|
![](/i/favi32.png) Tashkent Medical Academy Volume 3beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishiTashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
62
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
kuchayishiga ishora qiladi. Beruniy o'zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy
hayot masalalari bilan qiziqdiki, “Hindiston”, “Qadimgi halqlardan qolgan
yodgorliklar” asarida o'z falsafiy qarashlarini bayon etdi. Abu Rayhon
Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutaffakkirlarini falsafiy g'oyalarini rivojlantirdi.
Jumladan, o'zining “Qadimgi halqlardan qolgan yodgorlilar” asarida insoniyat hayoti
haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat va kishilar hayotida
geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalariga ta'sirini ko'rsatdi.
Musulmonlar va hindlarning urf-odatidan tafovutlarning geografik sharoitlar bilan
izohladi, hatto tillar o'rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog'ladi. Abu
Rayhon Beruniyning fikricha, falsafaga yo'l borliqni chuqur tushunib etishga imkon
beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o'tadi. Umuman olganda, Beruniy falsafani
borliqni mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta'rifga qo'shiladi. Shuningdek, Abu
Ma'shar al-Balhiyning “Tabiat hamma narsadan kuchliroqdir”, - degan nuqtai
nazariga qo'shilgan. Jahon ijtimoiy-falsafiy ta'limotining vujudga kelishi va
rivojlanishiga Sharq va G'arb olimlari munosib hissa qo'shganlar. Ijtimoiy
taraqqiyotning ma'lum bir davrlarida Sharq mamlakatlari etakchi mavqeini
egallaganlar. Osiyo va Еvropa mamlakatlari halqlarining jahon falsafa fani rivojidagi
rolini biryoqlama bo'rttirish yoki kamsitish nazariy jihatdan hatodir. Har qanday fan
o'z mohiyatiga ko'ra umumbashariydir. Еr yuzidagi har bir halq katta-kichikligidan
qatiy nazar, uning rivojiga o'z hissasini qo'shib keldi. XIX asrning o'rtalarida
tabiatshunoslik fanlarida qilingan buyuk kashfiyotlar (evolyutsion nazariya, hujayra
nazariyasi, energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni) falsafiy dunyoqarashning
o'zgarishiga, jamiyat to'g'risidagi ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga turtki berdi.
Jamiyat g'oyat murakkab va ko'pqirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va
rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulug'
mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi o'rni va rolini
belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va
falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi to'g'risida muayyan bilim,
tasavvurlar hosil qilishga imkon bergan. Insoniyat ma'naviyati yuksalib borgani sayin
jamiyat to'g'risidagi qarashlar ham tobora takomillashib borgan, jamiyat to'g'risidagi
o'ta sodda diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ancha murakkab va ishonchli ilmiy-
falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Jamiyat to'g'risidagi izchil ilmiy-falsafiy
qarashlarning rivojlanishiga Markaziy Osiyo mutafakkirlari qomusiy bilim egalari:
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino singari ulug'
mutafakkirlar salmoqli hissa qo'shganlar. Ularning ilg'or
qarashlari ko'p asrlar davomida ijtimoiy munosabatlarni
|
|
|