Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi?
2.Tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati va tasnifi?
2.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi?
3.Bozor iqgisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy asoslari?
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari?
5.Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari qanday?
6.Tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'sir qiluvchi omillar?

3-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH VA TARTIBGA SOLISH
1.O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqgisodiy siyosatining mohiyati, qoidalari va maqsadlari.
2.Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi.
3.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi va huquqiy maqomi.

4.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning umumiy qoidalari.


Davlatning halqaro munosabatlar sohasidagi tashqi siyosati xalqaro huquq normalari yordamida tartibga solinadi. Yuritadigan tashqi siyosatning mazmunini milliy manfaatlar belgilaydi, milliy manfaatlar esa, o‘z navbatida, milliy huquq ustuvorliklari vostitasida ro‘yobga chiqariladi. Shularni inobatga olgan holda O‘zbekiston qisqa davr ichida o‘z tashqi siyosatining siyosiy-huquqiy asoslarini yaratdi, davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi va ularning rivojlanishini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni jadal sur'atlar bilan amalga oshirib kelmokda. Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu - Konstitutsiyaviy huquqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlab o‘tganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e'tirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asosidagi “suveren tenglik” prinsipi boshqa davlatlarning o‘ziga hosligini e'tirof etishni, ularning mustaqilligini, o‘z siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy tizimini o‘zi erkin tanlash va rivojlantirish, shuningdek o‘z ichki qonunchiligini o‘zi yaratish xuquqlarini hurmat qilishni anglatadi. O‘zbekiston beistisno barcha davlatlarning huquqlari va majburiyatlari tengligini konstitutsiyaviy darajada e'tirof etadi1 . Tashqi siyosatning “kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik” tamoyili tomonlarning boshqa davlatlarga qarshi bevosita yoki bilvosita kuch ishlatishni ifodalovchi har qanday harakatlardan o‘zini tiyib turishini anglatadi. Bu masala ilk bor Ikkinchi jahon urushi yillarida yuzaga keldi va xalqlarning urushdan keyin xalqaro munosabatlarni adolatli asosda o‘rnatishga bo‘lgan intilishlari va umidlarini aks ettirdi. Bu ob'ektiv qonuniyat birinchi marta xalqaro huquq prinsipiga aylandi va BMT Nizomida (IV bo‘lim 2-modda) mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbekiston uchun bu prinsip alohida ahamiyatga ega. Prezident I.Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida alohida ta'kidlaganidek: “...O‘zbekiston urush, harbiy mojarolarning oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo‘llab quvvatlashga tayyor” 2 . “Chegaralarning dahlsizligi” prinsipi oldingi ikki prinsip bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu tamoyil 1975 yilgi yeXHK Yakunlovchi hujjatida ifodalandi: “Ishtirokchi davlatlar bir-birlarining va yevropadagi barcha davlatlarning chegaralarini buzilmas hamda daxlsiz deya qaraydilar va shu bois hozir ham, kelajakda ham bu chegaralarga nisbatan har qanday xavf solishga qaratilgan harakatdan o‘zlarini tiyib turadilar”. Davlat chegarasiga xavf solish — bu chegara chiziklarini o‘zgartirishga, uning yuridik (huquqiy) qonuniyligi yoki chegara chizig‘ining holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bir tomonlama xatti-harakat, taxdid yoki talabdir. Shu bois bunday tamoyilning e'tirof etilishi har qanday hududiy da'volardan voz kechish demakdir, ya'ni hujjat matnida aytilganidek, davlatlar “a'zo davlatlardan istalgan birining butun hududi yoki undan bir qismini egallab olish yoki bo‘lib olishga qaratilgan har qanday talab yoki harakatdan o‘zlarini tiyib turadilar”1 . “Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish” prinsipida nazarda tutilganidek, xalqaro munosabatlar sub'ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday masalalar xalqlarning qonuniy manfaatlari, tinchligi va havfsizligi tahdid ostida qolmasligini ko‘zlab, faqat tinch yo‘l bilan hal etilishi kerak. Bu prinsip BMT Ustavining 2-moddasi 3-bandida va VII bobida o‘z ifodasini topgan. Muzokaralar, tergov va kelishuv taomillari, vositachilik, hakamlik yoki sud taomili nizolarni hal etishning asosiy vositalari bo‘lishi kerak. Kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilishdan tiyilish mazkur prinsiplarning normativ talablari jumlasiga kiradi. O‘zbekiston bu prinsipni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish orqali har qanday murakkablikdagi masalalarni zo‘rlik ishlatmay, tinch yo‘l bilan hal etishga ustuvorlik beruvchi tinchliksevar davlat ekanligini ma'lum qildi. “Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik” deb ta'riflangan prinsip O‘zbekistonning Asosiy Qonunidagi yuqorida gap borgan to‘rtta prinsip bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Tashqi siyosatda ana shu prinsipning amalga oshirilishi, eng avvalo, BMT Ustavida (2-moddaning 7bandi) hamda BMT Bosh Assambleyasining davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi hamda ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlash to‘g‘risidagi 1965-yilgi deklaratsiyada qayd etilgan xalqaro huqukning umume'tirof etilgan prinsiplariga asoslanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan tarixan qisqa davr ichida dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan murakkab va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiqdir. Biz O‘zbekiston tashqi siyosatida ko‘ptomonlama hamkorlik haqida gapirganimizda, eng avvalo davlatning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ishtirokni nazarda tutamiz1 . O‘zbekistonning BMTga a'zo bo‘lishi, xalqaro kun tartibidagi global va mintaqaviy muammolarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish va ular yuzasidan qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilinishi imkoniyatini beradi. BMT bilan aloqalarimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, Afg‘onistonni rekonstruksiya qilish, ekologik muammolar, xususan Orol dengizi muammosini hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. Bu borada O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqyeiga ega bo‘lgan a'zo davlat sifatida mazkur xalqaro tashkilot oldiga ushbu muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda va jahon hamjamiyatining e'tiborini ushbu masalalarga qaratib kelmoqda.

Davlat tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni faol tartibga solish o‘zining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlayotgan davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy manbasi xisoblanadi.





Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə