Tasdiqlayman” Tabiiy fanlar fakulteti dekani



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/12
tarix22.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karimov S KMYM 401

I BOB. KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o‘sib kelayotgan farzandlarimizga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, ta’lim berish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.
Ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish, bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, o‘z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o‘ziga aniq tasavvur etayotgan barkamol avlodni tarbiyalashni davr taqozo etadi.
Kimyo fani mavzulari o‘quvchi va talabalarda qiyin o‘zlashtiriladigan fan bo‘lganligi uchun uni o‘qitishga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish dolzarb muammo hisoblanadi.
So‘nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog`lomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilab berish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Kurs ishi talabaning mustaqil ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shularni hisobga olganda ushbu kurs ishida ko`rilayotgan “Azotli organik birikmalar va ularga oid masalalar yechish usullari” mavzusi talabani mustaqil ishlashga va fikrlashga sharoit hamda imkoniyatlar yaratib berishda bag`ishlangan hozirgi kunning dolzarb mavzusidir.
Ishning maqsadi. Mazkur kurs ishidan ko‘zda tutilgan maqsad – “Azotli organik birikmalar va ularga oid masalalar yechish metodikasi” mavzusi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash va takomillashtirishdan iborat.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə