"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Nemis olimi Ko`rt Levin
Mashxur nemis olimi Ko‘rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi 
ijtimoiy hulq motivlari borasida katta keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani 
aniqlaganki, har bir odam o‘ziga hos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va 
baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi 
turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi 
ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha 
idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real 
harakatlarini o‘sha ma’lum soitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi 
yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga 
ichki bir hozirlik-dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu 
ma’noda shaxs hulqining motivasiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, 
ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar 
kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: «Materiallarning 
qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish 
ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda 
shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu 
kurs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, kattikqo‘l va xokazo degan. 
Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi 
konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan 
izoxlanadi va tirishkok talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish,
o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab kilsa, boshqasi uchun(dangasaroq talaba uchun) 
bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. 


Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli 
hayotda shaxsda avval u yoki bu extiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va 
zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning
o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, kiziquvchanlik 
extiyojini paydo qiladi. Bu extiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, 
bog‘cha yoshidan boshlab koniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, 
daftar va boshqa o‘quv kurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-
sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun 
motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo‘lingizda kitob bor. Siz hali uni o‘qishni 
boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o‘sha mazmunni 
bilish va uning tagiga yetish extiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion 
sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxs-dagi mavjud 
extiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
Biologik extiyojlar-bu-fiziologik(tashnalik, ochlik, uyku), jinsiy, moslashuv 
extiyojlari. 
Ijtimoiy extiyojlar-bu-mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy 
extiyojlar. 
Extiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday extiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, 
ya’ni, ular o‘sha jamiyat va muhitdagi kadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo 
munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli 
hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo‘lgan extiyojimizni olsak, u ham konkret 
muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, tUy 
marosimlari yoki juda t o‘qin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik 
ko‘p ovqat istehmol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta 
dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir burda issik non ham butun tanaga rohat bahsh etuvchi 
malham bo‘lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan 


kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach 
oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa so‘raydiki, lekin uyda o‘zi 
yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, 
oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da. 
Umuman shaxs ijtimoiy hulqi motivi xakida gap ketganda, uning ikki tomoni 
yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga 
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan 
vositalar maqsadga erishishni oklashi kerak, aks holda dastur xech narsa bermaydi. 
Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs 
yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, 
bola erkinligi bo‘g‘iladi, u kat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Okibatda bola 
keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, kaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga 
berilmaydigan bo‘lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda kiynaladigan bo‘lib 
qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan 
va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy hulq 
jamiyatga mos bo‘ladi. 
Motivlarning turlari. Turli 
kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda 
motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday 
motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, 
bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maqlelland, D. Atkinson va 
nemis olimi X. Xekxa o‘zenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni 
bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi 
hamda muvaffaqiyasizliklardan kochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli 
faoliyatlarni kirishishda kaysi motivga mUljal qilishlariga qarab farq qiladilar. 
Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan 
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy 
maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni 
amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu 
yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar-
tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. 
Boshqacha hulq-atvorni muvaffikiyasizlikdan kochish motiviga tayangan 
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan 
avval nima bo‘lsa ham muvafakiyasizlikka duchor bo‘lmaslikni Uylaydilar. Shu tufayli 
ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash 
holat kuzatiladi. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, ohir-okibat ular baribir muvaffaqiyasizlikka 
uchrab, « o‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da” degan xulosaga keladilar. 
Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, kutarinki rux bilan 
ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan 
so‘ng, uning natijasidan kat’iy nazar, ruxan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi 
bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar 


muvaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi 
ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday 
tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz 
ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi 
qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik 
kayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa 
kichkina berilgan tanbex yoki tanqidni ham juda katta ruxiy azob bilan kayg‘urib 
boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda kayg‘urish 
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z- 
o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror 
mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan 
baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi 
talabalar imtixon oldidan juda kayg‘uradilar, hattoki, ko‘rkadilar ham. Ular uchun 
imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiklik bilan 
boshdan kechirib, ichidan xayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga 
bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira 
koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining 
muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi 
dahvogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Davogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-
bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham 
yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham. 
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy 
hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak. 
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish 
muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning 
sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida 
keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki 
bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga 
erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy 
hulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy hulq 
motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka(inglizcha «attitud”) 
hodisasi orqali tushuntiriladi. 
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’yektlar, hodisalar, guruhlar va 
shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik 
holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq 
anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz mukaddas, nemis 
investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan 
sho‘g‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va xokazo. Bu 
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib 


qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan 
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning 
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq 
muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda rUyobga chiqadi. Demak, motiv-har 
qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi(undov), sharti bo‘lsa, ustanovka-ana 
shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik 
holatdir. 
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini 
ishlab chiqqan: 
A. Kognitiv komponent-ustanovka ob’yektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, 
tushuncha va tasavvurlar majmui
B. Affektiv komponent-ustanovka ob’yektiga nisbatan sub’yekt his qiladigan 
real hissiyotlar(simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar); 
V. Harakat komponenti-sub’yektning ob’yektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui(hulqda namoyon bo‘lish). 
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab 
u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, 
komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar 
talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham 
unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish”, «jamoatchilik joylarida 
tartibni b o‘zish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik 
yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining turli shaxslarda 
turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy 
hulqqa zid harakat kilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib 
qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy 
normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga 
yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining 
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Shaxs va uning faolligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Inson faolligini necha qismga ajratishimiz mumkin? 
3.
Individual rivojlanish jarayonidagi faoliyat turlari? 
4.
Motiv va motivatsiyaga ta`rif bering. 
ADABIYOTLAR: 
1. 
O‘zbek pedagogikasi tarixi. (qo‘llanma. prof. A.Zunnunov tahriri ostida). 
T. “o‘qituvchi”. 1997. 
2. 
Pedagogika. (qo‘llanma. A Munavvarov tahriri ostida) T. “o‘qtuvchi”. 
1996. 
3. 
Pedagogika. (qo‘llanma. prof. A.Ilg‘ina tahriri ostida). M. 1984. 


4. 
Ochilov M. Universitetlar tizimida pedagog xodimlar tayqrlash 
muammolari. “Ta’lim va tarbiya” jurnali. 1997. 5-6 son. 
5. 
Pedagogika. (Ma’ruzalar matni. Prof. N.Gʻaybullayev tahriri ostida). T. 
«Universitet”. 1999. 
6. 
Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari.-T., 1994 
7. 
Grimaq L. P. Rezervы chelovecheskoy psixiki.-M., 1990 
8. 
Klimov Ye. A. Osnovы psixologii.-M., 1998 
9. 
Kovalev V. I. Motivq povedeniya i deyatelnosti.-M., 1988 
10. 
Merlin V. S. Leksii po psixologii motivov cheloveka.-Permg‘, 1971 
8-mavzu. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə