Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (mln AQSh dollar)



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə13/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

2019 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (mln AQSh dollar)
7.4-rasm. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

Hukumat tomonidan qishloq xo`jaligi va bog`dorchilikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2019-yil umumiy eksportdagi meva va sabzavotlarning ulushi 6,7 % ni tashkil etdi.


7.2-jadval


Meva-sabzavot mahsulotlari eksport geografiyasi

Meva-sabzavot eksporti qiymatda eng ko’p Qirg`iz Respublikasi hissasiga (jami meva-sabzavot eksportidan 26,7 %), natura ko`rinishida esa Qozog`istonga eksport hajmi 556,5 ming tonnani tashkil etib Qirg`iz Respublikasiga nisbatan 4,4 barobar ko`pni tashkil etmoqda.


So`nggi uch yildagi umumiy import hajmining o`sishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq o`sishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 % punkt).
Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining o`sishiga shakar xom-ashyosi (6,1 barobar o`sish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda go`sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari (2,1 barobar) importining oshgani ta`sir qilgan.
2020 yil yanvar-mart oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (mln AQSh dollar)
7.5-rasm. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (2020 yil yanvar-mart)

Hozirgi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga tarqalgan koronavirus (COVID-19) pandemiyasi xalqaro integratsiyaning kamayishiga hamda davlat chegaralarning yopilishiga sabab bo`ldi. Bu esa mamlakatning tashqi savdo sohasi hamda aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazmoqda.


2020-yil yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 8 140,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 924,1 mln. AQSh dollariga yoki 10,2 %ga kamaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo`lgan 136,7 mln. dollarga yaqin qiymatli 257,2 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2019-yilning mos davriga nisbatan 67,6 mln. AQSH dollarida pastlashish kuzatilib, 33,1 % ga kamaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 83,4 mln. AQSh dollariga teng 211,4 ming tonna sabzavot, shuningdek, 53,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi 45,8 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozog`iston (25,6 %), Rossiya Federatsiyasi (18,6 %), Afg`oniston (9,4 %) va Qirg`iz Respublikasi (8,9 %) davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan.
Hukumat tomonidan qishloq xo`jaligi va bog`dorchilikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi 4,1 % ni tashkil etdi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə