"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Shaxsni individual xususiyatlari va ularni diagnostika



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxsni individual xususiyatlari va ularni diagnostika 


qilish.
Reja: 
1. Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi 
2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi 
3. Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar 
4. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi 
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, 
blits-so‘rov. 
Tayanch so‘zlar:. Individual-tipologik xususiyatlar, shaxs iqtidori 
qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar, qobiliyatlarning psixologik strukturasi 
Ma’lumki, odamlar xulq-atvori va faoliyat motivlariga nisbatan teng bo‘lganda, 
bir xil tashqi ta’sir etganda, bir- biridan ta’sirchanligiga va ko‘rsatayotgan
energiyasiga ko‘ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishilar sekinlikni,
boshqasi shoshilishni yoqtiradi, bir xil odamlarga xissiyotlarning tez uyg`onishi xos 
bo‘lsa, boshqasiga ma`noli mimika, boshqasini xarakterida og‘ir-bosiqlik, yuzining 
juda ham kam xarakat qilishi bilan ajralib turadi. Kishining xarakatlardagi 
o‘zgarishi tabiiy ravishda ko‘pincha tarbiyalangan ustanovkalar va odatlarda
vaziyatning talabiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo biz nazarda tutayotgan individual farqlar 
o‘zlarining tug‘ma asosiga ega. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar 
bolalikdayoq ma`lum bo‘la boshlaydi, xulk atvorning va faoliyatning turli soxalarida
ko‘rinada va barqarorligi bilan ajralib turadi. 
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. 
Har bir shaxs o‘ziga hos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshash 
bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi kiyofasi, bo‘yi-basti bilan 
boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe`li, mijozi va shaxs sifatidagi 
xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi. Hattoki, olimlar bitta 
tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd 
qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan. 
Shaxs-qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu 
qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning indivi-dual psixologik xususiyatlari 
majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-
yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu-
«individ” va «individuallik” tushunchalaridir. «Individ” tushunchasi umuman «odam” 
degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini 
tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini
o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan 
umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ-insonga 
aloqadorlik faktini tasdiklovchi ilmiy kategoriyadir. 
«Individuallik”-yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, 


u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos 
xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil 
qiladigan bo‘lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, 
xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, hulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy 
ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o`tilgan kategoriyalar shaxsdagi 
individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo‘yi, eni, 
yoshi, sochining rangi, ko‘z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o‘xshash sifatlari 
bir xil bo‘lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, 
faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo‘lgan odamni 
topib bo‘lmaydi. Ular-individualdir. 
Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular odamning 
turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib 
beradi. 
Temperament-insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va 
insonlarning 
hatti-harakatlariga 
nisbatan 
reaksiyasini 
tushuntirib 
beruvchi 
xususiyatlari majmuidir. 
Individga xos dinamik fazilatlar o‘zaro ichki bog‘lanishga ega bo‘lib, o‘ziga xos 
tuzilishni tashkil etadi. Psixikaning individual jixatdan o‘ziga xos, tabiiy jihatdan 
shartlashgan dinamik ko‘rinishlarining majmui kishining temperamenti deb ataladi.
Qadimgi yunon meditsinasining yirik vakili Gippokrat siymosida organizmning
xolati asosan «sharbat”larning, ya’ni organizmda mavjud suyuqlik-larning miqdoriy
nisbatiga bog‘liqdir deb xisobladi. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati
grekchasiga «krasis”-go‘zal so‘zi bilan atalgan. Bir necha asrdan keyin rimlik 
vrachlar bu tushunchani lotincha temperament so‘zi bilan ataganlar, bu «qismlarnig
tegishli nisbati” degan ma`noni bildiradi. 
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qon ko‘pligi bilan xarakterlanadi) 
sangvinik temperament deb ataldi (lotincha «sangvis” - qon so‘zidan); limfa ko‘p 
bo‘lganda flegmatik (grekcha «flegma” - shilimshiq parda degani); sariq o‘tning 
ko‘payganini xolerik (grekcha «xole” - o‘t so‘zidan); qora o‘t ko‘p bo‘lgan
melanxolik (grekcha «meloyna xole” qora o‘t) temperament deb ataladi. 
Kishining temperamenti qanaqaligi xaqidagi tasavur odatda shu shaxs uchun
xarakterli bo‘lgan psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Sezilarli psixik 
aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez munosabatini bildiruvchi, 
tasavvurlarini 
xadeb 
o‘zgar-tirishga 
intiluvchi, 
muvaffaqiyasizlikni 
va 
ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, xarakatchan, ifodali 
mimi-kasi va xarakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb ataladi. 
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doyimiy va chuqur xis-
tuyg‘ularga, xarakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruxiy xolati tashqi 
tomondan ifoda etiladigan kishi flegmatik deyiladi. Juda g‘ayratli, ishga juda extiros 
bilan berilish kobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emosional «portlash” 
va kayfiyat-ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi


xolerik deb ataladi. 
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrof-dagi
voqealarga uncha extibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan xarakatlar qiladigan 
va keskin ovoz chiqaradigan kishilar melan-xoliklar deb ataladi. 
Temperamentlarning turli tumanligi to‘g‘risidagi masala fanda xali batafsil
xal qilingan emas, lekin aytilgan tiplarni asosiy deb xisoblash mumkin. 
Xarakter-shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o‘z- o‘ziga, vaziyatlar, 
narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Irodaviy sifatlar-har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish 
yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini
o‘z ichiga oladi. 
Emotsiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, bizni 
o‘rab turgan odamlar va ularning hatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga 
bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni 
vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi. 
Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas qismi, 
idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo‘naltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan 
ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual 
uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. 
Kimdir juda yaxshi koyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, 
nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e’tiqodi bilan munosabatda 
bo‘lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. Shuning uchun ham 
individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim 
individual-psixologik xususiyatlarni alohida o‘rganamiz. 
Nerv sistemasi tipi ancha kuchli bo‘lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi 
kishilar esa boshqa xil vazifalarni birmuncha oson xal qiladi. 
Aslida xarakatchanligi bo‘sh ifodalanganlikning bo‘sh ifodalanishi ya’ni nerv 
jarayonlarining sustligi xam salbiy xam ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Sustlikning salbiy tomoni nerv jarayon-larining sekin kechishida ifodalansa, ijobiyligi 
esa psixik jarayonlarning uzoq saqlanishi barqarorligidir. Tegishli psixologik
tafovutlar faoliyatning samaradorligini emas, aksincha eng avvalo faoliyatning davom
etish xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 
Xarakatchan va ancha sust temperamentli talabalar o‘rtasida boshlang‘ich
mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdagi farqlarni o‘rganish-da aniqlangan faktlar bu
jihatdan xarakterlidir. Ma`lum bo‘lishicha, agar turli topshiriqlarni bajarishning tez 
sur`ati xarakatchan temperamentli talabalarning qimmatli sifati bo‘lsa, salbiy sifat 
esa ba’zii bir ishonchsizlikdir. Sekin xarakatlarni talab qiladigan topshiriqlar sust 
talabalar tomonidan ancha muvaffaqiyatli bir me`yorda va silliqqina bajariladi. 
Intellektual qobiliyat darajasi bilan temperament tipi o‘rtasida bog‘liqlik
mavjudmi, degan savolga javob berish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni


ko‘rsatadiki, aqliy qobiliyati yuksak darajada bo‘lgan kishilar xar xil temperamentga 
ega bo‘lishini, bir xil temperamentga ega shaxslar esa aqliy qobiliyatlarning turli 
darajalariga ega ekanligini ko‘rsatadi. Temperamentning xususiyat-lar, albatta aqliy 
mehnatga ham ta’sir etadi; aqliy operasiyalarining tezligi; diqqatning barqarorligi
va ko‘chishi, ishga «jalb qilish” dinamikasi, ish davomida emotsional jihatdan o‘z-
o‘zini tartibga solish, nervning ma`lum darajada zo‘riqishi va charchashiga ta’sir 
etishi mumkin. Biroq temperament xususiyatlari faoliyat uslubiga o‘ziga xoslik
bag‘ishlagan xolda kishining aqliy imkoniyatlarini oldindan belgilab bermaydi.
Temperament xususiyatlari muvaffaqiyatlar darajasini emas, balki ish yo‘llari va 
usullarini belgilaydi. O‘z navbatida kishining aqliy qobiliyatlari temperamentning
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirish uchun sharoit yaratadi. Ayrim kasblarda dinamik 
xususiyatlarga talablar shuncha yuqoriki, bunday fazilatlarga ega kishilarni oldindan 
tanlab olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Malumki xar bir sohadagi - fan, texnika, sanoat 
sohasidagi, har xil mehnat turlaridagi buyuk kishilar orasida temperamentning xar xil
turlari vakillarini uchratish mumkin. Bunda ijodkor shaxs uchun hamisha ish
usullarini individual-lashtirish xos bo‘ladi. Bunday faoliyatni bajarishda ongli ,ba’zian 
beixtiyor individual temperamentga mos keladigan aynan shunday rejim va
individual vositalar qo‘llaniladi . 
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Odamlarning o‘quv, mehnat va 
ijodiy faoliyatidagi o‘ziga hoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi 
navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli 
odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har 
bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi. 
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi 
malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror 
kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning 
malakali mutaxassis bo‘lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada 
ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql - zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. har 
bir normal odam o‘zining aqlli bo‘lishini hohlaydi, «Men aqlliman” demasa-da, qilgan 
barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan muloxazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar 
uni maqtashlarini hohlaydi. «Aqlsiz, nodon” degan sifat esa har qanday odamni, 
hattoki, yosh bolani ham xafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning 
sharq xalqlarida biror kimsaga nisbatan « o‘ta aqlli” yoki « o‘ta nodon” iboralari ham 
ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o‘rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: 
«Falonchining o‘g‘li anchagina aqlli bo‘libdi, narigining farzandi esa biroz nodon 
bo‘lib, ota-onasini qo‘ydirayotgan emish” degan iboralar aslida «aqllilik” kategoriyasi 
insonning yuragiga yaqin eng noziq sifatlariga aloqadorligini bildiradi. 
Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga 
bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’yekti bo‘lgan. Olimlar qobiliyatlarning 
rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli 
metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatgichni


o‘lchashga o‘ringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal(ya’ni
so‘zlarda ifodalanadigan), miqdoriy(sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko‘rsatgichlarni 
aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq jihatlarni ham 
qo‘shganlar. 
Ch.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‘tilgan 
ko‘rsatgichlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbot qilib, aqlning xaqiqatan ham 
murakkab tezilmaga ega bo‘lgan psixik xususiyat ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa bir olim 
Dj.Gilford esa aqlni bir qator aqliy operasiyalar(analiz, sintez, taqqoslash, 
mavhumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikasiya qilish) natijasida 
namoyon bo‘ladigan xususiyat sifatida o‘rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql
so‘zidan ko‘ra intellekt so‘zini ko‘proq ishlatib, bu so‘zning o‘ziga hos talqini 
borligiga e’tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega 
bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir 
tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan-shaxsga bevosita aloqador 
tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borlikni va bo‘ladigan 
hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o‘rinda «intellekt”
so‘zining lug‘aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt-lotincha so‘z-intellectus-
tushunish, bilish va intellectum-aql so‘zlari negizidan paydo bo‘lgan tushuncha 
bo‘lib, u aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib 
bo‘ladi. Bu-intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan 
darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi 
insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz 
misolida ham ko‘rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari-kelajagini XXI asr bilan 
bog‘lagan o‘g‘il-kizlarning intellekt darajasi ularning ota-bobolarinikidan ancha 
yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda 
tez o‘zlashtirib olmoqda, jahon tillaridan bir nechtasini bilish ko‘pchilik uchun 
muammo bo‘lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar
o‘zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini 
hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, 
uning dunyoqarashi keng, hohlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda 
tez va qiyinchiliksiz o‘zlashtira oladi. hattoki, bunday bolaga oliy o‘quv yurtida 
beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o‘ta tushunarli, ular yanada murakkabroq 
masalalarni yechishni hohlaydi. 
Qobiliyatlardagi to‘g‘ma va orttirilgan sifatlar. Ba’zan o‘ta iqtidorli va 
qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat to‘g‘ma ekanligiga ishora qilishadi. 
Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. 
Umuman qobiliyatlarning to‘g‘ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar 
diqqat markazida bo‘lgan muammolardan. Psixologiyada to‘g‘malik alomatlari bor 
individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat 
va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi to‘g‘ma xususiyatlardan-oliy nerv tizimi 
faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo‘l-


oyoqlarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi 
organlari-ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa(bular nasliy 
ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat-bola to‘g‘ilishi bilan uni o`ragan 
muhit, muloqot uslublari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun 
zarur shart-sharoitlar(ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi-bu
o‘sha individga aloqador bo‘lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi. 
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri yo‘qi, ana shu ikki 
xil layoqat o`rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola 
to‘g‘ildi deylik. Unda rassomchilik uchun to‘g‘ma, genetik belgilar otasi tomonidan 
berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo‘lishini 
hohlamasligi, o‘ziga o‘xshash qo‘shiqchi bo‘lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani 
yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun 
ijtimoiy layoqat muhiti yo‘q, ijtimoiy layoqat o‘sishi uchun esa tabiiy, to‘g‘ma layoqat 
yo‘q bo‘lgani sababli, bolada hech qanday talant namoyon bo‘lmasligi, u oddiygina 
musiqachi yoki qo‘shikchi bo‘lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va 
qobiliyatdagi to‘g‘ma va orttirilgan belgilarni o‘rganishning psixologik ahamiyati 
aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish 
shart-sharoitini yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. 
Orttirilgan sifati yo‘qi, bola toki bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘stirish 
borasida harakat qilmasa, eng kuchli to‘g‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u 
iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashxur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan 
ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, 
intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, 
qobiliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs adashib, o‘zidagi xaqiqiy iqtidor yoki 
layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz 
ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlay 
olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. 
Shuning uchun ham har bir ongli inson o‘zidagi qobiliyat va zexnni ilk 
yoshlikdan bilib, o‘sha o‘zi yaxshi ko‘rgan, «yuragi chopgan” ish bilan sho‘g‘ullansa, 
va undan ko`nikish olib, qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, 
biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor-insonning o‘z hatti-harakatlari, bilimlari, 
imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub’yektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial 
yoki talantli bo‘lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o‘z- 
o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, o‘zlari 
sho‘g‘ullanayotgan ishni bajonidil, sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari 
bilan ba’zi o‘ta iste`dodli, lekin kamharakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda 
keltiradi. Iqtidorli insonda iste`dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor, zero iste`dod-har 
tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz 
mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish 
va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi. 
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi. Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va 


mahsus turlarga bo‘linadi va har birining o‘z psixologik tizimi va tezilishi bo‘ladi. 
Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular 
odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va 
natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o‘quv yurtining talabasi 
ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni
o‘zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishkoklik, 
chidam, kiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi. 
Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori 
ko‘rsatkichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sport 
sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo‘yicha ishlayotgan ikki kishida o‘ziga hos 
maxsus qobiliyatlar bo‘lmasa bo‘lmaydi. 
Har bir qobiliyat o‘zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni 
oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning 
egiluvchanligi, mavhum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy 
qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy xayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va ko‘rgazmali 
obrazlar, estetik hislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa-
pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o‘zgalarga berishga 
ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o‘xshash qolgan barcha 
qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi. Amaliy psixologiyaning bugungi 
kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat ko‘rtaklarini ilk yoshlikdan 
aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. 
Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika 
qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Rimlik vrachlar qaysi tushunchani “temperament” so`zi bilan 
ataganlar? 
2.
Shaxsning iqtidori nimalarda namoyon bo`ladi? 
3.
To`g`ma va ortirilgan sifatlar o`rtasidagi farqni tushuntirib bering. 
4.
Qobilyat va qiziqishlarni qanday aniqlash mumkin? 
ADABIYOTLAR: 
1. 
Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T., 1998 
2. 
Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii.-M.,1986 
3. 
Merlin V. S. Struktura lichnosti. Xarakter, sposobnosti, samosoznaniye.-
Perm, 1990 


4. 
Merlin V. S. Ocherk integralnogo issledovaniya individualnosti.-M., 1986 
5. 
Nemov R. S. Psixologiya.-V 2-x kn. Kn.1.-M., 1998 
6. 
Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testы.-M., 1999 
7. 
Psixologiya. Uchebnik.-Pod red. A. Krыlova-M., 1998 
8. 
Magnusson, D. Individual development: aholictic, integrated model. In: 
Examining in context. Perspectives on the ecologo of human development. 
Washington, DC: APA, 1995, pp. 19-60. 
11-mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə