"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila axl va totuv boisi, 
jamiyatda tinchlik va hamjihatlikqa erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik 
huqm suradi. Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir
”. I.A.Karimov 
Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, inson shaxsini 
shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-muraqqab ijtimoiy guruh. U biologik, ijtimoiy, 
axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga qeladi, 
shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashqil etadi. 
«Oila-kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-
ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua. 
Ya’ni mikroijtimoiy tuzilmadir”, - deb ta’kidlaydi O‘zbekistonlik olim A. O‘lmasov. 
Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar 
ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi 
ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat 
manfaatdordir. Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni 
oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish 
lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli 
farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini 
mutsahqamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yo‘nalishlarini 
amalga oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida”gi 242-sonli qarorining bajarilishi 
mamlakatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. 
Oila-jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a’zolarining 
ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks 


ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, 
nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir 
ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. 
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy 
umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya 
o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o‘z 
milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. 
Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi, 
osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. 
O‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba 
shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan 
ta’minlanganligi hamda ta’lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning 
tarqib topib borishini jadallashtiradi. 
Yoshlarning xulqida uchraydigan nuqsonlar: yolg‘onchilik, agressivlik, 
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‘quv maskanlarida beriladigan 
ta’lim-tarbiyaning ta’sirini oshirish yo‘llarini tadqiq etishda oila diagnostikasining 
muhim ahamiyati mavjud. 
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli 
xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q. Leongard, Myunsenberg, Dembo-Rubinshteyn, 
E. Olimov, I. Grebenniqov, A.Q. Munavvarov, M. Qur’onov, O. Musurmonova, L. 
Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda 
yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va 
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluqsiz va ma’lum tizim asosida 
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim datsurlari ham ishlab chiqilgan. 
Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq 
bo‘linmoqda. 
Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, 
shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy 
pedagogik tashxis asosida aniqIab, ularga real yordam qo‘rsatish, ya’ni oilada 
valeologiq sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish 
maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim ahamiyat qasb 
etadi. 
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijti-moiy-pedagogik 
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraktikumlar) muhim ahamiyatga ega. 
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga 
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda 
qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 
haqoratlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir 
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil yetish, ularning tavsifiga qo‘ra, ota-


onalarni qichiq guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish qabi 
faoliyatdir; 
diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni 
amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. 
Bu oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaqi, u bolalarga ota-ona, qon-
qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni 
shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. 
«Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va 
serjiloligi bilan ajralib turadi” (42,54), - deb ta’qidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila 
o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya 
ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning 
uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud 
emas. 
O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini-o‘zi anglash, milliy 
tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy qiyinish va yurish-turishda o‘z aqsini topadiqi, o‘zbek 
oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish 
mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalik; oilada 
otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha 
avlodlarning birgalikda yashashi. 
Oilashunos olimlar: D.Abdullayeva, N.Ismoilova, F.Habibullayevlar tomonidan 
oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikasi qilingan. Bu o‘rinda oila 
funksiyalarini sanab o‘tish bilan qifoyalanmay, balki ularni bir tomondan odamlarning 
moddiy, xo‘jalik-maishiy va iqqinchi tomondan, emosional va ijtimoiy-psixologik 
ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim. 
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo`lmish-oilalarning vazifalari turli-tuman. 
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida quyidagi asosiy funksiyalarni 
bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommuniativ, regulativ 
(boshqaruv). 
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning 
aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb 
ataluvchi binoning faqat poydevorini ko‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘nggi 
g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, 
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki 
shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi (37, 41). 
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro 
tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. 
Oilaning rekreativ funksiyasi. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga qolgan 
dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, 
oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va 
mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy 
yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo`lib kelgan. 


Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ 
funksiyasi - o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. 
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri - bu uning reproduktiv 
(jamiyatning biologik uzluqsizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) 
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan 
iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, 
insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy 
yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham 
iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish insinkti insonda farzand ko‘rishga ularni 
o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan 
turib, kishi, odatda, o‘zini baxtiyor his eta olmaydi. 
Oilaning felisitologik funksiyasi. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati 
ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felisitologik funksiyasidir (italyancha 
«felicite” - baxt degani). «

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə