Tarix fakulteti jahontarixi fanidan



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116507
1   2   3   4   5   6
AVAZBRK JAHON TARIXI

Mavzuning dolzarbligi: Kelt qabilalari kelib o‘rnashgan hozirgi Niderlandiya hududlari m. a. I asrda rimliklar tomonidan bosib olingan. IV-V asrlarda varvarlar bosqinidan so‘ng etnik guruhlar quyidagicha joylashdilar: sakslar — sharqda, frizlar — qirg‘oq bo‘yida va franklar -mamlakat janubida. Xristianlik mamlakatga Buyuk Karl boshqaruvi davrida kirib keldi. Imperiya qulaganidan so‘ng Gollandiya 1843-yili Latoringiya tarkibiga kirdi.
XIV asrda golland yerlari Burgundiya gersogi Filipp Dovyurak Flandriya grafinyasi Margaritaga uylanganidan so‘ng Burgundiyaga qo‘shildi.
XV asr oxirlarida Gollandiya gabsburglar qo‘l ostiga, keyinroq fransuzlar qo‘l ostiga o‘tdi. Fransuz qiroli Filipp Chiroyli ispan taxti vorisiga uylanganligi sababli Gollandiya Ispaniya hukmronligi ostiga o‘tib qoldi. Ispaniya qiroli Karl V 1555-yili Filipp II foydasiga taxtdan voz kechdi. 1579- yili protestantlik cherkovi tarafdorlari 7 respublikadan iborat federatsiya — Utrext ittifoqini tuzdilar.
1581-yili bu ittifoq o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1648-yili Ispaniya Shimoliy Brabant va Flandriyani Niderlandiyaga berdi. XVII asrda Niderlandiya kuchli dengiz davlatiga aylandi va tez orada uning manfaatlari Britan imperiyasi manfaatlari bilan to‘qnashdi. 1794-yili Niderlandiyani Fransiya bosib oldi va uning hududida Bataviya respublikasini tuzdi, 1806-yilda esa Gollandiya qirolligini tuzdi va uni Napoleon Bonapartning akasi Lyudovik idora qildi.
1814-yili Vena kongressi qaroriga ko‘ra Niderlandiya qirolligi tuzilib, unga birlashgan provinsiyalardan tashqari Belgiya va Lyuksemburg ham kirdi. 1830-yilgi inqilob natijasida katoliklar Belgiyasi qirollikdan ajralib chiqdi va o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 2 ta jahon urushlari oralig’ida Niderlandiya iqtisodiy ko‘tarilishlar davrini o‘z boshidan kechirdi. 1940- yili Germaniya tomonidan bosib olingan Gollandiya 1945-yilda ozod qilindi. 1949-yili Niderlandiya Belgiya va Lyuksemburg bilan bojxona shartnomasini imzoladi (Benilyuks), NATO va YI a’zosi. Niderlandiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə