"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Shaxs tarbiyaning ob’yekti va sub’yekti sifatida



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxs tarbiyaning ob’yekti va sub’yekti sifatida
Reja: 


1.Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va shaxs sifatida shakallanishi. 
2.Shaxs shakllanishining asosiy qonunyatlari. 
3.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, 
blits-so‘rov. 
Tayanch iboralar: shaxs, biologik omil, ijtiomiy omil, rivojlanish qonunyatlari, 
omillar. 
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Odamning 
ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya 
kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga 
aylanadi. Rivojlanishning o‘zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual 
o‘sishida namoѐn bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi 
murakkab jaraѐndir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, 
eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining 
yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola 
shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga 
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning 
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida 
baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir 
etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, haѐt tarziga ѐshi, 
bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan 
kamolga yetadi, bunda bolaga berilaѐtgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat 
a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib 
o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini 
to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jaraѐnida kuzatish 
lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga 
samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish 
maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama 
aloqa mavjud. Dunѐga kelgan go‘dak ma’lum ѐshga qadar individ hisoblanadi. 
“Individ” lotincha "individium" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “bo‘linmas”, “alohida”, 
"yagona" ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik 
mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak 
(chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli 
reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki sharsiz va shartli qo‘zo‘atuvchilarga javob 


tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan 
tashkil etilaѐtgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlanishi va albatta, ijtimoiy 
munosabatlar jaraѐnidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki 
bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-
inson individi shaxsga aylanmoo‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati 
va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha 
namoѐn bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan 
rivojlanganlik darajasi, ehtiѐji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan 
farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlari 
rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u kamol topgan shaxs sifatida namoѐn 
bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jaraѐnida qaror topadi. Shaxsning rivojlanishi 
avvalo unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanishi o‘zida 
shaxsning jismoniy, 10 aqliy va boshqa xislatlarning takomilini namoѐn etadigan 
jaraѐn bo‘lib, bunday xislatlarning tuo‘ma, ba’zilari keyinchalik erishgan bo‘ladi. 
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tuo‘ilishi tabiiydir. Odam 
ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy haѐt 
sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy 
xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoѐn 
bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har 
tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jaraѐniga aloqador 
bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida faoliyatining 
o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim. Biz yuqorida “rivojlanish” tushunchasini 
juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha ѐndoshib, ta’rif berishga harakat 
qilaylik. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga 
bevosita bo‘ysunadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs, inson tirik organizmdir, shu 
sababli uning haѐti biologiyaning umumiy qonunlariga, ѐshlar anatomiyasi va 
fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil 
inson bo‘lib yetishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda 
sifatlarining kamol topishi asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir. 
Ma’lumki, haѐti davomida inson jismoniy va psixik jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin 
bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola 
mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs 
sifatida kamolga yetadi, bunda berilaѐtgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi 
natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
sistemasida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Anatomik va fiziologik xarakterdagi 
o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda 
oo‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sio‘imi, 
tayanch-harakat 
apparatining 
holati 
va 
boshqalar 
jismoniy 
rivojlanish 
ko‘rsatkichlaridir. Ruhiy jaraѐnlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat 


va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik 
darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida u ѐki bu 
faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli ѐshdagi faoliyatlar 
mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning 
samaradorligi va x.k) shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy 
munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’ѐrlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni 
anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi 
muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar 
jaraѐnida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi 
kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir 
soha sifatida namoѐn bo‘laѐtgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. 
Kadrlar tayѐrlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "shaxs" quyidagicha 
ta’riflanadi: Shaxs - kadrlar tayѐrlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.Demak, shaxs - 
ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shuo‘ullanuvchi ijtimoiy 
mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va 
hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik 
xususiyatlar, faoliyat va xatti-harakatning miqdoriy va sifati o‘zgarish jarayonidir. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Rivojlanishning o`zi nima? 
2.
Individ nima? 
3.
Shaxs deganda nimani tushunasiz? 
4.
Shaxs shakllanishida ta`sir etuvchi omillarni sanab bering. 
ADABIYOTLAR: 
1. Karimov I.A. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1998. 
2. Karimov I.A. Sog‘lom avlod - xalqimiz kelajagi. (Konstitusiya kuni 
munosabati bilan so‘zlagan nutqi). “Xalq so‘zi” gazetasi. 8 dekabr, 1999. 
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996. 
3. Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994. 
4. Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981. 
4-Mavzu

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə