Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati?
2. Tashqi iqtisodiy siyosatining qoidalari va maqsadlari?
3.Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi?
4.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi va huquqiy maqomi.
5.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning umumiy qoidalari.
6.Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullari?
7.Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy (tarifsiz) chora-tadbirlari?

4-MAVZU. JAHON IQTISODIYOTI VA UNING TARKIBI
1.Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar.
2.Jahon xo‘jaligi tushunchasi.
3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
4.O‘zbekiston zamonaviy jahon xo‘jaligi tizimida.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini egallashi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub'ektiga aylandi. 1991 yilgacha O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar jahon bozoriga sobiq ittifoqning monopol xalqaro tashkilotlari orqali o‘tar edi. Mustaqil O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy islohotlarining eng asosiy va zarurlaridan biri tashqi iqtisodiy munosabatlar islohoti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ochiq bozor iqtisodiyotiga kirishishi uchun albatta o‘z tashqi iqtisodiy strategiyasiga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa jahon iqtisodiyotining taraqqiyot namunalarini o‘rganib chiqish zarurati hosil bo‘ladi. To‘plangan tajriba namunalarini qunt bilan o‘rganish, tahlil qilish va qo‘llash natijasida uning milliy iqtisodiyotga mos keluvchi jihatlarini tanlab olib amalda qo‘llash va shu orqali iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.
Jahon xo‘jaligi uzoq tarixiy rivojlanish va taraqqiyot natijasidir. Jahon xo‘jaligining shakllanishining ob'ektiv asosi mehnat taqsimoti bo‘lib, bu holat milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqadi.
Jahon xo‘jaligi xalqaro mehnat taqsimoti asosida, savdo, ishlab chiqarish, moliya va ilmiy-texnik aloqalari bilan alohida milliy xo‘jaliklarning birlashuvidan iborat tizimdir.
Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotiga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
- jahon xo‘jaligi tarkibidagi davlatlarning tabiiy-iqlim sharoiti, yer usti va yer osti boyliklari bilan ta'minlanganlik darajasi, yer fondi;
- mamlakatda mavjud ish quchining iqtisodiy holati. Ishsizlik darajasi va ish kuchi migratsiyasi;
  • ishlab chiqarishning an'anaviyligi (masalan, qishloq xo‘jaligi, sanoat holati);


  • davlatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi;


  • iqtisodiy qoloq mamlakatlarning boy yetakchi davlatlar tomonidan moliyaviy ekspluatatsiyasi;


  • davlatlar o‘rtasida konsessiya shartnomalari tuzilishi va ularning holati va hokazolar.


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ahamiyati. Hozirgi sharoitda xo‘jalik aloqalarini baynalmillashtirish jarayoni kuchaymoqda va har bir alohida davlat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mustaxqamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari va ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot barqarorligini va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi.


Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo, jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo‘lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy siyosiy tizimiga bo‘linganligi qarshi ta'sir ko‘rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda bizning Respublika bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
Jahon xo‘jaligi uzoq tarixiy rivojlanish va taraqqiyot natijasidir. Jahon xo‘jaligining shakllanishining ob'ektiv asosi mehnat taqsimoti bo‘lib, bu holat milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqadi.
XX asrda xo‘jalik hayotining baynalminallashuv yuz berdi. Baynalminallashuv natijasida jahon xo‘jaligi strukturasi shakllandi, u quyidagi tarkibdan iborat:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori
2) jahon kapitallar bozori
3) jahon ish kuchi bozori
4) xalqaro valyuta tizimi
5) xalqaro kredit-moliya tizimi
6) xalqaro ilmiy-axborot tizimi
Jahon xo‘jaligi sub'ektlari:
- davlatlar o‘z xalq xo‘jaligi komplekslari bilan;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashqilotlar va institutlar.
Jahon xo‘jaligi xalqaro mehnat taqsimoti asosida, savdo, ishlab chiqarish, moliya va ilmiy-texnik aloqalari bilan alohida milliy xo‘jaliklarning birlashuvidan iborat tizimdir.
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotiga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
- Jahon xo‘jaligi tarkibidagi davlatlarning tabiiy-iqlim sharoiti, yer usti va yer osti boyliklari bilan ta'minlanganlik darajasi, yer fondi;
- mamlakatda mavjud ish kuchining iqtisodiy holati. Ishsizlik darajasi va ish kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning an'anaviyligi (masalan, qishloq xo‘jaligi, sanoat holati);
- davlatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi;
- iqtisodiy qoloq mamlakatlarning boy yetakchi davlatlar tomonidan moliyaviy ekspluatatsiyasi;
- xalqaro transport tizimining rivojlanish darajasi, aloqaning taraqqiyoti;
- davlatlar o‘rtasida shartnomalar tuzilishi va ularning holati va hokazolar.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya'ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichiga oluvchi umum jahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning jug‘rofiy ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori. rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e'tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashqil topishi odatda, sof holida amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta'sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliqlar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagii farqlar. Pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi faqrlarini aks ettiradi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan boshqa tendensiyalar kuchsiz namoyon bo‘layottan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam kurinishida ) , ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayonidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi:
— tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob'ektlari xalqaro savdosi;
— ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
— xalqaro moliyaviy operatsiyalar.
Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosining faollashuvi Atrof-muhigga ta'sirning kuchayishi jahon iqtisodiyotinnng globallashuvi Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi sur'atlarining o‘sib boripsh Xalqaro kapitallar migratsnyasi xajmining ortib Global Ishlab chiqarish ivfratuzilmasining omillaridan foydalanishnnng globallashuvi Jahon iqtnsodnyotining globallashuvi qayd etib o‘tilgan uch yo‘nalish o‘rtasidagi nisbat oxirgi
yillarda sezilarli darajada o‘zgarib bormokda.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:
— xalqaro tovarlar va xizmatlar shplab chiqarish hajmi hamda uning o‘sish sur'atlari;
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy iivestitsiyalar hajmi va dinamikasi;
— kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
— yirik, murakkab, kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o‘zgarishi;
— patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
— bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi hamda dinamikasi;
— xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
— valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Asosiy maqsad kapital, to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarni eksport kiluvchi mamlakatlar nazorati ostida bo‘lgan hududlarda tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishdan iborat. Bozorlarni egallash. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni eksport qilish kapital eksport qiluvchi sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda jadal iqtisodiy o‘sish bosqichini tugatish imkonini beruvchi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning boshqa mamlakatlarga ko‘chirib o‘tkazishga yo‘naltirilganligi sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tabiiy resurslar yoki bozorlarga ega bo‘lishdan tashkari jadal sur'atlarda o‘sib borayotgan bozorlarda global raqobat afzalliklarini samarali ta'minlash, saqlab qolish va ortirishga erishishga xarakat qilishadi:
- invesgitsiyalar tarkibini takomillashtirish;
- global yoki hududiy xalqaro integratsiya afzalliklaridan foydalanish;
- qo‘shimcha texnologik, tashqiliy yoki bozor imkoniyatlariga ega bo‘lish.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv bosqichlari Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta'sirida rivojlanadi:
— iqtisodiy - xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;
— ijgimoiy - dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an'analarning kuchsizlanishi;
— siyosiy - davlat chegaralarining “shaffofligi”, bir qutubli dunyoning shakllanishi;
— texnologik - transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
— xalqaro - xalqaro iqtisodiy tashqilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standartlarning joriy etilishi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unta teskari jarayon —iqtisodiy faoliyatning xududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmokda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruxsni qamrab oladi.
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.
Jahon iqtisodiyotnnnng globallashuv omillari globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy invesgitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo‘yiladigan cheklovlarni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bog‘lik holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo‘jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to‘qnash keladi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuz aga keltirishi mumkin:
— globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo‘jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq;
— globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta'sir ko‘rsatishning an'anaviy dastaklarini o‘zgartirib yuboradi;
— globalashuv ishlab chikarish va iste'molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog‘liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shutullanishlariga olib keladi.
Demak, globallashuv - bu ob'ektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynanminallashuv jarayonlari tashqil etadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə