Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) yo’nalishi jahon tarixi fanidan kurs ishi


Germaniya ijtimoiy harakatidagi bo`linish



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü139,55 Kb.
#165824
1   2   3   4   5   6   7
2 5213097489883738362

2.2. Germaniya ijtimoiy harakatidagi bo`linish.
Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko'rsatishga qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilan kirgan. Oxir-oqibatda esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, uning harbiy qudrati qayta tiklanishiga asos bo'lib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda Londonda bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada qabul qilindi.
Rejada Germaniya sanoatini, birinchidan, chet el sarmoyasi yordami-da, ikkinchidan, Germaniya va Rossiya o'rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo'li bilan tiklash ko'zda tutildi. Rejada Germaniyaning 1925-yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd marka tovon to'lashi ko'zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko'rsatkich yiliga 2,5 mlrd markani tashkil etishi kerak edi. Keyinchalik bu toiovlar miqdori kamayar va Germaniya iqtisodi imkoniyati darajasiga qarab to'lanar edi.1
«Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi boisa, AQSH Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdi.
Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit'asida yetakchi davlat bo'lib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo'lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi.
1924— 1929-yillar oralig'ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarzlari, kiritgan sarmoyalari 21 mlrd markani tashkil etdi. AQSHning o'zi 10 mlrd dollarlik sarmoya kiritdi. Bu qarz o'z samarasini ko'rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va 1927— 1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmi bo'yicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929-yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani orqada qoldirdi. 1929-yilda «Daues rejasi» «Yung rejasi» bilan almashtirildi (qarang 1—2-§).
Iqtisodiyotning yuksalish yillarida (1924—1929) sanoatning deyarli barcha sohalarida monopo-liyalar yanada kuchaydi. Yangi sarmoyadorlar ko'paydi.
1930-yilda ularning soni 2100 taga yetdi hamda iqtisodiyot va siyosatga tobora katta ta'sir ko'rsata boshladilar, shuningdek, jamoatchilik fikrini belgilashda hal qiluvchi mavqega erisha bordilar. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatda millatchi revanshchi kuchlar-ning ta'siri kuchayishiga olib keldi. Bu kuchlarning yirik namoyandalari-dan biri sobiq kayzer, Germaniya qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni feldmarshal P. Gindenburg edi (1874-1934). U 1925-yilda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uning prezidentligi davrida Germaniya ar-miyasi qayta qurollantirila boshlandi. Harbiy-dengiz floti ham tiklana boshlandi. Sanoatning harbiy maqsadlarga mo'ljallangan tarmoqlari rivojiga katta mablag' sarflandi.
Germaniya endi Versal shartnomasini ochiqdan-ochiq inkor etish yoiiga o'tdi. Xususan, armiya soni 350 ming kishiga yetkazildi. Mamlakat aholisi, asosan yoshlar ongi g'oyaviy jihatdan yangi urushga tayyorlana boshlandi. Veymar Respublikasi hukumati xalqaro maydonda G'arb davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini yurita boshladi.1
1925-yilda Germaniya Lokarno shahrida Reyn paktini imzolashga erishdi. Unga ko'ra, Germaniyaning Fransiya va Belgiya bilan mavjud chegarasi tan olindi. Ayni paytda Fransiya va Germaniya bir-biriga hech qachon hujum qilmaslik majburiyatini oldilar. Buyuk Britaniya va Italiya esa bu paktning xalqaro kafillari deb belgilanadi.
Biroq Germaniyaning sharqiy qo'shnilari bilan mavjud chegaralar buzilmasligi masalasi ochiq qoldi. Buning nima oqibatlarga olib kelganligi avvalgi mavzulardan ma'lum.
1926-yilda Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi va unga Liga Kengashining doimiy a'zosi maqomi berildi. Bu amalda Germaniyaning buyuk davlat sifatida tan olinishi edi. 1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Germaniyani ayanchli ahvolga solib qo'ydi. Uch yil davomida ishlab chiqarish tinimsiz pasayib bordi. Xususan, ishlab chiqarish 40 foizga, real ish haqi esa 50 foizga kamaydi. Mamlakatda ishsizlar soni 9 mln dan oshdi. Ularning faqat 20 foizigina ishsizlik nafaqasini olardi. Xizmatchilarning ahvoli nihoyatda yomonlashdi. Mayda va o'rta tadbirkorlar, sotuvchilar bankrotga uchradilar. Qator banklarning bankrotga uchrashi moliya-kredit tizimini larzaga soldi.
Iqtisodiyotning chet el moliyaviy yordamiga qaramligi, ayni paytda inqiroz davrida chet el sarmoyasining qaytarib olina boshlanishi, ichki bozorning torligi, sobiq Antanta davlatlariga tovon to'lash, moddiy resurslar manbayi bo'lish, mustamlakalarning yo'qligi kabi omillar buning sababi edi.
Iqtisodiyotning keskin beqarorlashuvi siyosiy inqirozni ham muqarrar qilib qo'ydi. 1928-yilda reyxstagga o'tkazilgan saylovda hech bir siyosiy partiya mutlaq ko'pchilik ovoz ola olmagan edi. Shuning uchun GSDP (153 o'ringa ega edi), Katolik Markaz partiyasi (78 o'ringa ega edi) hamda Nemis milliy partiyasi (73 o'ringa ega edi) vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzilgan va katta koalitsiya nomi bilan faoliyat yurita boshlagan edi. Biroq koalitsiya 1930-yilning martida tarqalib ketdi. G. Myuller hukumati iste'fo berishga majbur bo'ldi.
Prezident Gindenburg Katolik markazi partiyasi arbobi G. Bryuningni kansler etib tayinladi. Biroq GSDP oppozitsiyaga o'tgach, G. Bryuning hukumati faol harakat qila olmay qoldi. Natijada mamlakat Prezidentning favqulodda dekretlari kuchi bilan boshqarila boshlandi. Bu hoi, o'z navbatida, reyxstagni obro'sizlantirdi. 1932-yilda u faqat 5 tagina qonun qabul qildi, xolos.
Yangi hukumat yirik sarmoyadorlar manfaatiga xizmat qildi. Inqiroz yillarida aksiyalarni sotib olish yo'li bilan ularni amalda bankrot bo'lishdan saqlab qoldi. Ayni paytda hukumat ishsizlik uchun to'lanadigan nafaqani, ijtimoiy sug'urta to'lovlarini, davlat xizmatchilarining ish haqini kamaytir-di. Soliqlar miqdorini esa oshirdi. Inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Yuz minglab ishchi o'rinlari qisqara bordi. Non va xayriya yordamlariga muhtojlar soni to'xtovsiz o'sa boshladi. Mamlakatda davom etayotgan ham iqtisodiy, ham siyosiy inqiroz, o'z navbatida, fashizmning kuchayishiga va uning hokimiyat tepasiga kelishiga zamin tayyorladi. Mamlakatda siyosiy kuchlar joylashuvida tub o'zgarishlar ro'y berdi.
Garchand so'l kuchlar (GKP va GSDP) siyosiy hayotda o'z ta'sirlarini saqlab qolayotgan bo'lsa-da, o'zini «Nemis milliy-sotsialistik ishchi partiyasi» degan nom bilan atagan fashistlar partiyasining ta'siri tobora kuchaya boshladi. Chunki inqiroz aholi ko'z o'ngida boshqaruvning respublika tar-tibini butunlay obro'sizlantirib qo'ydi. 1

Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə