Tasdiqlayman” Tabiiy fanlar fakulteti dekani


Nitrobirikmalarning tuzilishi va fizik xossasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/12
tarix22.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karimov S KMYM 401

2.2. Nitrobirikmalarning tuzilishi va fizik xossasi
Tuzilishi. To‘yingan nitrobirikmalar CnH2n+1NO2 yoki R – NO2 umumiy formula bilan ifodalanadilar. Ular nitrit kislota efirlari R – O – N = O bilan izomer bo‘lib, ulardan quydagi xususiyatlari bilan farq qiladilar.
1. Nitrit kislota efirlari (alkilnitritlar) nitrobirikmalarga qaraganda past haroratda qaynaydilar.
2. Nitrobirikmalar alkilnitritlariga qaraganda kuchli qutblanganlar va ularning dipol momentlari katta.
3. Alkilnitritlar oson gidrolizlanadilar:
R – O – N = O + H2O → R – OH + HNO2
Nitrobirikmalar gidrolizga uchramaydilar.
4. Nitrobirikmalar qaytarilganda aminobirikmalar, alkil nitritlardan esa spirtlar va gidroksilamin hosil bo‘ladi:
R – NO2 + 3H2 → R – NH2 + 2H2O
R – O – N = O + 2H2 → R – OH + NH2OH
Nitrobirikmalarning fizik xossasi.
Tuzilishida bitta nitroguruhi bo‘lgan nitrobirikmalar suyuq yoki qattiq moddalar bo‘lib, rangsiz yoki och sariq rangli bo‘ladi. Suvda erimaydi. Suvdan og‘ir. Achchiq danak hidiga ega, zaharli. Nitrobenzol ayniqsa zaharli. Organizmdan juda qiyinchilik bilan chiqib ketadi. Nitroguruhining qutblanganligi va uning molekula o‘rtasidagi kuchli ta’siri sababli nitrobirikmalar yuqori haroratda qaynaydilar. Nitrobirikmalar kuchli qutblanganligi sababli boshqa erituvchilarda erimaydigan birikmalarni erita oladilar. Nitrobirikmalarning quyi gomologlari rangsiz, qo‘lansa hidli suyuqlik bo‘lib, suvda erimaydi, efir va spirtda yaxshi eriydi. Uglerod soni oshishi bilan ularning suvda eruvchanligi va zichligi kamayadi, qaynash temperaturasi esa ko‘tariladi. Ular elektr tokini o‘tkazmaydi. Nitrobirikmalar haydaladi, ularning buglari zaharli. Nitrobirikmalar yoqimli hidga ega bo‘lgan, suvda kam eriydigan suyuqliklardir. Zaharli, parchalanmasdan haydaladi. Tuzilishida to‘rttagacha uglerod bo‘lgan nitrobirikmalarning zichligi birdan kichik.[4]

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə