"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Shaxs insoniy munosabatlar tizimida muomala texnikasi va



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxs insoniy munosabatlar tizimida muomala texnikasi va 
strategiyasi.
Reja: 
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi 
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. 
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari 
4. Muloqot va uni o‘rganish muammolari 
5. Samarali ta’sir psixologiyasi 
Darsning 
maqsadi: 
Insoniy 
munosabatlar 
psixologiyasi, 
shaxslararo 
muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni, insoniy muomala va muloqotning psixologik 
vositalari, muloqot va uni o‘rganish muammolari, samarali ta’sir psixologiyasi xaqida 
talabalar bilim berish. 
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar maxsuli 
deyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan O‘zaro ta’sir 
doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri 
muloqot ekanligiga ishora qiladi. 
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-
yuz” bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar(telefon, telegraf va sho‘nga o‘xshash) 
orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki 
do‘stona bo‘lishi; suboyekt tipli(dialogik, sheriklik) yoki suboyekto(monologik) 
bo‘lishi mumkin. 
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
O‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, xis-kechinmalar, tashvish-u - quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik 
kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta 
jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday 


muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni bir - biridan charchash, gapiradigan 
gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muxiti va undagi 
munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning 
barcha a`zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a`zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin(ona-
bola, qaynona-kelin va xz). 
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan 
asosiy maqsadlari o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning 
murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish 
yoki tomonlarning aynan bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana 
shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng 
beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan 
do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni 
sizga berib, nimaiki demang, sizni maqullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday 
muloqat juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta O‘sha odam bilan iloji boricha 
rasman salom-alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya`ni, muloqot 
faoliyati shunday shart-sharoitki, unda xar bir shaxsning individualligi, betakrorligi, 
bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u 
insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi. 
Xar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, 
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi 
suhbatdoshlar doimo ma`naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. 
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning 
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi 
yanada oshdi va buning qator sabablari bor. 
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. 
Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u 
bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga 
aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini 
o‘zgartiradi. 
Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruxining 
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz 
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi 
muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo‘ladi, deb 
bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‘zaro til 
topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida 
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita 
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar uyali aloqa, fakslar, elektron 
pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu 
ham o‘ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. 
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular 
sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam” dialogi faoliyatning 


samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil 
xizmatlar(servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda 
odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini 
belgilaydi. 
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga 
o‘rgatish(sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham 
jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. 
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida xar bir insonning 
ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot 
jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan 
mahrum bo‘lgan odam O‘zida individ sifatlarini saqab qolishi mumkin, lekin u shaxs 
bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur 
qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi-suhbatdoshlarning o‘zaro 
bir-birini tushunishlarini taxminlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz 
bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri 
ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, 
so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, taziyaga borgan chog‘da xam ana 
shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa 
millat va xalqlarda xam bor, ya`ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. 
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi 
faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni 
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, 
so‘ng Ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni 
ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish 
qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
Muloqotning yana bir muhim vazifasi-u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, 
ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li 
ishga xam bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat 
keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. 
Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya`ni odamni yolg‘izlatib 
qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. 
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, 
hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan 
yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band 
etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar 
o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi 
odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga 
ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka 
mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu 


avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik 
nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan 
olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. 
Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni 
ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu xayosiz g‘or ichidagi 
tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri 
uchun qayg‘ura boshladim.» 
Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish 
faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro 
gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham 
oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib 
bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, 
tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha 
yonidagi odam o‘nga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam 
ishga «bayramga kelganday” keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik 
sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning 
unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya`ni so‘rovnoma 
asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya 
metodikasiga asos solgan edi. 
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, xozirgi yangi 
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda 
emas, balki kollegial-birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini xisobga olsak, 
odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va 
samaradorlikning muhim omillaridandir. 
Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan 
muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri-o‘zaro bir-
birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya`ni fikr-g‘oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, 
ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir bu turli 
vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir 
ko‘rsata olishdir. 
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 
Verbal ta’sir bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi 
asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni 
bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham 
odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, 
sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi. 
Paralingvistik ta’sir bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi 
yoki susaytiruvchi omillar. So‘ngra nutqning baland yoki past tovushda 
ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga 
oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. So‘ngra qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror 


narsani va`da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 
Ko`yib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, 
albatta. 
Noverbal ta’sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. So‘ngra suhbatdoshlarning fazoda bir-
birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, 
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan 
chiqayotgan turli signallar(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot 
jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib 
olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida 
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman”, 
desa, ishonasizmi? 
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga 
ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida 
ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, O‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim 
rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, 
birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga 
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha 
ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida 
yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”. 
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi 
sheriklarning rollariga xam bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori bu shunday sherikki, 
unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun 
barcha yuqorida ta`kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshlik ishi tushib, biror 
hodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni 
ham kuyukroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o`tadi. 
Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga 
tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z 
qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. 
Muloqot va uni o‘rganish muammolari.
Oxirgi yillarda «professionalizm” tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. 
Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini «inson 
omili”ni takomillashtirish xisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, 
odamlarni boshqarish soxasidagi professionalizmga katta e`tibor qaratilmoqda. Juda 
ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til 
topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish 
eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal 
munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning 
holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional 
tarzda ko`ndira olmaslik, “birov”ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan 
munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ 


o‘quvsizlik, yoki diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy 
til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan 
loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. 
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy 
yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ 
bilimdonlikka o`rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta 
ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, hususiy firma yoki davlat muassasasini 
boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, 
boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o`rgatish muammosini 
chetlab o‘tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis-vrach, muxandis, 
o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar 
xam kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida 
tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini 
ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va 
sanoatiga ega bo‘lishi kerak. 
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o`rgatishni har qachongidan 
ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish-ijtimoiylashuv jarayonida 
barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. 
Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha 
boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o‘tgan sari ongli, 
aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini o‘ylab bosadigan bo‘lib 
qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga 
kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. 
Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar 
murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri 
munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o`rgatish muammosi 
bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir. 
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. 
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini 
to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki 
muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan 
foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash 
qobiliyatiga deyarli e`tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notik, psixolog Deyl 
Karnegi «Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni 
biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan 
bo‘lishini nazarda tutgan edi. 
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash 
jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik 
maoshlarini odamlarni «tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan xisoblangan tinglash qobiliyati 
odamga ko‘proq foyda keltirarkan. 


Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauyer «Odamlarni 
o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang” deb 
yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni 
tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, 
balki u bilan aloqani xam uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik 
odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‘rinishi deb baholanishini bilasizmi? 
Nima uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi bo‘la olamizu, yaxshi 
tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa-bu 
bizning o‘z fikr-o`ylarimiz va xoxishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning 
uchun xam ba`zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida 
hayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash 
texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi xam ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda 
uning ikki usulini qo‘llaymiz: so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. 
Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, 
sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa-sherigimiz so‘zlarini tinglab, 
undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham 
sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‘oyalarga 
qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, 
«Yo‘g‘e?», «Nahotki?», «Qaraya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni 
gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. 
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq 
xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch 
borki, u suhbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot 
jarayonidagi eng qimmatli narsa-bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma`noli, 
yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi 
borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani” olib ulgurmay, hech 
narsasiz qolishi xam mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim 
yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va 
noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o`rgatishdir. 
Professional tinglash texnikasiga qo‘yidagilar kiradi: 
Aktiv holat. Bu-agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, o‘nga bemalol 
yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, 
mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga 
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; 
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb 
qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko`ndirishning 
samarali yo‘lidir. 
O`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas`uliyat bilan 
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni 
bildirish yo‘li. 
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-


o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur 
qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali 
bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini 
ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit 
yaratadi. Shuning uchun ma`ruzachi professorning har bir chiqishi va ma`ruzasi agar 
talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon 
ham teng yutadi. 
Agar muloqot jarayonida ishtiroq etuvchi ikki jarayon-gapirish va tinglashning 
faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining 
psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash 
qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali 
muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e`tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z 
uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT-muloqot 
jarayoniga odamlarni psixologik jixatdan xozirlash, ularda zarur kommuniqativ 
malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi 
IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. 
Amaliy muloqot treningi-IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional 
faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, 
ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda 
muloqot treningi vositasida muzoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish 
yo‘l-yo`riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o`rgatish, 
majlislar o`tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o`‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil 
qilinadi. Bundagi asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, 
o‘zini o‘zga o‘rniga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira 
olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli 
o`yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi. 
SAVOL TOPSHIRIQLAR 
1.
Muloqot turi va shakllari 
2.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta`siri nimada? 
3.
Verbal va noverbal ta`sir nima? 
4.
Yaxshi suhbatdosh bo`lish sirlari haqida nimalar bilasiz? 
ADABIYOTLAR 
1.Karimov I. A. Barkamol avlod-O‘zbekiston kelajagining poydevori.-T., 1997 
2. Axloq-odobga oid xadis namunalari. T., 1990 
3. Golovin B. N. Osnovq qo‘lg‘turq rechi. M., 1988 
4. Ibroximov va boshq. Vatan tuyg‘usi. T., 1997 
5. Karnegi D. Kak zavoyevqvatg‘ druzey i oqazqvati vliyaniye na lyudey. M., 
1990 
6. Klimov Ye. A. Psixologiya professionala. M., 1997 


7. Komilov N. Tasavvur va komil inson axloqi. T.,1996 
8. Krijanskaya Yu. S., Tretpyakov V.P. Grammatika obsheniya. L., 1990 
9. Mayers D. Sosialg‘naya psixologiya. M., 1997 
10. Mekson M. X., Alpbert M., Xedouri F. Osnovi menedjmenta. M., 1992 
11. Petrovskaya L.A. Kompetentnostp v obuchenii. Sosialpnopsixologicheskiy 
trening.-M., 1990 
12. Psixologiya. Uchebnik. Pod red A. Krilova M., 1998 
13. Psixologiya menedjmenta. Pod red. G. S. Nikiforova. SPb, 1997 
9-Mavzu:

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə