"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Verbal va noverbal muloqot



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

: Verbal va noverbal muloqot. 
Reja: 
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot. 
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. 
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. 
4. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik. Chet el adabiyotlarida muloqotning 
o‘rganilishi. 
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot. 
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqot - odamlarning birgalikdagi 
faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan 
o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda 
bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro 
munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish 
odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli hil ma’lumotlarni 
uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun 
ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning 
muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osongina 
tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti 


mobaynida o‘rganib boradi. Muloqot psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida 
B.F.Parigin shunday yozadi: 
«Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar 
kiradi: 
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; 
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shahsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; 
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
ye) shahslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni”. 
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ham 
ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma
erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi. 
Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o‘rganish ishini 
V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir. 
Muloqot funksiyalari. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - 
suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda 
samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng 
nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz 
bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol - ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, 
ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning 
ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar 
davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam 
bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum 
muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, 
«mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda 
qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham 
cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
Muloqotning shakllari va bosqichlari. Muloqot jarayoni o‘ziga 
xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich 
— odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani ―Ijtimoiy psixologiya" 
darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga 
ko‘rsatmalar bera oladi”— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti 
aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar 
odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga 
tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy 
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— 
muloqotning ikkinchi bosqichidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga 
kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan 
kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda 
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiymuloqot 


odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib 
chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti
professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning 
shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarnnng fikr-
o‘ylari, niyat-maqsadlari va emostional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, 
do‘stlar suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus 
vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. 
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo 
odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin 
shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni 
uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til 
topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik 
muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham 
rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki 
buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik 
talab qilinadi. 
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqotning verbal vositasi bu 
so‘zlar hisoblanadi.Verbal ta’sir – bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan 
ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. 
Nutq o‘zining fiziologik negiziga ko‘ra, eshitish va harakat analizatorlari 
faoliyatini bajaradi. Miya qobig‘ida tashqi olam tomonidan bo‘ladigan turli xil 
qo‘zg‘atuvchilar bilan so‘zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush 
paychalari, xiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o‘rtasidagi muvaqqat bog‘lanishlar 
o‘rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So‘z, I.P.Pavlov 
fikricha, ―signallar signalidir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi 
bildirmoqchi bo‘lgan fikrning ma’naviy o‘zagini tuzish -birinchi bosqich hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz 
chiqarib ayta boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ruyobga chiqadi. Shunday qilib, 
―gapirish‖ jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim 
bo‘lgan axborotni kodlashtiradi. Restipiyent tinglash jarayonida olingan axborotning 
kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo‘lgan so‘zning anglab etilishini 
ta’minlaydi. Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari 
og‘zaki muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib 
qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro‘y bersa, kishi nutqida 
turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so‘zlashish va tushunish qobiliyatining 
yo‘qotilishi) sodir bo‘ladi. XIX asrning o‘rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir 
qismlari ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. 
Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki peshona qismidagi 
burmalari orqali orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so‘zlarni 
talaffuz etishda buzilish ro‘y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim 
sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi 


shikastlanganda so‘zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. 
Miya to‘qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (―Broka 
markazi‖) va nutqni tushunish (―Vernike markazi‖) ―markazlari‖ deb yuritila 
boshladi. Lekin keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn, 
P.K.Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi 
miyaning alohida qismlari (―Nutq markazlari‖) faoliyatidan ko‘ra ko‘proq yaxlit 
holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq - 
ravshan bo‘ldi. Shunday qilib, nutq funksiyalarining jo‘shqin, ya’ni anatomik tarzda 
emas, balki harakatchan tarzda cheklanishi to‘g‘risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu 
markaziy asab tizimining keng ravishda kompensastiyalab turish imkoniyatlaridan 
foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to‘g‘rilashida juda katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Noverbal (nutqsiz) kommunikastiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, 
pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal 
kommunikastiya - so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi. 
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo‘q degani, ruslarniki teskarisi bo‘ladi. Turli 
yosh guruhlarida noverbal kommunikastiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalar 
ko‘pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o‘z xohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda 
yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilan bayon yetishning 
mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikastiya vositalarining mos kelishi muomala 
madaniyatining bir turidir. 
O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan habar topib, unga hamdardlik 
bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikastiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini 
g‘amgin tutadi, past ohangda, qo‘llarini yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini 
chayqagan holda chuqur xo‘rsinib gapiradi va h.k. 
Nutqsiz kommunikastiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida 
turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikastiyada qo‘llanilayotgan vositalarning 
axborotni so‘z bilan etkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat 
madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og‘zaki va 
ham nutqsiz kommunikastiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog 
uchun juda muhimdir. 
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni 
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy kiyofasi, fazilatlari, 
hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, 
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini 
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. 
Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish 
uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar 
funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu 
o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek 
halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, 


albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi 
xarakterliki, ta’ziyaga borgan chogda ham ana shunday samimiyatli qabulni his 
qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va halklarda ham bor, ya’ni 
bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga 
asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur 
insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan 
o‘grilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo 
bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida 
rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday 
holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik 
yeksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Kasbiy muloqotning ahamiyati haqida gapiring. 
2. Ta’limda shaxslararo munosabatlar, ularning psixologik xususiyatlarini 
o‘rganish masalasi dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatib bering. 
3. Kasbiy psixologik muloqot tushunchasini izohlang. 
4. Pedagogik muloqotning tarbiyaviy didaktik ahamiyati nimadan iborat? 
5. Ta’lim tarbiya jarayonida o‘qituvchi qanday kommunikativ vazifalarni 
amalga oshiradi? 
6. Yosh o‘qituvchi muloqot madaniyatiga qanday uslublar bilan erishadi? 
7. Pedagogik ta’sir eitshning mantqiy obrazini tasvirlab bering. 
8. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi? 
9. Jamoalarda psixologik moslik tushunchasiga misol keltiring. 
MA`RUZA MASHGʻULOTLARI MAVZULARIDA FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari 
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini 
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet. 
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology 
Copyright © 2009 Kelvin Seifert. 
5. Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004. 
6. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.: 
Pedagogika, 2002. 


7. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari uchun qo‘llanma. -T.: Istiqlol. 2003 
8. Gʻulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.: 
―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2000. 
9. Egamberdiyev E., Xo‘jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. – T.: 
Ma’naviyat, 2003. 
10. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001. 
11. E. G. Goziyev, K. Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003 y. 
12. N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskova i dr. ―Psixologiya 
professionalnogo obrazovaniya‖ (sibirskiy federalnыy universitet) SFU, 2010g. 
INTERNET SAYTLARI
1. www.edu.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.tuit.uz 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə