Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. Karimov



Yüklə 8,85 Mb.
səhifə89/206
tarix21.04.2023
ölçüsü8,85 Mb.
#106608
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206
1Fizika majmua

(Leonardo da-Vinchi)


29.Mavzu;INSON HAYOTIDA ISSIQLIK DVIGATELLARINING AHAMIYATI.ISSIQLIK DVIGATELLARI VA EKOLOGIYA


Reja1.Issiqlik dvigatellarining turlari.
2.Tabiatni muhofaza qilish.



Tayanch tushunchalar: Dvigatellar,ekologiya


2-Ilova


Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;
Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;




3-Ilova

Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli qoidasi:

  • Kichik guruh a’zolari olingan topshiriq bo’yicha mustaqil bittadan ma’lumot yozishadi;

  • Kichik guruh ichida ma’lumotlarni jamlaydilar, muhokama qiladilar;

  • To’plangan ma’lumotlar soni kichik guruh a’zolari soniga teng bo’lishi kerak;

  • Barcha jamlangan ma’lumotlarni guruhdan bittadan vakil chiqib, taqdimot qiladilar;





ʼ


Xarkimxarkimgao’rgatadi” usuliuchuno’quvtopshirig’i:


1-Kichikguruhuchuno’quvtopshirig’i

Dvigatellar deganda nimani tushunasiz


2-Kichikguruhuchuno’quvtopshirig’i

Ekologiya nima?

3
Reaktiv dvigatellarni ta’riflang.
-Kichikguruhuchuno’quvtopshirig’i

4-Kichikguruhuchuno’quvtopshirig’i

Ichki yonuv dvigatellari haqida gapirib bering




Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug‘ mashinasi, bug‘ turbinasi, ichki yonuv dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.Bug‘ mashinasi. Bug‘ mashinalari va bug‘ turbinalarida isitkich vazifasini bug‘ qozoni, ishchi modda vazifasini bug‘, sovitkich vazifasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug‘ni sovitish qurilmasi – kondensator bajaradi.Ichki yonuv dvigateli. Ichki yonuv dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg‘i, sovitkich vazifasini esa atmosfera o‘taydi.Odatda, yonilg‘i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg‘isi ishlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg‘i va havo aralashma ko‘rinishida tayyorlanib, silindrga uzati ladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa atmo sferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba’zi turdagi dvigatellarga batafsil to‘xtalamiz.Karburatorli dvigatel. To‘rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko‘raylik (6.6-rasm). Tashqi kuchlar ta’sirida porshen pastga qarab harakatlanganda (6.6 a-rasm) kiritish klapani ochilib ishchi aralashma silindrga tushadi.


2-Slayd


Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro‘y beradi. Porshen eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (so‘rish takti) tugaydi: grafi kda jarayon 0–1 to‘g‘ri chiziq bilan ko‘rsatilgan. Ikkinchi (siqish) takti ham (6.6-b rasm) tashqi kuch ta’sirida ro‘y beradi.Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu grafi kda 1–2 chiziqqa to‘g‘ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida chaqnab yonish (6.6-d rasm). Porshen eng yuqori holatga yetganida o‘t oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Grafi kda bu 2–3 izoxorik jarayonga mos keladi. Klapan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya’ni adiabatik ravishda kengayadi. 3–4 chiziq ishchi yo‘li taktiga to‘g‘ri keladi (6.6-d rasm). Ko‘rinib turibdiki, bu taktda gazning bosimi pasayadi, hajmi ortadi, temperaturasi pasayadi. Bu holda bajarilgan ish musbat bo‘lib, u gaz ichki energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi. To‘rtinchi chiqarish takti 6.6-e rasmda tasvirlangan. Porshen eng pastga yetganida chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish moslamasi orqali atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Gazning bosimi pasayadi va takt oxirida atmosfera bosimiga teng bo‘lib qoladi. Grafi kda bu izoxorik jarayon 4–1 chiziq bilan ko‘rsatilgan. Porshen maxovik energiyasi hisobiga yuqori holatiga qaytadi va takt tugaydi.

4-Slayd




Ko‘rilgan yopiq jarayonda bajarilgan ish jarayonlar chiziqlari bilan ajratilgan, shtrixlangan shaklning yuzasiga teng bo‘ladi. Grafi kni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 3–4 qismdagi kengayish 1–2 qismdagi siqilishga nisbatan kattaroq bosimda ro‘y beradi. Aynan shuning natijasida dvigatel foydali ish bajaradi. 3–2 va 4–1 izoxorik jarayonlarda (V = const) ish nolga teng va yuqorida qayd etilganidek, foydali ish adiabatik kengayish va siqilishlarning farqlari bilan aniqlanadi.
Amalda ichki yonuv dvigatellarining FIK 20–30 % ni tashkil etadi.

5-Slayd



Ularning FIK ni orttirish uchun esa aralashmani ko‘proq siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg‘i aralashmasini juda qattiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg‘i qizib, o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin. Bu esa dvigatelning ish prinsipini buzadi.Dizel. Nemis muhandisi Dizel yuqoridagi qiyinchiliklardan holi va FIK ancha yuqori bo‘lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi ancha yuqori bo‘lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg‘i o‘z-o‘zidan o‘t olishi uchun yetarli darajada baland bo‘ladi.
Issiqlik dvigatellarining koʼp miqdorida ishlatilishi ham atrof muhitga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Hisob kitoblarga koʼra,hozirgi kunda Yer yuzasida har yili 2 mlrd tonna koʼmir va 1 mlrd tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning koʼtarilishiga olib kelishi mumkin.Bundan tashqari,atmosferaga 120mln tonna kul va 60 million tonnagacha zararli gaz chiqarib tashlanadi.

6-Slayd

5-Ilova

BUM” o’yinining borishi:


Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini aytishadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi. Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartochkasi berilib, agar savol ham tanlashni hohlasa va savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartochkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, ham “Jarima” kartochkasi berilmaydi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida cheetlashtirilganda berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartochkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartochkasi beriladi.


BUM” o’yinida o’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar uchun savollar:




1.Issiqlik dvigatellariga nimalar kiradi?
2.Karburatorli dvigatellarning ish prinsipini tushuntiring.
3.Ichki yonish dvigateli FIKni oshirishning qanday qiyinchiliklari bor?
4.Dizelning ish prinsipini tushintiring.
5.Tabiatni muhofaza qilish uchun qanday chora-tadbirlar koʼrilmoqda?
6-Ilova




Yüklə 8,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə