Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə70/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Xorijiy investitsiya tushunchasiga ta'rif bering.
2.Investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
3.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?
4.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish sabablari tushuntirig.
5.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar qanday ahamiyat kasb etadi?
6. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar?
11-MAVZU. ISHCHI KUCHINING XALQARO BOZORI

Darsning maqsadi: Talabalar ishchi kuchining xalqaro bozori, ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish bo‘yicha yangi ma'lumotlar oladilar.

Amaliy mashg`ulot rejasi:
1.Ishchi kuchining xalqaro bozori va uning XX—XXI asr bo‘sag‘asida rivojlanish tendensiyasi.
2.Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish.
3.O‘zbekiston va xalqaro mehnat bozori.


Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.

Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.

Noa'nanaviy amaliy mashg‘ulot: “Aqliy hujum” bilan boshlanadi.Chunki talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Aqliy hujum” orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini bajarishga ruxsat beradi.

Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Ishchi kuchi — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiya uzoq tarrixga ega bo’lsa-da, faqatgina XX asrga kelib ishlab chiqarish omillari xarakatining yetakchi ko’rinishlaridan biriga,. Binobarin XIMning alohida sohasiga aylandi.



  • Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi;


  • Ijtimoiy- demografik o’zgarishlar;


  • Fan texnika va axborot sohasidagi inqilob;


  • Integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;


  • Transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

Migratsiyaning asosiy ko’rinishlari quyidagilar:



1. Davomiyligiga ko’ra – vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy.

2. Ijtimoiy tarkibiga ko’ra – malakasiz ishchilar, o’rta texnik va servis xodimlari, talabalar (tatil paytida), mutaxassislar, fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar.

3. Tabiyatiga ko’ra – bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida).

4. Mehnat shartnomasiga ko’ra – shaxsiy va jamoaviy.

5. Qabul qiluvchi mamlakatlardagi huquqiy holatga ko’ra – assimilyatsiyon (keyinchalik fuqarolik berilishi ) va noassimilyansiyon.
Ishchi mеhnat bozorida qo’shimcha ishchi kuchining paydo bo’lishi shubhasiz ijobiy jihatlarga ega va ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar xarajatlarining kamayishi (xorijliklar immpartyor mamlakat fuqarolariga nisbatan faolroq va kamroq ish haqiga ishlashga tayyor bo’lishadi) hisobiga bu tovarlarning raqobatbardoshligi oshadi:
2. Migrant ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabning rag’batlantirilishi:
3. Malakali mutaxassislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuningdеk boshqa davlatlardan patеntlar, litsеnziyalar va nau- xaular sotib olishga zarur mablag’larning tеjalishi.
4. Ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mеhnat bozoriga qo’shimcha egiluvchanlikni bеrish.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə