Tasmali uzatmalar


Tasmali uzatmani hisoblash asoslari



Yüklə 111,91 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü111,91 Kb.
#162426
1   2   3   4
Tasmali uzatmalar

7.2. Tasmali uzatmani hisoblash asoslari.
Hisoblashning nazariy asoslari barcha rusumdagi tasmalar uchun umumiydir. Tasmali uzatmalarning ishchanlik qobiliyati va ularni hisoblash me’zonlariga tasma bilan shkiv о‘rtasidagi ishqalanish kuchi bilan aniqlanadigan tortish qobiliyati; meyoriy foydalanish sharoitlarida toliqishdan yemirilish orqali chegaralaydigan tasmaning umrboqiyligi qiradi. Tasmali uzatmalarning asosiy hisobi ularni tortish qobiliyati bо‘yicha hisoblashdir.Tasmaning umrboqiyligini tajriba natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalarga mos holda uzatmaning asosiy parametrlarini tanlash yо‘li bilan hisoblashda e’tiborga olinadi.
Shkivlarning aylanma tezliklari:

V1 = (π · d1 ·n1) / 60 m/s; V2 = (π ·d2 · n2)/60 m/s. (7.1)

Uzatmada tasmani shkiv ustida sirpanishni mavjudligi V2 V1 ni xisobga olsak. Demak,


V2 = (1 - ) V1 (7.2)
bu yerda: e - sirpanish koeffitsiyenti (rezinalangan tasmada e = 0,01; ponasimonda e =( 0,01 ¸ 0,02). Amaliy hisoblarda e = 0 olish mumkin.
Uzatish nisbati:
U = n1 / n2 =V1 ·d2 / V2 ·d1 = d2 / ( d1 ( 1 - ) ) ≈ d2 / d1. (7.3)
Tasmali uzatmaning geometrik о‘lchamlari (7.2 –rasm): d1, d2 yetaklovchi va yetaklanuvchi shkiv diametrlari; a -о‘qlararo masofa; b - tasma tarmoqlari orasidagi burchak; α1, α2 –tasmaning kichik va katta shkivdagi qamrov burchaklari. Geometrik hisoblashlarda odatda d1, d2 va a ma’lum bо‘lib, qamrov burchagi α va tasmaning uzunligi 𝑙 aniqlanadi.




Yüklə 111,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə