Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə9/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi&
2.Tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish?
3.Tashqi savdo siyosati?
4.Jahon savdosini xalqaro boshqarish?
5. Bugungi kunda tashqi iqtisodiy siyosat qanday asosiy tamoilga asoslanadi.
6. Jahon narxlarining eng muhim vazifalari?
7. Xalqaro savdo nazariyalari?
8. Xalqaro tovar nomenklaturasi?
7-MAVZU. TASHQI SAVDO VA UNI BOSHQARISH
1.Tashqi savdoning iqtisodiyotdagi o‘rni.
2.Mamlakatning tashqi savdo siyosatini shakllantirish.
3.O‘zbekiston tashqi savdosining dinamikasi, geografiyasi va tovar tarkibi. 4.Eksportni davlat tomonidan rag‘batlantirish.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, Xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o`sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo`yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko`proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo`ladi.



O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi

(mlrd AQSh dollari)
7.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi

Hukumatning bu borada so`nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag`batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta`minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019-yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018-yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta`minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko`rsatkich sifatida qayd etildi.


TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə