Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Adabiyotlar: A3; A4; A5; A6; K1; K2; K3; K4; K5; K6; K10; K12



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə129/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Adabiyotlar: A3; A4; A5; A6; K1; K2; K3; K4; K5; K6; K10; K12.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.

3. “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fanidan talabalar bilimini nazorat kilish va baholash tizimi mezoni
“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat kilish va baxolash tizimi, nazorat turi, shakli, soni hamda joriy va oraliq nazoratlarining o‘tkazilish vaqti haqidagi ma'lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:



  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir, ikkimarta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;


  • yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch so‘z va iboralarga asoslangan yozma, og‘zaki, test va h.k. shakllarda o‘tkaziladi.

    Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi buyicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.


    Tegishli fan buyicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
    Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta'lim muassasalarining tegishli fan buyicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
    Oliy ta'lim muassasasida yakuniy nazorat turlarini o‘tkazilishi Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli yakuniy nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
    Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning baho mezoni asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 5 baholik tizim orqali ifodalanadi.

    Talaba mustaqil xulosa va qarorlar qabul qila olsa, ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yuritsa, olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda- 5(a'lo) baho bilan baholanadi.


    Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda

    - 4(yaxshi) baho baholanadi.


    Talaba olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda - 3(qoniqarli) baho baholanadi.
    Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega emas deb topilganda
    - 2(qoniqarsiz) baho bilan baxolanadi.
    • Oralik nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi buyicha talabaning bilimini baxolash tegishli fan buyicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.


    • Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi.


    Talabani oralik nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.



    Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə