Tarixiy biblografiyaning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot


Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot



Yüklə 39,51 Kb.
səhifə2/6
tarix13.03.2023
ölçüsü39,51 Kb.
#102388
1   2   3   4   5   6
Tarixiy biblografiyaning yirik markazlari muhim tarixiy bibliografiyalar

Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot


Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida „Papirus uyi“ nomli kutubxona bo‘lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va qo‘lyozmalarning birortasi ham yo‘qolmagan. Bizgacha yetib kelgan katalog yordamida kutubxona fondi haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat: har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro‘yxati berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2-qism 22 ta qutidagi adabiyotlar mazmuni haqida ma’lumot beradi.
Miloddan avvalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar to‘plangan zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutubxonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bo‘lgan, ammo bizgacha saqlanmagan „Bilimning hamma sohasida sharaf topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib kelgan. Unga ko‘ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxonasining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga ma’lum bo‘lgan o‘sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda saqlanishidan qat’i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar haqidagi biografik ma’lumotlarni bergan. Kallimax jadvali o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo‘nalishini aks ettirgan: 1.Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning aniq saqlanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan hujjatlar haqida (bu yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).
Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qo‘llanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining bibliografiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979 — 1982-yillarda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:

  1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to‘la yokiqisman bibliografik apparatga ega bo‘lgan qo‘llanma deb hisoblash mumkin.

  2. O‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo‘lib,o‘sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliografiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi.

  3. O‘sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosishishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarakterli bo‘lib qoldi.

  4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,bibliografik yo‘llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko‘rsatishda va aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan.

  5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073-yil yaratilganyolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.

Antik madaniyat o‘lishi bilan bibliografiya tushunchasi ham yo‘qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda, boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida qo‘llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining poligrafik davri bilan bog‘liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari, bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat bibliografiyasi manbasi bo‘lmish majburiy nusxalar va to‘plamlar, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog‘liq, bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi.
Rus bibliografiyasining paydo bo‘lish davri XI — XVII asrda xrestomatiya tiðidagi to‘plamlarning paydo bo‘lishiga bog‘liq. XVIII asrda o‘sha davrda har bir davlatda kitob omborlari hisoblangan cherkov kutubxonalari fondini tavsif etish boshlandi. Bu bizgacha yetib kelgan qimmatli XV asrga oid „Kirill-Belozer cherkovi qo‘lyozmalari tavsifi“dir. XVII asrning ikkinchi yarmida „Oãëaâëeíèå êíèã, êTî èõ ñëîæèë“ nomli rus kitoblari bilan tanishtirish maqsadida tuzilgan bibliografik ish haqida ma’lumotlar bor.
Rus bibliografiyasi tarixi haqiqiy taniqli tashabbuskor bibliograflar —„Rus bibliografiyasining otasi“ deb tan olingan V.S.Sopikov, undan oldin N.I. Novikov nomi bilan bog‘liq. N.I.Novikov 1772-yili o‘z ahamiyatiga ko‘ra birinchi biobibliografik lug‘at va birinchi rus qomusnomasi — „Rossiya yozuvchilari haqida tarixiy lug‘at tuzish tajribasidan“ nomli ishni yaratgan. V.S.Sopikovning buyuk xizmati shundaki, u „Bosmaxona tashkil etilgandan 1813- yilgacha slavyan va rus tillarida bosilgan asarlar va tarjimalarning to‘liq lug‘ati“ni tuzadi, bundan tashqari, u bu asarini 1813—1821- yillari „Rossiya bibliografiyasining tajribasi“ nomi bilan nashr ettiradi. Unda Rossiyada birinchi marta va biz uchun ham eng muhim prinsiðial nazariy masalalar—kutubxonachi va bibliografning vazifalari, kitobxonga tavsiya etilayotgan kitobning ahamiyati, muallif fikri va uslubi bilan kitobxonni tanishtirish uchun tuzuvchi tomonidan bibliografik qo‘llanmalarning yangi janri—bibliografik ocherklar va antologiyalarni tuzish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar ochib beriladi.
XVIII asr oxiri—XIX asr boshlarida „bibliografiya“ so‘zi kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi, adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati, umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichmabosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko‘rinadi.

Yüklə 39,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə