Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar?
2.Jahon xo‘jaligi tushunchasi?
3.Uning asosiy sub'ektlari?
4.Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar?
5.Jahon xo‘jaligining globallashuvi?
6.O‘zbekiston zamonaviy jahon xo‘jaligi tizimida?
7.Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotini ahamiyati?
8.O‘sib borayotgan bozorlarda global raqobat afzalliklari nimada?

5-MAVZU.JAHON BOZORI VA UNING KON'YUNUKTURASI. JAHON TOVAR BOZORIDA NARXNING SHAKLLANISHI
1.Jahon bozorining kon'yunkturasi.
2.Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi.
3.Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari.

Jahon narxlarini jamiyat uchun ishlab chiqarilgan sifatli tovarning jahon bozoridagi qiymatining puldagi ifodasi bilan aniqlash mumkin.


Agar tovar quyidagi talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin:
1. Xalqaro savdoda doim yirik-yirik kelishuvning bo‘lishi;
2. Kelishuvlar maxsus emas. Tijoratga oid bo‘lishi lozim;
3. Kelishuvlarni faqat erkin konvertirlanuvchi valyutada tuzish;
4. Kelishuv yo eksport, yoki import kelishuvi bo‘lishi ldozim;
5. Barcha operatsiyalar bozorda erkin tartibda amalga oshirilishi zarur.
Amaliyotda narx darajasiga va dinamikasiga har qanday o‘zgarishlar, chunonchi, ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va ma'lum bir tovarni iste'mol qilishda yuz bergan hamda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar ta'sir ko‘rsatadi. Jahon narxi turli omillar ta'siri ostida tashkil topadi, bu omillarning eng muhim xillari quyidagilar hisoblanadi:
1. Qiymat va istemol ta'siri;
2. Talab va taklifning nisbati;
3. Valyuta kursi (nominal va real) ta'siri;
4. Yirik xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va hukumat institutlari ta'siri;
5. Muayyan kelishuvlarni tuzishdagi shartlarning o‘ziga xos tomonlari.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish deyilganda butun tizimning barqaror rivojlanishiga yordam berish maqsadida narxlarga qonunchilik, ma'muriy va moliya-byudjet ta'sirini o‘tkazish tushuniladi. Narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllari turlicha bo‘ladi:
- ishlab chiqarish sohasida va tovar muomalasida davlatning bevosita ishtiroki;
- tovar bozorida talab ehtiyojini va taklif muvozanatiga ta'sir o‘tkazish;
- monopoliyaga qarshi qonunchilik vositasida ta'sir etish;
- daromadlar siyosatini olib borish;
- pul muomalasi orqali bozor kon'yunkturasini tartibga solish;
- pul muomalasini aniq holatini hisobga olgan holda mazkur usullarni uyg‘unlashtirish;
- narxlarni tartibga solishda bevosita va bilvosita usullardan foydalanish.

Bevosita tartibga solish usulidan asosan jamiyatga xizmat qiluvchi tarmoqlarda (energetika, transport, aloqa, suv ta'minoti va h.kh) foydalaniladi.


Narxlar va tariflar qoidaga ko‘ra, monopoliyalarga nisbatan daromadning katta bo‘lmagan normasi va ularning aholiga realizatsiya qilingan tovarlaridan kelgan daromadning yuqori normasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Davlat narxlari ham aholiga xizmat qiluvchi tarmoqlarni rag‘batlantirish hamda milliy iqtisodiyot rivojining yuqori sur'atlarini ta'minlash maqsadida tartibga soliuvchi vosita hisoblanadi.
Tartibga solishning bevosita usuli sifatida (AQSh, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar) ma'muriy narx o‘rnatish usulidan foydalaniladi.
Narxlarni tartibga solishning bu usuli yirik monopoliyalar uchun juda qo‘l keladi, ular tovar va xizmatlarni ancha past bo‘lgan ma'muriy narxlarda sotib olib, foyda ko‘radilar.
Narxlarni bilvosita tartibga solish usulida qiymatning shakllanishini aniqlab beruvchi omillarning ta'siri ko‘zda tutiladi. Eng avvalo, yalpi talab va taklifni fiskal-pul kredit va valyuta siyosati orqali tartibga solish ko‘zda tutiladi. Bu ishlab chiqarish va bandlikni rag‘batlantirish va shu orqali iste'mol bozorini tartibga solish imkonini beradi. Bundan tashqari, davlatning investitsiya, amortizatsiya, tabiiy rentalar, ish haqi siyosatlari chora-tadbirlaridan ham narxlarni bilvosita tartibga solishda foydalanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan samarali iqtisodiy siyosat, eng avvalo iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda har tomonlama ruxta o‘ylangan o‘z taraqqiyot yo‘limiz – O‘zbek modelining tanlab olinganligi va uning muhim tamoyillariga og‘ishmay amal qilib kelinganligi inqiroz sharoitida iqtisodiyotimiz uchun o‘ziga xos “himoyalanish qalqoni” vazifasini bajardi. Ayniqsa, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanlanganligi, davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi, mamlakatimizda moliyaviyiqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi, oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi, aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi kabi omillar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirini sezilarli darajada yumshatishga imkon yaratdi. Inqiroz oqibatida xalqaro savdo narxlariga ham sezilarli ta'sir etdi va jahon savdo tashkilotida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Amaliyotda narx darajasiga va dinamikasiga har qanday o‘zgarishlar, masalan, ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va ma'lum bir tovarni iste'mol qilishda yuz bergan hamda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar ta'sir ko‘rsatadi. Jahon narxi turli omillar ta'siri ostida tashkil toradi, bu omillarning eng muhim xillari quyidagilar hisoblanadi:
1. Qiymat va iste'mol ta'siri;
2. Talab va taklifning nisbati;
3. Valyuta kursi ta'siri;
4. Yirik xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va hukumat institutlari ta'siri;
5. Muayyan kelishuvlarni tuzishdagi shartlarning o‘ziga xos tomonlari. Qiymatning raydo bo‘lishida qiymatning texnologik asosi: fan-texnika taraqqiyoti (FTT)ning konstruktorlik tarmog‘i uzoq muddatga mo‘ljallangan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning asosi bo‘lib, mahsulot birligi uchun sarflanadigan resurslar sarfini kamaytirishni shart qilib qo‘yadi.
Yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish bosqichida mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar oshadi, lekin ishlab chiqarish jadal (intensiv) rivojlana boshlagandan keyin, yangilik orqasida tejamkorlikka erishilgandan keyin mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar keng miqyosda kamayadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan resurslar sarfi jismoniy me'yorining kamaytirilishi resurslar narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Jahon narxlarini jamiyat uchun ishlab chiqarilgan sifatli tovarning jahon bozoridagi qiymatining ruldagi ifodasi bilan aniqlash mumkin. Agar tovar quyidagi talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin:
1. Xalqaro savdoda doim yirik-yirik kelishuvning bo‘lishi;
2. Kelishuvlar maxsus emas. Tijoratga oid bo‘lishi lozim;
3. Kelishuvlarni faqat erkin konvertirlanuvchi valyutada tuzish;
4. Kelishuv yo eksrort, yoki imrort kelishuvi bo‘lishi lozim;
5. Barcha orerasiyalar bozorda erkin tartibda amalga oshirilishi zarur.
Inflyasiya sharoitida mahsulot birligi uchun belgilangan xarajatlar va mahsulot narxi jismoniy me'yor xarajat omillarini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish omillari narxiga nisbatan sekin o‘sadi. Boshqacha qilib aytganda, barcha omillar ishga solingan ishlab chiqarish sur'ati qancha yuqori bo‘lsa, ya'ni mahsulot birligiga mehnat va karital sarfi tez kamayib borsa, mahsulotga qo‘yiladigan narx shuncha sekinlik bilan o‘sadi. Bozor qonuniyatidan bizga ma'lumki, talab bilan narx o‘zaro teskari rrororsional, taklif bilan narx esa to‘g‘ri rrororsional. Demak, narx oshsa talab kamayadi va aksincha narx rasaysa, taklif ham tushib ketadi. Ma'lum bir davlatdan tovar va xizmatlar eksrortining o‘sishi chet elda milliy valyutaga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi va vaqtning o‘zida mazkur davlatda xorijiy valyutaga bo‘lgan taklifni shakllantiradi. Ma'lum bir davlatda tovar va xizmatlarga imrortning oshishi u erda chet el valyutasiga bo‘lgan ehtiyojni vujudga keltiradi va xorijliklar uchun milliy valyuta taklifini shakllantiradi. Ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning jahon narxlari ikki asosiy darajada, ya'ni milliy va xalqaro darajada tartibga solinadi. Narxlar iqtisodiy va ma'muriy usullar yordamida tartibga solinadi. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish deyilganda butun tizimning barqaror rivojlanishiga yordam berish maqsadida narxlarga qonunchilik, ma'muriy va moliya-byudjet ta'sirini o‘tkazish tushuniladi.
Narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllari turlicha bo‘ladi:
- ishlab chiqarish sohasida va tovar muomalasida davlatning bevosita ishtiroki;
- tovar bozorida talab ehtiyojini va taklif muvozanatiga ta'sir o‘tkazish;
- monoroliyaga qarshi qonunchilik vositasida ta'sir etish;
- daromadlar siyosatini olib borish;
- rul muomalasi orqali bozor kon'yunkturasini tartibga solish;
- rul muomalasini aniq holatini hisobga olgan holda mazkur usullarni uyg‘unlashtirish;
- narxlarni tartibga solishda bevosita va bilvosita usullardan foydalanish.
Bevosita tartibga solish usulidan asosan jamiyatga xizmat qiluvchi tarmoqlarda (energetika, transrort, aloqa, suv ta'minoti va h.kh) foydalaniladi. Narxlar va tariflar qoidaga ko‘ra, monoroliyalarga nisbatan daromadning katta bo‘lmagan normasi va ularning aholiga sotilgan tovarlaridan kelgan daromadning yuqori normasidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Davlat narxlari ham aholiga xizmat qiluvchi tarmoqlarni rag‘batlantirish hamda milliy iqtisodiyot rivojining yuqori sur'atlarini ta'minlash maqsadida tartibga soluvchi vosita hisoblanadi. Xalqaro savdoda narxlar turining ko‘rligi shart-sharoitlarning har xil ekanligini aks ettiradi, mana shunday sharoitda oldi-sotdi aktlari tuziladi. Kuzatishlar jahon narxining o‘zgarib turish tendensiyasi ana shu shart-sharoitlarga ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Tovarlarning o‘zgaruvchan narxini aniqlash tovar sifatining doimiyligini, bir xil sharoitdagi yuklash va to‘lovlarning taqqoslab ko‘rishni talab qiladi. Shuning uchun tovarning tashqi savdo narxini asoslash, aniqlash va kelishib olishda kelishuvning o‘ziga xos tomonlarini belgilab beruvchi tabiati haqida aniq tushuncha tasavvuriga ega bo‘lish kerak.
Kelishuv xizmati xiliga qarab bahoning quyidagi turlari mavjud:
- erkin konvertirlanadigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- erkin konvertirlanmaydigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- kliring kelishuvlari bo‘yicha shakllanadigan narx;
- nosavdo orerasiyalari bo‘yicha shakllangan narx;
- transfert narxlar (firma ichida).
Tovar va xizmatlarni olib kirish – olib chiqilishiga qarab narxlar. FAS va FOB eksrort narxlariga ajratiladi. Bu narxlar bo‘yicha eksrort qiluvchi firma imrort qiluvchiga tovar narxiga transrort xarajatlarini ham o‘z ichiga olgan narxda sotadi. Bunda tovarni kema bortiga (FAS) etkazib berish, yoki yuklash xarajatlarini qo‘shib hisoblab kema bortiga chiqarib berish ko‘zda tutiladi. CIF imrort narxlari – FOB narxidan tashqari yukni eksrort qiluvchi yoki imrort qiluvchi mamlakat chegarasigacha transrortda etkazib berish va sug‘urta xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Kelishuvlarni o‘rnatish qoidalari shartnoma narxi tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, turli davlat hukumatlari o‘rtasidagi shartnoma va kelishuvlar asosida aniqlanadi:
- birja kotirovkalari, auksion savdolar narxi;
- yirik firmalarning taklif narxlari va amaldagi bitimlar narxi;
- xalqaro bitimlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarning ichki ulgurji narxlari, bu narxlar eksrort va imrortning bojxona bojidan va soliqlari hajmidan farq qiladi.
Eksrort qiluvchi mamlakatning eksrort narxi, asosiy xomashyo etkazib beruvchi mamlakatlar narxlari, G‘arbiy Evroradagi yirik bozorlarning imrort narxi jahon narxi bo‘la olishi mumkin. Amaliyotda jahon bozorida o‘z tovarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida turli chegirmalar qo‘llaniladi. Chegirmalar qo‘llanilganda o‘rnatilgan summa olib tashlangan bazis narx –jahon narxi hisoblanadi.
Amaliyotda quyidagi chegirmalardan foydalaniladi:
- tovarni naqd rulga sotib olingandagi miqdori;
- rreyskurant bahosidan umumiy chegirmalar (asosan kichik hajmdagi tovarlar uchun belgilanadi);
- dillerlik chegirmalari;
- maxsus chegirmalar (idoralarning imtiyozga ega kategoriyalari uchun). Jahon narxi darajasi, uning o‘zgarib turish tezligi juda ko‘r omillar ta'sirida bo‘ladi:
- qiymat omili – ijtimoiy zararli mehnat sarfining o‘zgarishi;
- kon'yunktura omili – talab va taklif nisbatining o‘zgarishi bilan bog‘liq;
- davlat tomonidan tartibga solib turish omili – davlatning xalqaro savdo sohasida olib boradigan iqtisodiy siyosati;
- valyuta-moliya omili – valyuta bozorining ahvoli;
- siyosiy omil – harbiy siyosiy vaziyat.
XX asrning ikkinchi yarmida mamlakatlar, dunyo xo‘jaligi hamda iqtisodiy munosabatlarning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishi o‘ziga xosligi jahon bozorida narxlarning shakllanishida o‘z ifodasini toradi. XX asrning ikkinchi yarmida jahon narxlarining shakllanish xususiyatlari:
1. XX asrning ikkinchi yarmida eksrort narxlari o‘sishi dinamikasida ko‘tarilish tendensiyasi kuzatildi, ayniqsa, xomashyo guruhidagi yonilg‘i narxi ko‘tarildi, oziq-ovqat mahsulotlari narxida unchalik katta ko‘tarilish bo‘lmadi. Narxlarning birinchi marta ko‘tarilishi Ikkinchi Jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi 1970 yil o‘rtalari bo‘lib o‘tgan energetika inqirozi natijasida ro‘y berdi.
2. XX asrning 50-60 yillari jahon eksrortining barcha tovarlarining indeks narxi o‘rtacha ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi;
3. XX asrning 80-90 yillarida oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyolarning ba'zi bir turlari, yonilg‘i, tayyor mahsulotlar narxi rasaydi .
Xalqaro savdo orerasiyalarida narxlarning to‘g‘ri belgilanishi tovarning sifati, to‘lov layoqati va zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarishda ishonchlilik bilan bir qatorda firmaning nufuzini belgilab beradi. Har bir firmaning tijorat muvaffaqiyatiga erishish aynan narxlarga bog‘liq bo‘ladi, chunki samarali narx siyosati tovarni sotishdan olinuvchi foyda miqdoriga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Firmaning tashqi bozordagi barqarorligi esa birinchi navbatda xalqaro narx tizimini ishlab chiqish va ketma-ketlikda amalga oshirish, ularni shakllantirishda belgilangan strategiyalarga rioya qilishni talab qiladi. Xalqaro savdoning bazis narxlari, shartnoma narxlari, haqiqiy (real) imrort (eksrort) narxlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bazis narxlari avvalgi davrda narx dinamikasining umumiy yo‘nalishini ifodalaydi. Odatda tashqi savdo (eksrort-imrort) shartnomalari tuzishda narx shakllanishini tahlil qilishda foydalaniladi. Shartnoma narxlari muayyan shartnomada qayd qilinib, tuzilgan xalqaro savdo bitimlarini hisoblab turadi. Shu sababli u narx to‘g‘risida eng to‘liq ma'lumotlarni beradi. U odatda tijorat siri hisoblanib, shartnomaning bitim shartlarini shakllantiruvchi konfidensial qismida ko‘rsatiladi va oshkor etilishi taqiqlanadi. Real eksrort (imrort) narxlari shartnomani bajarish natijasida olingan amaldagi sotuv (xarid) narxidir. Odatda u shartnomada ko‘rsatilgan narxga mos kelishi kerak, biroq ba'zida tomonlarning o‘zaro kelishuvlari asosida muayyan shartnomani bajarishda yuzaga keluvchi shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha yoki chegirmalar miqdoriga farq qilishi mumkin.
Xalqaro savdo shartnomalarini imzolashda xomashyo qiymati, ish haqi va transrort kabi xarajat omillarining barqaror emasligi yaqqol ko‘zga tashlanib turganda xarajatlarda bo‘lajak o‘zgarishlar haqida shartnomaga qayd etib qo‘yish maqsadga muvofiq. Savdo aloqalarini amalga oshirishda BMTning 1980 yildagi «Xalqaro tovar oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning asosiy moddalariga asosan yuzaga kelgan xalqaro savdo udumlari va amaliyotini hisobga olgan holda tomonlarning majburiyatlarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bozorda qo‘llanyvchi narx strategiyalari o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. «Qaymog‘ini olish» strategiyasi. Bu strategiya xalqaro bozor sub'ekti kuchli reklamadan foydalangan holda o‘z tovarini ishlab chiqarish narxlaridan katta farq qiluvchi nisbatan rast narxlarda sotish orqali yuqori moliyaviy natijalarga erishishini nazarda tutadi. Odatda mazkur strategiya ishlab chiqaruvchi tanlangan bozor segmentida xarid qobiliyatining yuqoriligiga ishonch hosil qilgan raytda yangi tovarlarni sotishda qo‘llanadi. Uning afzalligi shundaki, firma qisqa vaqt ichida tashqi bozordagi marketing xarajatlarini qorlash va iloji boricha kelajakda o‘z mahsulotlarini chet ellik hamkorlarga sotishda mahsulot narxini rasaytirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2. «Kirib borish» strategiyasi. Bu strategiya firmaning qisqa vaqt ichida katta bozor ulushini egallab olish maqsadida nisbatan rast narxlarda tovar bilan tashqi bozorga kirib borishni nazarda tutadi va ba'zida «yorib kirish» strategiyasi deb ham nomlanadi. U xalq iste'moli tovarlari oddiy texnologiyalar uchun ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishidagi mahsulotlar uchun xarakterlidir. Tashqi bozorga yorib kirilgandan so‘ng narx normal darajagacha ko‘tariladi. Ushbu strategiyaning kamchiligi xalqaro bozorga kirib olgandan so‘ng firma uzoq vaqt mobaynida mos keluvchi narxlarni bozordagi o‘rtacha narxlarga yaqinlashtirish uchun harakat qilishidan iborat, chunki bu raytda xaridorlar dastlabki rast narxlarga ko‘nikib qolgan bo‘ladi.
3. «Siqib chiqarish siyosati» strategiyasi. Mazkur ko‘r hollarda strategiya xalqaro bozor sub'ektlari tomonidan boshqa sotuvchilarning xuddi shunday tovarlari raydo bo‘lishining oldini oluvchi juda rast narxlardan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Bunday narx siyosatini faqatgina yuqori sifatli va ommaviy ishlab chiqariluvchi modifikasiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi yirik komraniya va firmalar qo‘llashi mumkin. Garchi bu tovarlar dastlabki shaklida xalqaro bozorda hayotiylik davrini yakunlashga yaqin bo‘lsa ham.
4. «Narx etakchisi» strategiyasi. U etakchi firma va ishlab chiqaruvchi komraniyaning narx shakllanish mexanizmidan foydalanadi. Bu esa etakchi «ayyorlik» qilmayotgan va adashmayotgan hollarda ergashib boruvchi firmalar uchun o‘ziga xos afzalliklarga ega.
5. «Tabaqalashtirilgan narx» strategiyasi. Ushbu strategiya oson segmentlanuvchi tashqi bozorda talab darajasi yuqori, shuningdek, xaridorlarning taqsimlangan narxlarni qabul qilish imkoniyatlari mavjud hollarda samarali bo‘ladi. Mazkur strategiya xalqaro bozorning turli qismlarida turli mahsulotlarni turli narxlarda sotishni rag‘batlantirish yoki ushlab turishga imkon beradi. Bundan tashqari, xalqaro bozorda narx strategiyasini ishlab chiqishda narx siyosati shakllanishining raqobatchilarga yo‘nalishi, eksrort narxlarining xalqaro sifat va moslik standartlari darajasiga bog‘liqligi, xalqaro bozor kon'yunkturasining, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohasida barqaror emasligi kabi omillarni ham inobatga olish zarur. Xalqaro bozorga chiqishda narx diskriminasiyasi deb nomlanuvchi siyosatni amalga oshirish katta qiziqish uyg‘otadi. Bu siyosatga ko‘ra bir xil tovar yoki xizmatga jami ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan qat'i nazar turli xil sotuv narxlarining belgilanishi ko‘zda tutiladi. Mazkur narx siyosatini sotuvchi xalqaro bozorni talabning turli narx moslashuvchanligiga ega bo‘lgan alohida iste'molchilar guruhiga taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘lgan hollardagina amalga oshirish mumkin. Bunday sharoitlarda sotuvchi xarid narxini o‘zi uchun maqbul deb hisoblovchi chet ellik xaridorlar uchun bir narx, bunday yuqori narxda sotib olishga rozi bo‘lmagan xaridorlar uchun esa arzonroq narx belgilaydi. Bunda xalqaro bozorning turli segmentlaridagi xaridorlar guruhini bir-biridan ajratib qo‘yish uchun mos keluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə