Tayanch iboralar: jamoa, mehnat jamoasi, gurux, jipslashuv, nizolar, nizo turlari, xodimlarni boshqarish, ta’sir etish, xukmronlik



Yüklə 96,79 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü96,79 Kb.
#180403
1   2   3   4   5   6   7
Tayanch iboralar jamoa, mehnat jamoasi, gurux, jipslashuv, nizo

8.4. Xodimlarni boshqarish
Xodimlarga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanish bilan mexnat predmetini qayta ishlash bilan band bo’lgan barcha ishlovchilar kiradi. Xodimlardan quyidagilar ajratiladilar: ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilar.
Xodimlarni boshqarish- bu jamoa va alohida xodimlarga ulardan muvofiq foydalanish, ularni faoliyat yuritishi va rivojlanishi bo’yicha maqsadga qaratilgan, tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatishdir.
Xodimlarni boshqarishning texnologik jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- odam resurslarini rejalashtirish;
- xodimlarni tanlash;
- xodimlarni tanlab olish va baholash;
- xodimlarga haq to’lash va rag’batlantirish;
- kasbga qayta yo’naltirish va moslashuv;
- xodimlarni rivojlanishi;
- mavjud xodimlarni baholash ;
- rahbar xodimlarni tayyorlash, martabani rejalashtirish ;
- ko’tarish, pasaytirish, boshqa ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish;
- xodimlardan foydalanish.
Hammadan avval, tashkilotning xodimlarga bo’lg’uvsi ehtiyojlarini rejalashtirish turadi. Ularning asosida quydagilar yotadi:

  • tashkilotning ishlab chiqarish dasturi;

  • mahsulotni ishlab chikarish (sotish)ni rejalashtirish strategiyasi;

-tashkilot xodimlarining vujudga kelgan ta’minlanganligi, tuzilishi va sifati;
Tashkilotning kelguvsi davrdagi xodimlarga ehtiyojlarini rejalashtirishda hisoblash usuli, ekspert baholari usuli va ekstropolyatsiyalash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rejani quyidagilar kesmasida turkumlashtirish kerak:

  • mutaxassisliklar;

  • davrlar;

  • xodimlarni jalb qilish manbalari.

SHundan keyin rejani bajarilishi amalga oshiriladi. Keyin xodimlarni tanlash keladi. U bo’sh o’rinlarga munosib nomzodlarni topish jarayonidan iborat bo’ladi. Xodimlarni to’g’ri tanlashga bir tomondan bo’sh lovozimga rasmiy talablar, boshqa tomondan– xodimlar haqidagi axborotlarni, ularni asoslangan ravishda birlashtirishni bajarish uchun mavjudligi asos bo’ladi.
Tashkilot xodimlarining tanlash jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi mumkin:
- tashkilotning xodimlarga ehtiyoji rejasini ishlab chiqarish;
- ishchi kuchi bozorining haqiqiy monitoringi;
-liniyali menejer tomonidan xodimlar bo’limiga buyurtmani tuzilishi;
- nomzodga talablarni belgilanish;
- kompaniyaning ichidan va tashqarisidan qidirish;
- xodimlarni tanlash;
- xodimlarni baholash.

Yüklə 96,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə