Tashkent Medical Academy Volume 3



Yüklə 353,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü353,81 Kb.
#140181
1   2   3   4
beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishi

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
63
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
takomillashtirish, komil inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi 
va hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy O'rta asr Sharq 
uyg'onishi 
sharoitida 
haqiqiy 
ilmiy 
tabiatshunoslikka 
asos 
soldi, 

tabiatshunoslikning turli sohalarida o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy 
va faraziy fikrlarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Еvropa ilmida o'z 
isbotini topdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy 
qarashlari bilan bog'liq chuqur ijtimoiy-ilmiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar 
ham o'z ifodasini topgan. U Forobiy ilmiy-falsafiy ta'limotiga asoslanib Allohni 
hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo 
hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e'tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi 
sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o'zgarish huquqini tabiatga 
beradi. Uning ta'limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, 
tabiat o'zining tabiiy kuchiga ega bo'lib, shu kuch ta'sirida tabiatda to'xtovsiz harakat, 
o'zgarish, o'sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo'lish jarayonlari sodir 
bo'ladi. Bulardan shunday hulosaga kelish mumkinki Beruniy o'z ilmiy-falsafiy 
qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi 
haqida gapiradi.Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g'oyalari bilan 
sug'orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o'zi uchun 
yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta'kidlaydi. 
Uningcha, insonlar o'rtasidagi tafovut ko'proq tashqi jihatdan mavjud bo'lib, ular 
ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. U «Hindiston» asarida 
insonlarda tillarning turlicha ekanligi to'g'risida to'xtalar ekan: «Tillarning turlicha 
bo'lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda 
yashashlaridir»,-deydi Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan 
taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'ladi. U: «har bir olim o'z muhokamasida amaliyotga 
asoslanishi, o'z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo'lishi, tinimsiz mehnat qilishi, 
hatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har hil uydirma, yuzakichilikka qarshi 
kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda halqlar do'st, inoq, 
ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq 
qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, 
Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi, aniq fanlar bo'yicha ko'targan 
muammolari o'z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy 
dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Beruniy o'z astronomik 
jadvalida olamning markazi Еr emas, balki quyoshdir, hamma 
planetalar, shu jumladan Еr ham quyosh atrofida aylanadi, degan 
geliosentrik gipotezani olg'a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 



Yüklə 353,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə