Тарихий манбашунослик


Xukukiy xujjatlar va yozishmalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə28/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xukukiy xujjatlar va yozishmalar
O`zbekistonning kadimgi va o`rta asrlar tarixini o`rganishda ilmiy tekshirish institutlarining kutubxonalarida, davlat tarix arxivida, o`lkashunoslik muzeylarida saklanayotgan rasmiy xujjat va yozishmalarning axamiyati benixoya kattadir. Lekin ularni topish, o`rganish va o`z o`rnida foydalanish o`ta kiyin bo`lib, tadkikotchidan chukur bilim, maxsus malaka, kunt va sabot-matonat talab kilinadi.
Xukukiy xujjatlarni xam, jamiyatda katta nufuzga ega bo`lgan shaxslar o`rtasida olib borilgan yozishmalarni xam yuir erdan, anikrogi bir yoki ikki asar ichidan, bir muzey, arxiv va fondidan topib bo`dmaydi. Ularni barcha muzey, arxiv va fondlar ichidan, ko`lyozma kitob va chop etilgan asarlardan kidirib topish mumkin.
Xukukiy xujjatlar – podshox va xonlarning farmonlari, yorliklari, inoyatnomalar, raxnomalar, vasikalar, vakfnomalar va boshkalar O`zbekistondagi tarix va o`lkashunoslik muzeylarida, maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va universitetlarning kutubxonalarida, shuningdek Davlat tarix arxivdarida xamda shaxsiy majmuadarda sakdanadi. Ammo IX-XII asrga oid xujjatlar xali aloxida to`planib o`rganilganicha yo`k.
Bu davrda maxsus kotib yoki dabirlikka kancha katta e`tibor berilgani Nizimiy Aruziy Samarkandiyning “To`rt makola” asarida bayon etilib, ayrim maktublar namunalari keltirilgan. Musulmonchilik xujjatlari Burxoniddin Marginoniyning “Xidoya” asarida keyincha o`zining rasmiy tavsifini topdi.


Arab tilida yozilgan manbalar.
O`zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo`lgan tarixi ko`prok va deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va bu an`ana keyincha xam Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab xadifaligi tarkibida, so`ngra Somoniylar, Koraxoniylar, Gaznaviylar, Xorazmshoxlar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarni mualliflarning kelib chikishiga karab, ikki guruxga ajratish mumkin.
Birinchi gurux - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chikkan tarixchi va olimlar. Bular Muxammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Maxmud Koshgariy, Maxmud Zamaxshariy, Abu Said Sam`oniy, Shaxobuddin Muxammad Nisoviy va boshkalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona vatanga muxabbat aloxida namoyon bo`ladi, bu ayniksa Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-bokiya” asarida xalkimiz kadimgi madaniyati to`grisidagi ma`lumotlarida aloxida ko`zga tashlanadi.
Ikkinchi gurux - xorijlik olimlardan iborat bo`lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi madaniyati, siyosiy-ijtimoiy xayoti yoritilgan. Ushbu mualliflarning eng yiriklari Abulxasan Madoiniy (vaf. 840 y.), Abulabbos al-Ya`kubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Xurdodbex (820-taxm.913), Abu Ja`far Tabariy (839-923 y.), Isxok al-Istaxriy (850-934 y.) va boshkalardir.
Mazkur muarrixlar yurtimiz xududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir kismi sifatida yoritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki kismga, ya`ni arab va a`jam - gayri arabga ajratib o`rganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga berilgan nom Movarounnaxr – daryoning u yogidagi mamlakat mazmunini bildiruvchi jugrofiy nom bizgacha etib kelgan bo`lib, asosan arab mualliflari asarlarida iste`foda etiladi.
Kuyida arab tilida bitilgan eng muxim manbalar va ularning mualliflari xakida ixcham ma`lumot keltiriladi. (Ushbu ma`lumotlardan ma`ruzachi o`z xoxishiga binoan tanlab ana o`shalardan foydalanishi mumkin.)
Kitob at-tarix”. Ushbu arab tilida bitilgan kimmatli asar muallifi buyuk matematik Muxammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni birinchi O`rta Osiyolik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy birinchilardan bo`lib o`zining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini yozgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal xolida etib kelgan bo`lmasada, undan olingan parchalarni so`nggi davr tarixchilari Ibn an-Nadim, al-Mas`udiy, at-Tabariy, Xamza al-Isfaxoniylar o`z asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayxon Beruniy o`zining “Osor ul-bokiya” asarida xam eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid ma`lumotlardan iborat bo`lgan.
Kitob al-surat al-arz”. Mazkur asar xam al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bo`lib, yunon olimi Ptolomiyning jugrofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima kilgan va uni o`zining yangi ma`lumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“er tasviri kitobi”) asarida Kaspiy dengizi yoki Xorazm dengizi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Ushbu tarixiy jugrofiyaga oid asardagi O`rta Osiyoga oid ma`lumotlar katta ilmiy axamiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, xijriy 428 yili ko`chirilgan mo``tabar ko`lyozmasi yuizgacha etib kelgan bo`lib, unga turli xaritalar chizib ilova kilingan. Ushbu mo``tabar ko`lyozma matni 1926 yili sharkshunos X.M.Mjik tomonidan Leyptsigda nashr kilingan. Kitobni o`zbek tiliga A.Axmedov tarjima kilib, ilmiy sharxlar bilan 1983 yili chop etgan.
Kitob al-magoziy”. Kitob muallifi Madoiniy Abulxasan Ali ibn Muxammad (vaf. 840 y.) Arabiston, Xuroson va Movarounnaxrning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ziyod asar yozgan yirik arab tarixchi olimidir. “Axbor al-xulafo”(“Xalifalar xakida xabarlar”), “Kitob al-magoziy” (“Urushlar xakida kitob”), “Kitob futux ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi xakida kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir.
“Kitob al-magoziy” Eron, Afgoniston va O`zbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo`yicha muxim manbalardan xisoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha etib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida sakdanib kolgan.
Kitob al-buldon”. Asar ijodkori al-Ya`kubiy IX asrda o`tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos Axmad ibn Abu Ya`kub ibn Ja`far ibn Vaxb ibn Vadix al-Kotib al-Abbosiy bo`lib, u yirik mansabdor xonadoniga mansubdur. Al-Ya`kubiy Bagdodda tugildi, lekin umrining ko`p kismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Magribda o`tkazdi.
Al-Ya`kubiyning ikki yirik va muxim asari bizning zamonamizgacha etib kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar xakida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” nomi bilan mashxurdir.
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to`rt kismdan iborat. Asarda arablar ko`l ostidagi mamlakatlarning geografik xolati, yirik shaxarlar va kal`alari, axolisi va uning asosiy mashguloti, urf-odatlari, o`sha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy mikdori xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi.
Ushbu asarning ikki mo``tabar ko`lyozmasi Garbiy Germaniya kutubxonalarida saklanmokda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashxur sharkshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan.
Al-Ya`kubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida yozilgan bo`lib, Shark mamlakatlari, shuningdek O`rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi bo`yiyaa muxim manbalardan biri xisoblanadi. Asar ikki kismdan iborat bo`lib, Odam Atodan islomgacha bo`lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, ya`ni o`sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo`lgan vokealar bayon etilgan.
“Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə