Tasmali uzatmalar



Yüklə 111,91 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü111,91 Kb.
#162426
1   2   3   4
Tasmali uzatmalar

7.3 –rasm. Tasmali uzatmaning geometrik о‘lchamlari

Tasmaning taranglashishi (tortilishi) va osilib turishi oqibatida α va 𝑙 qiymatlari taxminan aniqlanadi:


α = 180 – β; Sin (β /2 ) = (d2 -d1) / 2 α. (7.4)

Uzatmada tasmani shkivlarga yengil о‘rnatish uchun о‘qlararo masofa 0.01 l ga kamaytirish hamda tasmalarda kerakli taranglikni ta’minlash uchun о‘qlararo masofani 0.025 l ga uzaytirish imkoni bо‘lishi kerak.


7.3. Tasma tarmoqlardagi kuchlar.
Tasma tarmoqlardagi kuchlar va ular о‘rtasidagi bog‘lanishlar masalasini hal qilish uchun yuklanishsiz T1 = 0, hamda yuklanishli T1 > 0 uzatmalarni bir-biriga taqqoslab kо‘ramiz (7.3 – rasm, a,b). Rasmda F0 – yuklanishsiz tasma tarmoqlaridagi taranglik kuchi; F1, F2 – yuklangan uzatmaning yetakchi va yetaklanuvchi tarmoqlaridagi hosil bо‘ladigan taranglik kuchi.
Uzatmadagi aylanma kuch:
Ft = 2 T / d1. (7.6.)
Yetaklovchi shkiv uchun muvozanat sharti T1 =0,5d1 (F1 - F2) yoki
F1-F2 =Ft (7.7.)

7.4- rasm. Uzatmaga ta’sir etuvchi kuchlar


Tasmaning geometrik uzunligi yuklama qiymatiga bog‘liq emas va uzatma yuklangan yoki yuklanmagan hollarda ham о‘zgarmasdan qoladi. Shundan kelib chiqib, yetakchi tarmoqning taranglashuvi (toliqishi) yetaklanuvchi tarmoqning shunga mos qisqarishi hisobiga qoplanadi deb xulosa chiqarish mumkin (7.3- rasm). Bunda yetaklovchi tarmoqning chо‘zilishi yetaklanuvchi tarmoqning qisqarishi bilan muvozanatlashadi, ya’ni:
F1=F0+ΔF, F2 =F0-ΔF yoki F1 + F2 =2 F0 , (7.8.)

Bu tenglamalar Ft yuklamadan yetakchi va yetaklanuvchi tarmoqlar taranglashishini belgilab bersada, mana shu yuklamani uzata olish qobiliyati yoki tasma bilan shkiv о‘rtasidagi ishqalanish kuchlari kattaligi bilan bog‘langan uzatmaning tortish qobiliyatini ochib beraolmaydi. Mana shu munosabatni L. Eyler ilmiy tadqiqotlarida tahlil qila olgan.


F0 < 0,5Ft (( efα + 1) / ( efα – 1)), (7.9.)
bо‘lganda tasma tо‘la sirpanishni boshlaydi. Formuladan ma’lumki f va d ning qiymatlarining ortishi uzatmaning ishlashiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

Yüklə 111,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə