"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivasiya va ularni



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivasiya va ularni 
boshqarish. Ijtimoiy xulq motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar

Reja: 
1. Shaxs va uning faolligi 
2.Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 
3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi. 
4. Motivlarning turlari 
5. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish 
muammosi. 
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, 
blits-so‘rov. 
Tayanch so‘zlar: Shaxs faolligi, tashqi faollik, ichki faollik, faoliyat, perseptiv 
harakat, mnenik faoliyat, fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko‘nikma, motiv, 
ijtimoiy ustanovka. 
Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z- 
o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga hos bo‘lgan eng muhim 
va umumiy xususiyat-bu uning faolligidir. Faollik(lotincha «actus”-harakat, «activus”-
faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-
harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. 
Bu- o‘sha oddiy qo‘limizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan bog‘liq 
elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga 
oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador 
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi 
va o‘z- o‘zini ang-lashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida 
ishtiroqi va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. 
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
A. Tashqi faollik-bu tashqaridan va o‘z ichki istak-hohishlarimiz ta’sirida 
bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, m o‘shaklarimizning 
harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik. 
B. Ichki faollik-bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi 
fiziologik jarayonlar(moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim


o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida 
ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga 
oladi. 
Misol tarikasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayrilikdan 
so‘ng ona o‘z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, 
uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, ko‘zlaridan okkan sevinch yoshlarida ko‘rsak, ichki 
faollik- o‘sha ko‘z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki 
sog‘inchning asl sabablari(ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin 
motivlar ta’siri), ko‘rib idrok kilgandagi o‘zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi 
ichki, bir qarashda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan emosional holatlarda namoyon 
bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, uni ifodalagan rasmni 
ko‘rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz 
mumkin. 
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil 
etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning extiyojlariga bog‘liq bo‘lib 
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shaxsning jamiyat 
bilan bo‘ladigan murakkab va o‘zaro munosabatlarining okibati hisoblanadi. 
Inson faolligi «harakat”, «faoliyat”, «hulq” tushunchalari bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli 
faolliklar jarayonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki 
inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol 
jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb 
yuritiladi. Ya’ni, faoliyat-inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-
tuman extiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish 
va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga hos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real 
predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, 
bu-moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar 
ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu-rekordlarni ko‘paytirishga 
qaratilgan sportchining mahorati va shunga o‘xshash. Shunisi xarakterliki, inson har 
daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi. 
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-
sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan 
har bir harakat ma’lum narsaga-predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli 
harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi 
predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga 
qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar 
qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil 
etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo 
tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. 
Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni


o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, 
ichki faoliyat-birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik 
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-aqliy, 
psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi 
faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy 
jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola 
dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida
o‘zicha gapirishga o‘rganib, Uylaydigan, muloxaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va 
rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi. 
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi-
muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat 
tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, 
fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar Uylanayotgan odamni ziyraqlik bilan 
kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, 
hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga 
kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan 
darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan-misol uchun,
o‘zum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy 
komponentlardan holi emas, u kaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan 
anglab, bilib turib olib tashlaydi. 
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar 
vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu 
narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga 
oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
perseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi 
predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yahlit obraz shakllanadi; 
mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq 
murakkab faoliyat turi; 
fikrlash faoliyati-aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va 
jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat; 
imajitiv —(«image”-obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy 
jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan 
narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida 
shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat 
asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada 
interiorizasiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi 
harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi. 
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroqi darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. 
Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy 


ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini 
talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroqi kamayib, ko‘pgina 
qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. 
Masalan, har birimiz shu tarzda hat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz kat’iy 
tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra 
harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. 
Kunikmalar-doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan 
barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. 
Ikkalasi ham mashklar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat 
malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
oddiy namoyish etish yo‘li bilan; 
tushuntirish yo‘li bilan; 
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. 
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va 
aqliy o‘rinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va 
ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. 
Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarkalgan 
usuli-bu barcha insonlarga hos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabakalashdir. 
Bu-muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir. 
Muloqot-shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi 
faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli extiyojlardan biri-inson bo‘lish, 
odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni 
muvofiqlashtirishga qaratilgan extiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini 
aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali(verbal) va nutqsiz 
vositalar(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin 
yaratadi: 
O‘yin-shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar 
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-
xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan
o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va 
mohiyatini anglab yetolmaydi: 
O‘qish-faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. 
Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar
o‘zlashtiriladi: 
Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning 
maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat 
taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir. 
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga 
oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina 
biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab 


qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham 
ichki(psixik), ham tashqi(predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish 
bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u 
yoki bu faoliyat turi bilan sho‘g‘ullanishiga majbur kilgan psixologik omillar-sabablar 
muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir. 
Agar xayvonlarning xatti - xarakati butunlay atrof muxit bilan belgilansa, 
kishining faolligi uning ilk yoshligidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat
talablariga ko‘ra yo‘naltirilib boriladi. Xatti-xarakatning bu turi shu qadar o‘ziga 
xoslikka egaki, psixologiyada uning atash uchun maxus termin - faoliyat termini 
qo‘llaniladi. 
Faoliyatning birinchi farqli belgisi shundan iboratki, u faollik manbai bo‘lgan
extiyoj sifatida yuzaga chiqqan xolda faollikning yo‘nal-tiruvchisi bo‘lgan anglanilgan 
maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixika narsalarning 
xususiy ob’yektiv xossalarini aks ettirishi va ular bilan oldiga qo‘yilgan maqsadga 
erishish usullarini xam belgilab berish lozim. Faoliyat kishining xulq atvorini 
maqsadga qaratilgan xarakatlarni ro‘yobga chiqarish, xususan olganda esa yuzaga
kelgan extiyojlarni, o‘zi zudlik bilan qondira olmaydigan, ya’ni bevosita madadga 
tayanmaydigan faollikni rag‘bar-lantirish va qo‘llab - quvvatlash imkonini beradigan 
darajada boshqa-rishga qodir bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat bilim 
va iroda bilan chambar-chas bog‘liq, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi
mumkin emas. 
Demak, faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki
va tashqi faolligidir. 
Shunday qilib faoliyat xaqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun kishi faolligida 
anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash mumkin.Faoliyatning barcha qolgan 
jixatlari - uning motivlari, bajarilish usullari tegishli axborong i tanlash va qayta 
ishlash anglanilgan bo‘lishi xam, anglanilmagan bo‘lishi xam mumkin. Ular chala 
yarim tarzda anglanilgan va xatto noto‘g‘iri anglanilgan bo‘lishi xam mumkin. 
Faqat motivlar emas, balki faoliyatning u yoki bu rejalarini tan-lashga olib
kelgan ko‘pgina fikrlash jarayonlari xam kishi tomonidan to‘la - to‘kkis angalanilgan 
bo‘lavermaydi. Faoliyatning amalga oshirishning usullariga kelganda shuni aytish 
kerakki, ularning ko‘pchiligini odatda ongdan tashqari xolda yo‘naltiriladi. Bunga 
odatlanib qolingan xar qanday xarakat: yurish, so‘zlash, xat yozish, avtomobilni
boshqarish va shu kabilar misol bo‘lishi mumkin. 
Faoliyatning ana shu barcha jixatlari ongda aks etish darajasi va to‘lakonliligi 
tegishli faoliyatning anglanilganligi darajasini belgilaydi. 
Faoliyatning anglanganligi darajasi qanday bo‘lishidan katxiy nazar, maqsadni 
anglash xamisha uning muqarrar belgisi bo‘lib qolaveradi. Ushbu belgi bo‘lmagan 
xollarda kishi tushunchasidagi faoliyat xam bo‘lmaydi, balki impulsiv (beixtiyor) xatti 
xarakat yuz beradi. Faoliyatdan farqli ularoq, impulsiv xatti-xarakat bevosita 
extiyojlar va xissiyot bilan idora qilinadi. U individning qattik xayajonga tushishi


(affektni)ni va maylinigina ifoda etadi va shuning uchun xam ko‘pincha egoistik va 
jamiyatga zid xarakterga ega bo‘ladi. 
Faoliyat voqe’likka nisbatan faol munosabat bildirishining shunday bir
shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o‘rtasida real bog‘lanish 
xosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Faoliyatda u o‘z ichki xususiyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga 
nisbatan sub’yekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida gavdalanadi. O‘z
navbatida ularning javobiy tasirotini xis qilgan xolda, u shu yo‘l bilan odamlarning,
narsalarning, tabiat va jamiyatning xaqiqiy, ob’yektiv, muxim xususiyatlarini bilib 
oladi. Uning qarshisida narsalar ob’yektlar sifatida, odamlar esa shaxs sifatida
gavdalanadi. 
Toshning og‘irligini bilishi uchun uni qo‘tarib ko‘rmoq, parashyutning
chidamliligini aniqlash uchun esa undan samolyotdan sakrab ko‘rmok kerak. Kishi 
toshni ko‘tarib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususitlarini 
bilib oladi. U ana shu real xarakatlarni timsoliy xarakatlar bilan almashtirishi, ya’ni 
«tosh og‘ir” deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va trayektoriyasini tegishli 
formula bo‘yicha xisoblab chiqishi mumkin. Lekin xamisha xam ish amaliy faoliyat 
birinchi galda turadi. 
Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining xam o‘z 
xususiyatlari xam namoyon bo‘ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani 
bilmasligi, uning olamda nimani ko‘rayotgan va nimani ko‘rmayotganini, nimani 
tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va ko‘rsatadi. Boshqacha so‘z 
bilan aytganda, u kishi psixikasining mazmunining va uning mexa-nizmlarini 
belgilab beradi, va shu bilan barobar ularning namoyon qiladi. 
Faoliyatga yo‘llangan maqsad, odatda yo ko‘prok yo ozroq darajada 
uzoqlashgan bo‘ladi. Shuning uchun xam unga erishish kishi ana shu maqsad yo‘lida 
xarakat qila borgan sari uning oldida paydo bo‘ladigan qator juzxiy vazifalarni kishi 
tomonidan izchillik bilan xal etila borishdan tarkib topadi.Faoliyatning yolgiz bitta 
oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan nisbattan tugallangan xar bir shunday 
qismini xarakat deb atashadi.Kishi faoliyati juda murakkab va o‘ziga xos jarayondir. 
U shunchaki extiyojlarni qondirishdangina iborat bo‘lib qolmasdan, balki ko‘proq 
darajada jamiyatning maqsadlari va talablari bilan belgilanadi. Maqsadning 
anglanilganligi va unga erishish yuzasidan ijtimoiy xarakatlar tajribasi bilan bog‘liq
ekanligi kishi faoliyatining o‘ziga xos belgisidir. 
Kishi faoliyatining tashki va ichki jixatlari chambarchas bog‘gliqdir. Tashqi 
jixat - odam tashqi olamga ta’sir ko‘rsatish uchun qiladigan sayxi-xarakatlar - 
motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki faoliyat bilan belgilanadi 
va yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar 
va ja-rayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga 
muvofiq tarzda qayta o‘zlashtirilishini amalga oshiradigan, psixik ando-zalarning 


uxshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va xarakatlarning kutilganlariga 
muvofiqligi darajasini ko‘rsatadigan tashqi jixat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat 
qilinib turadi.Xar qanday xarakatning taxlil etilgan jixatlarini tegishli tarzda uning 
motor (xarakat), sensor (xissiy) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga 
muvofiq ushbu qismlarning xarakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan 
vazifalarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Kishi faoliyat jarayonida xarakatlarni ijro etishda, nazorat qilish va boshqarib 
turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi. 
Aytib o‘tilgan vazifalarning xar birini kishi anglanilgan tarzda xam va 
anglanilmagan tarzda xam amalga oshirishi mumkin. Masalan so‘zni talaffuz etish
uchun zarur bo‘lgan xiqildoq xarakatlari siste-masi kishi tomonidan mutlaqo 
anglanilmagan xolda ishlaydi. Lekin kishi aytmoqchi bo‘layotgan iboraning
grammatik shakllari va mazmuni xamisha ongda oldindan ayon bo‘ladi. Xar qanday 
saxi-xarakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘sha mushaklar qisqarishi va 
chuzilishining murakkab birikuvi qoida tariqasida anglanilmagan bo‘ladi. Aftidan, 
saxi-xarakatlar ongning ishtirokisiz, shunchalik fiziologik tarzda ifoda etiladi. Biroq 
odatda, xarakatlarning pirovad maqsadlari shuningdek ularning umumiy xarakteri
xamisha anglanilgan bo‘ladi. Masalan, kishi velosipedda mutlaqo ongsiz xolatida 
yurishi mumkin emas. U qayoqqa borayotganini, qaysi yo‘l bilan va qanaqa tezlik 
bilan borayotgani va shu kabilarni umuman tasavvur qilishi lozim. Bu xar qanday 
mexnat, o‘yin va boshqa xil xarakat jarayonlariga talluqlidir. Va nixoyat ayrim saxi-
xarakatlar ongli tarzda yo‘naltirilgan xolda xam, anglanilmagan xolda xam bajarilishi 
mumkin. Masalan yurish saxi-xarakatlarining anchagina qismi anglanilmagan xolda 
amalga oshiri-ladigan faoliyatning shundoqqina ko‘rinib turgan misoli xisoblanadi.
Lekin shu xildagi saxi-xarakatlarning arqon ustida yurish chog‘ida bajarilishi, sensor 
nazorat qilinishi va markazdan boshqarilishi eng jiddiy darajada anglanilishi zarur
bo‘lgan ob’yektga aylanadi. 
Teskari xolat xam yuz berishi mumkinki, bunda xarakatning maxlum bir 
jixatlari oldiniga mayda-chuydalariga qadar ongli ravishda idora kilinishini taqozo 
etadi, so‘ngra esa ong borgan sari kam ishtirok etgani xolda boshqarila boshlaydi, 
bunday xollarni ishning bajarilishi avtomatlasha boshlaganiga o‘xshatishadi. 
Kishida maqsadga muvofiq tarzdagi sayi-xarakatlarni ijro etish va 
boshqarishning aynan shu tarzda qisman avtomatlashuvi malaka deb ataladi. 
Umuman olganda, «sof” malaka xaqida, faqat xayvonlarga taxrif berilayotganda 
gapirish mumkin. Odamda patalogik xolatlardan bo‘lak barcha xildagi faoliyat 
pirovard natijada ong bilan boshqariladi. Xarakatning u yoki bu qismlari 
avtomatlashuvi esa ongli ravishda yunaltiriladigan ob’yektni faqat almashtiradi,
xarakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, uning natija-
larini nazorat qilish va baxolashni ong uning tasarrufi doirasiga olib kiradi. 
Xarakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir. 


1. Sa’yi-xarakatlarning ijro etilishi usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z xoliga 
yuz berib kelgan qator juzxiy saxi-xarakatlar yagona jarayonga, tarkibiga kiruvchi 
aloxida sodda saxi-xarakatlar o‘rtasida to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta 
murakkab saxi-xarakatga qo‘shilib ketadi. Masalan: o‘quvchi bosqichli xarakat sifatida 
bajara-digan xarakatni o‘zgartirish jarayoni tajribali shofyor tomonidan bir marta 
ko‘lni silliqqina ishlatgan xolda bajariladi. Ortiqcha va keraksiz saxi-xarakatlar
bartaraf etiladi. Jumladan, o‘quvchi yozuvni o‘rgana boshlagan paytda bu jarayonni 
bajarar ekan, ko‘plab ortiqcha xarakatlar qiladi: tilini chiqaradi, gavdasini qimirlatadi, 
boshini engashtiradi va x.z. Xarakat jarayoni o‘zlashtirib olingandan keyin barcha 
ortiqcha saxi-xarakatlar yo‘qolib ketadi. Mujassamlashuv yuz buradi, ya’ni saxi-
xarakatlarni ikkala ko‘l bilan bir vaqtning o‘zida bajarish boshlanadi. Agar boshlovchi 
tokarg‘ keskichni oldiniga uzunasiga qarab, so‘ngra ko‘ndalangiga qarab yurgizsa 
tajribali tokarg‘ keskichni detalning bir vaqtning o‘zida bir ko‘li bilan maxovikni 
uzunasiga boshqasi bilan esa supportni ko‘ndalangiga aylantirarkan, diogonal chiziq
bo‘ylab qisqa masofadan olib boradi. Pirovardida saxi-xarakatlarni boshqarish 
suxrati tezlashadi. Shunday qilib, xarakatlarni o‘zlashtirish jarayonida uning
xarakatlantiruvchi barcha jixatlari: saxi-xarakatlar tarkibi, saxi-xarakatlarning
izchilligi va saxi-xarakatlarning uyg‘unligi, shuningdek ularning tezligini mumkin 
qadar rejali bo‘lishiga imkon tug‘iladi. 
2.
Xarakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’yi-xarakatlarning 
bajarilishini ko‘rish orqali nazorat qilish ko‘proq mushaklar yordamida nazorat bilan 
almashadi. Bunga tajribali mashinist-kaning xarflarga qaramasdan yozishi, malakali
slesarning iskananing ustidan bolg‘a bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga 
solmasligi va shu kabilar oddiy misol bo‘lishi mumkin. Saxi-xarakatlarning xarak-
terini belgilaydigan turli xildagi o‘lchamlarning nisbatini baxolash imkonini 
beradigan maxsus sensor sintezlar xosil bo‘ladi. Masalan: shofyorda tezlikni ko‘z 
bilan chamalash va sezish, duradgorda yog‘ochni kirish, uchuvchida fazoda xolatni xis 
qilish tuyg‘usi o‘tkir bo‘ladi. Xarakat natijalarini nazorat qilish uchun muxim
bo‘lgan muljallarni tez farqlash va ajratish qobiliyati rivojlanadi. Jumladan, shofyorda
motorning shovqinida uning qanchalik kuch bilan ishlayotganini bildiradigan 
belgilarni ajratish qobiliyati, po‘lat erituvchida metalning tarkibini, uning xarakatini, 
rangining tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. 
Shunday qilib, xarakatlar o‘zlashtirila borgan sari uning natija-larini va 
bajarilish sharoitlarini yanada aniqroq va tezroq bevosita sifatli nazorat qilish uchun 
imkoniyatlar tug‘iladi. 
3.Xarakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgarib bormoqda. Diqqat 
xarakat usullarini idrok etishdan xoli bo‘lib, u xarakatning asosan vaziyati va 
natijasiga qaratilgan bo‘ladi. Ba’zii xisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mexnat talab
qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga qo‘shilgan xolda amalga oshirila boshlaydi.
Jumladan, shofyor dvigatelning ortiqcha kuch bilan ishlayotganini uning tovushida-
noq sezib, o‘ylab - netib o‘tirmasdanoq uning xarakatini qanaka tezlikka ko‘chirish


kerakligini darxol tushunib yetadi: apparatchi asboblarning ko‘rsatkichlarini
o‘qiboq, ularning ishlashida ro‘y berayot-gan buzilishlarni va ularni bartaraf etish 
uchun nimalar qilish kerakligini faxmlaydi. Navbatdagi saxi-xarakatlarga 
tayyorgarlik bundan oldingi saxi-xarakatlar amalga oshirilayotgan paytdayoq yuz
bera boshlaydiki natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt keskin kamayadi.
Chunonchi, uchuvchi qo‘nishni boshlaganidayoq muayyan sharoit-lardagi 
ko‘nishning ushbu turini bajarish uchun ko‘llaniladigan barcha standart usullarni
ishga solishga o‘zicha tayyor bo‘ladi. Shuning uchun xam birinchi usulni 
boshqarishdan ikkinchisiga o‘tish maxsus planlash-tirilmagan tarzda xam amalga 
oshirilaveradi. Faqat qo‘nishning qanday usulini tanlash rejalashtiriladi, xolos.
Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu 
tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilishi antisipasiya deb ataladi. 
Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan 
faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy hulqi va
o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. 
Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada 
«motiv” va «motivasiya” tushunchalari ishlatiladi. 
«Motivasiya” tushunchasi «motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va 
mazmunga ega. Motivasiya-inson hulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va 
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u 
yoki bu shaxs hulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», 
«nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga 
javob kidirish-motivasiyani kidirish demakdir. Demak, u hulqning motivasion tasnifini 
yoritishga olib keladi. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi hulqi va o‘zini tutishi sabablarini 
o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki 
jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’yektiv psixologik 
xususiyatlari nazarda tutiladi(motivlar, extiyojlar, maqsadlar, mUljallar, istaqlar, 
kizikishlar va xokazolar); b) tashqi sabablar-faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va 
holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi 
stimullardir. 
Shaxs hulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish 
odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki 
anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga 
oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning 
xaqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga « o‘zim ham bilmay 
qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki 
ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda kizikib, uning barcha 
sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat kilsa, bunda vaziyat boshqacharoq 
bo‘ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan motiv-konkretroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu 


hulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda 
tutadi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə