"Tasdiqlayman" Kafedra mudiri


Temirga kislotalarning ta'siri



Yüklə 192,36 Kb.
səhifə6/8
tarix05.04.2023
ölçüsü192,36 Kb.
#104376
1   2   3   4   5   6   7   8
Разработка урока на узбекском языке по химии"VIII B guruh elementlari "

Temirga kislotalarning ta'siri
1.Uchta probirkaga temir qirindisi soling. Birinchi probirkaga 2 n xlorid kislota, ikkinchi probirkaga 2 n sulfat kislota va uchinchi probirkaga 2 nitrat kislota eritmasidan qo'shing. Birinchi va ikkinchi probirkalarda vodorod ajralib chiqishini va temirning ikki valentli tuzi hosil bo'lishini isbotlang. Uchinchi probirkada gaz chiqmasligini kuzating. Uchinchi probirkadagi eritmaga ozroq 2 n NaOH eritmasidan qo'shib, probirkani qizdiring. Ammiak ajralib chiqishini hididan biling. Ikki valentli temir tuzi va ammoniy nitrat hosil bo'lishini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing.
2. Ikkita probirkaga temir qirindisi soling. Birinchi probirkadagi temir qirindisi ustiga konsentrlangan nitrat kislota, ikkinchi probirkaga konsentrlangan sulfat kislota qo'shing. Reaksiya bormasligini kuzating. Probirkalarni temir shtativga o'rnatib qizdiring. Birinchi probirkada NO chiqib havodagi kislorod bilan birikib, qo'ng'ir tusli NO2 gazga aylanadi, ikkinchi probirkada o'tkir hidli SO2 chiqishini kuzating. Probirkalarda uch valentli temir tuzi hosil bo'lganligini isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

Kerakli asbob va reaktivlar: Probirkalar elektron tarozi KSL -1107 magnitli mesh KSL -1178.1,qizdirgich KSL -1144, sentrafuga KSL , kobalt (II) xlorid, NaOH, kobalt bo’lakchasi, xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota,nikel sulfat,ammoniy gidroksid
Kobalt (II) gidroksidning olinishi va xossalari
Probirkaga kobalt (II) xlorid CoCl2 eritmasidan olib, unga 2 n NaOH eritmasidan qo'shing. Havorang gidrokso tuz CoOHCl hosil bo'lishini kuzating. Cho'kmali eritmani sekin qizdiring. Pushti-qizil rangli kobalt (II) gidroksid Co(OH)2 hosil bo'lishini kuzating. Hosil bo'lgan birinchi probirkaga cho'kma eriguncha 2 n HC1 eritmasidan qo'shing. Ikkinchi probirkaga 40% li NaOH eritmasidan qo'shib, so'ngra qizdiring. Cho'kmaning erishini kuzating. Kobalt (II) gidroksid qanday xossaga ega? Ikkinchi probirkada NaCoO2 hosil bo'lishini nazarda tutib reaksiya tenglamasini yozing

Yüklə 192,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə