Tasdiqlayman” ktbdo`b m. Turabboyev “ ” ” 2023 yil Fan: Bino inshotlari kanistruksiyasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#141629
1   2   3
3. mavzu POYDEVOR

Uyga vazifa berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar va foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati beriladi.

Eshitadilar va
topshiriqni yozib oladilar.

Mavzu : Poydevorlar .


Reja :

  1. Poydevorlar plani.

  2. Yig`ma poydevorning yoyilmasi.

  3. Markaziy Osiyoda



Poydevor (Fundament) (lotincha: fundamentum — asos) — imorat va inshootning ost qismi yoki texnik yoki texnoligik mashinaning asosi. Ularning ogirligi poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, quriladigan imorat yoki inshootning vazifasiga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk (kuch) qiymati hamda xususiyati va boshqaga qarab, poydevorlar sayoz yoki chuqur joylashgan boʻladi. Sayoz poydevorlar shakl jihatdan lentasimon (devorlar tagiga uzluksiz lenta tarzida quriladi), alohida ustun yoki plita, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, aylanasimon (alohida ustun va tirgaklar tagiga quriladi) boʻladi. Tuzilishi jihatdan yaxlit (inshoot yoki uning alohida qismi tagiga quyiladi) va yigʻma (yostiqsimon boʻlaklar) xillarga boʻlinadi. Poydevor tosh, beton, temir-beton, pishiq gʻisht va namga chidamli mustahkam boshqa materiallardan quriladi. Vaqtinchalik qurilgan baʼzi imoratlarning poydevori yogʻochdan boʻlishi mumkin. Poydevor yer qazilib yoki shibbalab tayyorlangan kotlovan va transheyalarga quriladi. Shibbalashda koʻtarish kranlari, maxsus shibbalagichlardan foydalaniladi.
Chuqur poydevor qoziq oyoq, kessonlar, quduqlar, chuqur tayanchlar va boshqa koʻrinishida boʻladi. Bunday poydevordan boʻsh, choʻkuvchan, shishuvchan va boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan gruntlarda, yer osti suvlari sathi yuqori boʻlganda, koʻpriklar va chuqur yer osti inshootlarini kurishda foydalaniladi.
Qurilishda poydevorga katta ahamiyat beriladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, koʻrkamligi koʻp jihatdan poydevorga bogʻliq.
Mashina poydevorlari tarkibiga elastik amortizatorlar (prujina, rezina toʻshama) va dempferlar (tebranishni soʻndiruvchilar) kiradi. Ular poydevorlarga tushadigan kuchni zaminga yumshatib oʻtkazadi.

Gorizontal tekislikning poydevor b`ylab kesilgan qirqimi poydevor plani deyiladi. Bu planda poydevorning asosiy devor tagidagi konfiguratsiyasi, aloxida turgan ustunlar va texnologik jixozlar ko„rsatiladi. Bunday planlar 1:100, 1:200, 1:400 masshtablarda bajariladi. Fundamentning bosh chiziqlari 0,5 – 0,8 mm. da bajariladi. Planda poydevor tagi, injenerlik kommunikatsiyasi uchun qoldirilgan uyiqlar ham ko„rsatiladiBa‟zi xollarda poydevor planida uyiqlarning ketma – ket nomeri ko„rsatiladi.


Poydevorning chuqurligi geodezik belgi bilan ko„rsatiladi. Poydevorning konstruksiyasi haqidagi to„liq ma‟lumotni uning ko„ndalang ko„rsatadi.
Fundament kesimi 1:50, 1:25, 1:20 masshtablarida chizladi. Kesimni aloxida varaqda chizish ham ruxsat etiladi.
Kesimda 0.000 belgi (1 – qavat polining belgisi), yerning belgisi, poydevor tagining belgisi ko„rsatiladi. Poydevor planing chizmasida poydevorga normativ og„irlik jadvali va 1 – qavat polida pastga joylashgan temir – betonli, betonli, metal elementlarning spesifikatsiyasi beriladi.
Poydevor yigma bloklardan bo„lganida yig„ish plani va poydevor yoyilmasining chizmasi ham beriladi. Bu planlarda albatta bloklarning joylashishi, agar monolit maydonchalari bo„lsa, bu maydonchalarni ko„rsatish ham shart. Kemalarda bloklarning markalari va o„lchamlari ko„rsatiladi.
Poydevorlar va texnik yerto`lalarning devorlari yirik bloklardan ishlanganda maxsus chizmalar qilinadi. Bu chizmalar yig`ish sxemalari va yoyilmalardan iborat bo„ladi. Yoyilmada bloklarning joylashishi va konturi, ularning markalari ko„rsatiladi. Yoyilmadagi blokning konturi 0.6 – 0.8 mm.li ingichka diagonal chiziqlar bilan ko„rsatiladi. Gidrozolyatsiya 0.6 0.8 mm.li tutash chiziq bilan ko„rsatiladi. Poydevor yoyilmasida yig„ish ishini osonlashtirish uchun kerakli hamma o„lchamlar ko`rsatiladi.
Markaziy Osiyoda poydevorga katta ahamiyat berilgan. Qadimgi meʼmorlar imoratga taʼsir etuvchi zilzila kuchini kamaytirish maqsadida poydevor qurishda tebranishni soʻndiruvchi materiallardan foydalanishgan (poydevor tagiga qum, ustiga qamish toʻshash, poydevor gʻishtlarini qovushqoq qorishma bilan terish va boshqalar). Masalan, Buxorodagi chuqurligi 5 metr boʻlgan Arslonxon minorasi, Samarqanddagi chuqurligi 4 metr boʻlgan Tillakori madrasasi poydevorlari shu siraga kiradi.
Bu mohiyat hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalanib qurilgan zilzila-bardosh imoratlar poydevorlarida qoʻllaniladigan rezina-metall tayanchlar va boshqa turdagi konstruksiyalarda oʻz aksini topgan. Buxoro, Xiva, Samarqand, Qoʻqon, Termiz, Toshkent va boshqa shaharlardagi qadimgi meʼmorlik obidalari, bino va inshootlarning koʻp asrlardan beri buzilmay saqlanishiga sabablardan biri, ularning poydevori mustaxkamligidir


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya