Tasdiqlayman” Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi ichtbdo` s mirzaaliyev


Aqliy hujum (breynstorming – miyalar bo‘roni)



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə15/19
tarix19.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153342
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ishlanma

Aqliy hujum (breynstorming – miyalar bo‘roni) – amaliy yoki ilmiy muammolarni hal etish fikrlarni jamoali generatsiya qilish usuli.
Metodning maqsadi: aqliy hujum vaqtida tinglovchilar murakkab muammoni birgalikda hal etishga intilishadi: ularni hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi (generatsiya qiladi) va bu fikrlar tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofiqi, samaralisi, maqbuli va shu kabi fikrlar tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi va ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o‘qib-o‘rganish faoliyatini faollashtirish, muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni rivojlantirish, muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, fikrlash inersiyasidan qutilish va ijodiy masalani hal etishda fikrlashning oddiy borishini engish.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri jamoali aqliy hujum – iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishini ta’minlaydi. Butun o‘quv guruhi (20 kishidan ortiq bo‘lmagan) bitta muammoni hal etadi.
Ommaviy aqliy hujum – mikro guruhlarga bo‘lingan va katta auditoriyada fikrlar generatsiyasi samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Har bir guruh ichida umumiy muammoning bir jihati hal etiladi.
Namuna: Guruxga muammoli vaziyat beriladi, misol uchun harbiy qism yoki harbiy muassasa kollektividagi psixologik vaziyat yomonlashib, konflikt chiqadigan darajaga etib kelgan. Muammoni xal qilish bo‘yicha jamoada aqliy hujum щtkazilib, iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishi tashkillashtiriladi.
Bu fikrlar tanqid qilinmasdan, ular orasidan eng samaralilari, maqbullari, yani vaziyatni normallashuvga olib kelishi mumkin bo‘lganlari va shu kabilari tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi va ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5 – 10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida engillashtiriladi.
Aqliy hujum” metodi


Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir.
Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:





  • ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi;

  • mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keying mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi;

  • oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.


Aqliy hujum”metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar:



  1. Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  2. Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi.

  3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

Aqliy hujum” metodining tuzilmasi.

Aqliy hujum” metodining bosqichlari





Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə