ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy,
nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir
ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy
umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya
o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o‘z
milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi,
osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba
shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan
ta’minlanganligi hamda ta’lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning
tarqib topib borishini jadallashtiradi.
Yoshlarning xulqida uchraydigan nuqsonlar: yolg‘onchilik, agressivlik,
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‘quv
maskanlarida beriladigan
ta’lim-tarbiyaning ta’sirini oshirish yo‘llarini tadqiq etishda oila diagnostikasining
muhim ahamiyati mavjud.
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli
xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q. Leongard, Myunsenberg, Dembo-Rubinshteyn,
E. Olimov, I. Grebenniqov, A.Q. Munavvarov, M. Qur’onov, O. Musurmonova, L.
Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda
yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluqsiz va ma’lum tizim asosida
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim datsurlari ham ishlab chiqilgan.
Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq
bo‘linmoqda.
Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi,
shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga
muhtoj oilalarni ijtimoiy
pedagogik tashxis asosida aniqIab, ularga real yordam qo‘rsatish, ya’ni oilada
valeologiq sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish
maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim ahamiyat qasb
etadi.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijti-moiy-pedagogik
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish
quyidagicha amalga oshiriladi:
maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda
qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
haqoratlar
algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil yetish, ularning tavsifiga qo‘ra, ota-
onalarni qichiq guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish qabi
faoliyatdir;
diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni
amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Bu oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaqi, u bolalarga ota-ona, qon-
qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi,
farzandni
shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va
serjiloligi bilan ajralib turadi” (42,54), - deb ta’qidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila
o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya
ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning
uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud
emas.
O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini-o‘zi anglash, milliy
tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy qiyinish va yurish-turishda o‘z aqsini topadiqi, o‘zbek
oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish
mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalik; oilada
otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha
avlodlarning birgalikda yashashi.
Oilashunos olimlar: D.Abdullayeva, N.Ismoilova, F.Habibullayevlar tomonidan
oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikasi qilingan. Bu o‘rinda oila
funksiyalarini sanab o‘tish bilan qifoyalanmay, balki ularni bir tomondan odamlarning
moddiy, xo‘jalik-maishiy
va iqqinchi tomondan, emosional va ijtimoiy-psixologik
ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo`lmish-oilalarning vazifalari turli-tuman.
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommuniativ, regulativ
(boshqaruv).
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning
aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi.
Oila inson deb
ataluvchi binoning faqat poydevorini ko‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘nggi
g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish,
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki
shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi (37, 41).
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro
tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Oilaning rekreativ funksiyasi. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga qolgan
dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri,
oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va
mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy
yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo`lib kelgan.
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ
funksiyasi - o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish
funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri - bu uning reproduktiv
(jamiyatning biologik uzluqsizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish)
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson
naslini davom ettirishdan
iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan,
insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy
yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham
iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish insinkti insonda farzand ko‘rishga ularni
o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan
turib, kishi, odatda, o‘zini baxtiyor his eta olmaydi.
Oilaning felisitologik funksiyasi. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati
ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felisitologik funksiyasidir (italyancha
«felicite” - baxt degani). «
Dostları ilə paylaş: