Тарихий манбашунослик


Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə34/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an`anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda xam islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yakkol ko`zga tashlanar edi. Xatto yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo`lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini xisobga olgan xolda yigirma sakkiz arab xarfiga to`rt xarf ko`shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi.
XIV asrgacha asosan arab yozuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls iste`mol etilgan bo`lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta`lik Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste`molga kiritildi bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda etakchi o`rin egalladi.
Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Kur`oni karim” oyatlari, “Xadisi sharif”lar an`anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida barcha xarakatlari ko`rsatilgan xolda ajratilib bitilar va so`ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda izox, tafsir keltirilar edi.
Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va tarakkiy etishi kitobat san`atining Movarounnaxr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to`gri keldi.
Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli kogozga bitilar, kitob turli ajoyib nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va ayonlar uchun yaratilgan mo``tabar ko`lyozmalar oltin va kumush suvlari, turli bo`yoklar bilan bezatilib, kitobat san`atining shox asarlari darajasida yaratilib, yuksak san`at namunalariga aylantirilar edi.
An`anaviy tarixiy asarlar, ya`ni ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalklar tarixini o`z ichiga kamrab oluvchi maxobatli kitoblar o`rnini asta-sekin aloxida davr va biron bir sulolalar tarixiga bagishlangan asarlar paydo bo`lib, ularning o`rnini egallay boshladi.
Eng kadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bo`lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Xofizu Abru, Abdurazzok Samarkandiy, Muxammad Mirxond, Giyosiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So`nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Axmad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatila ko`rsatish mumkin.
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn orasida, vokealar bayoni davomida she`riy lavxalarning keltirilishidir. Bu she`riy lavxalar tarixchining o`z asari bo`lishi mumkin va u boshkalarning she`riy asarlaridan xam bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she`riy lavxalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda ko`p ishlatilishidir.
Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o`xshatish, mubolagalar ko`p ishlatilib, bayon uslubi o`ta jimjimador bo`lishi mumkin. Mana shunday asarlar to`grisida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbix va mubolagalar bilan oro berilgan kitoblarda ko`zlangan maksadlar o`rtada yo`kolib ketadi, agar so`z koida-konunidan nasibador bo`lganlardan birontasi ma`nini faxmlab kolsa kolar, ammo kolgan o`ntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maksadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo`lmaydi.”
Yurtimiz xududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda xam arabiy, xam turkiy, ayrim xollarda mo`gul tili elementlari, so`zlar, iboralar, atamalar va xujjatlar uchrashi va mavjud bo`lishi biz uchun bir tabiiy xoldir. Chunki o`tmishda xalkimiz ziyolilari va namoyondalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy xol edi.
Ushbu ko`llanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to`la kamrab olishni maksad kilib ko`ymay, ularning ichidan eng muximlarni namuna sifatida tanlab olib, ular to`grisida ixcham, kiska ma`lumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu bilimlarni talabalar o`zlari mustakil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning maksadimiz, keltirilgan ushbu ma`lumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasavurni shakllantirish va uni mustakil fikrlashga o`rgatishdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə