Tarix fakulteti jahontarixi fanidan



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116507
1   2   3   4   5   6
AVAZBRK JAHON TARIXI

2,2 Yangi davrda Niderlandiya
Niderlandiya hududida odamlar neolit davridan yashaydi; miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. 1-asr boshida bu qabilalarni olmonlar siqib chiqargan. Miloddan avvalgi 1-asrda Niderlandiya hududining bir qismini rimliklar bosib olgan.
Milodiy 3—4-asrlarda Niderlandiya hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-asr), Niderlandiya hududi uning tarkibiga, 843-yilgi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 10 — 11-asrlarda Niderlandiya hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va hokazo) tashkil topdi.
12-asrdan shahar rivojlana boshladi. 15-asrning 2-choragigacha Niderlandiyada feodal tarqoqlik hukm surdi. 1433-yilda Gollandiyani, soʻngra Niderlandiyaning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandiya (1556-yildan keyin) Ispaniyaga qaram boʻlib qoldi. 16-asr Niderlandiya inqilobi natijasida mamlakat ispanlar zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandiya Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanibOsiyoAmerikaAfrikada yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, 
IndoneziyaGviana, Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813-yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. 1815-yilda Belgiya bilan birlashib, Niderlandiya qirolligi tashkil etildi. 1830-yil inqilob natijasida Belgiya Niderlandiyadan ajralib chiqdi.
1848-yilda Niderlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. 1860-yildan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876-yilda Amsterdam — Shimoliy dengiz, 1882-yilda Rotterdam — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Olmoniya uchun tranzit portga aylandi. 1861-yilda birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandiyada 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi

Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida


Birinchi jahon urushi (1914—18)da Niderlandiya oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917-yil iqtisodiy qamal natijasida Niderlandiyada ishlab chiqarish va savdo susayib ketdi. 1918-yil bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi.
1925—29 yillarda Niderlandiyada sanoatning yangi tarmoqlari (radioapparatlar ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—33)da Niderlandiyada sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, eksport va import 2 baravar kamaydi7.

Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida


Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Niderlandiya betaraflik eʼlon qildi. 1940-yil 10-mayda fashistlar Olmoniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14-mayda Niderlandiya taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va hukumat Buyuk Britaniyaga koʻchib ketdi. Niderlandiyani natsistlar idora qila boshladi. 1944-yil sentabr — 1945-yil martda Ittifoqchi davlatlar qoʻshinlari Niderlandiyaning janubini, 1945-yil aprelda sharqini ozod qildilar. 1945-yil may oyi boshlarida Olmoniya qurolli kuchlarining Niderlandiyadagi qismlari taslim boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda


1948-yilga kelib, Niderlandiyada ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetdi. Chetga sarmoya chiqarish keskin koʻpaydi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi tezlashdi. 1950-yillarda milliy ozodlik harakati kuchayishi natijasida Niderlandiya mustamlakalaridan mahrum boʻldi.
Niderlandiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30-aprel (Qirolicha kuni). Niderlandiya 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.

Xulosa
Sanoatining texnika darajasi yuqori, malakali ishchi kuchi bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz Niderlandiyaning asosiy kon boyligidir. Nefttoshkoʻmir ham qazib chiqariladi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari — kemasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik, kimyo, neftni qay-ta ishlash va neft kimyosi, elektrotexnika, radioelektronika, oziq-ov-qat, toʻqimachilik. Aviasozik va avtomobilsozlik ham rivojlangan.
Rangli metallurgiya sanoatida alyuminiy, rux va qalay eritiladi. Amsterdam, Rotterdam, Utrext, Harlem va boshqa shaharlarda umumiy mashinasozlik, Rotterdam, Sxidam, Dordrext, Amsterdamda yirik kemasozlik, Born va Eyndxovenda avtomobilsozlik, Rotterdam, Amsterdam va Flissingen atroflarida neftni qayta ishlash korxonalari bor. 
Qishloq xoʻjaligi koʻp miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 mln. ga)ning 60 % oʻtloq, 35 % haydaladi, 3 % bogʻ, poliz va gulchilik xoʻjaliklari. Niderlandiya — chetga eng koʻp sut mahsulotlari, tuxum, parranda goʻshti, goʻsht konservalari, choʻchqa goʻshti chiqaruvchi mamlakatlardan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə