"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Psixologiya xaqida tushuncha



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Psixologiya xaqida tushuncha

Reja: 
1. 
Psixologiya predmeti haqida tushuncha. 
2. 
Psixologik ta’limotlar tarixi 
3. 
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. 
4. 
Psixologiya tarmoqlari. 
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: 
• 
Psixika. 
• 
Ruh. 
• 
Jon. 
• 
Ilmiy psixologiya psixik jarayonlar 
• 
Psixologik xolatlar 
• 
Maxsus tarmoqlar 
• 
Determinizm. 
• 
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi - psixologiya tarmoqlari. 
• 
Persepsiya -appersepsiya 
Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya” so‘zi ikkita grek so‘zlaridan — 
«psyche” — jon, ruh va «logos” — ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy 
ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning 
predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har 
birimizning tashki olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, 
hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha 
adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika 
— bu inson ruxiyatining shunday xolatiki, u tashki olamni (ichki ruxiy olamni ham) 
ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu 
qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, 
degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g’ri bo‘ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy 
olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz 
ba’zan o‘z-o‘zimizni xam tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning 
bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga 
aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, 
o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona 
tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir 
ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda 
tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi 


narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik 
hayotga aloqador bo‘lgan jarayonlarni, o‘zimizda, miyamiz, ongimizda ro‘y 
berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o‘rtoqlarimizdan biri 
bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu 
xatti — harakatlarini bevosita ko‘rib, baholab, taxlil qilolsak-da, unga nisbatan xis 
qilayotgan mehrimizni, uzoq ko‘rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan 
bog’lik xisni bevosita ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga 
o‘xshash holatlar psixologiya o‘rganadigan hodisalar va holatlarning o‘ziga xos tabiati 
va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi. 
Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab 
va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, 
ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu 
hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum 
analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog’lik 
va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo‘ysunadi.
Har qanday konkret fan boshqa fanlardan o‘z predmetining xususiyatlari bilan 
farq qiladi. Jumladan, geologiya ham, geodeziya ham yer haqida baxs yuritadi, ammo 
ularning bir-biridan farqi shundaki, geologiya yerning tarkibi, tuzulishi va tarixini 
o‘rgansa, geodeziya yerning ko‘lami va shaklini o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan 
hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash yanada qiyinroq. Bu xodisalarni 
tushunish ko‘p jihatdan psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kelgan 
odamlarning dunyoqarashiga bog’liq. 
Qiyinchilik eng avvalo shundan iboratki, psixologiya o‘rganadigan hodisalar 
kishilar aqlida allaqachonlardan buyon alohida hodisalar sifatida bo‘rttirilib va 
hayotdagi boshqa ko‘rinishlardan ajratilib kelindi. Chindan xam shu narsa mutlako 
ravshanki, mening yozuv mashinkasini idrok etishim karshimdagi stol ustida turgan 
yozuv mashinkasining uzidan, yani real narsadan mutlako boshka va fark kiladigan 
narsa xisoblanadi, mening changida yurishga bulgan istagim xakikatda changida 
yurishga nisbatan allakanday boshka bir narsadir, mening Yangi yilni kutib olish 
xakidagi xotiram Yangi yil arafasida real real tarzda yuz berganiga karaganda fark 
kiladigan allakanday bir narsa xisoblanadi va xokazo. Shu tarika asta-sekin turli xil 
xodisalar tugrisidagi tasavvurlar tarkib topadi va ular psixik xodisalar (psixik 
funkciyalar, xususiyatlar, jaroyonlar, xolatlar va boshkalar) deb nomlana boshladi. Bu 
xodisalarning aloxida xarakterga ega ekanligi ularning odamlarnikurshab turgan tashki 
olamdagi xodisalardan fark kilishida, insonning ichki dunyosiga tegishli ekanligida 
kuzga tashlanadi. Ularni real xodisalar va faktlarga karama-karshi kuyiladigan ruxiy 
xayot (“psixika” degan terminning uzi yunoncha “psyuxe” suzidan kelib chikkan bulib, 
“rux” degan manoni bildiradi). Bu xodisalar “idrok”, “xotira”, “Tafakkur”, “idora”, 
“xissiyot” va boshka shu kabi nomlar bilan guruxlarga ajratilib, xammasi birgalikda 
psixika, kishining psixikasi, ichki dunyosi, uning ruxiy xayoti va xokazolar deb 


ataladigan tushunchalarni xosil kiladi. 
Garchi kundalik mulokot davomida boshka odamlarni kuzatib yurgan kishilar 
xulk-atvorning turli xil faktlari (xarakatlar, kiliklar, ish bajarish va xokazolar) bilan 
bevosita munosabatda bulsalar xam, amalda uzaro birgalikda xarakat kilishga bulgan 
extiyoj ularni tashki xulk-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jaroyonlarni farklay 
bilishga majbur kiladi. Kishining xatti-xarakatlari zamirida xamisha unga dasturilamal 
bulgan maksadlar, mayllar, u yoki bu vokeadan tasirlanish zamirida esa xarakteriga 
xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun xam psixik jarayonlar, xususiyatlar, 
xolatlar ilmiy taxlil predmetiga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari tugrisida 
sodda psixologik bilimlar tuplana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga utgan 
xolda tilda, xalk ijodiyotida, sanat asarlarida uz ifodasini topa bordi. U, jumladan, 
makol va matallarda mujassamlasha boshladi: “Un marta eshitgandan kura bir marta 
kurgan afzal”, “Odat-kishining ikkinchi tabiatidir” va xokazolar. 
Kishining shaxsiy xayot tajribasi xam unga psixika xakida muayyan tasavvur 
bera oladi: biron bir tekstni kaytadan ukib chikish uning kishi xotirasida yaxshirok 
saklanib kolishga yordam beradi, garchi “Takrorlash - ilmning onasi” degan makol 
unga tanish bulmasa xam, uz shaxsiy tajribasidan bilib oladi. 
Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik malumotlar ilmiy 
psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi. Ular ancha keng 
mikyosli bulishi, malum darajada tevarak-atrofdagi kishilarning xulk-atvoriga karab 
ish kilishga erdam berishi, bir muncha tugri bulishi va vokelikka mos kelishi mumkin. 
Lekin umuman olganda, bu bilimlar sistemalilikdan, teranlikdan, isbotlilikdan 
maxrumdir va shunga kura xam bilimlar kishi psixikasi tugrisida odamlar bilan 
ularning u yoki bu xilda kutilayetgan xolatlardagi xulk-atvorini taxmin kilish imkonini
beradigan xamda ilmiy, yani obektiv va ishonarli bilimlarni talab kiladigan jiddiy ish 
olib borish uchun mustaxkam negiz bula olmaydi. 
Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda, avvalo, psixik xayetning konkret 
faktorlari nazarda tutiladi, psixik xayetga doir xar bir fakt esa xam mikdor, xam sifat 
jixatdan xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, psixologiya fani insonning tevarak-
atrofdagi narsalarni idrok kilish procyessini tekshirib, juda muxim faktni aniklangan: 
idrok sharoitlari uzgarib tursa xam, idrok kilingan predmetning inson ongidagi obrazi 
nisbatan uzgarmay kolaverar ekan. Masalan, ushbu satrlar bitilgan saxifa yorug 
kuyosh nurida xam, korongilikda xam, elektr bilan yoritilgan joyda xam kogozdan 
sinib kaytuvchi nurlaring fizikaviy xarakteristikasi garchand xar xil yoritilish chogida 
shu kadar xilma-xil bulishiga karamay, oppok shaklida idrok kilinaveradi. Mazkur 
xolatda tasavurimizda psixologik faktning sifat xarakteristikasi xosil buladi. 
Psixologik faktning mikdoriy xarakteristikasiga misol bulib muayyan bir kishining 
tasir kursatuvchi kuzgatuvchidan tasirlanish vaktining ulchovi xizmat kilishi mumkin. 
Tasirlanish tezligining eksperimentda kuzatiladigan individual farklari ilmiy 
tadkikotda aniklanadigan psixologik faktlar xisoblanadi. Ular sinovdan utayotgan turli 


kishilar psixikasining bazi bir xususiyatlarini mikdoriy jixatdan baxolashga imkon 
beradi. Lekin psixologik fakt kanchalik kizikarli bulishidan katiy nazar, ilmiy 
psixologiya uni tariflash bilangina cheklana olmaydi. Ilmiy jixatdan bilish xodisalarni 
tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga utishni mukarrar talab kiladi. Keyngisi ana 
shu xodisalar buysunadigan konunlar moxiyatining ochib berilishini takozor etadi. 
Shuning uchun xam psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik konunlar 
psixologiyada urganiladigan predmet bulib yuzaga chikadi. Jumladan , bazi bir 
psixologik faktlarning yuzaga kelishida xar gal buning uchun tegishli shart-sharoitlar 
mavjudligi mukarrar, yani konuniyatli bulishi kuzatiladi. Masalan, idrok etishinig 
yukorida keltirilgan nisbiy barkarorligi konuniyatli xarakterga egaki, bunda fakat 
rangni idrok etishgina emas , balki narsaning katta-kichikligi va shaklni idrok etish 
xam barkarordir. Maxsus tadkikotlar shuni kursatadiki , idrokning barkarorligi kishida 
avval boshidanok, yani tugilishi bilanok mavjud bulgan emas. U asta-sekinlik bilan, 
katiy konunlarga binoan shakllana boradi. Agar idrokning barkarorligi mavjud 
bulmaganida, kishi tashki muxitda muljalni tugri ola bilmasdi - tevarak-atrofidagi 
narsalarga nisbatan uning xoloti salgina uzgarishi bilan kuz ungida turgan olamning 
manzarasi keskin uzgarib ketavirar, narsalar notugri idrok etilaveradi. Konuniyatli 
alokalarni bilishning birgina uzi konuniyatning namoyon bulishi uchun vosita
xisoblangan konkret mexanizimlarni tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun
psixologiyaning vazifasi psixologik faktlar va konuniyatlarni urganish bilan bir katorda 
psixik faoliyatning mexanizimlarini aniklashdan iboratdir. Masalan, kuzining tur 
pardasiga tasir utkazish natijasida ruy beradigan jarayenlar bilan kuz sokkalarini 
tutashtiradigan va kochiradigan mushaklarining zurikishi natijasida xosil buladigan 
xayajonlanishning uzaro birgalikda xarakati narsadan uzoklashish chogida uning 
xajmini idrok etishning nisbiy barkarorligini taminlovchi mexanizmlardan biri bulib 
xisoblanadi. Garchi narsa uzoklashganda uning kuz tur parladarining tasirchan 
tukimararidagi tasviri tegishli tarzda kichrayadi, amma kuzning sokkalari bir-biridan 
kochishi chogida kuz mushaklarining zurikishi uzgarayotib, narsaning kichraygani 
emas, balki uning uzaklashgani xakida axborot beradi. Psixik faliyat mexanizmlari u 
yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkrat anatomik-fiziologik 
apparatlarning ishlashini takozo kilgani uchun xam psixologiya bu mexanizmlarning 
tabiati va xarakatini boshka fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kebernetika va 
boshkalar) bilan birgalikda ochib beradi. Shunday kilib, psixologiya fan sifatida 
psixikaning faktlarini, konuniyatlarini va mexanizmlarini urganadi Amma shu 
narsa ravshanki, keltirilgan tarif xam psixologiyaning predmeti tugrisida suz 
yuritilganda bu psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar va shu kabilarni urganadigan 
fan ekanligi xakidagi ananaviy tariflar kabi juda muxim izox talab kiladi. Psixik 
xodisalarning “aloxida xodisalardan” ekanligi, ularning “ichki dunyoni” tashkil etish 
xakidagi takidlari uz xolicha psixikaning moxiyatini, uning uziga xos xususiyatlarini 
ochib bera olmaydi. 
Psixika nima degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik 


xodisalarning moxiyati va xarakteri xakidagi tasavvurlar asrlar davomida kanday 
uzgarib borganligiga, kiskacha bulsada nazar tashlash shart. 
Yukoridagi malumotlarni mustaxkamlash uchun “Akliy xujum” usuli 
kullanilishi mumkin. Bunda ukuvchilarga ukituvchi tomonidan kuyidagi savollar bilan 
murojat kilinadi va shu savollar yuzasidan xamma ukuvchilar uz fikrlarini bayon 
etadilar. 
1. Psixologik bilimlarning xar bir inson uchun axamiyati. 
2. Psixologiya fan sifatida, u urganadigan xodisalar va konuniyatlar. 
3. Psixikaning namoyon bulish shakllari va ularning uzaro boglikligi. 
4. Psixologiya rivojlanayotgan fanlar tizimida. 
5. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda nima tushunasiz. 
2. Psixologik talimotlar tarixidan Ijtimoiy xayot extiyojlari kadim zamonlardan 
buyon kishini tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jixatdan tuzilish xususiyatlarini
farklay bilishga va ularni uz xatti-xarakatlarida xisobga olishga majbur etib kelgan. 
Dastlab bu xususiyatlarga jonning tasiri deb izox berilgan. “Jon” tushunchasining 
paydo bulishi ibtidoiy xalklarning animistik karashlari bilan boglikdir. Ibtidoiy 
odamlarning tasavvurida rux tanadan batamom ajralmagan buladi. Bunday tasavvurlar 
xayot xodisalari va ongni, shu jumladan, uyku, ulim, xushdan ketish va shu kabilarni 
noilmiy, primetiv-materialistik tarzda talkin kilish okibatida tarkib topgandir. Ibtidoiy 
odam bu xildagi xodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalariga ega 
bulmasdan, bevosita idrok kilinadigan yuzadagi narsani xakikiy moxiyat sifatida kabul 
kilib kelgan. Jumladan, tush kurish uxlayotganda tanani tark etib, er yuzida kezib 
yuruvchi ruxning taassurotlari deb tasavvur kilingan. Ibtidoiy odam ulimni xayotiy 
jarayonning boskichi deb tushunmaganlar. Shu bois ulim uykuning bir turi sifatida 
idrok etilib, bunda rux allakanday sabablarga kura tanaga kaytib kelmaydi deb 
izoxlangan. Ibtidoiy odam bu xodisalarni taxminan kuyidagicha tushungan: rux -
kishining aynan uzi, uning extiyojlari va odatlari, xayot kechirish shart-sharoitlari tirik 
odamlarnikidekdir. Marxumlarning ruxlari xam guyo odamlarniki kabi mashgulotlar 
va social tartib mavjud bulgan xamjamiyatni tashkil etarmish. Tirik odamlar va 
marxumlarning ruxi uzaro alokada bulib, moddiy va xujalik jixatdan bir-biriga 
boglikdir. 
Yovvoyi odamlarning tabiat karshisidagi ojizligi sababli individ xam, 
jamiyatning xam ruxan tobeligi xakidagi tasavvurlar natijasida ruxga toat-ibodat 
tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi. Keyinchalik 
jamiyat tarakkiy eta borgan sari, rejalashtirish va ijroning, jismoniy mexnat va “ishlab 
chikarishning mayenaviy kuchlari”ning tabakalashuvi, sinfiy jamiyatning borishi 
munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati xakidagi goyalar paydo buldi. Shu 
bilan birga oldingi antimistik, afsonaviy tasavvurlar urnini ruxni borlikning 
naturfilosofik manzarasi nuktai nazardan tushuntirishga urinishlar egallay boshladi. 


Insoniy naturfilosoflari - Fales (eramizdan oldingi UP-U! asrlar), Anaksimen 
(eramizdan oldingi U asr) va Geraklit (eramizdan oldingi U!-U asrlar) ruxi olamning 
ibtidosini tashkil etuvchi narsa (suv, xavo, olov)ning odamlar va xayvonlarga jon ato 
etuvchi shakli tarzida talkin kilishgan. Kadimgi yunon faylasuflarining bu goyani 
izchillik bilan utkazishlari materializmning uziga xos shakli - materiyaning jonliligi 
tugrisidagi xulosalarga olib keldi. Bu materialistik goyalarning Demokrit (eramizdan 
oldingi U-1U asrlar), Epikur (e.o. 1U-Sh asrlar) va Lukreciy (e.o. 1asr) kabi atomistlar 
tomonidan rivojlantira borishi okibati ularok, rux tanaga jon bagishlovchi moddiy jism, 
shuningdek moddiy asos xisoblanmish akl, yani, boshkacha kilib aytganda, xayotning 
butun jaroyonini boshkarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan azo 
sifatida talkin etila boshladi. Rux bilan akilning uzi tananing azolari bulgani uchun 
ularning uzi xam tana xisoblanadi, va atomistlarning fikriga kura, sharsimon, kichik va 
shuning uchun xam ancha xarakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning 
soddaligiga karamay unda jonli narsa - tananing eng sodda funkcyalaridan tortib to 
psixikasiga, akl-idrokka kadar jonliligi tasdiklanishi progressiv xol edi. Shunday kilib, 
faoliyatini ilmiy tushunish yulidagi dastlabki yirik muvaffakiyatlar uning fizikaviy 
olam konunlariga buysunishini isbot kilish bilan, uning kurinishlari organizmning 
anotomik-fiziologik tuzulishiga boglikligini kashf etish bilan uzviy boglikdir. Shu 
bilan birga usha davr materializm namoyondalari ixtiyoridagi malumotlar yordamida 
kishiga xos mavxum mantikiy tafakkur kanday bulishini, shaxsning manaviy fazilatlari 
kay tarika tarkib topishini, kishining maksad kuzlashi va gavdani uz izmiga buysundira 
bilishi kobiliyati kay yusinda tamin etilishini va shu kabilarni tushuntrib berish kiyin 
edi. Chinakamiga insoniy xulk-atvoriga oid ushbu alomatlarni atomlar xarakati 
doirasidan tashkariga olib chikish, “sharbatlar” aralashmasi yoki miyaning tashki 
tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa kuldorlik jamiyati manfaatlarini 
ximoya kiladigan faylasuflarning psixika xakidagi idealistik karashlarning rivojlanishi 
uchun - sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar oarsida Aflotun (e.o. 428/427-347 yillar) 
aloxida ajralib turadi. U jonning kismlari tugrisidagi tushunchani yaratdi. Shunday 
kismlardan: 1. akl-idrokni; 2. jasoratni; 3. orzu-istakni aloxida ajratib kursatadi va 
ular tananing turli kismlari (bosh, kukrak,korin bushligi)ga joylashgan buladi degan 
fikrni ilgari surdi. Aflotunning fikricha, jonning kismlarda bir xil taksimlangan bulib, 
ulardan birining boshkalariga karaganda ustun bulishi individning u yoki bu social 
guruxiga mansubligini belgilaydi. Jumladan, oddiy mexnatchilar jon kuyi kismining, 
yani nafsning ustunligi bilan ajralib turadilar. Ularning azaliy kismatlari-uzlarida 
ruxning akl-idrokli, oliy kism xukumron bulgan aristokratlarga - faylasuflarga xizmat 
kilish emish. Bu urinda Aflotun dunyokarashlarining sinfiy moxiyati yakkol namoyon 
buladi. Ularning “goyalar” kurinmas, lekin tabiatning narigi tomonidagi oliy dunyoni 
tashkil etuvchi azaliy va uzgarmas moxiyatlari ekanligi tugrisidagi talimoti katta 
axamiyatga ega buldi. Jonning akl-idrokli kismi omanat tanaga jo bulgunga kadar ana 
shu dunyoga daxldor. U tanaga jo bulib olgach, tugilishga kadar kurilgan narsalarni 
eslay boshlaydi. Xotiralar kanchalik erkin bulsa, unda xakikiy bilimlar shunchalik kup 


ochilib boraveradi. Aflotun psixologiyada dualizmning, yani moddiy va ruxiy olamni, 
tan bilan psixikani ikkita mustakil va antogonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan 
talimotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga karaganda uning shogirdi Arastu 
(eramizga kadar 384-322 yillar)ning talimoti ancha muvaffakiyatli ravishda ilgarilab 
ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda kayta kurib, uni biologiya va tibbiyot 
bilan bogladi. Arastuning “Jon tuxrisida”gi asari psixoligiyaning bu davrga kelib uziga 
xos bilimlar soxasi sifatida ajralib chikkanligidan dalolat beradi. Uning yutuklari xam 
xayvonlardagi, xam odamlardagi konret xayotiy kurinishlarni kuzatish, tasvirlash va 
taxlil kilish bilan boglik edi. Arastu ruxiy faoliyatni urganishning tajriba metodini, 
obekiv metodni ximoya kilib chikkan edi. 
Iskandar Zulkaynarning yurishlari davrida uning tarbiyachisi bulmish 
tabiatshunos Arastuning kuz ungida turgan tabiiy sharoitlarga muvofiklashgan rang-
barang xayvonot dunyosi namoyon buldi. Bu esa Arastuning jon xakidagi talimotini 
yaratishi uchun shart-sharoit yaratdi. Arastuga kadar materialistlar xam, idealistlar xam 
rux va tana bir-biridan aloxida yashashi mumkin, deb xisoblashardi. Arastu kishilik 
tafakkuri tarixida birinchi bulib rux va jonli tananing ajralmas ekanligi goyasini ilgari 
surdi. “Rux dargazab bulayotgan deb aytish biron-bir kimsaning rux mato tukiyapti 
yoki rux uy kuryapti deyishi bilan barobardir”, - deb yozgan edi Arastu. Jon kisimlarga 
xarakatga keltirish, akl-idrok kabi turlariga oid kobiliyatlarda namoyon buladi. 
Birinchi kobiliyat usimliklar uchun, ikkinchi va uchunchisi xayvonlar uchun, 
turtinchisi odam uchun xosdir. Usimliklar, xayvonlar ruxi va akl-idrokli zot ruxi 
tugrisidagi talimotlari bilan Arastu oliy kobiliyatlar sodda kobiliyatlardan va ularning 
negizida paydo budishini bildiradigan rivojlanish princpini joriy etdi; odamda xayot va 
psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi dastlabki bilish kobiliyati 
xisoblanadi. U “mum temir va oltindan yasalmagan bulsada, muxrning izini kabul 
kilganidek”, predmetlarning materiyasiz xolida xis etilgan shaklni kabul kiladi. Sezgi 
tasavvurlar shaklida iz koldiradi. Arastu ilgari sezgi azolariga tasir utkazgan narsalar 
obrazlarning tasavvur tarzida mavjudligini kashf etadi. U shuningdek bu tasvirlar 
uxshashligi, turdoshligi va keskin farklanishi kabi uchta yunalishda birlashuvini xam 
kursatadi, bu bilan psixik xodisalar associaciyasi (boglanishi)ning asosiy turlarini 
ochib beradi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarini fakat uzining 
xususiy faolligi orkali ruyobga chikarishiga asoslangan xolda xarakterning real 
faoliyatida shakllanishi tugrisidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar va 
kungulchang bulishi uning adolatdi va meyoridagi xarakatlarni tez-tez takrorlayverishi 
natijasida ruy beradi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning talimotlari keyingi 
asrda psixologik goyalarning rivojlanishida tayanch tukta, asos buldi. Asta-sekin rux 
xakidagi tushuncha xayotning barcha kurinishlariga nisbatan kullanilavermasdan, 
fakat xozir bir psixika deb atayotgan darajaga nisbatan kullanila boshladi. Psixika 
kategoriyasining zamirida ong xakidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi fakat idrok 
va tafakkurga ega bulib kolmasdan, balki ularning unga mansubligini etirof etishga, 
ixtiyoriy xarakatlar kilibgina kolmasdan, balki bu xarakatlarni uning uzi 


kilayotganligini bilishga xam kodirdir. Bir vaktlar yagona xisoblangan rux xakidagi 
tushuncha organizmning tuzilishi va funkciyalarini tajriba tarikasida tatkik etish 
borasidagi tarakkiyotning, shuningdek social extiyojlarning tasiri ostida birkancha 
mayda tushunchalarga bulinib ketdi. Eramizdan oldingi III asrda aleksandriyalik 
vrachlar Gerofil va Erazistrat nervlarni kashf etishdi va ularning pay va chandirlardan 
farkini aniklab berishdi. Bu vrachlar psixik funkciyalar miyaning kuzgatilishiga boglik 
ekanligini muntazam ravishda urganib borishdi. Umuman gavda emas, balki tananing 
ayrim azolarigina psixika bilan chambarchas boglikligi aniklandi. Xayotning xar 
kanday kurinishiga asos buladigan rux bilan sezgilar va xarakatlarning asosi sifatidagi 
ruxni ikkita xar xil guruxlarga bulib chikdi. 
Eramizdan oldingi II asrda rumlik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning 
yutuklarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi xakidagi tasavvurlarni boyitdi 
va ong tushunchasiga yakinlashib keldi. U dikkat, xotira, muloxaza ishtirok etadigan 
xarakatlarning kishi, masalan, uykusid a bajaradigan xarakatlardan chegaralanishini 
kursatib berdi. Unisi xam, bunisi xamrux bilan idora kilinadi, lekin birinchi xolda 
kushimcha momentlar ishtirok etadi. Ong tugrisida paydo bulgan tushuncha idealistik 
falsafa tomonidan foydalanildi. Idealistik falsafa kullik revolyuciyasi va grajdanlar 
urushi Rim imperiyasini larzaga keltirib turgan sharoitda din va mistika bilan til 
biriktirgan xolda gullab-yashnayotgan idealistik filosofiya tomonidan foydalanilgan 
edi. Oldiniga Plotin (eramizning III asri), sungra esa Avgustin (eramizning IV-V 
asrlari) ong xakidagi tushunchaga fakat idealistik tus berishgan edi. Barcha bilimlar 
ruxda mujassamlashgan, u esa uziga kaytish kobiliyatiga ega bulib, uz xususiy 
faoliyatini va uning kuz ilgamaydigan maxsulini xaddan ziyod aniklik bilan egallaydi 
deb xisoblanadi. Ruxning uz uzini bu xildani bilishi odamning tashki sezgi azolar
orkali xosil kilinadigan tajribasidan tubdan fark kiladi. Keyinchalik bu nuktai nazar 
introspekcionizam nomi bilan atala boshladi. Xukumron diniy idealogiya odamda real 
olamga nisbatan salbiy munosabat uygotdi, real tajribadan maxrum bulgan psixologik 
bilimlarning tarakkiyoti tuxtab koldi. U yangi ijtimoiy-tarixiy sharoitlardagina 
yangidan bunyodga kelishi mumkin edi. Bunday shart-sharoitlar ishlab-chikarish 
kuchlari yuksala borishi, yangi ijtimoiy munomabatlarning paydo bulishi bilan tarkib 
topa boshladi. Xali feodalizm zaminidayok ilgor psixologik talimotlar paydo bula 
boshladi; feodalizm sirtmogidan kutilgan shaxsning ongi ruxning cherkov-diniy 
kocyepciyasiga karshi keskin kurash jarayonida karor topdi. Xar kanday talimotning 
umumiy xarakteri ana shu koncyepciyaga nisbatan munasabat bilan belgilanadi. 
Inkviziciyaning gulxanlari yangi social kuchlar ilgari surgan va ozodlikka chikayotgan 
tafakkurni yakson kila olmadi. Oldin Niderlandiyada,keyinchalik Angliyada burjua 
revolyuciyalari yuz berdi. Ijtimoiy extiyojlar tafakkur tarzini uzida tuntarish yasadi. 
Kishining xayot faoliyatini xam kushgan xolda tabiatni tajriba yuli bilan urganish va 
mexanistik tushuntirish tafakkur tarzi amal kiladigan princip bulib koldi. XVII asr 
biologik va psixologik bilimlar tarakkiyotidagi yangi davrni ochib berdi. Tanaga 
nisbatan xam, ruxga nisbatan xam karashlarda tub burilish yuz berdi. Inson tanasi 


mashinaga uxshatiladi, texnika kurilmalarining tuzilishi kanday principlarga 
asoslangan bulsa, tana tuzilishi xam shunday principlarga asoslangan deb tasavvur 
etiladi, binobarin tana xam mashina singari ruxning boshkarishiga muxtoj emas deb 
karaladi. Francuz olimi Dekart(1596-1650) tomonidan xulk-atvorning reflektor 
tabiatga ega ekanligini kashf etilishi ana shu goya bilan uzviy boglangandir. Buyuk 
francuz mutafakkiri yurakdagi mushaklarning ishlashi kon aylanishining ichki 
mexanikasi bilan boshkarib turilgani kabi xulk-atvorning xamma darajalaridagi boshka 
mushaklarning ishlashi xam xuddi soat mexanizmida millarning aylanishiga uxshasa 
kerak, deb taxmin kilingan edi. Refleks xakidagi tushuncha organizmning tashki 
tasiriga konuniy javob reakciyasi sifatida pado buldi. Demak mushaklar tashki 
turtkilariga ruxning xech kanday aralashuvisiz, nerv sistemasining tuzilishi etibori 
bilan xam javob kaytarishika kodirligini isbotlab berdi. Axir biz soat mexanizmining 
yoki jism yuzasidan kaytayotgan nurning xarakatini ruxning ishi deb aytmaymiz-ku. 
Xayvonlar xam uziga xos mexanizmlar bulib xisoblanadi, nervlardagi jarayonlar esa 
nurning kaytishi bilan miyadan mushaklarga utib aks etadi. Bu nuktai nazar 
chinakamiga revolyuciya bulib, nerv-mushak faoliyatini obektiv ravishda bilish 
vositasiga aylanadi. Dekart uzining “ nerv mashinasi” xarakatlaridan bunga kadar 
ruxgagina xos deb xisoblab kelgan kup sonli psixik xodisalarni keltirib chikarishga 
xarakat kilgan edi. U sezgilar, kuchli extiroslar kanday yuzaga chikishi mumkinligini 
tushuntirib berdi. Lekin u uz reflektor sxemasini butun psixik faoliyatga joriy eta 
olmadi. Uning talimotida rux tanadan allakanday mustakil va aloxida moxiyat sifatida, 
refleks bilan bab-baravar tarzda kuyilgandir. Dekartning dualizmini XVII asrning 
buyuk mutafakkirlari - birovlari materialistik nuktai nazardan, boshkalari idealistik 
nuktaiy nazardan rad etishdi. Konunlari psixologiyaning xam konunlari xisoblangan 
mexanik xarakatni yagona reallik deb elon kilgan ingliz materialisti Gobbs (1588-
1679) ruxni butunlay rad etdi. Psixologiya tarixida birinchi marta rux xakidagi talimot 
bulmasdan, balki u tanadagi jarayonlarning soyasi kabi ruy beradigan ruxiy xodisalar 
xakidagi talimotga aylandi. Psixikani allakanday gayri oddiy kurinishdagi narsaga 
aylanishi evaziga olamning yaxlitligiga erishildi. Bu nuktai nazar epifenomenalizm deb 
nom oldi. Shuni unitmaslik kerakki, u uz davri uchun ilgor nuktai nazar xisoblanardi, 
negaki, bu nuktai nazar usha paytlarda xukumron bulgan allakanday ruxiy moxiyat 
yoki ruxiy kuchlar xakidagi ishonchlarni puchga chikardi. Niderlandiyalik 
materialistik faylasuf Spinoza (1632-1677) xam, Gobbs kabi, olamning bir butunligi 
tugrisidagi goyaning astoydil ximoyachisi edi. U ongni katta kulamga ega materiadan 
sira kam bulmagan real narsa deb xisoblardi. Uning shox asari bulmish “Etika” ning 
teoremelaridan birida “Goyalar tabiati va alokasi kanday bulsa, narsalarning tabiati va 
alokasi xam shundaydir” deyiladi. Tana xam, uning goyalari xam tabiatning usha 
mutlok tarkibiga kiritilgandir. Bu urinda Spinoza xuddi Gobbs kabi (refleks xakidagi 
talimotida Dekartga xam uxshab) ilmiy psixologiyaning asosiy principlaridan biri - 
determinizm principining jarchisi bulib chikdi. Bu principga kura barcha xodisalar 
moddiy sabablar va konunlarning tasiri ostida ruy beradi. Kishining xis-tuygularini, 


xatti xarakatini idora etuvchi konunlar uzlarining katiligi va anikligi jixatdan 
geometriya konunlariga uxshaydi, deb tasdiklanadi. “Etika” geometrik traktat shaklida 
yozilgan, unda bir koidaning mukarrar ravishda ikkinchi koidadan kelib chikishi xam 
bejiz emas. Mexanika, optika, geometriya soxasida erishilgan yutuklar psixologik 
fikrlar rivojiga samarali tasir kursatdi. 
Fan tarixida birinchi bulib ongsizlik psixikasi xakidagi tushunchani ilgari surgan 
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnic (1646-1716)ning talimotiga 
matematika, jumladan integral va differencial xisoblar kashf etilishi tasir etgan edi. 
Psixik xayot manzarasi arifmetik yigindi tarikasida emas, balki integral tarzda 
namoyon buldi. Leybnic tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi goyasiga tayangan 
xolda percyepciya (bevosita ongsiz idrok)ni appercyepciya (dikkat va xotirani uz 
ichiga olgan anglanilgan idrok)dan farklagan edi. Leybnic idealist bulgani uchun xam 
olamni kuplab ruxlar - “monad”lardan tarkib topgan deb xisobladi. Shu bilan birga u 
psixologiyaga juda kup yangiliklarni, eng avvalo, psixikaning onglilik va ongsizlik 
kurinishlarini urtasidagi murakkab nisbat xakidagi goyani olib kirdi. XVII asrda fanda 
va xayotda racionalizm xukumron edi. Unga kura xakkoniy bilimga fakat akl-idrok 
orkali erishish mumkin. Ilgor mamlakatlarda yuz berayotgan tub iktisodiy uzgarishlar, 
industrial revolyuciya, ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbik etish uchun intilishlar XVIII 
asrda empirizm va sensualizm - tajriba va xis etiladigan bilishning “sof” akl-idrokdan 
afzalligi xakida talimotning, yani aklda xech kanday tugma goyalar va principlar 
bulishi mumkin emasligi xakidagi talimotning oldingi marraga kutarilishiga olib keldi. 
Bu talimotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil ximoya kilib 
chikkan edi. Uni emperik psixologiyaning asoschisi deb xisoblash kabul kilingan. 
Barcha bilimlarning tajribadan kelib chikishi xakidagi koida psixologiya uchun muxim 
axamiyatga ega buldi. Chunki u ruxiy xayotning konkret faktlari, oddiy xodisalardan 
murakkab xodisalarga utish yullari puxta urganilishini takozo etadi. Lokkning fikricha, 
tajribaning ikkita manbai bor: biri tashki sezgi azolarining faoliyati (tashki tajriba) va 
ikkinchisi uzining xususiy ishini idrok etuvchi aklning ichki faoliyati (ichki tajriba)dir. 
Kishi xech kanday goyalarga ega bulmagan xolda dunyoga keladi. Uning ruxi - “toza 
taxta” bulib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab 
goyalardan tarkib topadi. Bu goyalar yo sezgilardan, yo ichki idroklardan xosil buladi. 
Ikkinchi xolatda ong real narsalarga emas, balki uz xususiy maxsuliga yunaltirilib, uzi 
bilan uzi bulib koladi. Lokkning refleksiya talimoti kishi psixologik faktlarni 
introspektiv tarzda bilib oladi, degan taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm 
ilgari suriladi. Ong va tashki olamni princpial jixatdan turlicha usullar yordamida 
bilish mumkinligi vajidan xam ular bir-biriga karama-karshi kuyilar edi. Lokkning
tashki va ichki tajriba tugrisidagi talimoti ikki xil xarakterga ega ekanligi xam 
materialistik, xam idealistik talimotlarning tarakkiyotga turtki berishiga sabab buldi. 
Materialistlar Gartli (1705-1757) bosh bulgan ingliz, Didro(1713-1784) bosh bulgan 
francuz, A.N.Radishchev (1749- 1802) bosh bulgan rus materialistlari olamni bilishda 
tashki tajribani asos kilib olib, inson psixikasining ichki mazmuni asosida odamning 


atrof-muxit bilan uzaro munosabati yotadi, degan edilar. Idealistlar bu moxiyatni 
birlamchi va xech narsadan kelib chikmaydi deb elon kilishdi. Lokkdan keyin goyalar 
associaciyasi konuni psixologiyaning asosiy konuni xisoblanadi, degan fikr 
mustaxkam urnashib kolgan edi. Associanizm psixologiyada xukumron yunalish bulib 
koldi. Psixikaning moxiyatini bilishdagi tafofutlarga monand tarzda associanizmda 
xam ikki yunalish - materialistik va idealistik yunalishlar bir-biriga karama-karshi edi. 
XVIII asrdagi associativ psixologiyada materialistik yunalishning eng yirik
namoyondasi David Gartli edi. U Nyutonning fizikasiga, shuningdek fiziologik va 
tibbiyot soxasidagi yutuklarga tayanib, refleks xakidagi tushuncha bilan associasiya 
xakidagi tushunchalarni birlashtirdi. Uning talimotida nerv sistemasiga sezgi 
azolaridan miya orkali mushaklarga etkaziladigan tashki tasiri butun psixik xayotning 
ilk manbai sifatida kabul kilgan edi. Bu tasir miyada sezgilar tarzida va ularning izlari 
- goyalar tarikasida saklanib koladi. Bir-biriga yakin sezgilarning tez-tez taktorlanishi 
shunga olib keladiki, nerv sistemasida boshka sezgilar koldirgan izlarning butun 
zanjirini tiklash uchun bittagina sezgining uzi kifoya kiladi. Kachonki, ushbu zanjirga 
yangi kuzatuvchi - suzning kushilishi bilan idora va tafakkur paydo buladi. Ilgari 
bevosita xissiy tasir utkazishni takozo kiladigan xarakterlar urnini associaciyaga kura 
suz egallaydi. Gartlinning talimoti goyat izchillik bilan ajralib turardi. Uning talimoti 
determinizm princplariga asoslangan edi. Psixik xayotning associaciyasi konuniga 
binoan talkin etilmagan bironta xam soxasi kolmadi. Bu konun inson ruxiyatini 
tushunishda xuddi butun olam tortishish konuni kabi universal kunun bulib koldi. 
Associativ psixologiya olamda istalgan fazilatlarni tarkib toptirish istikbolini 
ochib beradigan, ularning nerv sistemasiga tasir kursatish yuli bilan xulk-atvorini 
boshkarish imkoniyatini yaratadigan nazariya sifatida kutib olindi. Bunda nerv 
sistemasining uzi xar kanday moyillik va tugma xislatlardan xoli buladi, deb tasavvur 
kilindi. 
Bu nuktai nazarga karama-karshi ularok, XVIII asr psixologik fanlar tarixida 
kobiliyatlar psixologiyasi degan boshka bir yunalish xam bor edi. Kobiliyatlar 
psixologiyasining tarafdorlari ruxga ichki kuchlar oldindanok xos bulgan deb davo 
kilishgan edi. Bu kuchlar uchun asosli biron-bir dalil keltirilmasdi. Ular sira xam 
asoslanmagan xolda allakanday birlamchi narsa sifatida kabul kilinadi. Shu tarika 
kobiliyat psixik xodisalarning xakikiy ilmiy moxiyatini ochib bermay, soxta tushuncha 
bulib kolgan edi. 
XVIII asr nerv sistemasini tadkik kilishda yangi ulkan yutuklar bilan
nishonlandi. Shu asnoda psixika mexanik xarakat andazasi buyicha emas, balki 
organizmning boshka xayotiy funkciyalari andazasi buyicha tasavvur kinishi kerak 
degan fikr tugildi. Psixika miyaning funkciyasi ekanligi xakidagi talimot tarkib topadi. 
U XVIII asrdagi franciz materialistlari tomonidan ilgari surilgan edi. Ular tashkarida 
xosil kilinadigan taassurotlar tafakkur jarayonining boshlangich momenti, fikrning suz 
yoki imo-ishora orkali ifoda etilishi privard momenti xisoblanadi, xar ikkala moment
orasida esa miyada nervning nomalum jarayonlari ruy beradi, deb isbotlashardi. 


Kurinib turibdiki, bu xolda xam princial sxema refleksi eslatadi. Lekin francuz 
materialistlari “refleks” terminini fakat tashki kuzatuvchiga javoban ongsiz kilinadigan 
xarakatga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Konventning jodida katl etganlarida 
mushaklarining kanday tortilishi savoliga Kabanis jodining tigi katl etilganlarga azob 
bermaydi, chunki ularning xarakatlari sof reflekslardangina iboratdir, deb axborot 
bergan edi. 
Organizmga xarakatlarning ikki xil turi - ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xosdir, 
degan fikr utgan asrning birinchi yarmida keng narkalgan edi. Bu fikirning tugriligini 
fiziologiyada ingliz Charlz Bell va francuz Fransua Majandi tomonidan sezuvchi va 
xarakat nervlari urtasidagi tafovvutlarning kashf etilishiga olib kelgan ajoyib yutuklari 
xam tasdiklaydi. Orka miya nerv tomirlarini kuzatish turlicha natijalarga olib keldi. 
Mushaklar fakat oldindagi tomirlar kuzgatilgand agina uzgargani kuzatildi. Orka 
tomirlarga kelganda shuni aytish kerakki, ularning sezuvchanlik funkciyasi borligi 
etirof etildi. Sezuvchi nervning uchlari kuzatilganda bu nervdan orka miyadagi nerv 
markazi orkali impuls xarakatlantiruvchi nerv buylab mushakka utadi. Ana shu yulning 
xammasi reflektor yoyi degan nom oldi. Refleks xodisasi falsafiy taxmindan tajribada 
sinalgan faktga aylanib koldi. Lekin reflektor yoyi mexanizmi fakat sodda formadagi 
xarakat reakciyalarini tushinish imkonini beradi. Biolog Pflyugerning utgan asrning 
50-yillarida utkazgan tajribalari refleks xakidagi tushuncha fakat odamning emas, balki 
tevarak-atrofdagi moslashishga layokatli xayvonlarning xatti-xarakatlarini xam 
izoxlab berishga ojizlik kilib kolishini kursatgan edi. Kupgina faktlar refleks xakidagi 
tushuncha yordamida xatti-xarakatni butunlayicha izoxlab berish mumkinligiga 
shubxa bildirishga majbur etdi. Lekin shunga karamay bu tushunchada kimmatbaxo bir 
goya mujassamlashgan ediki, unga kura organizmning faolligi moddiy azoga moddiy 
tasir kursatish bilan belgilanadi. Bu goyadan voz kechish ruxning tanani xarakatga
keltiruvchi kuch ekanligi xakidagi eski tasavvurlarga kaytishdan iborat bulur edi. 
Fanda murakkab vaziyat vujudga keldi: bir tomondan, tirik mavjudodlarning faolligi 
sabablarini fakat refleks xakidagi tushuncha izoxlab berar edi. Ikkinchi tomondan, 
ushbu faollikni kuzatish uni nervlarning oddiy mexanik alokalaridan tashkariga olib 
chikish mumkin emasligini kursatdi. 
Bu boshi berk kuchadan chikish yulini XIX asrning ikkinchi yarmida buyuk rus 
olimi 
I.M.Sechenov 
(1829-1905) 
topdi. 
Uning 
materialistik 
etikodi 
N.G.Chernishevskiy (1828-1889) boshchiligidagi revolyucion-demokratlar tomonidan 
tayyorlangan falsafiy negiz asosida yuzaga kelgan. 
3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. 
Psixologiya yaxlit va mustakil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning 
shakllanishiga xizmat kilib, inson omiliga alokadorligi uning shu yunalishdagi 
muammolarni malum manoda urganadigan barcha fanlar bilan bevosita alokasini 
takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bulib, 
psixologiyaning ular orasidagi mavkei uziga xos va etakchidir. 


1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy 
falsafa kismi bilan bulgan aloka bu ikkala fanning inson va uning xayoti moxiyatini 
tula anglash va uning rivojlanish tendenciyalarini belgilashdagi urni va axamiyatidan 
kelib chikadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bulgan umumiy 
konuniyatlar va principlarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga 
uzi xam inson ongi va tafakkuri konuniyatlari soxasidagi yutuklari bilan falsafani boy 
malumotlarga ega bulishiga yordam beradi. Shuni aloxida takidlash joizki, mustakillik 
mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taallukli umumiy ilmiy konuniyatlarni 
izlashda xam yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning xamkorligi 
bevosita sezilmokda. Bu bogliklik avvalo yangicha tafakkur va dunyokarashni 
shakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy 
goyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat kilmokda. 
2. Sociologiya fani xam yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida uz 
tarakkiyotining muxim boskichiga utgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuklardan xam foydalanadi, xam ularning kulami kengayishiga baxoli kudrat xizmat 
kiladi. Ayniksa, psixologiyadan mustakil ravishda ajralib chikkan, bugungi tarakkiyot 
davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sociologiya bilan 
alokasi uzviy bulib, ular jamiyatda ijtimoiy tarakkiyot va progressni taminlash ishiga 
xizmat kiladi. Kolaversa, xukukiy, demokratik davlat kurish ishini sobitkadamlik bilan 
amalga oshirayotgan Uzbekiston axolisining xukukiy madaniyatini va demokratik 
uzgarishlarga psixologik jixatdan tayyorligini amalda taminlash, bu soxada muntazam 
tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyokarashlaridagi uzgarishlarni uz vaktida urganish, 
bashorat kilish va tarakkiyot mezonlarini ishlab chikishda ikkala fanlar metodologiyasi 
va metodlarini birlashtirish tadbikiy axamiyat kasb etadi. 
3. Pedagogika bilan psixologiyaning uzaro xamkorligi va alokasi ananaviy va 
azaliy bulib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi uziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi 
«Talim tugrisidagi Konun” xamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi”ni amalga 
oshirish xam ikki fan xamkorligi va uzaro alokasini xar kachongidan xam dolzarb kilib 
kuydi. Milliy dasturda etirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning 
chukur bilimlar soxibi bulib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar 
orasida yangi pedagogik texnologiyalarini talim va tarbiya jarayonlariga tadbik etishda 
pedagogikaning uz uslub va koidalari etarli bulmaydi. Shuning uchun xam psixologiya 
u bilan xamkorlikda yosh avlod ongining talim olish davrlaridagi rivojlanish 
tendenciyalaridan tortib, toki yangicha ukitish texnologiyalarini bola tomonidan 
uzlashtirilishi va undagi akliy xamda intellektual kobiliyatlarga nechoglik tasir 
kursatayotganligini urganish asosida talim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi 
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni takozo etadi. Ayniqsa, ma`naviy 
barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta`lim muassasalarida joriy etish 


xam shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda ukitishning eng ilgor va zamonaviy 
shakllarini amaliyotga tadbik etishni nazarda tutadi. 
4. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik xodisalar va 
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orkali ularning 
kechishi konuniyatlarini obektiv urganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh 
miyaning xamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshkarishda va 
ularni muvofiklashtirishdagi rolini etirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar 
erishgan yutuklar va ulardagi tadkikot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, 
shaxs kobiliyatlarini diagnostika kilish uning tugma layokatlari xamda orttirilgan 
sifatlarini bir vaktda bilishni takozo etgani sababli, usha tabiiy layokatning 
xususiyatlarini aniklashda psixofiziologiyaning kator usullaridan (miya assimetriyasi 
konunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniklash, kon 
aylanish va tana xaroratini ulchash metodlari) uz urnida foydalanadi va biologiya, 
anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan 
yutuklaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar soxasida erishilgan barcha 
yutuklar psixologiyaning predmetini mukammalrok yoritishga uz xissasini kushgan. 
5. Kibernetika fani soxasidagi yorishilgan yutuklar psixologiya uchun xam 
axamiyatli va zarur bulib, u inson shaxsining uz-uzini boshkarish va psixik jarayonlarni 
takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan kulga 
kiritilgan yutuklar va tadkikot metodlari, maxsus dasturdan uz urnida foydalanadi. 
Ayniksa, malumotlar asri bulgan XX va xar bir aloxida malumotning kadr-kimmati 
oshishi kutilayotgan XX1 asrda informacion texnologiyalar va modellashtirish 
borasida psixologiya xamda kibernetika xamkorligining saloxiyati yanada ortadi. 
Masalan, oddiy mulokot jarayonini yanada takomillashtirish, xar bir suzning 
shaxslararo munosabatlardagi tasirchanligini oshirish maksadida xamda ana shunday 
ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik 
modellaridan urinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi urni va rolini 
oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng kullanilishi inson miyasi va ruxiy 
olami sirlarini tez va anik urganishni kafolatlaydi. 
6. Texnika fanlari bilan psixologiyaning uzaro alokasi va xamkorligi ayniksa, 
asr oxiriga kelib yakkol sezilmokda. Bir tomondan murakkab texnikani boshkaruvchi 
inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik xayotning murakkab 
kirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki 
yunalishning erishgan yutuklarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir 
aloxida tomoni xam borki, u xam bulsa, texnika progressiga intilayotgan bir vaktda 
murakkab texnika va mashinalar bilan «mulokot” kilayotgan shaxs faoliyatini yanada 
mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi xam ana shu 
xamkorlikda xal kilinishi lozim bulgan masaladir. Ayniksa, mustakil Uzbekiston uchun 


murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnakiga 
xizmatini taminlash kanchalik dolzarb bulsa, ana shu texnikaga xar bir oddiy fukaro 
ongi, tafakkuri va kobiliyatlarini moslashtirish va «odam-mashina” dialogining eng 
samarali yullarini izlab topishi juda muxim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan” 
malakali mutaxassislar tayyorlash borasida xam texnika fanlari
pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, 
muvaffakiyatga erishadi. 
7. Iktisodiyot bilan psixologiyaning uzaro alokasi va xamkorligi xam yangilik 
bulib, ayniksa, bozor munosabatlariga boskichma-boskich utish sharoitida iktisodiy 
ong xamda iktisodiy xulkning uziga xos namoyon bulish konuniyatlarini urganishda 
ikkala fan teng xizmat kiladi. Uzbekiston Prezidenti I. A. Karimov mustakillikning 
dastlabki yillaridayok fukarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iktisodiy 
tafakkur shakllanishining jamiyat iktisodiy tarakkiyotidagi axamiyatiga etiborni 
karatgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi 
masalasida psixologiya iktisodiyot fanida kulga kiritgan yutuklar, yangiliklar va 
iktisodiy samaraga erishish omillarini xisobga olsa, iktisodiyot uz navbatida iktisodiy 
isloxotlarning obekti xamda subekti bulmish inson omilidagi barcha psixologik 
uzgarishlarni aniklash, taxlil kilish va shu asnoda bashorat kilish vazifasini echishi 
kerak. 
Yukorida takidlangan fan tarmoklari psixologiya bevosita uzviy alokada 
rivojlanadigan fanlarning asosiy kismi xolos. Bugungi kunda xar bir fan rivoji uchun 
inson omilini xisobga olish zarur ekan, psixologiya usha barcha fanlar bilan alokada va 
xamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, kishlok xujaligi, kimyo va ozik-ovkat ishlab 
chikarish sanoati, xukuk va madaniyatshunoslik kabi unlab fan soxalaridir. 
4.Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning aloxida tarmoqlarini differensiya 
qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan soxalar va ularning 
vazifalaridan kelib chiqadi. Xozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi 
eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini xamma tan olmoqda. Inson shaxsining 
esa bevosita kirib bormagan soxasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, 
falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan 
xisoblanadi. Chunki xamma sohada inson shaxsi faoliyat ko`rsatar ekan, xar bir sohada 
ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo 
munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini 
bilish va shunga ko`ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr 
mutaxassislari psixologik bilimlardan bohabar bo`lishlari lozimdir. 
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi xozirgi 
kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustaxkamlanayotganligidan dalolat 
beradi: masalan, 


• umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning 
o`ziga xos jihatlarini o`rganadigan maxsus sohasi; 
pedagogik psixologiya — kishiga ta`lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o`rganishni o`z predmeti deb biladi; 
• yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning to`g`ilgandan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o`zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o`zgarishi tamoyillarini 
o`rganadi; 
• ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari 
natijasida ularda xosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, etikodlar, xissiy kechinmalar va 
xulq-atvorlarini o`rganadi; 
• mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jixatlarini, qonuniyatlarini 
o`rganadi; 
• muhandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari 
operatorining faoliyatini, odam — texnika o`rtasida funksiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o`rganadi; 
• yuridik psixologiya — xuquq sistemasining amal qilishi bilan bog`lik 
masalalarning psixologik asoslarini o`rganadi; 
• xarbiy psixologiya — kishining xarbiy xarakatlar sharoitida namoyon 
bo`ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o`rtasidagi munosabatlarning 
psixologik jihatlarini o`rganadi; 
• savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, 
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar 
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini o`rganadi; 
• tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jixatlarini o`rganadi. 
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, 
boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, 
siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko`plab sohalari mavjudki, ularning har 
biri jamiyatdagi real extiyojlar va ularni ko`ndirishda psixologiyaning fan sifatidagi 
o`rni va maqsadidan kelib chiqadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va 
amaliyotning har xil sohalari bilan boǵliq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli 
tizimi tashkil etadi. 
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos 
qilib olinadi: 1. Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o`zi 
yashayotgan muhitga munosabatlari. 
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. 
Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari-umumiy 


psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta`sir etish, ularga ta`lim va tarbiya berish, 
psixik rivojlanishni boshqarish, ya`ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha 
psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya) 3. Har turli faoliyat 
sohalaridagi kishilar psixikasini o`rganuvchi psixologiya-mehnat psixologiyasi, 
muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo 
psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san`at psixologiyasi va h.k. 
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bular tegishli soha 
odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o`z navbatida maktabgacha 
tarbiya psixologiyasi, kichik maktab yoshi psixologiyasi, o`smirlik psixologiyasi, 
o`spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi-
gerontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin. 
Shuningdek, psixik rivojlanishda normadan og`gan bolalar, ya`ni anomal 
taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya ham bor. Patopsixologiya - kasallar 
psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya - aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya - 
kar-soqovlar psixologiyasi, tiflo psixologiya – ko`zi ojizlar psixologiyasi. Yuqoridagi 
berilgan ma`lumotlarni mustaxkamlash uchun «Baxs-munozara”usuli qo`llanildi. 
Bunda quyidagi savollar yuzasidan o`quvchilar bahs-munozara o`tkazishadi. 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1. 
Psixologiya fani ko`p tarmoqli bo`lishining sabablarini ayting? 
2. 
Yosh davrlar psixologiyaning ahamiyati? 
3. 
Savdo psixologiyasining tutgan o`rni nimada? 
4. 
Psixologiya fanlari tizimida ijtimoiy psixologiyaning qanday o`rni bor? 
5. 
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini axamiyati? 
ADABIYOTLAR 
1. Karimov I. A. «Uzbekiston XX1 asr busagasida.». — T., 1998y 
2. Karimov I. A. «Barkamol avlod-Uzbekiston tarakkiyotining poydevori”.T., 
1997y 
3. Gamezo M. V, Domashenko I. A. «Atlas po psixologii”. — M.,1986.g 
4. Gippenreyter Yu. B. Vvedeniye v obshuyu psixologiyu. Kurs lekciy. M., 
1996g 
5. Godfrua J. Chto takoye psixologiya. — M., 1992 T. 1. Gl.5g 
6. Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997g 
7. Endolcyev Yu. A. Znakomimsya s universitetom. SPb, 1996g 
8. Klimov E. A. «Osnovı psixologii”. Uchebnik. — M., 1997g 
9. «Psixologiya”. Pod red. A. A. Krılova, — M., 1998g 
10. Nemov R. S. «Psixologiya”. — Kn.1. — M., 1998g 
11. Karimova V. M. «Ijtimoiy psixologiya asoslari”. — T., 1994y 
12. Karimova V. M. «Psixologiya”.-T., 2000y 
13. Namangan muxandislik-pedagogika instituti. A. Burxanova.. K. 


Shodmonov. Psixologiya(Muammoli maruza matni). Namangan-2006y. 
14. Goziyev E. Psixologiya.T. 1994 y. 
15. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxririda. T. 1992y. 
16. Umumiy psixologiyadan xrestomatiya. 1991y. 
7-mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə