"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

2. MA`RUZA MASHGʻULOTLARI 
1-Mavzu: 
Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari
Reja: 
1.1. Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
1.2. Ta’limda pedagoglarning faoliyati 
1.3. Pedagogikani asosiy tarmoklari 


Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, 
blits-so‘rov. 
Tayanch iboralar: Tarbiya, ta’lim, ma’lumot, pedagogika, yoshlar pedagogikasi, 
o‘quv muassasasigacha tarbiya pedagogikasi, oila pedagogikasi, maxsus pedagogika, 
pedagogika tarixi, kuzatish, suhbat, eksperiment, o‘quv muassasasi hujjatlarini 
o‘rganish, testlar, pedagogik faoliyat, mahorat, qobiliyat 
Qo‘llaniladigan yangi pedagogik va axborot texnologiyalari mazmuni. Muloqot, 
aqliy xujum, baxs-munozara. 
XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va 
ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora 
namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida 
huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili 
sifatida maydonga chiqdi. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunida ta’lim davlatimiz 
ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga 
juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, 
madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi. 
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. 
Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. Boshqa fanlar 
kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va 
ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning 
ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib
jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. 
Pedagogika atamasi qadimiy bo‘lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni 
bildiruvchi grekcha "paydogogos" so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda 
ko‘rsatilishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, 
ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik 
esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga 
nisbatan qo‘llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan 
shug‘ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning 
ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari 
PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi. 
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg‘onish davri)da yashab ijod 
etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali 
ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin 
Naqshbandiy, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur 
kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik 
harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, 


Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro‘pa
davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan 
Jak Russo, I.G. Pestolossi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. 
Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shaskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo‘shdilar. 
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning 
maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi 
fanga aylandi. 
Pedagogika darsliklarida, bir qancha kitoblarda pedagogikaning baxsi 
(predmeti) turlicha yaqinlik darajasida ta’rif berilib tushuntirilgan. 
Pedagogika – inson tarbiyasi to‘g‘risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi 
to‘g‘risidagi fan. 
Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari 
hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi. 
Pedagogika grekcha «paydagogik” so‘zidan olingan bo‘lib, «bola yetaklovchi” 
degan ma’noni bildiradi. Mustaqil pedagogika fani XVIII asr oxiri va XIX asr 
boshlarida vujudga kelgan. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning 
mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson 
manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir etishni nazarda tutadi. Demak 
pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun 
ta’lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo‘llarini 
o‘rgatuvchi fandir. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fani yutuqlarisiz jamiyatni 
olg‘a siljitish g‘oyat mashaqqatli kechadi.Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan puxta o‘rganish lozim,tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyalash g‘oyat 
nozik san’at bo‘lib, unga jiddiy Ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va 
ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda 
o‘qituvchining beg‘araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari 
taryondoshmoq darkor. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari 
shart. 
Hozirgi kunda pedagogikani (mutaxasissislikdan qatiiy nazar) hamma bilish 
lozim bo‘lgan fan deb hisoblash lozim, chunki insonlar hayot faoliyatlari davrida 
ta’lim-tarbiya ishlari bilan ma’lum darajada shug‘ullanishga majburdirlar. 
Pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo‘lgan. Qadimdan inson 
tarbiyasiga oid bo‘lgan fikrlar, qarashlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z 
ifodasini topgan. Markaziy Osiyo allomalaridan A. Yassaviy, Abu Rayxon Beruniy,
Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, A. Jomiy, A. Navoiy kabi ma’rifatparvar 
ajdodlarimizning ta’lim-tarbiya, inson kamoloti haqidagi g‘oyalari, fikr va qarashlari 
o‘z asarlarida batafsil bayon qilingan. 
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos 
Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk Didaktika” asari haqli ravishda 
pedagogika soxasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi.XVIII asrga kelib O‘rta 
Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. Asrimizning boshlarida 


vatandoshlarimizdan M. Bexbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, 
Saidrasul Aziziy, A. Fitrat, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifatparvar jonqo‘yarlari 
yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usul maktablari tuzishda, darsliklar yaratishda, xalq 
o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonqo‘yarlik qildilar. 
Hozirgi davrda pedagogikaning vazifasi milliy istiqlol g‘oyalaridan kelib 
chiqadigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlarini ishlab chiqish, milliy ta’lim 
tizimini yaratish va yosh avlodni bilim, ma’naviy madaniyatini jahon andozalari 
darajasiga yetkazishdir. 
K. har bir bola ta’lim olishi lozimligini 
uqtiradi, umumta’lim deganda xotin qizlarning ham 
tahsil olishini ko‘zdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning 
maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan 
iborat bo‘lib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan 
amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali 
pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun yosh xususiyatini 
hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. K. bolalarning 
o‘qish yoshini ona maktabi (tug‘ilgandan 6 
yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya 
(12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi 
bosqichlarga bo‘ladi. K. ped.si mohiyati o‘qitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy 
holatiga uyg‘un holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" 
asarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda ko‘rsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik 
tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. 
Yan Amos Komenskiy 
Pedagogika fanining ob’yekti asosan maktab o‘quvchilaridir, predmeti esa 
o‘quvchi(talaba)larga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir. 
Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi, tarbiyaning tarkibiy 
qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. 
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim”, «tarbiya”, hamda «ma’lumot” 
degan so‘zlarni ishlatdik.Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib bir-birini to‘ldiradi. 
Shunday qilib pedagogikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari) quyidagilar: 
Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, shaxsning kamol topishi, maktab. 
Bundan tashqari «o‘quvchi”, «o‘qituvchi”, «usul”, «intizom”, «irsiyat”, 
«muhit”, «direktor”, «talaba” kabi tushuncha-nomlar ham mavjudki, ular ham 
pedagogik tushunchalar hisoblanadi. 
Ta’lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, 
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish 


qobiliyatini o‘stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir. 
Agar tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va 
jamoatchilik ta’sirida shakllansa, kamol topsa, ta’lim chegaralangan (M/n: sinf xonasi, 
kabinetlarda) joyda tashkil etiladi. Ta’lim o‘qituvchi tarbiyasi (ta’limni) rahbarligida 
muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi. 
Tarbiya deb – yosh avlodni ma’lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma’lum 
maqsadga qarata planli va sistemali ta’sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan 
boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Tarbiya ta’lim va ma’lumot 
natijalarini o‘zida aks ettiradi. 
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deb – ta’lim –tarbiya 
natijasida, shuningdek irsiyat va muhitning ta’siri natijasida odamning inson 
mohiyatiga ko‘tarilishi va inson shaxsining aqliy, aqloqiy, jismoniy jihatdan 
mukammallashiga aytiladi. 
Insonni ta’lim-tarbiya orqali, tarbiyaviy ta’sir natijasida hamda irsiyat va 
muhitning ta’sirida uning shakllanishi, rivojlantirish mumkin. Bu jarayon insonning 
butun hayot yo‘li davomida olib boriladi va ta’sir natijasini ko‘rsatadi. 
XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va 
ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora 
namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida 
huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili
sifatida maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi"gi
Qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi 
pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda 
boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi. 
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. 
Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. Boshqa fanlar 
kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va 
ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy xayotning 
ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, 
jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Pedagogika avval tabiat, jamiyat 
va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan falsafa fani 
tarkibidan ajralib chiqib fan sifatida taniladi. 
Hozirgi davrda inson faoliyati bilan shu qo‘llanadigan fanlar juda ko‘p. 
Pedagogika fanining o‘zi o‘rganadigan mavzu ya’ni inson, odam, bola va uning 
shakllanishi haqida tadqiq qiladi, hamda fan sifatida tan olindi va rivojlanib bormoqda. 
Juda qadimgi davrda jamiyatning inson zotini qo‘llab - quvvatlash va saqlab qolish 
ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalash jarayoni avvalo u ijtimoiy- tarixiy tajriba 
jarayonida to‘plangan va to‘planayotgan ijtimoiy tajribani bir-birining o‘rniga kelib 
turadigan avlodlarga yetkazib berishi bilan xarakterlanadi. 
Yangi avlod o‘zidan oldingi keksa ajdodning ijtimoiy turmushdagi tajribasini 
(fan, sanoat, ahloq) xulq, atvor sohalarini o‘zlashtira borib uni boyitadi. Bu haqda 


A.R.Beruniy “jamlangan tajribani har bir avlod o‘zidan keyin kelayotgan, o‘zidan 
keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi” deb 
o‘rinli ta’kidlagan. Ijtimoiy tajriba, tabiat, jamiyat, texnika va voqealarni qayta 
o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan faoliyat usullari haqidagi bilimlar, ko‘nikma va 
malakalar: insonning dunyoga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatining alohida 
tizimi sifatidagi tarbiyalanganliklari tarkib topgandir. Ijtimoiy tajriba moddiy va 
ma’naviy qadriyatlarning yig‘indisi sifatida ijtimoiy ongning turli shakllarida 
shuningdek, ijtimoiy munosabatlar, hulq atvor tizimida mujassamlashgan tarbiya 
muayyan ijtimoiy funksiyalarni bajarishga tayyor bo‘lgan shaxsni voyaga etkazadi. 
Inson egallab olishi lozim bo‘lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo‘lgani 
sari, bu tajribani etkazish yuzasidan maxsus tashkil etilgan faoliyatga ya’ni (biror 
ishlab chiqarishni o‘rgatishga) ehtiyoji paydo bo‘la boshladi. Tarbiya mohirlik va 
ishning ko‘zini bilishni talab eta boshladi. Tarbiyani amalga oshirish, anglash va bu 
sohadagi tajribalarni o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilishi natijasida pedagogika fani yuzaga 
keldi. Agar insoniyat tarixining ilk bosqichlarida bolalar va kattalar bilan birgalikda 
mehnat qilish jarayonida tarbiya olgan bo‘lsa, jamiyatning, hayotning rivojlanib 
borishi bilan bilim va tajribani o‘rganishning bunday yo‘li hayot talablariga javob 
bermay keldi. Bular esa o‘z navbatida o‘qitishni, tarbiyalashni taqozo etar edi. Bu 
vazifa pedagogika fanining alohida bir fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Bu 
hayotning ob’yektiv talabi natijasida ro‘y berdi.“Taraqqiyot tasodif emas, balki 
zaruratdir” deb ta’kidlagan franso‘z olimi Viktor Gyugo. 
Hayotning barcha yo‘nalishlaridagi tajribalar maktabning vujudga kelishiga 
sabab bo‘ldi. Maktab so‘zi yunon tilida “dam olish, mehnatdan so‘ng hordiq chiqarish” 
degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Gresiyada maktab deb tajribaliroq, bilag‘onroq 
odamlarning bolalari va o‘smirlar bilan suhbatlashishini aytishgan. 
Keyinchalik “maktab” termini maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari sifatida 
ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu ma’noda ishlatiladi. Tarbiyaning 
takomillasha borishi natijasida jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi turi yuzaga 
chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va 
maqsadga muvofiq tayyorlashga mo‘ljallangandir. Bu masala pedagogik kasbning 
bo‘lishini taqazo etardi. Uni amalga oshirish uchun maxsus tayyorlangan 
mutaxassislarga ehtiyoj tug‘dirdi. Pedagogik bilimlar inson faoliyatining maxsus 
yo‘nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va tarbiyalashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika fani jamiyatning rivojlanishida, 
odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy tajribalarini keyingi 
avlodga etkazishini hal qiluvchi va jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi fan deyish 
mumkin. Bu haqda AQSHning buyuk pedagogi Bendjamin Spok “Mening oldimda 
ikki asosiy vazifa aniq bo‘la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning 
ma’naviy darajasiga ko‘tarish bo‘lsa, ikkinchi tomondan men tarbiyaning psixologik-
pedagogik qonuniyatlarini falsafiy anglab etish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar 
berish, ularnig savollariga aniq javob berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim” - 


degan edi. Haqiqatan ham pedagogika fani inson shaxsini ma’naviy kamolotini 
ta’minlaydigan fan bo‘lmog‘i darkor. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Pedagogika fani nimani o‘rganadi? 
2.
Pedagogika fanining vazifalari nimalardan iborat? 
3.
Sharq pedagogikasi namoyondalaridan kimlarni bilasiz? 
4.
Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi haqida tushuncha bering? 
5.
Tarbiya nima? 
6.
Ta’lim nima? 
7.
Ma’lumot nima? 
8.
Ta’lim va tarbiya jarayonida muhim metodlarni qo‘llashning ahamiyati 
nimada deb o‘ylaysiz. 
9.
Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz? 
10. Asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini tushuntiring? 
11. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini tushuntiring? 
12. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablarni izohlang? 
13. Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat haqida ma’lumot bering? 
ADABIYOTLAR: 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. T, 1997. 
2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. T, 1997. 
3. I. Karimov. «Barkamol avlod – o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”. T. 
1997. 
4. I.Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman”. T. 
2000. 
5. o‘zbek pedagogikasi tarixi. (qo‘llanma. prof. A.Zunnunov tahriri ostida). T. 
“o‘qituvchi”. 1997. 
6. Pedagogika. (qo‘llanma. A Munavvarov tahriri ostida) T. “o‘qtuvchi”. 1996. 
7. Pedagogika. (qo‘llanma. prof. A.Ilina tahriri ostida). M. 1984. 
8. Ochilov M. Universitetlar tizimida pedagog xodimlar tayyorlash 
muammolari. “Ta’lim va tarbiya” jurnali. 1997. 5-6 son. 
9. Pedagogika. (Ma’ruzalar matni. Prof. N.g‘aybullayev tahriri ostida). T. 
«Universitet”. 1999. 
2-Mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə