Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
q. «№utad2u bilik» asarining tarixiy axamiyati nimada?
w. «Temur tuzuklarida» asarining uzbek davlatchiligi tarixini urganishdagi urni?
e. Boburning «Va3oyi`» asarining tarixiy axamiyati nimada?
r. Xorazm xonligida yaratilgan uzbek tilidagi 3anday tarixiy asarlarni bilasizmi?
10-mavzu. Alisher Navoiyning asarlari tarixiy manba sifatida
Reja:
1. Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar.
2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi.
3. «Tarixi anbiyo va xukamo» asari.
4. «Tarixi muluki Ajam» asari.
5. «Xamsat ul-mutaxxirin» risolasi.
6. «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi.
7. «Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi.
Asosiy tushunchalar: Xamsa, xolot…
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008.
2. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. 2 tom. XV asrning ikkinchi yarmi.-T.: 1972.
3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. Yigirma tomlik. 15-16 tom. Tarixi anbiyo va Xukamo. Matnni nashrga tayyorlovchi L.Xalilov.-T., O`zR FA «Fan» nashriyoti. 2000.
4. L.Xalilov. Texnologicheskoe issledovanie sochinenie Alishera Navai «Tarixi muluki Ajam». Avtoref. Diss.. kand. Filol. Nauk.-T., 1975
Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar.
Ushbu ma`ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba sifatidagi xususiyatlariga e`tibor bermokchimiz. Chunki Navoiyning ulkan she`riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi XX asrda xam yurtimizda juda katta e`tiborga sazovor bo`lgan bo`lsa-da, ammo uning tarix ilmiga ko`shgan ulkan xissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e`tiboridan chetda kolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari xam fakat filologik nukta-i nazardan o`rganildi, xalos.
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nukta-i nazaridan tadkik kilish uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos kilib olinish mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va xukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Xamsat ul-mutaxayyirin», «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher», «Xoloti Paxlavon Muxammad», «Vakfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muxabbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muxokamat ul-lugatayn» kabi asarlari bilan xam aruz nazariyasi, xam tilshunoslik, xam adabiyotshunoslik bilan bir katorda tarixi ilmi tarakkiyotiga katta xissa ko`shdi.
Dostları ilə paylaş: |