Tasdiqlayman” Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 300- sonli davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Y. V. Djatdoyevaga



Yüklə 18,72 Kb.
tarix18.07.2023
ölçüsü18,72 Kb.
#119679
Dalolatnoma tajriba sinov- Toshkent


Tasdiqlayman”
Toshkent shahar
Yakkasaroy tumani 300- sonli davlat
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
direktori____________ Y.V.Djatdoyevaga
______” ___________2023 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustakil tadkikotchisi Akramova Dildora Ergashboy qizi 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 300-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyotga tatbiq etilganligi to‘g‘risidagi


DALOLATNOMA
Ushbu dalolatnoma bilan tasdiqlanadiki, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 300-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyotda 2023-2024 yillar davomida Akramova Dildora Ergashboy qizining “Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi natijalarini qo‘llash va samaradorligini baholashda foydalanildi. Akramova Dildora Ergashboy qizi tomonidan ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ya’ni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish texnologiyalari amaliyotga tatbiq etildi va faoliyatlar jarayonida foydalanildi.
Tajriba-sinov ishlari davomida quyidagi metodlardan foydalanildi: Bolalar o‘rtasida turli o‘yinlarni tashkillashtirish (musobaqalar), anketa so‘rovnomasini o‘tkazish, suhbat (mashg‘ulotlar davomida) o‘tkazish, Seminar-treninglar, Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan suhbat, mashg‘ulot jarayonini ko‘zatish va tahlil qilish, nazoratini olib borish. Tajriba sinovni o‘tkazishning bunday tarkibi bir necha vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ta’lim tashkilotiga pedagogik-psixologik moslashuvchanliklari yani adaptatsiyasini, ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish bo‘yicha psixik darajasi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar tizimini qanday darajada o‘zlashtirishi va faoliyatda qo‘llay olishi quyida keltirilgan mezon va ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshirildi.

  1. Kreativ (yuqori daraja)- Bunda tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlik nisbatan yuqori. Tarbiyalanuvchilarning Maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashuvchanligi yani adaptatsiyasi yetarli darajada. Tarbiyalanuvchilardan olingan metodika natijasida ular o‘z faoliyatlarini to‘liq yurita oladilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga nisbatan, tarbiyachilar, muhitga moslashuvchanliklari yuqori darajada.

  2. Produktiv (o‘rta daraja)- Tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlik mavjud, lekin ba’zi to’siqlar mavjud (masalan, sharaoit, vaqt, imkoniyat). Tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy moslashuvchanlik ko’nikmalari mavjud, lekin tashabbus ko‘rsatishmaydi. Bu kabi tarbiyalanuvchilar o‘z faoliyatini qisman yurita oladi. Bunda tarbiyachi yoki tarbiyalanuvchilarning yordami va buyruqlari asosida ko’nikmalarga ega bo’lishlari mumkin, ammo tashabbus ko’rsatish darajasi past.

  3. Reproduktiv (past daraja)- Bunda tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvchanlikka nisbatan qiziqishi yo‘qligi. Bunga sabab ularni tarbiyachilar o‘yin faoliyatiga qiziqtira olmaganligi va bilimlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi. Bunday tarbiyalanuvchilar o‘z faoliyatini mustaqil yurita olmaydi.

Demak maxsus kuzatuvlar jarayonida, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning pedagogik va psixologik moslashuvchanlik mexanizimlarini rivojlantirish malakalarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan test, anketa so‘rovnomalari yordamida yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘rganib chiqildi hamda daraja-mezonlari bo‘yicha tahlil qilindi.
Akramova Dildora Ergashboy qizi “Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish” dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajriba-sinov ishlar o‘tkazdi va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqdi.
Akramova Dildora Ergashboy qizi 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda o‘quv pedagogik faoliyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
Toshkent shahar
Yakkasaroy tumani 300- sonli davlat
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
Direktori Y.V.Djatdoyevaga
Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə