Tarixiy biblografiyaning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot



Yüklə 39,51 Kb.
səhifə1/6
tarix13.03.2023
ölçüsü39,51 Kb.
#102388
  1   2   3   4   5   6
Tarixiy biblografiyaning yirik markazlari muhim tarixiy bibliografiyalar


Mavzu: Tarixiy biblografiyaning yirik markazlari muhim tarixiy bibliografiyalar





Reja:


Kirish
  1. Tarixiy biblografiyaning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot


  2. O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lishi

  3. Beruniy bibliografiyasi va Temuriylar davridagi biblografiya

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
„Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion—„kitob“, grapho —„yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydalanuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo‘lib kutubxona katalogi ko‘rinishida o‘z kutubxonasida maxsus tablichka-ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo‘ysungan. O‘sha vaqtda Jenevada mavjud bo‘lgan kutubxona katalogi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbaniðalga qarashli bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha o‘n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona bo‘lib, adabiyotlar, asosan, o‘sha davrga xos grammatika, she’riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan yaratilgan.


Yüklə 39,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə