Tarixiy biblografiyaning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot


O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lishi



Yüklə 39,51 Kb.
səhifə3/6
tarix13.03.2023
ölçüsü39,51 Kb.
#102388
1   2   3   4   5   6
Tarixiy biblografiyaning yirik markazlari muhim tarixiy bibliografiyalar

O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lishi
O‘rta Osiyoda ma’naviyat va madaniyat, ilm-fan uzoq tarixga ega. O‘rta Osiyo bibliografiyasi o‘rta asrlar davrida paydo bo‘ldi. O‘rta asr Sharqida arab xalifaligiga birlashgan xalqlar madaniyati va fani rivojlandi. Ko‘pmillatlilik xarakteriga ega arab madaniyati dunyoning deyarli katta qismini egallab oldi. 996-yilda vafot etgan, tug‘ilgan yili noma’lum xalifa Al-Azizning 200 ming kitob fondiga ega o‘z kutubxonasi bo‘lgan. O‘sha paytda Yevropa kutubxonalari fondi bundan anchagina kam edi. IX asrdagi Konstansa kutubxonasi esa 356 jild kitob fondiga ega bo‘lgan. Yevropada qog‘oz yo‘qligi sababligina kutubxona o‘z davrining yirik kutubxonasi hisoblangan, chunki papirus ishlab chiqarish imkoniyati yo‘q, pergament esa juda qimmat material edi.
VII—IX asrga kelib mumtoz arab kitobi madaniyati shakllandi. X asrda ustozdan shogirdga og‘zaki nutq orqali bilim berish shakli pasaya boshladi. Kitobning mustaqil bilim olish vositasi sifatidagi roli oshdi. O‘rta Osiyo arab adabiyoti, asosan, qo‘lyozma kitoblardan iborat bo‘lib, kitob an’analarini saqlab qolishning birdan bir yo‘li kitobni ko‘chirib yozishdan iborat bo‘lib qoldi. Qo‘lyozma kitoblar uzoq va mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lib, u maxsus bilimni talab qilar, chevar qo‘llar ostida u san’at asari darajasiga yetar edi. Samarqandda Sharqda mashhur bo‘lgan qog‘oz ishlab chiqarila boshlandi. Bu qog‘oz tekis, yumshoq, yaltiroq ko‘rinishda va fil suyagi rangida bo‘lgan. Uning bahosi uyg‘onish davri Yevropasida mashhur va qimmat bo‘lgan. Kitobni ko‘chirib yozish yakunida badiiy bezash ishlari bajarilgan. XI asrdan boshlab kitob illustratsiyasi paydo bo‘ldi. Kitoblar, asosan, shogirdlar tomonidan havaskorlik yo‘lida va malakali ko‘chirilgan. Ular ta’lim olish davomida savod chiqarish bilan birga, matnni o‘qish, izohlash, yod olish bilan mashg‘ul bo‘lganlar, o‘quv adabiyotlarni majburan ko‘chirganlar. Bu esa musulmon dunyosida kitoblarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Arab yozuvidagi adabiyotlarni yig‘ish va uning takomillashib borishi bevosita yozuvning taraqqiyoti va ayrim asarlar nusxalarining ko‘payishi bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda kutubxonalar rivojlandi va ilm-fan hamda san’at bilan shug‘ullanishga imkoniyat kengaydi. Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar rivojlanib, madaniyat darajasi o‘sdi. Ayniqsa, Somoniylar va Temuriylar davrida kutubxonachilik ishi taraqqiy topdi. Saroy kutubxonalari fan uchun xazina bo‘lgan, ularda diniy kitoblar, matematika, astronomiya, tarix, huquq, geografiyaga oid adabiyotlar bo‘lgan. Somoniylar davlatida buyuk olimlar va shoirlar ijod etdi. Bu davrda Ibn Sino o‘z yoshlik yillarini o‘tkazdi, Rudakiy va Daqiqiy, Firdavsiy va Narshaxiylar ijod qildilar. Narshaxiy yagona „Buxoro tarixi“ asarini yozdi. Bu asar O‘rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan bir shaharning tarixi haqidagi ensiklopediya edi. Ibn Sino Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyidagi kutubxonadan foydalandi. Olim bu haqda shunday deb yozadi: „Men bir necha xonalardan iborat kutubxonaga kirdim, har bir xonada kitoblarga to‘ldirilgan sandiqlar bor edi. Bir xonada arab kitoblari va she’riy asarlar, boshqasida qonunchilikka oid va har bir xonadagi kitoblar bilimning biror-bir sohasiga oid alohida joylashtirilgan edi. Men adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqdim va o‘zimga zarur kitoblarni so‘rab oldim“. Shuning o‘zi o‘rta asrlardagi kutubxonalarda kitoblarni joylashtirish tartibi haqida, bibliografik faoliyat elementlari, ayniqsa, aniq bir kitob saqlash xonasidagi kataloglashtirish haqida ma’lumot beradi. Har bir xonaning markazida chiroyli quticha bo‘lib, unda fonddan foydalanishga imkon yaratuvchi va ularni hisobga olib boruvchi ro‘yxatlar mavjud bo‘lgan. Kitoblar bilim sohalari bo‘yicha tartibga solingan va ehtiyotkorlik bilan saqlangan. Kutubxonalar har bir davrda ish mazmuni va xarakteriga ko‘ra, X asrgacha „Bayt ul-hikmat“ („Hikmatlar uyi“), X asrda „Dar ul-ilm“ („Fanlar uyi“), XI asrdan maktablar, madrasalar, machitlar, mavzoleylar, observatoriyalar bilan birgalikda qo‘shilib, birlashgan kutubxonalar deb nomlandi.



Yüklə 39,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə