Tashkiliy-pedagogik asoslari


ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#123794
1   2   3   4   5
boshlangich-sinflarda-innovatsiyalarni-tatbiq-etishning-tashkiliy-pedagogik-asoslari

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023 
 
78 
MARCH, 2023
tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab 
etmoqda.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni 
boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. 
Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, 
V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim 
to‘o‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa 
innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), 
o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” 
(L.V.Tarasov), 
evristik 
o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, 
S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish 
mumkin.
Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o‘qitishda o‘zlashtirishni yuqori ko‘tarish, o‘quv 
jarayonida qiziqtirishni, o‘quv materialini tushunishni yaxshilashni, funksional savodxonlikni 
shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ekologik va iqtisodiy tafakkurni, 
kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o‘z-o‘zini anglash va boshqa 
vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan edi.
Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion 
yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin 
aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan 
va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim texnologiyalari 
uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o‘quvchilarda zaruriy 
sifatlarni shakllanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion 
faoliyatiga yo‘naltirishga e’tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta’lim 
texnologiyalari” va “innovatsion ta’lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab 
chiqishni talab etadi:
- innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari ; 
– bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog 
innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Bir qator rivojlangan mamlakatlar ilmiy laboratoriyalarida (IMEN) IMENpedagogikaga 
“bilimlarni ixtiro qilish” deb nomlangan yangi metod yaratildi. IMEN ning integratsiya asoslari 
eng ko‘p tarqalgan barcha innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda ishlab 
chiqildi. Buning qo‘shimcha samarasi – turli pedagogik texnologiyalarni amaliy dialektika 
tilida yozib chiqish imkonini beradi. Dunyodagi global o‘zgarishlar jarayoni
mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy– madaniy sohalardagi o‘zgarishlar, ta’lim tizimida 
tayyorlanayotgan mutaxassislarga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi 
konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon 
ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi 
beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi o‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot 
bosqichi deb ham yuritiladi. 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə