Tashkiliy-pedagogik asoslari


ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#123794
1   2   3   4   5
boshlangich-sinflarda-innovatsiyalarni-tatbiq-etishning-tashkiliy-pedagogik-asoslari

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023 
 
79 
MARCH, 2023
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik 
o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi. 
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini 
qisqartirish bosqichi. Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari innovatsion 
jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion 
jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
− pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
− nihoyat amalga oshish qonuni; 
− qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
− pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan 
ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va 
yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat 
mahsulidir.
Pedagogik yangilik dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi 
bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq 
etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion 
faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan 
iborat: 
• mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat 
qilish; 
• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi 
kamchiliklarni aniqlash; 
• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, 
ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; 
• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho 
berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani 
amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion 
faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. O‘qituvchini innovatsion 
faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
− yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
− yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri yuksak 
professionalizm – akmeologiya, yunoncha eng oliy nuqta, eng gullagan davr, yuksak 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə