Vakoyi`” asari garb olimlari ichida mashxur va juda katta obro`-e`tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari to`la tarjima kilingan bo`lsa, uning ixcham va kiskartirilgan nashrlari o`n beshdan ziyoddir. Aytish mumkinki, so`nggi ikki yuz yil davomida ingliz sharkshunoslari “Vakoyi`” asarini juda jiddiy o`rganmokdalar va maxsus Boburshunoslik ilmiy yo`nalishiga asos solganlar.
Asarning forsiy toshbosma matni xam mavjud. Kitob yana ikki marta frantsuz tiliga, nemis, turk, yapon, xind, urdu, turk, kozok tillariga tarjima kilingan.
Umuman, shark tarixiga oid asarlar ichida “Vakoyi`” bksak mavkega ega. Shunday tarixiy obida to`grisida uch marta akademik S.Azimjonova tomonidan rus tilida kitoblar chop etilgan bo`lsa-da, o`zbek tilidagi tadkikotlar asosan filologik yo`ealishda amalga oshirilgan.
“Vakoyi`” birinchi galda tarixiy manba va u boshka soxa mutaxassislari uchun xam bebaxo obida va ibratli namunadir.
Shayboniynoma” tarixiy dostonining muallifi Muxammad Solix (taxm. 1455-1535 yy.) bo`lib, turkiyzabon bilkut kabilasidan chikkan. Shoxrux va Mirzo Ulugbek davrida zo`r nufuzsha esha bo`lgan amir Shoxmalikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek xam yirik amirlardan bo`lib, avval Mirzo Ulugbek, so`ngra Sulton Abu Sa`id Mirzo xizmatida bo`lgan, 1464-1467 yillari Xorazmda xokim bo`lgan va 1467 yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan katl etilgan. Muxammad Solixning yoshligi Xirotda kechgan va o`sha erda o`kib nash`u namo topgan, so`ngra Sulton Xusayn, 1494 yildan Samarkandda katta nufuzgu ega bo`lgan Temuriy amirlardan Darvish Muxammad tarxon va xoja Ubaydulla Axrorning o`gli Muxammad Yaxyo, 1500-1504 ymllari Buxoro va Chorjo`ydagi noib bo`lib, shundan keyin to vafotiga kadar, Shayboniylardan Muxammad Sulton (vaf. 1505 y.) va Ubaydullaxonning kotibi bo`lib xizmat kilgan.
Muxammad Solixning yaratgan tarixiy dostoni “Shayboniynoma”da Muxammad Shayboniyxonning xayoti va olib borgan urushlari xakida she`riy uslubda xikoya kilinadi. Asar kaxramonning tugilganidan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti kipchok, Movarounnaxr xamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Dostonda ko`shinlarning yovuzliklari, mexnatkash xalkning ogir axvoli, Korako`l, Karshi va Xuzorda Shayboniylarga karshi ko`tarilgan ko`zgolonlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik ma`lumotlarga xam boydir.
“Shayboniynoma” asari 1505 yildan keyin yozilgan. Uning ikkita nodir ko`lyozmalari saklanib kolgan bo`lib, biri Avstriyaning Vena shaxrida, ikkinchisi esa Sankt-Peterburg universiteti kutubxonasida saklanadi. Kitob 1885 va 1908 yillari asd matni va 1961 va 198. Yillari krill alifbosidagi tabdili chop etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə