Таянч сўзлар: хўжалик ҳисоби, ўлчов турлари, хўжалик ҳисоби турлари, ҳисоб вазифалари, олдига қўйилган талаблар



Yüklə 65,09 Kb.
səhifə29/31
tarix11.05.2022
ölçüsü65,09 Kb.
#86682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
якуний назорат 22 (копия) (копия)

Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun.

Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.

Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.

To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.

Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.

. Ma'lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizirnini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o'z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablami belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo'jalik yurituvchi subyektlaming huquqi, burchi va mas'uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlami topshirish va chop etish bo'yicha qo'yiladigan talablami belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi Qonundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar. xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi harnda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom hamda buxgalteriya hisobining milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgar- tirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda.

Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyb- likasida hisobning o'ziga xos xususiyatlarini qo'llashdan iborat.

«Buxgalteriya hisobi to'g'risida))gi O'zbekiston Respublikasi Qonun nining ko'rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy andozalarida (BHMA) o'z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi BHMA lar tasdiqlandi:

1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot.

2. Asosiy xo'jalik faoliyatidan olingan daromadlar.

3. Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot.

4. Tovar-moddiy zaxiralar.

5. Asosiy vositalar.

6.Lizing hisobi.

7. Nomoddiy aktivlar.

8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu'ba xo'jalik jami-

yatlariga qo'yilgan investitsiyalar hisobi.

9. Pul oqimi to'g'risida hisobot.

10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash.

11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan

xarajatIar.

12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi.

13. Aksiyaga to'g'ri keladigan foyda.

14. Qo'shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish.

15. Buxgalteriya balansi.

16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo'jalik faoliyatida sodir bo'ladigan voqealar.

17. Kapital qurilish bo'yicha pudrat shartnomalari.

18. Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish.

19. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan

hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to'g'risida.

20. Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining

buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bO'yicha yo'riqnoma.
42.Бухгалтерия ҳисобининг тарихи.

Таянч сўзлар: икки ёқлама ёзувнинг илк пайдо бўлиши, 19 асрдаги бухгалтерия мактаблари, ўзбек бухгалтерия ҳисоби асосчиси.


Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobi fan sifatida qachon shakllanganligi shu soha vakillarini qiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin mumkin.1Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlami ro‘yxatga olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab;

Ikkinchisi: 500 yil oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515 y.) “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan yuzaga kelgan;

Uchinchisi: 100 yil oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy qarashlar paydo bo‘lgan davrdan yuzaga kelgan.

Shu sababli, bu tortishuvlar haligacha yakuniga yetmagan. Biz uning ilk ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa chiqarishimiz mumkin.

Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:

1- davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davmi o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonni yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.

2- davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 qadar bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi). Ushbu davr pulni o‘yiab topilishi

vn muomala vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xu‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan bo4sa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. Patrimonal hisobda mulkka egalik birinchi o‘ringa qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi xarakterlangan.

Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, kameral hisobda to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi.

3-davr. Ikki yoqlama yozuv davri. (Ushbu davr 1300-1850 yillami qamrab oladi.) Bu davrda xo‘jalik jarayonlarining ommalashuvi, murakkablashuviga mos ravishda oddiy yozuvdan ikki yoqlama yozuvga o‘tish zaruriyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Hisob yozuvlariga katta urg‘u berilganligi ham ushbu davrga xos. Bu davrda buxgalteriya hisobida dastlabki schyotlar rejasi ishlatila boshlandi.

Buxgalteriyaning zamonaviy tizimining kelib chiqishi Luka Pacholiga borib taqaladi Vinetsiya, Italiya XV asming oxiri. Pacholi aytdiki “biror iqtisodiy hodisa aniq bir tizim orqali tartibli va ishonchli qilib ma’lumotlami buxgalteriya kitobiga yozilishi qayd qilinishi kerak”. Buxgalteriyaga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qonun qoidalari evolyutsiya

jarayoni davomida rivojlantirildi. Bular buxgalteriya prinsiplari yoki konsepsiyalari deb ataladi.

Bu yerda har doim buxgalteriya amaliyotini mukammal shaklga keltirishga harakat qilib kelingan. Biznes doirasining kengayishi bilan bir qatorda buxgalteriyaning ham ahamiyati ortib bormoqda. Misol uchun, yangi buxgalteriya darsliklarining rivojlanishi korxonalaming qo‘shilishi va muvaffaqiyatga erishishi uchun, xalqaro ayirboshlash foydasi yoki zarari, internet biznes va boshqalar. Har bir mamlakatda turli xil buxgalteriya jamoalari buxgalteriya amaliyotini zamonaviylashtirish va ilg‘orlashtirishga mas’uldirlar. Misol uchun, AQShda, Amerika davlat buxgalterlarini tasdiqlash instituti sezilarli ahamiyatga ega. Shunga o‘xshash, Hindiston va Malayziyada, Hindiston buxgalterlar instituti va Malayziya buxgalterlar institutida ham mana shunday vazifalar mavjud.2

4-davr. Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900-yillar oralig‘ini egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaryonlariga huquqiy maqom shakllandi. Natijada jarayonga ham iqtisodiy jihatdan, ham huquqiy jihatdan yondashuvlar belgilandi. Schyotlar rejasining differensiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat qaratildi, balans, foyda, tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari shakllandi.

Buxgalteriya hisobi butun reallikni baholashni qamrab oldi. Buxgalteriya hisobi butun jarayonni suratga oladigan, rengenometriya qiladigan elementga aylandi.

5- davr. Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 - 1950 yillami o‘z ichiga oladi). Bu davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash, xarajatlaming jadalligi bilan ajralib turadi. Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va to‘liq tannarxini aniqlash, smeta qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost usullari, to‘g‘ri va egri xarajatlar ushbu davming eng muammoli masalasiga aylangan. Boshqaruvning har bitta funksiyasini ajratish, soliqqa tortish masalalarida buxgalteriya hisobini o‘ta va aniq tizimi yaratildi. Buxgalteriya hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u berildi. Boshqaruv va moliyaviy hisobning tarkiblanishiga o‘tish davri boshlandi.

6- davr. Hozirgi davmi o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950-yildan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlaming qabul qilinishi bilan xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos revolyutsiya davri

bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari, jamoat, davlat manfaatlar bo‘yicha o‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.


Yüklə 65,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə