Тарихий манбашунослик


Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə29/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari
Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar yoki yozma yodgorliklar kuyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo`lsa-da, barchasida umumiy tarixni kamrab olishga, ya`ni tarixni jaxon tarixi sifatida idrok etishga, talkin kilishga intilish aloxida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida “Kur`oni karim” olinadi.
Kitoblar ichida tarixchi o`zining “Kur`oni karim”, xadislar va “Paygambarlar kissalari”, diniy rivoyatlarni ya`shi bilishini namoyish etishga va ulardagi mashxur va ma`lum vokea, xodisa, rivoyat, akidalardan unumli foydalanishga intilganlar.
Arab tilidagi yozma manbalarning eng kadimgilari asosan mumtoz yozuv turlaridan kufiyda “Kur`oni karim” va tafsirlar, xadislar nasx, suls yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so`ng istemolga nasta`lik yozuvi kirgan. Aloxida farmon va xujjatlar ta`lik yozuvida bitilgan.
Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda matn an`anaviy Allox xamdi – taxmid, paygambarimiz na`tlari, to`rt saxoba yoki saxobai roshidin ta`rifi kelib, undan so`ng asar kimga bagishlangan bo`lsa, odatda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki xokimlar bo`lgan, o`sha xomiylarga bagishlov maktov yoziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif o`zi xakida, kanday asar yozmokchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham maxmuni yoki zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi.
Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani uchun Alloxga shukronalar keltirib, mazkur ko`lyozma asar va uning ushbu nusxasi, ko`chirilish joyi va tarixi, xattoti xakida ma`lumot keltiriladi. Tarixiy asarlarda keltiriladigan “Kur`oni karim” oyatlari va “Xadisi sharif” namunalari odatda asosiy matndan ajratib, boshka siyox bilan va ko`pincha boshka yozuv, xat turi, masalan kufiy, nasx yoxud suls yozuvida boshkacha siyox bilan bitilib, aloxida ziynatlanadi.
Tarixiy asarlar ko`lyozmalari o`z davri an`analariga mos ravishda charm mukova – jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavxa, zarvarak nakshlari bilan, matn o`rtalarida lavxa nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan bezatilgan. Namuna sifatida Beruniyning “Osor ul-bokiya” asarining mo``tabar ko`lyozmasini ko`rsatish mumkin.
Umuman, arab tilida yurtimiz tarixiga oid manbalar bilan tanishish ularning xam son jixatidan ko`pligi, xam ilmiy saviyasi juda yukori ekanligi guvoxi bo`lamiz. Garchi komusiy olimimiz Beruniy arablarda tarix yaratish an`anasi juda kadimiy va boy emasligi xakli ravishda kayd etilgan bo`lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan so`ng, yunon, eron, yaxudiy va nasroniy tarix an`analaridan ijobiy va ijodiy foydalangan arab va asosan arab tilida ijod etuvyai muarrixlar xam arab xalklari, xam arab xalifaligi xududiga kirgan yoki unga ko`shni bo`lgan xalklar tarixini yozishda juda katta xissa ko`shdilar.
Shuning bilan birga, yurtimizdan etishib chikkan tarixchilarimiz xam arab tilida ayniksa, Beruniy, Sam`oniy, Shaxobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib, arab tilidagi tarix ilmi tarakkiyotiga munosib ulush ko`shdilar. Ya`ni arab tilidagi manbalarni o`rganish xali o`z dolzarbligini yo`kotgani yo`k. Ular xalkimiz boy merosining ajralmas kismi bo`lib, o`tmishdagi yuksak tarakkiyotimiz guvoxidir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə