Reja:
1.
Axborot sivilizatsiyasi.
2.
Hozirgi zamonaviy axborot tizimi.
3.
Axborot sohasidagi milliy xavfsizlik.
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa
qilgan bo‘lsa, undan besh ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi.
Undan besh yuz yil o‘tib telefon, radio va televediniyega ega bo‘ldi. An’anaviy eshituv
- ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak
bo‘ldi, xolos.
O‘zbekiston yagona axborot tizimining faol sub’yektiga aylandi. Uning dunyo
bilan aloqasi, davlatlararo munosabatlar, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va
madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida. Bu bevosita
elektron pochta,
elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal
etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning
keskin kamayishida samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon
axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5 %),
internet tizimining keng
rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul
qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda.
Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi.
Sifati, mazasi, rangi, ta’mi yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida.
Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida
milliy xavfsizlikni
ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo‘llash zarur deb hisoblaymiz
Sotsiologik yo‘nalish
Statistik yo‘nalish siyosiy konfliktologiya
va siyosiy psixologiya
Mantiqiy tizim va funsional taxlil
Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi (mafkuraviy
immunitet )
Sotsiologik yo‘nalish
Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida
jamiyat taraqqiyotida
axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan
ijtimoiy ong yo‘nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o‘rganishni
yo‘lga quyish kerak.
Statistik yo‘nalish
130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar
faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli
siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
siyosiy nizolarni o‘rganib borish.
Siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya
turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan
bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan manbalarni o‘rganish,
omillarni aniqlash hamda uning natijasida jamiyatda shakllanishi mumkin bo‘lgan
jamoatchilik fikri, ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o‘rganib borilmog‘i
lozim.
Matiqiy tizim funksional taxlil
Axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi
sifatida baholab, voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy-tahliliy, nazariy va amaliy
xulosalar chiqarish kerak. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida
shakllanayotgan ijtimoiy fikrni fan nuqtai nazaridan izchil o‘rganish
Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi
Har qanday fuqaro axborot bozoridan “mahsulot” tanlash jarayonida uning
qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi
xatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Axborot sivilizatsiyasiga qachon kirib kelgan?
2.
Hozirgi zamonaviy axborot tizimi qanday?
3.
Milliy xavfsizlikni ta`minlashning qanday usullari mavjud?
ADABIYOTLAR
1.
I. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz ¾ jamiyatni demokratlashtirish va
isloh etishdir. “Xalq so‘zi”
gazetasi, 2005 yil, 29 yanvar.
2.
I. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild. Toshkent,
1997 yil, 149-bet.
3.
I. Karimov. Demokratik o‘zgarishlar ¾ jamiyatimiz yangilanishi asosi.
Diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari
vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq. 1996 yil 27 dekabr. Yangicha fikrlash va
ishlash ¾ davr talabi.-T.: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 290-bet.
4.
I. Karimov. ªonunlarimiz xalq manfaatlariga xizmat qilsin. I.Karimov.
yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild.. -T: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 283-bet.
5.
I.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. I. Karimov. Xavfsizlik va barqaror
taraqqiyot yo‘lida.-T.: “O‘zbekiston”, 1998 yil, 208-bet.
6.
I.Karimov. Xotin-qizlar faolligini oshirish ¾ davr talabi.GʻGʻ I.Karimov.
Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z
kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy
irodamizga bog‘liq.-T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 350-bet
7.
I.Karimov. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami O‘zbekiston
siyosiy maydonida o‘z o‘rnini egallashi lozim. I.Karimov. Tinchlik va xavfsizligimiz
o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq.-
T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 21-bet.
Mavzu-14.
Dostları ilə paylaş: