Tayanch iboralar: jamoa, mehnat jamoasi, gurux, jipslashuv, nizolar, nizo turlari, xodimlarni boshqarish, ta’sir etish, xukmronlik



Yüklə 96,79 Kb.
səhifə7/7
tarix22.03.2024
ölçüsü96,79 Kb.
#180403
1   2   3   4   5   6   7
Tayanch iboralar jamoa, mehnat jamoasi, gurux, jipslashuv, nizo

Xodimlardan foydalanish –bu xodimlarning mehnat salohiyatini samaraliroq amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
Xodimlardan ratsional foydalanish quyidagilarni ko’zda tutadi:
-ish joylari va xodimlarning miqdoriy va sifatiy muvofiq-lashtirilganligiga erishish;
- bandlikning egiluvchan shakllarini qo’llash;
- xodimlardan foydalanish chegaralarini tashkilotning joriy va bo’lajak ehtiyojlarini hisobga olish bilan aniqlash;
- xodimlarning mehnat salohiyatini aniqlash, mehnatni to’liqroq amalga oshirilishiga ko’maklashuvchi ish sharoitlari va tashkil qilishni ta’minlash;
- bandlik tizimiga mehnat qobiliyatining har xil darajalariga ega xodimlarni kiritishga tabaqalashtirilgan yondoshuvni qo’llash.
Ishchi o’rinlarning soni va xodimlarning sonini muvofiqlashtirishga ish joyini almashtirishlar, xodimlarning rotatsiyasini ko’zda tutuvchi xodimlarni joylariga to’g’ri qo’yish, tashkilot ichidagi safarbarlikni kuchaytirish vositasida erishiladi.
Xodimlarni joy joyiga qo’yish xodimlar tarkibini tarkibiy bo’linmalar bo’yicha ratsional taqsimlashdan iborat bo’ladi. U ishlab chiqarishning o’ziga xosligi, odamning psixofiziologik sifatlarini ishning mazmuniga mos kelishini hisobga olish bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda ikkita maqsad ko’zlanadi: bo’linmalarning faol harakat qiluvchi mehnat jamoalarini shakllantirish va xodimlarni joy joyiga qo’yishning ularni o’sishiga ko’maklashuvchi istiqbolliligi. Xodimlarni joy joyiga qo’yishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur: xodimning shaxsiy sifatlarini aniq lavozimlar, xodimlarning istiqbolliligi, xodimlarni almashtira olishlik talablarga mos kelishi.
Xodimlarni joy joyiga qo’yish va ulardan yaxshiroq foydalanishga tashkilot ichidagi ish joylarini o’zgartirish yordam beradi, uning ostida mehnat taqsimoti tizimidagi xodimlarning joylarini o’zgartirish, hamda tashkilot doirasida mehnatni qo’llash joylarini almashtirish jarayonlari tushuniladi. Joylarni bunday o’zgartirishlar hammadan avval tashki- lotning doimo o’zgarib turuvchi extiyojlari bilan asoslanadi.
Ish joylarini o’zgartirishning quyidagi sabablari mavjud:
-xodimga unga ko’proq mos keladigan ishni taqdim etish;
-xodimlarga bir biriga bog’liq mutaxassisliklarni o’zlashtirishga ko’maklashish;
-xodimning tajribasini kengaytirish;
-ishlab chiqarish vazifalarini bajarish.
Xodimlardan yaxshiroq foydalanishga xodimlarning rotatsiyasi, ya’ni ularni muntazam ravishda almashtirilishi ham yordam beradi. Rotatsiyada ishning xarakteri tubdan o’zgarishi mumkin, bu hollarda keng ko’lamli malakaga ega xodim, ishlab chiqarishning rahbari shakllanadi. Agar xodim qardosh mutaxassisliklarning doirasiga kiruvchi birnecha ish joylarini o’zgartirsa, unda ishlab chiqarishning ma’lum uchastkasidagi chukur va har tomonlama bilimlarga ega mutaxassis shakllanadi.
Xodimlarning tashkilot ichidagi safarbarligini ishning unumdorligi va sifatini o’sishining zarur sharti bo’lgan xodimlar tarkibining ma’lum barqarorligi bilan birlashtirish kerak. Xodimlarning joyini o’zgartish jarayonini ularning yoshiga muvofiq sekinlashtirish kerak.
Yüklə 96,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə