Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) yo’nalishi jahon tarixi fanidan kurs ishi


II. Bob. Birinchi jahon urushi iqtisodiy ahvoli



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü139,55 Kb.
#165824
1   2   3   4   5   6   7
2 5213097489883738362

II. Bob. Birinchi jahon urushi iqtisodiy ahvoli.
2.1.Birinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari
Germaniya va uning ittifoqchilari Birinchi jahon urushida mag'lubiyatga uchradi (bu haqda avvalgi mavzularda batafsil ma'lumot olgansiz). Germaniya urushda 2 mln dan ortiq qurbon berdi. Yara- dor bo'lganlar, asirlar va bedarak yo'qolganlarni qo'shganda, jami yo'qotish 7,5 mln kishini tashkil etdi. Ayni paytda hukmron doiralar, monopoliya egalari urushdan juda katta foyda ko'rdilar. (Masalan, birgina Krupp konsernining daromadi 15 baravar ortdi). Natijada yirik mulkdorlar mamlakat hayotida qudratli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchga aylandilar va hukumat siyosatiga katta ta'sir ko'rsata boshladilar.
Urush mehnatkash tabaqalarga katta salbiy oqibatlar keltirdi. Umumiy mehnat majburiyati ishchilar uchun amalda katorgaga teng edi. Urush qishloq xo'jaligiga ham katta talafotlar keltirdi. 1918-yilning kuziga kelganda ekin maydonlari amalda 2 baravar kamaygan edi. Ochlik, epidemiyalar va cho'zilib ketgan urush azoblari aholining boshiga juda katta kulfatlar keltirdi. Aholining bunday qismati mamlakatda inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. Ayni paytda Rossiya inqilobi ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.1
Germaniya inqilobi 1918-yil 3-noyabr kuni boshlandi. Shu kuni Kil shahrida joylashgan harbiy dengizchilar urush davom etishiga qarshi qo'zg'olon ko'tardilar. Kil ishchilari esa qo'zg'olonni qo'llab-quwatladilar va umumiy ish tashlash e'lon qildilar. Shaharda ishchilar va soldatlar So-vetlari tashkil etildi. Inqilob to'lqini 9-noyabrda Berlingacha yetib keldi va u butun Germaniyaga yoyildi. Qo'rqib ketgan imperator Vilgelm II mamlakatdan qochib ketdi. Shu tariqa Germaniyada monarxiya quladi. Mamlakatda hokimiyat xalq vakillari Soveti qo'liga o'tdi.
10-noyabrda tuzilgan yangi hukumatga Germaniya sotsial-demokratik partiyasining yirik arboblaridan biri — F. Ebert rahbarlik qilgan. Bu hukumat Germaniyani Respublika deb e'lon qildi va u 11-noyabr kuni Antanta bilan dastlabki yarash bitimi imzoladi. Bu bitimning imzolanishi yangi hukumatning xalqaro maydonda tan olinishi degani edi. Unga ko'ra, mamlakatda qamal holati bekor qilindi, so'z, yig'ilish o'tkazish, uyushmalarga birlashish erkinligi e'lon qilindi. Shuningdek, siyosiy mahbuslarga amnistiya e'lon qilindi. Birinchi marta umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri, yashirin ovoz berish yo'li bilan saylov o'tkazish joriy etildi.
Ayni paytda hukumat demobilizatsiya qilingan soldatlarni, ishsizlarni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish tadbirlarni ko'ra boshladi. 15-noyabrda Kasaba uyushmalari bilan ish beruvchilar o'rtasida kelishuvga erishildi. Unga ko'ra, Kasaba uyushmalari, ularning jamoaviy shartnoma tuzish va korxonalarda ishchi nazoratini olib boruvchi qo'mitalar tuza olish huquqlari tan olindi. Bundan tashqari, hukumat eng yirik korxonalarni davlat ixtiyoriga o'tkaza olish huquqiga ega bo'ldi. Shuningdek, hukumat Konstitutsiyani ishlab chiqish uchun Ta'sis yig'ilishi chaqirishga va'da berdi. Bularning bari Germaniya mehnatkashlarining katta ijtimoiy yutuq-lari edi.
Germaniyada eng ommaviy va nufuzli partiya Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) edi. Biroq bu partiyada hech qachon yagona birlik bo'lmagan. Partiya amalda o'nglar, markazchilar va so'llar deb atalgan 3 oqimga bo'lingan edi.
O'ng oqim (yirik namoyandalari F. Ebert, Sheydeman, Bernshteyn, Noskelar)ning maqsadi burjua tartiblarini saqlab qolish, islohotlar o'tkazib, aholini ijtimoiy himoya qilish va mamlakatda parlament respublikasini tola qaror toptirish edi.1
So'llar esa (yirik namoyandalari K. Libknext va R. Lyuksemburg) monarxiyaga inqilobiy yo'l bilan to'la barham berish, Rossiyadagidek sotsialistik jamiyat qurish uchun kurashdilar. So'llar «spartakchilar» degan guruhga birlashganlar. Keyinchalik shu guruh asosida Germaniya kommunistik partiyasi tuzildi.
Markazchilar (yirik namoyandalari K. Kautskiy va Gaaze) 1917-yilning bahorida Germaniya mustaqil sotsial-demokratik partiyasini tuzdilar va partiya vakillari Ebert hukumati tarkibiga kirdilar.
(«Spartakchilar» guruhi sotsialistik inqilobni amalga oshirish, sovet hokimiyatini o'rnatish va barcha ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish uchun kurash boshladilar. Biroq 1918-yilning dekabr oyida o'tkazilgan Sovetlarning I Umumgerman syezdi «Butun hokimiyat sovetlarga!» shiorini rad etdi. Ayni paytda u 1919-yilning 19-yanvarida Ta'sis majlisiga saylov o'tkazishga qaror qildi.
“Spartakchilar” 1918-yilning 30-dekabrida Germaniya kommunistik partiyasini tuzdilar. 5-yanvarda Berlinda ishchilarning stixiyali qurolli chiqishi ro'y berdi. Ularning maqsadi Ebert hukumatini ag'darish edi. Bu chiqish 12-yanvar kuni hukumat tomonidan bostirildi. 15-yanvarda esa K. Libknext va R. Lyuksemburglar o'ldirildilar/ Shu tariqa o'ng sotsial-demokratlar o'z hokimiyatini ochiq shaklda terrorchilik yo'li bilan yanada mustahkam qaror toptirdilar. Kommunistlar kurashni parlamentdan tashqarida davom ettirdilar. 13-aprelda ular Germaniyaning Bavariya o'lkasida sovet hokimiyatini o'rnatdilar va Bavariya Sovet Respublikasi tuzilganligini e'lon qildilar. Biroq bu respublika atigi 3 hafta yashadi. Lekin Sovet Rossiyasi hukumati andozasi asosida qator tadbirlarni (ishchi nazoratini tashkil etish, Qizil Armiya va BFQ tuzish, ishlab chiqarish vositalarini davlat mulki deb e'lon qilish va boshqalarni) amalga oshirdi.
19-yanvar kuni Ta'sis majlisiga bo'lib o'tgan saylovlarda o'nglar va markazchilar g'alaba qozondilar. Kommunistlar esa saylovda ishtirok etmadilar. Ta'sis majlisi osoyishta Veymar shahrida o'z ishini Veymar Respublikasi boshladi Shuning uchun ham Ta'sis Majlisida qabul qilingan Konstitutsiya va uning asosida tuzilgan Respublika Germaniya tarixiga Veymar Konstitutsiyasi va Veymar Respublikasi nomi bilan kirdi.
Konstitutsiya Germaniyani kuchli prezidentlik hokimiyatiga ega bo'lgan federativ respublika deb e'lon qildi. Ayni paytda hukumatning prezident oldida emas, parlament (reyxstag) oldida javobgar ekanligi belgilab qo'yildi. Fridrix Ebert Germaniyaning birinchi prezidenti etib saylandi. Konstitutsi-yada xususiy mulkning muqaddas va daxlsiz ekanligi qayd etildi hamda 20 yoshdan boshlab erkak va ayollar uchun yalpi saylov huquqi berildi. So'z, yig'ilish, matbuot erkinligi e'lon qilindi va referendum o'tkazish mumkin-ligi belgilab qo'yildi.
Hukumat reyxstagda ko'p o'rin olgan partiya yoki partiyalar ittifoqi tomonidan tuziladigan bo'ldi. Bosh vazir (kansler) Prezident tomonidan tayinlansa-da, u reyxstagga hisob berardi. Ikki palatadan iborat qonun chiqaruvchi hokimiyat ta'sis etildi. Quyi palata (reyxstag) butun Germaniya bo'yicha yalpi ovoz berish yo'li bilan saylanar edi. Yuqori palata (reyxsrat) esa belgilangan normalarda o'lka va viloyatlar vakillaridan iborat bo'lardi. Reyxsrat veto huquqiga ega edi.
Davlat boshlig'i — Prezidentga juda katta vakolatlar berilgan edi. U bir vaqtning o'zida Respublika qurolli kuchlarining oliy bosh qo'mondoni hisoblanar edi. Prezident reyxstagni tarqatib yuborish va unga yalpi saylov belgilash huquqiga ham ega bo'ldi. Shuningdek, Prezidentga lozim bo'lganda favqulodda dekretlar chiqarish yo'li bilan mamlakatni boshqarish, majburlash choralarini qo'llash huquqi ham berildi.
Bundan tashqari, Prezident Konstitutsiyaning u yoki bu moddalarining amal qilishini to'xtatib ham qo'ya olardi. Prezidentning yalpi ovoz berish yo'li bilan 7 yil muddatga saylanishi belgilab qo'yildi. Veymar Konstitutsiyasi demokratik kuchlarning muhim yutug'i edi.
Germaniyada demokratik respublika tuzumining qaror topishi va yangi siyosiy tizimning barqaror-lashuvi juda qiyin kechdi. 1919-yildan 1923-yil oxirigacha mamlakatda keskin siyosiy vaziyat saq-lanib turdi. Buning sababi, bir tomondan, Versal shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasiga qarshi kuchlarning bosh ko'targanligi edi. Bu kuchlar Versal shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasini tan olmadilar.1
Ayni paytda bu kuchlar mamlakatda monarxiyani qayta tiklash orzusida edilar. Bu kuchlar 1920-yilning 13-mart kuni monarxist V. Kapp va general E. Lyudendorf boshchiligida davlat to'ntarishi o'tkazish uchun isyon ko'tardilar. V. Kapp o'zini kansler (bosh vazir) deb e'lon qildi va parlamentni tarqatib yubordi. Qo'rqib ketgan hukumat Berlindan qochib ketdi.
Ana shunday sharoitda Germaniyada 12 mln ishchi va xizmatchi isyonga qarshi norozilik belgisi sifatida ish tashladi. Bu hodisa isyonchilarni chekinishga majbur etdi. 1922-yilda V. Kuno boshchiligidagi hukumat mamlakatda millatehilik g'oyalarini avj oldirdi. Shuningdek, Antanta davlatlariga tovon to'lamaslikni zo'r berib targ'ib eta boshladi. Bunga javoban Fransiya va Belgiya armiyasi Rur viloyatini ishg'ol etdi. Bu voqea mamlakatda uningsiz ham og'ir ahvolni yanada og'irlashtirib yubordi. Natijada V. Kuno hukumati iste'fo berishga majbur bo'ldi.
1923-yilda Germaniya kommunistik partiyasi E. Telman boshchiligida Gamburgda qo'zg'olon ko'tardi. Bu qo'zg'olonni Komintern moddiy jihatdan qo'llab-quwatlagan edi. So'llarning bu avantyurasi tezda bostirildi.
Shu yilning 8-dekabr kuni Myunxen shahrida bir guruh fashistlar fashistik diktatura o'rnatish talabi bilan mitingga to'plandilar. A. Gitler boshchiligidagi bu isyon ham bostirildi.
1924-yilga kelgandagina Germaniyada vaziyat barqarorlasha boshladi. Bu barqarorlikning iqtisodiy asosi «Daues rejasi» deb nom olgan reja edi.
AQSH Germaniyaning butunlay zaiflashtirib qo'yilishini aslo istamas edi. Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo'lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi raqibi — Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi.


Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə