Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. Karimov


Ikkita nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi har bir zaryad kattaligiga to’g’ri va zaryadlar o’rtasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir



Yüklə 8,85 Mb.
səhifə189/206
tarix21.04.2023
ölçüsü8,85 Mb.
#106608
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206
1Fizika majmua

Ikkita nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi har bir zaryad kattaligiga to’g’ri va zaryadlar o’rtasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Kuchning yo’nalishi zaryadlar orqali o’tgan to’g’ri chiziq bilan ustma -ust tushadi. Vektor ko’rinishda Kulon qonuni shunday yoziladi:
. (1.1)
Bu yerda k —proporsionnallik koeffitsienti bo’lib, uning qiymati
XBS da k 9*109 *N*m2/Kl2, bu yerda — elektr doimiysi deb ataladi:
8.85*10-12 Kl2 /N*m2. (1.2)
Zaryadlar sistemasining biror nuqtada hosil qilgan elektr maydonining kuchlanganligi, sistemaga kiruvchi har bir zaryadning oʼsha nuqtada alohida-alohida hosil qilgan maydon kuchlanganliklarining vektor yigʼindisiga teng.
E=E1+ E2+ E3+... En
Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
1.Eletr zaryadlarining saqlanish qonunini taⸯrifllang.
2.Kulon qonunini formulasini tavsiflang.
3.Dielektrik singdiruvchanlikni fizik ma’nosini qytib bering.
4.Sochingizni taroq bilan tarash vaziyatida sodir bo’ladigan fizik jarayonn tushuntirib bering.

31-mavzu. ZARYADLANGAN SHARNING ELEKTR MAYDONI. DIELEKTRIK SINGDIRUVCHANLIK
Reja;
1.Zaryadlangan sharda elektr zaryadlarining taqsimoti
2. Dielektrik singdiruvchanlik.
Radiusi R ga teng bo‘lgan elektr o‘tkazuvchi shar q zaryad bilan zaryadlangan bo‘lsin (7.5-a rasm). Zaryadlangan bunday shar (sfera) ning hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganligini uning markazida, sirtida va undan tashqarisida aniqlaylik. Buning uchun biz dastlab q zaryadni sirt bo‘ylab tekis taqsimlangan bir qancha bir xil miqdordagi zaryadlarga ajratamiz, ya’ni q = q1 + q2 + q3 + ... + q'1 + q'2 + q'3... Har qanday miqdori bir xil bo‘lgan q1 va q'1 kabi zaryadlarning sharning markazidagi natijaviy maydoni kuchlanganligi superpozitsiya prinsipiga ko‘ra nolga teng bo‘ladi Demak, zaryadlangan sferaning ichida maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘ladi.Shardan tashqarida undan r masofada joylashgan ixtiyoriy A nuqtadagi maydon kuchlanganligini topaylik. OA chiziqqa simmetrik joylashgan q2 va q'2 zaryadlar juftini ajratib olaylik. Bu zaryadlar Or o‘qi boylab yo‘nalgan o‘qda kuchlanganlik hosil qiladi. Demak, shar tashqarisidagi nuqtadagi maydon kuchlanganligining kuch chiziqlari, shar markaziga qo‘yilgan musbat zaryadlangan nuqtaviy zaryad maydonining kuch chiziqlari bilan mos tushadi

Yüklə 8,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə